`
84
O‘ZBEKISTONDA YURIDIK SOHA UCHUN MILLIY RAQAMLI HUQUQIY
MA'LUMOTLAR AVTOMATIK TARJIMA TIZIMINI YARATISH
Nurmuhammadova Xushnoza
nurmuhammadovaxushnoza@gmail.com
Toshkent davlat yuridik universiteti
Ommaviy huquq fakulteti 1-kurs A-potok 1-guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16095552
Annotatsiya:
Ushbu maqola O‘zbekistonda yuridik soha uchun milliy raqamli huquqiy
ma‘lumotlar avtomatik tarjima tizimini yaratish masalasiga bag‘ishlangan. Maqolada avtomatik
tarjima nima haqida ekanligi, uning yaratishdan maqsad va foydalari ochib beriladi. Normativ-
huquqiy hujjatlar chuqur tahlil qilinadi. Ushbu sohada xorijiy davlatlar ya’ni AQSH, Buyuk
Britaniya, Yaponiya, Singapurning tajribasi bilan O‘zbekiston tajribasi o’zaro taqqoslandi.
Natijada avtomatik tarjima tizimini yaratishda ba’zi bir to‘sqinliklar va kamchiliklar borligi
aniqlandi. Tadqiqot yakunida O‘zbekistonda yuridik sohada avtomatik tarjima tizimini yaratish
bo’yicha nazariy tavsiyalar berib o‘tildi. Maqola O‘zbekistonda huquqiy soha bo‘yicha xalqaro
hamkorlikni yaxshilash, huquqiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish va
sohani raqamlashtirish uchun muhim ahamiyat kasb etadi.
Kalit so‘zlar:
Avtomatik tarjima, milliy va xalqaro tarjriba, statistika, mashina tarjimasi,
sun’iy intellekt, tarjimon, veb-sayt, sertifikat, huquqiy axborot tizimi, raqamli texnologiya.
KIRISH
Milliy raqamli huquqiy ma’lumotlarni raqamlashtirish va avtomatik tarjima tizimini
yaratish yuridik sohada katta ahamiyat kasb etadi, ayniqsa O‘zbekiston kabi ko‘plab tillarda
faoliyat yurituvchi davlatlar uchun ham. Mamlakatning yuridik sohasi o‘ziga xos huquqiy
normalarga ega bo‘lib ko‘plab huquqiy hujjatlar bir vaqtning o‘zida bir necha tillarda bo‘lishi
kerak. Bugungi kunda jahon miqyosida huquqiy sohani raqamlashtirish, yuridik xizmatlar
samaradorligini oshirish va xalqaro huquqiy hamkorlikni kengaytirish masalalari tobora
dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. O‘zbekistonda ham bu yo‘nalishda keng ko‘lamli islohotlar
amalga oshirilmoqda. Xususan, "Raqamli O‘zbekiston - 2030" strategiyasi doirasida huquqiy
sohadagi raqamli transformatsiyaga alohida e'tibor qaratilmoqda. Demak, bu maqolada
O‘zbekistonda yuridik soha uchun milliy raqamli huquqiy ma’lumotlar avtomatik tarjima
tizimini yaratish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar tahlil qilinadi.
Avtomatik tarjima - bu inson tomonidan yozilgan matnlarni bir tildan ikkinchi tilga
o‘zgartirish jarayoni, bu esa tabiiy tilni qayta ishlash, mashina o‘raginishi va statistika asosida
amalga oshiriladi (A.G.Karpov, 2020). Avtomatik tarjima tizimi yordamida yuridik hujjatlar va
qonunlar nafaqat mahalliy, balki xalqaro auditoriyaga ham yetkazilishi mumkin, bu esa huquqiy
xizmatlardan foydalanishni yanada osonlashtiradi. (vazirligi A. , 2023) Avtomatik tarjima
tizimlari huquqshunoslar va foydalanuvchilarning vaqtini tejaydi, chunki qog‘oz hujjatlarni
turli tillarga tarjima qilish jarayoni avtomatlashtiriladi. (vazirligi R. t., 2022)
Maqolaning dolzarbligi shundaki, raqamlashtirilgan hujjatlarning soni ko‘paygan sari
uning tarjimasiga ham ehtiyoj sezilmoqda. Lekin raqamlashtirilgan ayrim normativ - huquqiy
hujjatlarning avtomatik tarjimasini topish imkoni yo‘q. Jamiyatdagi turli millatlarning
birdamligi uchun ham huquqiy hujjatlarning ko‘p tilli bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Shu
sababli, O‘zbekistonda yuridik soha uchun milliy raqamli huquqiy ma’lumotlar avtomatik
`
85
tarjima tizimini yaratish yo‘llari va usullari haqida chuqur ilmiy tadqiqotlar o‘tkazish muhim
ahamiyat kasb etadi.
