`
41
INGLIZ VA O’ZBEK TILLARIDA EMOTSIONAL HOLATLARNI IFODALASHNING
LINGUOMADANIY VA PRAGMATIK XUSUSIYATLARI
Kurbanova Komila Abdullo qizi
Uzbekistan State World Languages University Tashkent, Uchtepa district,
Street Kichik halqa yo’li, 21A Email:abdkomka@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15876946
Annotatsiya
Ushbu maqola nutq jarayonida emotsional birliklarni ingliz va o’zbek tillarida ishlatilish
holatlaridagi umumiy va farqli jihatlarni tadqiq etadi. Izlanishlar davomida emotsional
holatlarni u tildan bu tilga solishtirib tarjima qilganda yuzaga keladigan lingvistik, madaniy va
pragmatik qiyinchiliklarni badiiy adabiyotdagi misollar hamda frazeologik birliklar
yordamida tahlil qiladi. E’tiborlisi shuki, bugungi kunga qadar, his-tuyg’u bilan bog’liq
kontekstlarda tilning pragmatik va madaniyatga oid xususiyatlari to’liq o’rganilmagan soha
bo’lib qolmoqda. Maqolaning maqsadi bu sohadagi nazariyalarni umumiylashtirib, ma’lum bir
yondashuvga asosan yuqoridagi xususiyatlarni ikki til o’rtasida tahlil etish.
Kalit so’zlar:
emotsional holat, linguomadaniyat, pragmatika, yuz ifodalar, verbal,
noverbal muloqot, hissiy bo’yoqdorlik, his-tuyg’u, frazeologik iboralar.
Kirish
Har qanday madaniyat va tilda verbal muloqot amalga oshirilar ekan, so’zlovchilar
suhbatni yana-da hissiy boyitish, emotsional tus berish maqsadida noverbal muloqot
shakllaridan ham bevosita foydalanishadi. Bu har bir til uchun milliy an’ana va
tushunchalaridan, madaniyat normalaridan kelib chiqqan holda farqli jihatlarga ega bo’lishi
mumkin. So’zlovchi va tinglovchi o’rtasidagi o’zaro suhbat hissiy bo’yoqdor bo’lishida
ovozning toni, yuz ifodalari, tana tili muhim omillar sifatida xizmat qiladi. Suhbat jarayoni
izchilligi va shiddati, monoton yoki qizg’in kechishi, albatta, so’zlovchilarning emotsional
holati va u orqali bergan javob reaksiyalariga tom ma’noda bog’liq bo’ladi.
Jumladan, ingliz va o’zbek tillarida ham emotsional holatlarni ifodalashda yo’nalganlik
(directionality) dagi xilma-xillikdan, madaniy qadriyatlardan, maxsus olmoshlardan,
emotsional so’zlardan, badiiy vositalar kabi o’ziga xos lingvomadaniy va pragmatik
elementlardan foydalaniladi.
Xorijiy izlanishlarga va adabiyotlarga nazar tashlaydigan bo’lsak, jahon tilshunosligida
ushbu mavzu bo’yicha ko‘plab tilshunoslar tadqiqot olib brogan: ingliz tilida Elliott (1971,
1974), Grimshov (1979) va Rhett (2008); nemis tilida Fries (1988) va Brandner (2010);
fransuz tilida Mandarin (2008); italyan tilida esa Portner va Zanuttini (2003) va boshqalar.
Ushbu olimlarning izlanishlari dunyo miqyosida “emotsional nutq” mavzusini o‘rganishda
asos bo‘lib xizmat qiladi.
1
emotsional holatlarni ifoda etishda til va madaniyatning ahamiyati
to’grisida A.Fulen, Belinda Maia va Diano Santos, Danuta Vishniyevska kabilar fikr yuritgan.
Bugunga qadar, bu mavzu doirasida izlanish olib borgan tilshunoslar soni
mamlakatimizda ko’pchilikni tashkil etmasa-da, bir qator yosh izlanuvchilar va tilshunoslar
bu borada ilmiy tadqiqotlar olib borgani e’tiborga loyiq. Bular orasida Ashurova M, Islomova
L, Muxammadiyev A, Kaharova I kabilar bor.
1
Abdullaeva X (2022). Specific features of emotional sentences in English and Uzbek languages. Galaxy International
Interdisciplinary Research Journal, 10 (12), p: 1778
`
42
His-tuyg’ular xilma-xil bo’lgani kabi ularni ifoda etish ham individual, madaniy, kontekst
jihatdan tubdan farq qiladi. Bu shuni anglatadiki, har bir so’zlovchida emotsianal talqin o’ziga
xos bo’lishidan tashqari, suhbatdagi his-tuyg’ular namoyishi ham kontekst, turli xil madaniyat
va mentalitetga xos bo’lgan unsurlarga ko’ra tinglovchilarga turlicha yetkazib beriladi. Bu
ilmiy ishda ikkala tildagi mavjud asarlardan misollarni qamrab olganligi bois qiyoslash
metodidan samarali foydalanilgan. Shuningdek, ingliz va o’zbek adabiyotlaridagi dialoglardan
parchalar, frazeologik iboralar va his-tuyg’uni bildiruvchi lingvistik til birliklari qiyoslab tahlil
qilingan.
