Авторы

  • Ro‘zaxon Isog‘aliyeva
    Toshkent davlat yuridik universiteti Ommaviy huquq fakulteti 1-kurs A-potok 1-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.127482

Ключевые слова:

Legal Tech huquqiy innovatsiyalar yuridik ta’lim yuridik hamkorlik sun’iy intellekt raqamli transformatsiya xalqaro sammit xalqaro ekspertlar huquqiy tizim blockcheyn ma’lumotlar xavfsizligi O‘zbekistonning raqamli rivojlanishi.

Аннотация

Bu maqolada O‘zbekistonda Legal Tech sohasida xalqaro raqamli huquq texnologiyalari sammitini tashkil etishning strategik jihatlari va ahamiyati, tashkil etish jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar va samaradorlikka ta’siri kompleks tahlil qilingan. Tadqiqotda huquqiy amaliyotlarni yanada rivojlantirish uchun texnologiyalardan foydalanish zarurati ta’kidlanib, bu borada mutaxassislikka ega bo‘lgan xalqaro hamkorlarni jalb qilish va tadbirni qo‘llab-quvvatlovchi huquqiy asoslar kabi rejalashtirish jarayonidagi bir nechta muhim bosqichlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu maqolada O‘zbekistonning huquqiy va texnologik holatiga xos bo‘lgan imkoniyatlar va qiyinchiliklar tahlil qilinib, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish va mamlakatni Markaziy Osiyoda huquqiy innovatsiyalar markazi sifatida tanitish maqsad qilingan.  Tadqiqot natijalari sammitning raqamli transformatsiyani jadallashtirish, transchegaraviy huquqiy hamkorlikni kuchaytirish va mahalliy legal tech tizimini mustahkamlashdagi salohiyatini yoritib berishga bag‘ishlanadi.


background image

`

76

O‘ZBEKISTONDA LEGAL TECH SOHASIDA XALQARO RAQAMLI HUQUQ

TEXNOLOGIYALARI SAMMITINI TASHKIL ETISH

Ro‘zaxon Isog‘aliyeva

isagaliyevaroza@gmail.com

Toshkent davlat yuridik universiteti

Ommaviy huquq fakulteti 1-kurs A-potok 1-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16093827

Annotatsiya:

Bu maqolada O‘zbekistonda Legal Tech sohasida xalqaro raqamli huquq

texnologiyalari sammitini tashkil etishning strategik jihatlari va ahamiyati, tashkil etish
jarayonida yuzaga keladigan qiyinchiliklar va samaradorlikka ta’siri kompleks tahlil qilingan.
Tadqiqotda huquqiy amaliyotlarni yanada rivojlantirish uchun texnologiyalardan foydalanish
zarurati ta’kidlanib, bu borada mutaxassislikka ega bo‘lgan xalqaro hamkorlarni jalb qilish va
tadbirni qo‘llab-quvvatlovchi huquqiy asoslar kabi rejalashtirish jarayonidagi bir nechta
muhim bosqichlar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu maqolada O‘zbekistonning huquqiy va
texnologik holatiga xos bo‘lgan imkoniyatlar va qiyinchiliklar tahlil qilinib, xalqaro hamkorlikni
rivojlantirish va mamlakatni Markaziy Osiyoda huquqiy innovatsiyalar markazi sifatida tanitish
maqsad qilingan. Tadqiqot natijalari sammitning raqamli transformatsiyani jadallashtirish,
transchegaraviy huquqiy hamkorlikni kuchaytirish va mahalliy legal tech tizimini
mustahkamlashdagi salohiyatini yoritib berishga bag‘ishlanadi.

Kalit so‘zlar:

Legal Tech, huquqiy innovatsiyalar, yuridik ta’lim, yuridik hamkorlik, sun’iy

intellekt, raqamli transformatsiya, xalqaro sammit, xalqaro ekspertlar, huquqiy tizim,
blockcheyn, ma’lumotlar xavfsizligi, O‘zbekistonning raqamli rivojlanishi.