Tadqiqotning maqsadi shuki, O‘zbekistonda yuridik soha uchun milliy raqamli huquqiy
ma’lumotlarning avtomatik tarjima tizimini joriy qilinishini o‘rganish va uni amalga oshirish
uchun zarur texnologik va huquqiy asoslarni belgilashdir. Qo‘yilgan maqsad uchun quyidagi
vazifalar belgilandi:
Yuridik hujjatlarning murakkabligi va tarjima qilinishining o‘ziga xosligini o‘rganish
Mavzuga oid milliy va xalqaro tajribani o‘rganish
O‘zbekistonda mavjud tarjima texnologiyalari, resurslari va tizimning huquqiy asoslarini
tahlil qilish
Milliy raqamli huquqiy tarjima tizimini yaratish bo‘yicha texnologik va huquqiy
infratuzilmaning mavjudligi va zaruratini baholash.
Tadqiqot natijasida olingan ma’lumotlar shuki, har bir fuqaro va mansabdor shaxs
istalgan normativ – huquqiy hujjatni turli tillardagi tarjimasini olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Chunki, yurtimizda ayrim hujjatlarni boshqa tillarga tarjima qilishning imkoni yo‘q.
USULLAR
Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda yuridik sohada huquqiy ma’lumotlarning avtomatik
tarjimasini yaratish maqsadida miqdoriy va sifatli usullarni qo‘llagan holda olib borildi.
Quyidagi tadqiqot usullaridan foydalanildi:
Adabiyotlar tahlili:
Yuridik sohadagi ilmiy maqolalar, kitoblar, va boshqa manbalarga
asoslangan holda mavzuga oid nazariy asoslar o‘rganildi. Google Scholar, Google Yandex,
Science web kabi ma’lumotlar bazalaridan foydalanildi. Tahlil jarayonida “automatic legal
translation” va “legal domain machine translation” kabi kalit so‘zlar orqali qidiruv amalga
oshirildi va so‘ngi 10 yil ichida nashr ettirilgan eng muhim manbalar ustuvorlik bilan tanlab
olindi.
Texnologik tahlil:
Sun’iy intellekt va avtomatik tarjima tizimlari, ayniqsa, huquqiy
matnlarni tarjima qilishda ishlatilayotgan texnologiyalar tahlil qilindi. Normativ-huquqiy
hujjatlar va raqamli platformalar blan bog‘liq qo‘shimcha ma’lumotlar O‘zbekiston
Respublikasi qonunchilik portali va “Raqamli texnologiyalar vazirligi” rasmiy saytidan olib
tahlil qilindi.
Huquqiy- normativ baza tahlil
: Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Raqamli O’zbekiston – 2030 strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora -
tadbirlari to‘g‘risida” gi va “Ma’muruy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida
davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Farmonlari asosida
olib borildi. Qonunchilik tahlili uchun Lex-uz huquqiy axborot tizimidan foydalanildi.
Qiyosiy-tahlil
: Yuridik sohada milliy raqamli huquqiy ma’lumotlarning avtomatik
tarjima qilish bo‘yicha chet davlatlar tajribasi o‘rganildi. Bu davlatlarning avtomatik tarjima
qilish tizimi, holati va qaysi tillarga tarjima qila olish darajasi tahlil qilindi.
Tadqiqot jarayonida har bir norma va ma’lumotlardan ehtiyotkorlik bilan foydalanildi.