Asosiy qism
Ingliz va o’zbek tillaridagi pragmatik xususiyatlarni tahlil qilish uchun ‘sevgi’ va
‘muhabbat’ tushunchalarini olaylik. Ingliz tilida, odatda muhabbat bilan bog’liq emotsional
holatlar til so’zlovchilari tomonidan biroz to’g’ridan-to’gri va ochiqroq tarzda ifoda etilsa,
aksincha, o’zbek tilida esa bu yashirinroq tarzda saqlanib, to’g’ridan-to’g’ri ifoda etilmaydi,
madaniyatimizga xos bo’lgan kamtarlik va iboni saqlagan holda namoyon etiladi.
2
Bundan
kelib chiqadiki, fikrlarni va his-tuyg’uga oid jumlalarni to’g’ridan-to’g’ri va aksincha ifoda
etilishi bu ikkala tildagi pragmatikaga xos bo’lgan farqli jihatning yaqqol misoli desak bo’ladi.
Lingvistik va madaniyatga oid xususiyatlar haqida so’z borar ekan, ikkala tildagi farqli
jihatlarga ahamiyat berib o’tish joiz. Ingliz tilida so’zlashadigan mamlakatlarda, his-
tuyg’ularni nisbatan ochiqroq ifoda etish yondashuvi ko’proq ko’zga tashlanadi. Bu holat
mazkur madaniyatdagi ochiqlik va individuallik tushunchalari bilan tavsiflanadi, desak xato
bo’lmaydi. O’zbek madaniyatida esa urg’u ko’proq ijtimoiylik va xushmuomalalik
tamoyillariga berilishi va shunga asoslanib nutqiy jarayonlar amalga oshirilishi sir emas.
3
Madaniyatimizda suhbatdosh ko’ngliga ozor berish, haqoratli so’zlar ishlatib qo’yishdan yiroq
bo’lish va andisha kabi madaniyatimizga xos bo’lgan qadriyatlar ustuvor hisoblangani uchun
ham suhbat birdan maqsadga ko’chishi va emotsional holatlar bemalol ifoda etilishi kam
uchraydi.
Umumiy jihatdan olib qaralganda, emotsional birliklar quyidagi ma’nolarni ifoda etishi
mumkin: zavq va qoniqish, qo’rquv, og’riq, achinish, jahl, hayrat, kulgu, tasdiq va inkor,
ishonchsizlik, ikkilanish, eslatma, ko’ngli to’qligi, xafagarchilik, xohlamaslik, ogohlantirish,
g’azab, nafrat, jirkanish, mag’rurlik, faxr, rad etish va ajratishlik.
4
His-tuyg’ularning turfa xil
bo’lishining o’zi madaniyatlar va tillararo nomutanosiblikni yuzaga chiqaradi, shuning uchun
ham tarjima sohasida tarjimonlardan kontekst, madaniyat va pragmatik jihatlarga alohida
e’tibor berish talab etiladi. Jeyn Oustinning “Andisha va g’urur” asaridan olingan misollarda
emotsional holatlarni ifodalashda foydalanilgan so’z, tovush va ohanglar pragmatik jihatdan
qanday ma’no berishini ko’rib chiqamiz.
Tasdiq:
“Oh, Mr Darcy, will you walk with us? Miss Bingley asked. “The exercise is so
pleasant!” [4, 17]
Inkor:
“Oh, Mr Darcy, you mustn’t say such things!” said Miss Bingley. [4, 17]
2
Mardiyev T.K (2019) Etymological and semantical features of the feeling of love in the English and Uzbek languages.
ISJ Theoretical& Applied science, 11 (79), 144-148
3
Mardiyev T.K (2019) Etymological and semantical features of the feeling of love in the English and Uzbek languages.
ISJ Theoretical& Applied science, 11 (79), 144-148
4
Kaharova I.S (2019) The role and meaning of emotional words in the formation of expressions in English and Uzbek
languages. International Journal of Linguistics, Literature and Translation, 2 (5), 12-19
`
43
Rad etish:
“Don’t talk about Mr Collins to me!” Mrs Bennet cried. “I refuse to let him visit
us!” [4, 20]
G’azab:
“So this is your opinion of me!” he cried. “Thank you for telling me my faults” [4,
49]
5
Mashhur “Garri Potter” asaridagi jumlalarning tahlili bilan tanishamiz:
Hayrat:
“Oh, are you a Perfect, Percy?” said one of the twins, with an air of great surprise.
