Авторы

  • Lobar Sanaqulova
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Oʻzbek tili va adabiyot yoʻnalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.127474

Ключевые слова:

Jadidchilik me’ros taraqqiyot shirkat maktab mustaqillik ma’rifat

Аннотация

Ushbu maqolada jadidchilik dastlab XIX asrning 80-yillarida Qrimda tashkil etilganligi, Turkiston jadidchiligi, yangi usul maktablarining ochilishi va jadidlar tashkil etilgan shirkatlar va ularning g’oya va maqsadlari haqida gap boradi. Jadidlarning umumiy merosi, ular qoldirgan maktab ta’lim tizimi va bugundagi islohotlar zamirida poydevor bo’lishgani haqida aytib o’tiladi.


background image

`

126

JADIDLAR MEROSI: ZAMONAVIY TARAQQIYOT UCHUN ILHOM MANBAI

Sanaqulova Lobar Hamidullo qizi

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Oʻzbek tili va adabiyot yoʻnalishi talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16314400

Annotatsiya:

Ushbu maqolada jadidchilik dastlab XIX asrning 80-yillarida Qrimda tashkil

etilganligi, Turkiston jadidchiligi, yangi usul maktablarining ochilishi va jadidlar tashkil etilgan
shirkatlar va ularning g’oya va maqsadlari haqida gap boradi. Jadidlarning umumiy merosi, ular
qoldirgan maktab ta’lim tizimi va bugundagi islohotlar zamirida poydevor bo’lishgani haqida
aytib o’tiladi.

Kalit so’zlar:

Jadidchilik, me’ros, taraqqiyot, shirkat, maktab, mustaqillik, ma’rifat,

Kirish:

O‘zbek xalqining ma’naviy-ma’rifiy tarixida jadidchilik harakati alohida o‘rin

tutadi. XIX asr oxiri va XX asr boshlarida shakllangan bu harakat, zamonasi uchun o‘ta ilg‘or
g‘oyalarni ilgari surgan bo‘lib, milliy uyg‘onish, zamonaviy ta’lim, ayollar huquqlari, va ijtimoiy
islohotlar kabi masalalarda hal qiluvchi rol o‘ynagan. Bugungi kunda esa jadidlar qoldirgan
ma’naviy va ma’rifiy meros zamonaviy taraqqiyot yo‘lida biz uchun muhim ilhom manbaidir.

Jadidchilik harakati — XIX asr oxiri va XX asr boshlarida Markaziy Osiyoda paydo bo‘lgan

ijtimoiy-ma’naviy va madaniy islohotlar harakati bo‘lib, uning asosiy maqsadi xalqni ilm-fan,
zamonaviy bilimlar, milliy o‘zlik va taraqqiyot yo‘liga yetaklash edi. Ushbu harakat vakillari –
jadidlar – millat kelajagi uchun ta’lim-tarbiya, ma’rifat, matbuot, teatr, adabiyot kabi sohalarni
modernizatsiya qilish orqali jamiyatni uyg‘otishga intildilar.Jadidchilik merosi jahon
miqiyosida,Yevropa,Fransiya va Turkuston o’lkalarida isloh qilingan. Fransiya jadidlaridan
Volter,Russo,Didro kabilar erkinlik,ilm-fan va inson huquqlari g’oyalarini ilgari surgan.Ularning
me’rosi Turkiston jadidlariga kuchli ta’sir ko’rsatgan.Yevropada ,,Jadidchilik oqimi” bo’lmagan
bo’lsa-da,Yevropada marifatparvarligi,ilmiy taraqiyoti va milliy uyg’onish harakatlari
jadidchilikning shakllanishiga asos bo’ldi.Bu oqimlar Turkiston jadidlariga ilhom manbai bo’ldi.

Asosiy qism:

Jadidchilik- bu nafaqat Turkiston,balki butun musulmon sharqida milliy

uyg’onish,ma’rifat va ijtimoiy islohotlar harakatning ramziga aylangan tarixiy hodisadir.Uning
merosi bugungi kunda ham dolzarbligini yo’qotmagan. Jadidchilik dastlab XIX asrning 80-
yillarida Qrimda Ismoil G’aspirali rahbarligida vujudga kelgan.Shu ondan boshlab butun
Turkistonda jadidchilik oqimi tarqalgan .Turkiston mintaqasida jadidchilik harakati tarqalish
joyiga ko’ra uchga bo’linadi:

-Turkiston jadidchiligi
-Buxoro jadidchiligi
-Xiva jadidchiligi
Turkiston o’lkasidagi jadidchilikning ijtimoiy asosini ziyolilar tashkil qiladi.Buxoro

jadidchilik harakatiga Ikrom domla rahbarligidagi taraqiyparvarlar tashkil etgan.”Buxoroi
sharif shirkati” tuzilib,darsliklar nashr etish va kitob savdosi bilan shug’ulanishgan shirkatning
tashkilotchilari esa: Ahmadjon Hamdiy,Usmon Xo’ja,Sadriddin Ayniy,Abdurahmon Sa’diy
keyinchalik ”Tarbiyai atfol”, ”Bolalar tarbiyasi” maxfiy jamiyatini tuzishdi.Bu jamiat
turkistonlik va buxorolik yoshlarni Istanbuldagi “Buxoro ta’mimi maorif jamiyati:bo’limiga
o’qishga jo’natgan.Xivadagi jadidchilikda esa qozikalon Boboxun Salimov rahbarlik qilgan


background image

`

127

“Jamiyati xayriya” tuzilib uning ko’magi bilan Xiva shahrida dastlabki yangi usul maktabi

ochilgan.