KIRISH

Ma’lumki, raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi turli sohalar ish faoliyatini tubdan

o‘zgartirmoqda, jumladan, huquq sohasiga ham katta ta’sir ko‘rsatmoqda. Avvalo, “Legal Tech”
tushunchasiga ta’rif beradigan bo‘lsak, u huquqiy faoliyatda axborot texnologiyalari va dasturiy
ta’minotdan foydalanishni o‘z ichiga oladi (Suskind, 2019). Bu soha, asosan, yuridik xizmatlarni
avtomatlashtirish, ma’lumotlarni tahlil qilish, sun’iy intellekt yordamida huquqiy maslahatlar
berish kabi yo‘nalishlarda keng qo‘llanilmoqda. Ushbu atama ostida birlashgan yuridik
innovatsiyalar esa huquqiy xizmatlarni raqamlashtirish orqali samaradorlikni yanada oshirish
va yuridik jarayonlarni takomillashtirish imkoniyatini yaratdi. Legal Tech sun’iy intellekt
yordamida shartnomlarni tahlil qilish, blokcheyn orqali ma’lumotlarni xavfsiz boshqarish va
huquqiy maslahatlarni havola qilish uchun platforma yaratish muhimdir. Raqamli huquqiy
texnologiyalarga bag‘ishlangan xalqaro sammitni tashkil etish bu yo‘nalishda muhim qadam
bo‘ladi. Shu o‘rinda ‘’sammit o‘zi nima?’’ degan savol paydo bo‘lishi tabiiy, albatta. Sammit bu –
davlat rahbarlari yoki mutaxassislar o‘rtasida xalqaro siyosat, iqtisodiyot yoki ijtimoiy jihatdan
muhim bo‘lgan masalalarni muhokama qilish maqsadida o‘tkaziladigan yig‘ilish degan ma’noni
anglatadi. Bunday tadbir yuridik mutaxassislar, texnologiya ekspertlari, siyosatchilar va
investorlarni bir joyga to‘plab, so‘nggi tendensiyalarni muhokama qilish, eng yaxshi tajribalarni
almashish va hamkorlik aloqalarni rivojlantirish imkonini beradi. Sammit, xususan, huquqiy
amaliyotda sun’iy intellektdan foydalanish, ma’lumotlar xavfsizligi muammolari va huquq
sohasidagi raqamli transformatsiya uchun me’yoriy-huquqiy bazani shakllantirish kabi dolzarb
masalalarni yoritish orqali innovatsiyalarni qo’llab-quvvatlovchi omil bo‘lib xizmat qiladi.
Shuningdek, bu mamlakatimizni texnologik va huquqiy yutuqlar markazi sifatida ko‘rsatib,


background image

`

77

xalqaro e’tiborni jalb qilishi va mintaqada o‘sish uchun yangi imkoniyatlarni yaratishi mumkin.
Maqolaning dolzarbligi shundaki, kundan kunga raqamlashib borayotgan bugungi kunda, o‘z-
o‘zini yuksaltirishni istagan har bir shaxs uning kasbiy faoliyatidan qat’iy nazar texnologiyalar
bilan ishlay olishi, shuningdek, rivojlanishni va taraqqiyot cho‘qqisiga chiqishni maqsad qilgan
har bir mamlakat texnologik jihatdan ham “yaxshi qurollangan” bo‘lishi bu XXI asrning eng
muhim talablaridan biri hisoblanadi. Shu jumladan, O‘zbekiston ham ushbu talablarga javob
berish maqsadida shu masalada bir qator islohotlarni amalga oshirmoqda. Bunda Legal Tech,
ya’ni huquqiy xizmatlarni raqamlashtirish ham diqqat markazidan bo‘lib qolmoqda. Bu borada
rivojlangan xorijiy davlatlar bilan tajriba almashish maqsadida O‘zbekistonda ham xalqaro
raqamli huquq texnologiyalari sammitini tashkil etish va ularni muntazam ravishda o‘tkazib
borilishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu maqolaning asosiy maqsadi

O‘zbekistonda Legal Tech sohasida raqamli yuridik texnologiyalarga oid xalqaro sammit tashkil
etishning strategik ahamiyatini o‘rganish va uni amalga oshirish bosqichlarini tahlil qilish,
qolaversa, kompleks tahlil orqali maqola muvaffaqiyatli xalqaro tadbir innovatsiyalarni qanday
qilib rivojlantirishi, bilim almashinuvini qanday targ‘ib qilishi hamda O‘zbekistonning yuridik
xizmatlar raqamlar transformatsiyasidagi yetakchilik mavqeyini qanday mustahkamlashi
haqida tushunchalar berishdan iborat.