NATIJALAR
Tadqiqot natijasida huquqiy sohada avtomatik tarjima bo‘yicha quyidagi asosiy
ma’lumotlar olindi.
1
.
Yuridik sohada avtomatik tarjima tizimining ahamiyati
`
86
Bu tizim yuridik hujjatlarni turli tillarda o‘qish va tushunishni osonlashtiradi. Chet ellik
sarmoyadorlar, xalqaro tashkilotlar, va xorijdagi tadbirkorlar mamlakatimizdagi huquqiy
bazaga kirish uchun qiyinchilik sezmasdan, kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
Mashina tarjimasi (MT) so‘nggi bir necha o‘n yilliklarda katta yutuqlarga erishdi. Huquqiy
sohada esa, yuridik tarjima amaliyotida MT qanday muvaffaqiyatli qo‘llanilishini o‘rganishga
ba‘ishlangan bir nechta akademik ishlar mavjud. Hozirgi vaqtda xalqaro yuridik firmalar
tomonidan tuzilgan va yuridik tarjimonlar tomonidan hal qilinadigan huquqiy hujjatlarning
avtomatlashtirilgan tarjimasi bo‘yicha tadqiqotlar bilan bog‘liq bo'lgan adabiyotlarda bo‘shliq
mavjud. (Patrizia, 2023). Bu fikr, hali bu tizimda ko‘p tadqiqotlar olib borilishini hamda amalda
tajriba qilinishi kerakligini ko‘rsatadi.
2. Xorijiy tajriba
2.1 Amerika qo‘shma shtatlari
ASTA-USA suv o‘tkazmaydigan korporativ yuridik tarjima xizmatlarini taqdim etadi.
Shuning uchun Amerikaning eng yaxshi yuridik firmalari va korporativ yuridik vakillari
akkreditatsiyadan o‘tgan va sertifikatlangan tilshunoslarimizga murojaat qilishadi.
ASTA-USA barcha huquqiy jihatlar bo‘yicha yuqori ustuvor korporativ tarjima
xizmatlarini taqdim etadi. Sizga muhim biznes shartnomasi, murakkab sud materiallari, dalillar
hujjatlari, moliyaviy hisobot, saqlash yozuvlari, texnik patentni tasdiqlash, ariza xati,
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma yoki boshqa muhim hujjatlar uchun tarjima kerak
bo'ladimi, ASTA-USA tarjimani va undan to‘ldirishi mumkin. Siz uchun istalgan tilda tez va aniq.
(ASTA-USA, 2024)
2.2 Buyuk Britaniya
Buyuk Britaniyada Alphatred: yuridik tarjima agentligi faoliyat ko‘rsatadi. Yuridik tarjima
bo‘yicha 40 yildan ortiq tajribaga ega Alphatred yetakchi xalqaro til xizmatlarini yetkazib
beruvchilardan biri hisoblanadi. Ko‘plab agentliklardan tashqari, kompaniya butun dunyo
bo‘ylab 3500 dan ortiq professional va mahalliy tarjimonlar bilan ishlaydi. “Biz yuzdan ortiq
turli tillarda ishlaymiz, eng keng tarqalganidan tortib eng kam uchraydigan tillar: frantsuz,
xitoy, rus, italyan, arab, nemis, turk, ispan, portugal……” deydi Alphatred agentligi. (Alphatred
UK , 2024)
2.3 Yaponiya
Yapon qonunlari tarjimasi ma’lumotlar bazasi tizimi Adliya vazirligi tomonidan
boshqariladigan veb-sayt bo‘lib, yapon qonunlari va qoidalarining tarjimalarini taqdim etadi.
Qonunlar va qoidalarning faqat asl yaponcha matnlari qonuniy kuchga ega bo‘lib, tarjimalar
faqat Yaponiya qonunlari va qoidalarini tushunishga yordam berish uchun ma’lumotnoma
sifatida ishlatilishi kerak. Yaponiya hukumati ushbu veb-saytida taqdim etilgan qonunchilik
materiallarining to‘g‘riligi, ishonchliligi yoki valyutasi yoki ushbu veb-saytdagi ma’lumotlardan
foydalanish natijasida yuzaga keladigan har qanday oqibatlar uchun javobgar emas. Har qanday
huquqiy masala yoki nizoga qonunni talqin qilish va qo‘llashning barcha maqsadlari uchun
foydalanuvchilar Rasmiy gazetada chop etilgan asl yapon matnlariga murojaat qilishlari kerak.