Jadidlarning asosiy g’oya va maqsadlari quyidagilardagilar edi:
-Shariatni isloh etish,Turkistonni o’rta asrlarga xos qoloqlik va diniy xulofotdan ozod

etish xalqqa ma’rifat tarqatish .

-Milliy ozodlik, ayollarni o’qishga jalb qilish, tenglik g’oyalarini ilgari surish.
Mahmudxo’ja Behbudiy,Abdurauf Fitrat, Munavvarqori Abdurashidxonov, Fayzulla

Xo’jayev, Hamza Hakimzoda Niyoziy, Muhammadsharif So’fizoda kabi ziyolilar xalqni ilm-
ma’rifatga chorlaydi.

-Zamonaviy jadidlari ozod-farovon hayot uchun xalqqa ma’rifat ilmini yoyishdi. Dunyoviy

va diniy bilimlarni barchaga uyg’unlashtirib o’rgatishdi.

adidchilikning asosiy g‘oyalari:
-Zamonaviy ta’lim: Eski usul maktablar o‘rniga yangi usulda, ya’ni dunyoviy fanlar

o‘qitiladigan maktablar tashkil etildi.

-Milliy uyg‘onish: O‘zbek xalqi va boshqa turkiy xalqlarning o‘z tarixini, tilini,

madaniyatini anglashga da’vat qilindi.

-Ayollar huquqlari: Ayollarni o‘qitish, ularning jamiyatdagi mavqeini oshirish masalalari

ilgari surildi.

-Matbuot va axborot: Jadidlar gazeta va jurnallar chiqargan, ijtimoiy muammolarni

yoritgan.

-Islohotparvarlik: Siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalarda yangilanishlar zarurligi targ‘ib

qilindi.

Jadidchilik harakatining mohiyati
Jadidchilik harakati “usuli jadid”, ya’ni yangi usuldagi ta’lim tizimi asosida shakllangan.

Ularning asosiy maqsadi – millatni jaholat va sustkashlikdan xalos etib, zamonaviy fan-texnika,
ma’rifat va taraqqiyot sari yetaklash edi. Jadidlar eski usul maktablar o‘rniga yangi usul
maktablar ochib, o‘quvchilarga geografiya, matematika, tarix, fizika kabi dunyoviy fanlarni
o‘rgatishni yo‘lga qo‘ydilar.

Ismail Gaspirali, Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla

Avloniy, Fitrat kabi jadidlar o‘z faoliyati orqali butun jamiyat tafakkurini yangilashga intildilar.
Ular maktab, matbuot, teatr, adabiyot, tarix va tillar sohasida tub islohotlar qilishga bel
bog‘laganlar.

-Jadid merosi va bugungi taraqqiyotBugungi kunda jadidchilik merosi biz uchun

shunchaki tarixiy o‘tmish emas, balki kelajak sari dadil odimlashda ilhom manbai bo‘lishi
mumkin. Jadidlarning quyidagi g‘oyalari hozirgi zamon uchun ham dolzarbdir:

-Ta’limning ustuvorligi: Jadidlar ilm-fanni milliy taraqqiyotning kaliti deb bilganlar.

Bugungi global raqobatda ham ilmli, malakali avlodni tarbiyalash birinchi darajadagi vazifadir.

-Milliy o‘zlikni anglash: Jadidlar o‘zbek xalqining tarixiy xotirasini, tilini, urf-odatlarini

qadrlashga chaqirgan. Bu g‘oya bugun ham yosh avlodda vatanparvarlik va milliy g‘ururni
shakllantirishda muhimdir.

-Ijtimoiy tenglik va ayollar huquqlari: Ayollarni o‘qitish, ularning jamiyatdagi faol

ishtirokini ta’minlash jadidlarning e’tibor markazida bo‘lgan. Hozirgi zamonda gender tengligi
masalasi ham shu ruhda davom ettirilmoqda.


background image

`

128

-Ommaviy axborot va madaniy uyg‘onish: Jadidlar matbuot orqali xalqni ogohlikka,

fikrlashga chorlaganlar. Bugungi raqamli asrda ham axborotdan to‘g‘ri foydalanish, ommani
haqqoniy bilim bilan qurollantirish — muhim vazifadir.