USULLAR

Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda Legal Tech sohasida xalqaro raqamli huquq texnologiyalari

sammitini tashkil etishning foydali jihatlarini o‘rganish va uning tashkil etilish jarayonini
kompleks tahlil qilish maqsadida miqdoriy va sifat usullarini birlashtirgan aralash
metodologiyaga asoslanadi. Quyidagi tadqiqot usullaridan foydalaniladi:

Qonun hujjatlari tahlili

Ochiq manbalardan olingan hujjatlar tahlil qilinadi, jumladan: O‘zbekiston

Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ-395-son 09.12.2015),
“Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonun (O‘RQ-547-son 02.07.2019),shuningdek, huquq
sohasida texnologiyalarni rivojlantirishga oid boshqa milliy qonunchilik hujjatlari tahlil
qilinadi.

Adabiyotlar tahlili:

Legal Tech sohasiga oid ilmiy maqolalar, kitoblar va boshqa

manbalarga asoslangan holda mavzuga oid nazariy bilimlar egallanib, tahlil qilindi. Jumladan,
ishonchli va kengaytirilgan ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi JSTOR, Google Scholar kabi
ma’lumotlar bazalaridan foydalanilishi ko‘zda tutilgan.

So‘rovnoma:

O‘zbekistonda Legal Tech sohasida xalqaro raqamli huquq texnologiyalari

sammitini tashkil etishning afzalliklari va buni amalga oshirish jarayonida duch kelish mumkin
bo‘lgan qiyinchiliklar haqida qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lish maqsadida onlayn
so‘rovnoma o‘tkazilishi rejalashtirilgan. So‘rovnomada huquq sohasidagi mutaxassislar, Legal
Tech sohasidagi ekspertlar, ehtimoldagi ishtirokchilar va akademik ekspertlar ishtirok etishi
kutiladi. So‘rovnoma savollari O‘zbekistonda huquqqa oid texnologiyalarning bugungi kundagi
holati, sammitda bu bo‘yicha ta’kidlanishi lozim bo‘lgan kerakli mavzular, texnologik vositalar
va spikerlar, ishtirokchilarning ehtiyojlari va ularning O‘zbekistonda bu turdagi sammitlarni
o‘tkazishdan kutayotgan natijalari, shuningdek huquqiy sohada raqamli transformatsiya bilan
bog‘liq bo‘lgan asosiy muammolar haqidagi savollarni o‘z ichiga oladi. So‘rovnoma natijalari
SPSS dasturi yordamida tahlil qilinadi.


background image

`

78

Chuqurlashtirilgan intervyu:

Legal Tech sohasidagi eng kamida 15 nafar ekspertlar

bilan yarim strukturalashgan intervyular o‘tkaziladi. Bu intervyular qatnashchilarning
qulayligini ta’minlagan holda Zoom onlayn platformasi orqali tashkil etilishi va har bir inervyu
uchun o‘rtacha 40 daqiqa vaqt ajratilishi belgilangan. Suhbat jarayonida taklif etilgan huquqiy
texnologiya innovatorlari va startap asoschilari, huquqiy mutaxassislar (sudya, advokat,
huquqiy maslahatchilar) va texnologiya sohasidagi akademik mutaxassislarning fikri va
g‘oyalari o‘rganiladi.