Qonunlar va me’yoriy hujjatlarni tarjima qilish rejaga muvofiq amalga oshiriladi. Ushbu veb-
saytda menyu ostida siz tarjima qo‘llanmalari, tarjima rejalari va qonuniy DTD(Hujjat turini
aniqlash) kabi turli ma’lumotlarni yuklab olishingiz mumkin.
`
87
DTD da siz ushbu tizim tomonidan taqdim etilgan qonun ma’lumotlarining hujjat turini
aniqlash fayllari (XML formati) va yaponch-inglizcha standart ikki tilli lug‘at ma’lumotlarini
(XML formati) yuklab olishingiz mumkin.(JapaneseLaw translation, 2024)
2.4 Singapur
Yuridik tarjima- bu huquq sohasi bilan bog‘liq yuridik hujjatlar, atamalar va
tushunchalarni konvertatsiya qilish. Bu Singapurda mutaxassis tarjimonlarga muhtoj bo‘lgan
juda rivojlangan tarjima sohasi. Singapurdagi yuridik tarjimonlar yuridik atamalarni ikki tilda
bilishlari va ularning ma’nosini yetaralicha tanib olishlari va ular qabul qilgan yuridik
tarjimalarining 100% to‘g‘riligiga ishonch ishonch hosil qilishlari kerak. Singapurda
foydalanish uchun qonuniy hujjatlar ingliz tiliga tarjima qilingan bo‘lishi kerak, keyin
singaporetranslators.com saytiga murojaat qilish kerak. Hatto ushbu saytda tug‘ilganlik
to‘g‘risidagi guvohnoma, sudlanganlik guvohnomasi, diplom, ilmiy daraja yoki nikoh
to‘g‘risidagi guvohnomaning tarjima qilish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Tarjima qilingan hujjatlar
to‘g‘ri bo‘lganligiga va Singapurning ICA, MOM, HDB, IRAS va ACRA kabi turli institutlar
tomonidan qabul qilishinishiga ishonch hosil qilish imkoniyati bor. (Singapore translators,
2024)
3. O‘zbekistondagi vaziyat
Xo‘sh, O‘zbekistonda bu sohada vaziyat qanday degan savolga javob bersam. 2022-yil 28-
yanvarda Prezidentimizning “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni
samarali amalga oshirish chora – tadbirlari to‘g‘risida” gi 6076-farmoni imzolandi. Shuningdek,
2015-yil 9-dekabrda “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonunni va 2023-yil 25-mayda
“Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali
tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmonini yuridik sohada avtomatik
tarjima tizimini yaratish uchun huquqiy asos yaratdi.
O‘zbekistonda Adliya vazirligi tomonidan boshqariladigan Lex.uz huquqiy hujjatlar
bazasini o‘z ichiga olgan qonunchilik bazasi bor. Bu sayt o‘zida normativ-huquqiy hujjatlar va
huquqiy tarjimalarining katta to‘plamini taqdim etadi. Yana bir yuridik xizmatlarni elektron
tarzda boshqarish imkonini beradigan va hujjatlarni tayyorlash va tahlil qilishni
avtomatlashtiradigan sayt bu “E-huquqshunos” dir.
Mening fikrimcha, xorijda aynan yuridik hujjatlar uchun alohida platformalar va veb-
saytlar mavjud va ulardan fuqarolar faqat tarjima qilish uchun foydalanadi, lekin bizda bunday
tizim mukammal ishlab chiqilmagan. Yuqorida aytib o‘tilgan qonunlar va saytlar insonlarga
yuridik hujjatlarni tez topa olishga va ularning tarjimasini olish imkoniyatini ta’minlayotgan
bo‘lsa-da, lekin hali ham milliy raqamli huquqiy ma’lumotlar avtomatik tarjima tizimini
yaratish tizimida kamchiliklar mavjud.