Xulosa:

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, jadidchilik Turkiston yoshlarining milliy,

madaniy ijtimoiy uyg’onishda va ravnaqida asosiy omil bo’lib xizmat qildi. Zamonning dolzarb
masalalarini, hayotning muammolarini ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy yo’l o’qishga, bilim
olish va ishlab chiqarishjarayoniga jalb etish, madaniyma’naviysaviyatini yuksaltirishga
chorlaydi. Jahon taraqqiyoti yutuqlarini Turkistonga olib kelish istagida ulardan Vatan uchun
xizmat qiladigan yetuk olimlar, sanoat va qishloq xo’jaligi sohalarining zamonaviy bilimdon,
mutaxasislari, madaniyatarboblari yetishib chiqib, ular yurtini obod, farovon etishlariga
ishonganlar. Chunki jadidlarning o’zlari ham yosh bo’lganliklari uchun mahalliy yoshlarning
muammolari, fikr-g’oyalari turli voqealarga munosabati ularga juda yaqin va tushunarli edi.
Jadidlar faoliyatida madaniyatga, ma’rifatparvarlikka, yangilikka, taraqqiyotga intilish,
yoshlarni, butun xalq ommasini shunga da’vat etish g’oyalari ularning umrlari oxirigacha
yetakchi fikr bo’lib qoldi. Har qanday og’ir sharoitda ular o’z qarashlarini o’zgartirmadilar.
Jadidlarning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’naviy faoliyatlarini tahlil qilib va ularning asr
boshidagi g’oyaviy qarashlarini kelib chiqqan holda shuni aytishimiz o’rinliki, jadidlar
Turkiston xalqlarini savodsizlik, qullik, qashshoqlikdan chor hukumati mustamlakachiligidan
qutqarishga bel bog’laganlar va shu yo’lda yoshlar asosiy kuch bo’lganligini tushunib, ularning
ong-saviyasini oshirish uchun ko’p sa’yharakatlar qilganlar.Yoshlar manfaatini himoya qilish,
ularning jamiyat va davlatda munosib o’rin egallashlari uchun tegishli imkoniyatlarni yaratish
borasidagi jadidlarning fikrlari bugungi mustaqil O’zbekistonda namoyon bo’lib
turmoqda.Jadidchilik harakati nafaqat o‘z davrining ijtimoiy-siyosiy muammolariga yechim
bo‘lgan, balki kelajak avlodlar uchun ham o‘rnak bo‘ladigan yuksak ma’naviy merosni qoldirdi.
Ularning fidokorona mehnati, tafakkurdagi yangilik sari intilishi, xalqparvarlik ruhi bugungi
kunda biz uchun chinakam ilhom manbai bo‘la oladi. Bugungi O‘zbekiston taraqqiyot yo‘lida
dadil odimlar ekan, jadidchilik merosi unga kuchli ma’naviy poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Ziyo Sayd, Oʻzbek vaqtli matbuotiga oid materiallar (1870—1927), Toshkent, 1927;

2.

Ayniy S., Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, Moskva, 1926;

3.

Avloniy A., Tanlangan asarlar, 1-2-jildlar, Toshkent, 1998;

4.

Oʻzbekiston tarixi: yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka qadar, Toshkent,

1998;
5.

Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash, Toshkent,

1999;+
6.

Behbudiy M., Tanlangan asarlar, Toshkent, 1999;Oʻzbekistonning yangi tarixi. 1-kitob

[Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], Toshkent, 2000;
7.

Yusupov P., Yosh xivaliklar tarixi (Xotiralar), Urganch, 2000;

8.

Xoʻjayev F., Buxoro inqilobining tarixiga materiallar, Toshkent, 1997;


background image

`

129

9.

Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, Toshkent, 2001;

10.

Oblomurodov N, Hazratqulov A va boshqalar. O’zbekiston tarixi.(o’quv qo’llanma)T.2011

Библиографические ссылки

Ziyo Sayd, Oʻzbek vaqtli matbuotiga oid materiallar (1870—1927), Toshkent, 1927;

Ayniy S., Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, Moskva, 1926;

Avloniy A., Tanlangan asarlar, 1-2-jildlar, Toshkent, 1998;

Oʻzbekiston tarixi: yangi nigoh. Jadidlar harakatidan milliy mustaqillikka qadar, Toshkent, 1998;

Jadidchilik: islohot, yangilanish, mustaqillik va taraqqiyot uchun kurash, Toshkent, 1999;+

Behbudiy M., Tanlangan asarlar, Toshkent, 1999;Oʻzbekistonning yangi tarixi. 1-kitob [Turkiston chor Rossiyasi mustamlakachiligi davrida], Toshkent, 2000;

Yusupov P., Yosh xivaliklar tarixi (Xotiralar), Urganch, 2000;

Xoʻjayev F., Buxoro inqilobining tarixiga materiallar, Toshkent, 1997;

Oʻzbekiston davlatchiligi tarixi ocherklari, Toshkent, 2001;

Oblomurodov N, Hazratqulov A va boshqalar. O’zbekiston tarixi.(o’quv qo’llanma)T.2011