Hodisani o‘rganish (case study):

Butun dunyo bo‘ylab shu kabi summitlarni

muvafaqqiyatli tashkillashtirgan bir nechta xorijiy davlatlar tajribalari (masalan, yaqindagina
19-20-sentabr kunlari bo‘lib o‘tgan Berlindagi 7-jahon huquqiy texnologiyalar sammiti)
o‘rganiladi. Ushbu davlatlarning veb-saytlari, yillik hisobotlari va ochiq manbalardan olingan
ma’lumotlar tahlil qilinadi. Bundan tashqari, 2023-yil 17-18-may kunlari Toshkent shahrida
bo‘lib o‘tgan, 600 dan ortiq mahalliy va xorijiy ekspertlarni birlashtira olgan “Tashkent Law
Spring” III Xalqaro yuridik forumini tashkil qilinish jarayoni, bunda yuzaga kelgan bir nechta
muammolar va ushbu forumdan olingan tajribalarni tahlil qilish orqali muhim ahamiyatga ega
bo‘lgan ma’lumotlarni olish mumkin. Ta’kidlash joizki, bu galgi forumda 20 dan ortiq davlat
vakillari, shu jumladan Armaniston, Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gruziya, Ozarbayjon,
Rossiya, Ruminiya, Saudiya Arabistoni, Singapur, Sloveniya, Turkiya va Yaponiya kabi
davlatlardan ekspertlar ishtirok etdi. Bu esa xorijiy davlat vakillari bilan bilim va ko‘nikma,
qolaversa, tajriba almashish uchun ajoyib imkoniyatni taqdim etdi.

NATIJALAR

Ushbu tadqiqotni amalda tatbiq qilish natijasida O‘zbekistonda Legal Tech sohasida

xalqaro raqamli huquq texnologiyalari sammitini tashkil etishning kutilayotgan afzalliklari
bo‘yicha quyidagi asosiy ma’lumotlarni olish mumkin:

Yuridik xizmatlarda innovatsiyalar qo‘llash

O‘zbekiston Respublikasida raqamli texnologiyalarni qo‘llashga oid huquqiy asoslar

mavjud. Elektron hukumat va shaxsiy ma’lumotlar himoya qilinishining ta’minlanishi
to‘g‘risidagi qonunlar yuridik xizmatlarni raqamlashitirishga yo‘naltirilgan huquqiy
infratuzilmaning shakllanishiga yordam beradi. O‘zbekistonda raqamlashtirish sohasi bilan
bog‘liq davlat siyosati huquqiy texnologiyalar rivojiga muhim asos bo‘lib xizmat qiladi va davlat
boshqaruvi tizimiga raqamli texnologiyalarni joriy etish bilan fuqarolar uchun huquqiy
xizmatlarni avtomatlashtirish va soddalashtirish orqali uni qulaylashtirish imkonini beradi.
Masalan, sud jarayonlarida va yuridik hujjatlarni tayyorlashda sun’iy intellekt algoritmlaridan
foydalanib, hujjatlarni tezkorlik bilan ko‘rib chiqish, takroriy jarayonlarni avtomatlashtirish va
yo‘l qo‘yilish ehtimoli bor bo‘lgan xatolarni kamaytirishga yordam beradi. Blokcheyn
texnologiyasi esa yuridik hujjatlarning haqiqiyligini tasdiqlash va ularni himoya qilish uchun
qo‘llanilishi mumkin sababi u har bir tranzaksiyani, yozuvni, umuman olganda, unga kiritilgan
har qanday ma’lumotni o‘zgartirib bo‘lmaydigan shaklda qayd etadi, shuning uchun, noto‘g‘ri
ma’lumotlar kiritilganda ularni tuzatish qiyin. Bu esa firibgarlik va noto‘g‘ri ma’lumotlar
kiritilishi xavfini kamaytiradi. Shu bilan birga, smart kontraktlar yuridik majburiyatlarni
avtomatik bajarilishini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi, masalan, tijoratga doir bitimlarda
to‘lovlar, mahsulotni yetkazib berishni nazorat qilish va avtomatlashtirishda va boshqa shartlar


background image

`

79

bajarilishini nazorat qilishda qo‘llanilishi mumkin. Bu texnologiyalar yuridik jarayonlarni
yanada tez, shaffof va xavfsiz qiladi.