[2, 72]
Qo’rquv:
“Don’t leave me!” said Neville, scrambling to his feet. [2, 116]
Zavq:
“Oh, well done!” cried Professor Flitwick, clapping. [2, 127]
Jirkanish:
“Weird!” he said. “What a shape! This is money?” [2, 147]
6
Ingliz va o’zbek tillarida obrazli ifodalar orqali his-tuyg’ularni yorqin va ijodiy tarzda
ifodalash keng tarqalgan. Metafralar, qiyoslashlar va frazeologik iboralar hissiy kechinmalarni
yetkazishda muhim rol o’ynaydi. Masalan, ingliz tilida
“waliking on air”
(ya’ni nihoyatda baxtli
bo’lish) yoki
“feeling blue”
(ya’ni xafa bo’lish) kabi iboralar kuchli tasviriy va emotsional
obrazlar yarata oladi. Xuddi shuningdek, o’zbek tilida ham ko’p hollarda madaniy timsollar,
xalq og’zaki ijodi va qadriyatlarga asoslangan obrazli iboralar yordamida his-tuyg’ular nozik
ifodalanadi. Ushbu obrazli vositalarni o’rganish har bir til doirasida hissiyotlarning qanday
tushunilishi va ifodalanilishini chuqurroq anglash imkonini beradi.
7
Mahoratli tarjimonlar
mazkur obrazli ifodalarni puxta o’rganmog’i va doimiy izlanishda bo’lmog’i maqsadga
muvofiq.
Xulosa
Insonlarning ichki dunyosi va kechinmalarini ifodalashining asosiy vositalaridan biri
hisoblanadigan emotsiyalar til tizimida muhim o’rin egallaydi. Til tarkibida emotsiyani
chuqurroq tahlil qilganimizda, har bir til turli his-tuyg’ularni ifodalash uchun o’ziga xos
so’zlar, iboralar va grammatik tuzilmalarga ega ekanini ko‘rish mumkin. Til tizimida
uchraydigan bunday emotsional ifodalar tilning boyligi va madaniyatning tilga ta’sirini aks
ettirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, ba’zi tillarda quvonch, shodlik, zavq, hayajon
kabi emotsiyalarni ifodalash uchun bir nechta atamalar mavjud bo‘lsa, boshqa bir tilda ushbu
holatlarning barchasini ifodalash uchun yagona so‘z ishlatilishi mumkin. Xuddi shuningdek,
ma’lum bir emotsiyaning kuchi yoki ohangi bir tildan ikkinchisiga tarjima qilinayotganda
o‘zgarishi mumkin. Emotsional ifodalarni tarjima qilish jarayoni nozik va murakkab bo‘lishi
mumkin, chunki bir tilda mavjud bo‘lgan aniq emotsional ma’noni boshqa tilda to‘liq ifoda
etish imkonsiz bo’lishi mumkin. Bunday holatlarda tarjimon nafaqat grammatik va lug‘aviy
bilimni o’zlashtirishi, balki madaniyat va kontekstdan kelib chiqqan holda tushuna talqin etish
ko’nikmasiga ham ega bo‘lishi lozim.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
5
Jane Austen (2005) Pride and Prejudice. Retold by Margaret Tarner. Macmillan p: 96
6
Rowling J.K (2004) Harry potter and the Philosopher’s stone. Bloomsbury, p: 225
7
Xoldorova X.U (2024) Ingliz va o'zbek tillarida so'zlashuvchilarning his-tuyg'ularini ifodalashning lingva pragmatik
xususiyatlari. Ko‘p tillilik muhitida xorijiy tillarni rivojlantirishning innovatsion va integrativ muammolari, 539-542
`
44
1.
Abdullaeva X (2022). Specific features of emotional sentences in English and Uzbek
languages. Galaxy International Interdisciplinary Research Journal, 10 (12), p: 1778.
2.
Jane Austen (2005) Pride and Prejudice. Retold by Margaret Tarner. Macmillan p: 96.
3.
Kaharova I.S (2019) The role and meaning of emotional words in the formation of
expressions in English and Uzbek languages. International Journal of Linguistics, Literature
and Translation, 2 (5), 12-19.
4.
Mardiyev T.K (2019) Etymological and semantical features of the feeling of love in the
English and Uzbek languages. ISJ Theoretical& Applied science, 11 (79), 144-148.
5.
Mardiyev T.K (2019) Etymological and semantical features of the feeling of love in the
English and Uzbek languages. ISJ Theoretical& Applied science, 11 (79), 144-148.
6.
Rowling J.K (2005) Harry potter and the Philosopher’s stone. Bloomsbury, p: 225.
7.
Xoldorova X.U (2024) Ingliz va o'zbek tillarida so'zlashuvchilarning his-tuyg'ularini
ifodalashning lingva pragmatik xususiyatlari. Ko‘p tillilik muhitida xorijiy tillarni
rivojlantirishning innovatsion va integrativ muammolari, 539-542.