MUHOKAMA
Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda yuridik sohada avtomatik tarjima tizimini yaratish
bo‘yicha muammolar va qonunchilik bo‘shliqlarini aniqladi. Demak, buni huquqiy tahlil qilsak.
Konstitutsiyaning davlat tili, huquqiy tenglik, shaxsiy maʼlumotlarning himoyasi va axborot
erkinligi bilan bogʻliq qoidalari milliy tarjima tizimini yaratishda asosiy huquqiy manba
hisoblanadi. O‘zbekistonda yuridik huquqiy axborotlarni avtomatik tarjima qilish va raqamli
huquqiy axborot tizimlarini rivojlantirish “Raqamli O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida
qo‘llanmoqda. Unda “Yangi qidiruv tizimlarini yaratish yo‘nalishini ishlab chiqish va aniqlash,
`
88
shu jumladan audio va video materiallarini izlash va aniqlash uchun yechimlar, axborotni
qidirish va olishda semantikadan foydalanish, mashinaviy tarjima tizimidagi yangi
texnologiyalar, shuningdek, mashinaviy o‘qitishning yangi algoritmlari va texnologiyalarini
rivojlantirish” deb yozib qo’yilgan. Mening nazarimda ushbu hujjat yuridik sohada milliy
raqamli huquqiy ma’lumotlar avtomatik tarjima tizimini yaratish bo‘yicha eng asosiy hujjat
hisoblanadi.
“Huquqiy sohadagi avtomatik tarjima tizimlari yuridik tilning murakkabligi va aniqlik
zarurati tufayli jiddiy muammolarga duch kelmoqda, chunki kichik xatolar ham jiddiy huquqiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin”. (Hajic.J, 2019) Yuqoridagi fikrning qanchalik to‘g‘riligini
O‘zbekistondagi muammolar misolida ko‘rsak. O‘zbekistonda huquqiy hujjatlarning avtomatik
tarjimasi bo‘yicha Lex.uz birinchi o‘rinda turadi. Biroq ushbu tizimda o‘rnatilgan onlayn tarjima
xizmati mavjud bo‘lsa-da, u norasmiydir, ya'ni u aniqlikdan mahrum bo‘lishi va barcha mavjud
hujjatlarni hali qo‘llab-quvvatlamasligi mumkin. Aksariyat tarjimalar rasmiy foydalanish uchun
emas, balki umumiy tushunish uchun moʻljallangan boʻlib, Oʻzbekistonda avtomatik yuridik
tarjimalarning mavjudligi va aniqligidagi ayrim cheklovlarni aks ettiradi. Lex.uzda ayrim
hujjatlarning tarjimasi yo‘q. Masalan: “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yildagi asosiy
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”
1
gi Prezident
qarori, “O‘zbekiston Respublikasida qo‘riqlash faoliyati bilan shug‘ullanishni tartibga solish
chora- tadbirlari to‘g‘risida”
2
gi va “Yengil sanoat mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy
texnik reglamentni tasdiqlash haqida”
3
gi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining hujjat matni faqat
rus tilida berilgan va hatto ingliz tilidagi tarjimasi ham berilmagan. Shundan ko‘rinib turibdiki,
lex.uzda tarjima qilinishi va ko‘rib chiqilishi kerak bo’lgan hujjatlar hali ko‘p.
Hozirda Lex.uz tarjimon xizmatidan foydalanayotgan aholi soni haqida aniq maʼlumotlar
mavjud emas. Biroq, sayt huquqiy ma'lumotlarga juda muhim kirish imkonini beradi, agar
barcha hujjatlar uchun rasmiy va aniq tarjimalar muntazam ravishda mavjud bo‘lsa, bu juda
foydali bo‘lishi mumkin. Avtomatlashtirilgan tarjimaning takomillashtirilgani O‘zbekistonning
huquqiy muhitini yanada qulay va shaffof qilish orqali yuridik mutaxassislar, fuqarolar va
xalqaro biznesga sezilarli darajada yordam beradi.