Startap va xususiy sektorga investitsiya jalb etish

Sammit yurtimizdagi Legal Tech startaplar va boshqa yuridik texnologiyalarga

asoslangan kompaniyalar uchun xalqaro investorlar bilan hamkorlik o‘rnatish ehtimolini
oshiradi, ya’ni Legal Tech startaplar uchun bu turdagi sammit tashklil etish investitsiya jalb
qilishning samarali platformasi bo‘lib xizmat qiladi. Sammit jarayoni davomida xorijiy va
mahalliy investorlar bilan muloqot o‘rnatilishi natijasida ular tomonidan Legal Tech startaplar
uchun investitsiyalar kiritilishi mumkin. Bunday startaplar ichki bozorda mijozlarga
yo‘naltirilgan, yuridik xizmatlar ko‘rsatishni avtomatlashtiruvchi yoki jarayonlarni
soddalashtiruvchi mahsulotlar yaratishga imkon beradi. Masalan, advokat yoki mijozlarni
bog‘lovchi yoki onlayn maslahat berish funksiyasiga ega bo‘lgan platformalar uchun sarmoya
zarur bo‘lishi mumkin.

Sud tizimida samaradorlikni oshirish

Sud jarayonlarini raqamlashtirishga erishish orqali tizimdagi samaradorlikni oshirish va

fuqarolar uchun adolatga erishish imkoniyatlarini yanada oshirish mumkin. Elektron sud
jarayonlarini (masofaviy eshituvlar, hujjatlarni onlayn tarzda qabul qilish va ularga kirish
imkoniyati) misol qilib oladigan bo‘lsak, bunday usulda sud jarayonini o‘tkazish ishni ko‘rib
chiqishni tezlashtiradi.

Yuridik kardlarni tayyorlashni takomillashtirish

Ma’lumki, O‘zbekistonda Legal Tech tushunchasi hali ham rivojlanish bosqichida, ya’ni

to‘liq taraqqiyotga yetgan emas. Ta’kidlash joizki, O‘zbekistonda, asosan, Legal Tech sohasida
kadrlar yetishmasligi muhim muammolaridan biri. Sammit davomida xorijiy va mahalliy
mutaxassislarning ishtiroki yurtimizda bu sohada malakali kadrlarni tayyorlash imkonini
kengaytiradi. Universitetlar va o‘quv markazlarida yuridik texnologiyalar bo‘yicha alohida
kurslar, treninglar, dasturlar va amaliyotlar tashkil etilishi mumkin. Yuridik ta’lim tizimiga
raqamli huquq texnologiyalari va IT yondashuvlarini kiritish orqali talabalar huquq va
texnologiyalarni birgalikda o‘rganish imkoniga ega bo‘ladilar, bu esa o‘z navbatida yuridik
jarayonlarda zamonaviy texnologiyalardan foydalanishni qo‘llab-quvvatlaydi.

Qonunchilikni yangilash va moslashtirish

Legal Tech sohasining rivoji yangi qonunchilik talablarini shakllantiradi. Masalan, yuridik

hujjatlarni blokcheynda tasdiqlash, shaxsiy ma’lumotlarni himoyalash yoki sun’iy intellektni
yuridik xizmatlarda qo‘llash masalalari bo‘yicha maxsus me’yorlarni o‘z ichiga oluvchi hujjatlar
zarur bo‘ladi. Sammitni o‘tkazish jarayonida ehtimol xalqaro tajribalarga asoslangan takliflar
ishlab chiqilishi mumkin. Shu sababli, yangi qonunchilik normalarini qabul qilish orqali,
O‘zbekistonda Legal Tech sohasini rivojlantirish uchun xalqaro standartlarga mos me’yoriy
bazani shakllantirish imkonli bo‘lishi mumkin.

Ijtimoiy ta’sir va fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish.

Fuqarolar uchun

raqamli yuridik xizmatlarning ochiqligi va qulayligi ham ularning huquqiy savodxonligini
oshirishga xizmat qiladi. Masalan, aholi o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob yoki zarur bo‘lgan
huquqiy maslahatlarni onlayn tarzda qabul qilish, murojaatlarni onlayn tarzda amalga oshirish,
o‘z huquqiy imkoniyatlaridan foydalanishga yordam beradi. Bundan tashqari, ijtimoiy
tarmoqlarda berilayotgan keng imkoniyatlardan foydalangan holda turli xil bot yoki dasturlar


background image

`

80

yaratish orqali fuqarolarning huquqiy masalalarda tezkor javob olishlarini ta’minlash mumkin.
Bu jarayon aholining huquqiy madaniyatini oshirishga va ularning davlat bilan o‘zaro
munosabatlarinining shaffoflashuviga ko‘maklashadi.

Xalqaro hamkorlik aloqalarini kuchaytirish

Sammitning o‘tkazilishi natijasida O‘zbekiston turli xil rivojlangan xalqaro tashkilotlar,

huquq texnologiyalariga sohasidagi kompaniyalar va xorijiy davlatlar bilan yaqindan
hamkorlik o‘rnatish imkonini qo‘lga kiritadi. Bu xalqaro hamkorlik orqali O‘zbekiston chet
davlatlarning yuridik texnologiya tajribalaridan o‘rganishi, natijada yurtimizda ham yangi
texnologiyalar va yondashuvlarni joriy qilinishi mumkin. Qolaversa, xalqaro sammitlar orqali
yurtimizga xorijiy ekspertlarni jalb qilish, ulardan amaliy tajribalar olish va ular bilan
hamkorlikdan yangidan yangi loyihalar tashkil etish mumkin.

O‘zbekistonda Legal Tech sohasida xalqaro raqamli huquq texnologiyalari

sammitini tashkil etishda ehtimoldagi qiyinchiliklar

Ushbu sammitni o‘tkazish doirasida

yuqorida ta’kidlab o‘tilgan tadqiqotni amalga oshirishda duch kelish mumkin bo‘lgan asosiy
qiyinchiliklar:

a) Moliyaviy to‘siqlar:

Ma’lumki, bu turdagi sammitlarni o‘tkazish uchun joy ijarasi,

zamonaviy texnik jihozlar, xorijiy davlatlardan tashrif buyuradigan mehmonlar uchun
transport va ularni ma’lum muddat davomida turarjoy va yashash xarajatlari, reklama va
marketing uchun ko‘p miqdorda mablag‘ talab etishi mumkin. Homiylardan mablag‘ to‘plash
yoki davlat tomonidan moliyalashitirish cheklanganligi natijasida sammitni sifatli tarzda
o‘tkazishda qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

b) Texnik infratuzilmaning yetishmasligi:

Umuman olganda, sammit o‘tkazish,

ayniqsa, bu turdagi, raqamli texnologiyalarga oid

bo‘lgan tadbirlar tashkil etish va ularni sifatli va samarali tarzda o‘tkazish uchun

rivojlangan texnik infratuzilmalar talab qilinadi. Sababi, infratuzilmaning yetarli darajada
rivojlanmaganligi bu jarayonda qiyinchiliklarga olib keladi.

c) Malakali kadrlarning yetishmasligi:

Yuqorida

ta’kidlab o‘tilganidek, Legal Tech

sohasi O‘zbekistonda nisbatan yangi soha hisoblanadi, shu sababli, bu sohada yetarli tajribaga
ega mutaxassislarning yetishmasligi katta muammo keltirib chiqaradi, ya’ni ushbu sammitni
tashkil etishda va unda muhokama qilinadigan texnologiyalarga oid mavzularni yoritishda
kerakli mutaxassislarni topish qiyin bo‘lishi ehtimoli yuqori. Xalqaro ekspertlarni jalb qilish va
tajriblaridan foydalanishda ma’lum bir til to‘siqlari va kommunikatsiyada qiyinchiliklarga olib
kelishi bilan birga, bu juda katta mablag‘ni ham talab qiladi.

d) Qonunchilikdagi nomuvofiqliklar:

Huquqiy tizim uchun yangi texnologiyalar hali

to‘liq yoritilmagan va tartibga solinmagan sohalardan biridir. Masalan, blokcheyn yoki sun’iy
intellektni yuridik jarayonlarda qo‘llash ko‘plab afzalliklarga ega bo‘lsada, ularni qo‘llashga oid
aniq qonunchiliklar bazasi mavjud emas. Shu sababli, texnologiyalarni qonuniy jihatdan qabul
qilish va joriy qilish jarayonida qiyinchiliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

e) Yangi texnologiyalarni joriy etishga qarshilik:

Ma’lumki, barcha sohalarda,

jumladan, huquq sohasida ham an’anaviy ish uslublarini qo‘llash odat tusiga kirgan, shuning
uchun xodimlar, asosan yoshi nisbatan katta xodimlar yangi texnologiyalarga moslashishda
qiyinchiliklarga duch kelganliklari sababli ular tomonidan qarshilik ko‘rsatilishi mumkin. Bu
esa raqamli texnologiyalarning birdek to‘liq qabul qilinmasligiga olib keladi.


background image

`

81

MUHOKAMA

Yuqorida ta’kidlangan va O‘zbekistonda Legal Tech sohasida o‘tkazilishi

rejalashtirilayotgan xalqaro raqamli huquq texnologiyalari sammitini tashkil etishdan olinishi
mumkin bo‘lgan afzalliklar, yutuqlar va kelib chiqishi mumkin bo‘lgan qiyinchiliklar chuqur
tahlil qilinishi kerak. Bu sammitni o‘tkazish mamlakatimizda Legal Tech sohasining
rivojlanishiga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kutiladi. Yutuqlar jihatidan, bu sammit
O‘zbekistonga o‘zining investitsiya va texnologik imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi.
Eng katta afzalliklaridan biri esa tadbirga jalb qilingan xorijiy mutaxassislar bilan tajriba
almashish, shuningdek, xalqaro huquqiy texnologiyalar sohasidagi yangiliklarni namoyish etish
orqali mahalliy mutaxassislar va huquqshunoslar uchun yangi bilim va ko‘nikmalarni
o‘zlashtirish imkoniyati paydo bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, tadbir O‘zbekistonning xalqaro
maydondagi o‘rnini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Ammo O‘zbekistonda Legal Tech sohasida mutaxassislar yetishmovchiligi, ayniqsa,

sammit davomida ko‘zga tashlanadigan muammolardan biridir. Sababi, Legal Tech sohasi
uchun huquqiy bilimlar bilan birga texnologik malaka ham zarur bo‘ladi.

NATIJA

O‘zbekistonda xalqaro raqamli huquq texnologiyalari sammitini tashkil etish mamlakat

uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu sammit O‘zbekistonning Legal Tech sohasidagi
imkoniyatlarini kengaytirib, mamlakatni mintaqadagi innovatsion markazlardan biri bo‘lishga
yana bir muhim qadam bo‘lishi mumkin. Xususan, sammit orqali mamlakat yangi yuridik
texnologiyalarni o‘rganish, mahalliy tizimga tatbiq qilish va xalqaro hamkorlik aloqalarini
rivojlantirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Ushbu sammitning afzalliklaridan biri huquqiy
xizmatlarni avtomatlashtirish va raqamli transformatsiya jarayonlarini tezlashtirishdir.
Masalan, blokcheyn texnologiyasi, smart kontraktlar, umuman olganda, Legal Tech sohasi
huquqiy xizmatlarni yanada arzon, tezkor va ishonchli qiladi. Shu orqali O‘zbekistonning
huquqiy tizimi, jumladan, sud tizimi samaradorligi oshib, aholi uchun yanada qulay xizmatlarni
taqdim etish mumkin bo‘ladi. Lekin, sammitni tashkil etishda ma’lum bir qiyinchiliklar ham
mavjud. Jumladan, O‘zbekistonning texnik infratuzilmasi va qonunchilik tizimi raqamli
texnologiyalarni joriy etishga butunlay tayyor emas, ya’ni maxfiylik va raqamli huquqiy
xizmatlarni tartibga soluvchi qonunchilikda hali bo‘shliqlar mavjud. Sammit orqali bu
masalalar yuzasidan xorijiy tashkilotlar va ekspertlar bilan tajriba almashish va qonunchilikni
takomillashtirish bo‘yicha takliflar olish mumkin bo‘ladi. Yana bir muhim muammolardan biri
malakali kadrlar yetishmasligi. Legal Tech sohasida huquqiy bilimlardan xabardor bo‘lish bilan
birga texnologik ko‘nikmalarga ham ega bo‘lgan mutaxassislarning kamligi yangi
texnologiyalarni joriy etishda muammoli vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, xalqaro raqamli huquq texnologiyalari sammitini tashkil etish

O‘zbekistonning xalqaro raqamli huquq texnologiyalari sohasidagi imkoniyatlarini
kengaytirish, xorijiy tajriba va investitsiyalarni jalb qilish, texnologik infratuzilmani
rivojlantirish va qonunchilikni takomillashtirish uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Bu esa
mamlakatning iqtisodiy va texnologik rivojlanishiga, huquqiy tizimning samaradorligini
oshirishga katta hissa qo‘shishi mumkin.


background image

`

82

Muammo

Tavsiya va takliflar (Nazariy)

Tavsiya va takliflar

(Amaliy)

1.