Mashina tarjimasining(MT) yutuqlari Patrizia Giampierining (2023) fikrlarida o‘z
tasdig‘ini topgan. Mashina tarjimasi(MT) so‘nggi bir necha o‘n yilliklarda katta yutuqlarga
erishdi. Yuridik amaliyotida MT qanday muvaffaqiyatli qo‘llanilishini o‘rganishga bag‘ishlangan
bir nechta akademik ishlar mavjud. Lekin, hozirgi vaqtda xalqaro yuridik firmalar tomonidan
tuzilgan yoki yuridik tarjimonlar tomonidan hal qilinadigan huquqiy hujjatlarning
avtomatlashtirilgan tarjimasida ayrim bo‘shliqlar mavjud. Ushbu soha haqida Lingvanex bosh
direktori Aliaksey Rudak shunday deydi: “Tasavvur qiling-a, siz ingliz, nemis, xitoy, frantsuz,
tillarida yuzlab va mimglab hujjatlardan foydalangan holda Fransiyadagi sud majlisiga
tayyorgarlik ko‘rishingiz kerak.Ushbu hujjatlarning an’anaviy inson tarjimasi sizga minglab
dollar va haftalik ish haqini talab qiladi”. Shu sababli, yuridik matnlarni mahalliylashtirish
deyarli har bir advokatlik firmasi uchun doimiy va jiddiy masala bo‘lib qolmoqda, bu esa
mashina tarjimasidan foydalanish imkoniyatini, u bilan bog‘liq foyda va xatarlarni oshiradi.
1
https://lex.uz/docs/3085627
2
https://lex.uz/uz/docs/-2329917
3
https://lex.uz/docs/-2953350
`
89
Murakkab algoritmlar va sun’iy intellektga asoslangan avtomatik tarjima shartnomalari,
patentlar va sud hujjatlari kabi katta hajmdagi hujatlarni tezda konvertatsiya qilish uchun
huquqiy tarjimaning ahamiyati kuchlidir. Ushbu tezkor tarjima, ayniqsa, xalqaro sud
jarayonlari yoki korporativ xaridlar paytida, bir necha tillarda ko’p sonli hujjatlarni ko‘rib
chiqishdek mashaqqatli ish bo‘lgan yuridik guruhlar uchun juda muhimdir. MT tezkor,
dastlabki tarjimani taqdim etadi, bu esa keyingi chuqur tahlil qilish yoki inson tomonidan
tekshirish uchun muhim hujjatlarni aniqlashga yordam beradi. Shunga qaramay, yuridik tilning
aniqligi uchun ham MT dan ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak.
Avtomatik tarjima tizimini yaratish uchun nimalar qilishimiz kerakligi haqida aytadigan
bo‘lsam, xalqaro huquqiy standartlarga mos keladigan tarjima tizimini yaratish uchun, xorijiy
mamlakatlarda qabul qilingan qonuniy hujjatlarni va ularning tarjimasi asosida ishlangan
ma’lumotlar bazasi bilan ishlash ham muhim. Bu esa o‘z navbatida, O‘zbekistonning milliy
huquqiy tizimini xalqaro huquqiy tizimlar bilan uyg‘unlashtirishga va xalqaro miqyosda
qo‘llaniladigan terminlar bilan moshlashtirish imkonini beradi. Shu sababli, xalqaro
tajribalarga asoslangan terminologik standartlarni ishlab chiqish va ularni milliy tizimga
kiritish, tarjima aniqligini oshirish uchun foydali bo‘ladi. Ushbu loyihani amalga oshirish
natijalariga ko‘ra, yuridik matnlarning avtomatik tarjima sifati inson tomonidan tekshirilgan
tarjima bilan taqqoslanganda juda katta farq aniqlandi. Bu esa, yuridik tarjima tizimlarining
rivojlanishiga ko‘maklashish uchun texnologiya sohasidagi yetakchi mutaxassislar,
huquqshunoslar va lingvistlarning hamkorligini talab qiladi. Tizimning samaradorligini
oshirish uchun ishlab chiqarilgan dasturiy mahsulotlar doimiy yangilanish va ularga yangi,
zamonaviy algoritmlarni kiritish imkoniyatini hisobga olish kerak.