Moliyaviy to‘siqlar

Ushbu sammitni o‘tkazishning

uzoq muddatli foydasi va bu

uchun unga sarmoya kiritish

zarur ekanligini tushuntirish

Investitsiyalarni jalb qilish

uchunoliyaviy hub ochish.

Masalan, Qozog‘istondagi

AIFC

2.

Texnik

infratuzilmaning

yetishmasligi

Internet va tarmoqlarni

modernizatsiya qilish; bulut

texnologiyalarini rivojlantirish

Yirik telekommunikatsiya

va bulut texnologiyalari

kompaniyalari bilan

kelishuvlar o‘rnatish

3.

Malakali kadrlarning

yetishmasligi

Uzluksiz ta’lim tizimini

rivojlantirish

Muntazam treninglar va

vebinarlar tashkil etish,

xodimlarni huquq va

texnologiya sohalarini

umumlashtirgan holatda

o‘qitish

4.

Qonunchilikdagi

nomuvofiqliklar

Ma’lumotlar xavfsizligi

ta’minlash hamda ularni

tartibga solish uchun yangi

qonunlar ishlab chiqish

Ishlab chiqilgan qonunlarni

joriy qilish, mavjud

qonunchilik doirasida ichki

qoidalar ishlab chiqish

5.

Yangi

texnologiyalarni joriy

etishga qarshilik

Afzalliklarni tushuntirish va

namoyon qilish

Ko‘maklashuvchi

texnologiyalar va qulay

interfeyslarni yaratish.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Susskind, R. (2019). Online courts and the future of justice. OxfordUniversity Press.

2.

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni, 09.12.2015-

yildagi

O‘RQ-135-son.

https://lex.uz/docs/-

2833860?ONDATE=11.06.2016&ONDATE2=21.04.2021&action=compare

3.

O‘zbekiston Respublikasining “ Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risida”gi

Qonuni,

02.07.2019-yildagi

O‘RQ-547-son.

https://lex.uz/docs/-

4396419?ONDATE2=21.04.2021&action=compare

4.

Introduction to SPSS for statistical analysis/Research Commons.The University of British

Columbia.

https://researchcommons.library.ubc.ca/introduction-to-spss-for-statistical-

analysis/

5.

7

th

World Legal Tech Summit 2024.

https://events.coinpedia.org/7th-world-legal-tech-

summit-5386/


background image

`

83

6.

The

III

International

Legal

Forum

“Tashkent

Law

Spring”.

https://www.uzbekembassy.in/the-iii-international-legal-forum-tashkent-law-spring-will-
be-held-in-tashkent-on-may-17-18/

7.

Perspectives in Law, Business and Innovation, page3 https://doi.org/10.1007/978-981-

13-6086-2

8.

Perspectives in Law, Business and Innovation, page5 https://doi.org/10.1007/978-981-

13-6086-2

Библиографические ссылки

Susskind, R. (2019). Online courts and the future of justice. OxfordUniversity Press.

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi Qonuni, 09.12.2015-yildagi O‘RQ-135-son. https://lex.uz/docs/-2833860?ONDATE=11.06.2016&ONDATE2=21.04.2021&action=compare

O‘zbekiston Respublikasining “ Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni, 02.07.2019-yildagi O‘RQ-547-son. https://lex.uz/docs/-4396419?ONDATE2=21.04.2021&action=compare

Introduction to SPSS for statistical analysis/Research Commons.The University of British Columbia.https://researchcommons.library.ubc.ca/introduction-to-spss-for-statistical-analysis/

Perspectives in Law, Business and Innovation, page3 https://doi.org/10.1007/978-981-13-6086-2

Perspectives in Law, Business and Innovation, page5 https://doi.org/10.1007/978-981-13-6086-2