Kelajakdagi tadqiqotlar uchun quyidagi yo‘nalishlarni taklif etish mumkin
:
1.
Yuridik terminologiyani aniq tarjima qilish uchun maxsus dasturlar ishlab chiqish,
masalan, tarjima xotirasidan foydalanish.
2.
Sun’iy intellektdan avtomatik tarjima jarayonida foydalanish, bu esa tarjimalarni tez
sifatli amalga oshirishga yordam beradi.
3.
O‘zbek tilidagi yuridik hujjatlar va ularning tarjimalarini saqlovchi ma’lumotlar bazasini
yaratish
4.
Foydalanuvchilarga qulay interfeys taqdim etish, bu orqali yuridik matnlarni oson tarzda
tarjima qilish imkonini berish.
XULOSA
Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda yuridik sohada milliy raqamli huquqiy ma’lumotlar
avtomatik tarjima tizimini yaratish bo‘yicha ba’zi muammolarni aniqladi va o‘z takliflarini
yoritib berdi. Avtomatik tarjima nafaqat huquqshunos va advokatlarga, balki chet el
fuqarolariga hujjatlarni yanada aniq tushunish imkonini beradi va uning samaradorligini
oshiradi. Bu esa o‘z navbatida insonlarning til bilan bog‘liq muammolarini yechish imkoniyatini
beradi.
Tadqiqotning natijalari shuni ko‘rsatadiki, chet davlatlarda ushbu tizimdan foydalanish
darajasi va foiz ko‘rsatkichlari ancha yuqori. O‘zbekistonda MT bo’yicha veb-sayt va
platformalar majud, lekin ularda yetarlicha kamchililar mavjud. Ularning to‘liq ishlamasligi,
aniqlik kamligi shuningdek, ayrim normativ-huquqiy hujjatlarnng tarjimasini topish imkoni
yo‘qligi bu tizimning hali to‘liq ishlab chiqilmaganidan dalolat beradi.
`
90
Tadqiqotlar natijalariga asolanib, yuridik sohada mashina tarjimasini yaratish bo‘yicha
bir qator tavsiyalar ishlab chiqildi. Bular orasida huquqiy ma’lumotlarni xalqaro standartlarga
moslashtirish, sun’iy intellektdan foydalanish, ma’lumotlar bazasini yaratish va qulay
interfeysni taqdim etish asosiy ahamiyatga ega.
Umuman olganda, yuridik sohada avtomatik tarjima tzimini yaratish imkoniyatlarini
kengaytirish kerak. Bu esa yuridik sohaning raqobatbardoshligini oshiradi, balki huquqiy
xizmatlar foydalanish darajasini oshirib beradi. Kelajakda mashina tarjimasini rivojlantirishga
doir alohida taklif va yechimlar ishlab chiqilishi rejalashtirilmoqda.
References:
Используемая литература:
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
2.
O‘zbekiston Respublikasining “Raqamli O’zbekiston – 2030” strategiyasi
3.
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida” gi qonun
4.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yildagi
asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida” gi
qarori
5.
“O‘zbekiston Respublikasida qo‘riqlash faoliyati bilan shug‘ullanishni tartibga solish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori
6.
“Yengil sanoat mahsulotlari xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqlash
haqida” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori
7.
https://www.cambridgescholars.com/product/978-1-5275-1509-3
8.
Baltic journal of law & politics 15 (1), 141-172, 2022
9.
International Conference on Natural Language Processing and Knowledge Engineering,
2003. Proceedings. 2003, 150-157, 2003
10.
Zeitschrift für Japanisches Recht 12 (24), 187–199-187–199, 2007
11.
Canadian AI 2009 Kelowna, Canada, May 25-27, 2009 Proceedings 22, 64-73, 2009
12.
https://huquqburch.uz
13.
https://www.japaneselawtranslation.go.jp/help/en/#!/law_search
14.
15.
16.
Corporate Legal Translation Services | ASTA-USA
17.
https://asta-usa.com/legal-translation-services/
18.
https://www.alphatrad.co.uk/linguistic-services
19.