Авторы

  • Nodira Fayzullayeva
    Shahrisabz Davlat Pedagogika instituti Filologiya fakulteti 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.127483

Ключевые слова:

Tarjima tarjimon badiiy tarjima ilmiy tarjima tarjimonlik tarjima madaniyati chop etish muallif uslubi so’z boyligi va tushunarlilik.

Аннотация

Ushbu maqolada qadim xalqlarimizdan buyon saqlanib, rivojlanib va hozir ham oʻz oʻrniga ega boʻlgan soha –“Tarjima”  yo’nalishiga  qaratilagan. Tarjima nima va nima uchun zarur, uning hozirgi kunda dolzarbligi,  tarjima sohasida badiiy va ilmiy tarjima yo’nalishining o’rni, tarjimaning ahamiyati, tarjimon kim va unda qanday hislatlar rivojlangan bo’lishi zarurligi, tarjimonlik nima, tarjimonlik yuzaga kelishi, badiiy va ilmiy tarjima nimaligi, badiiy va ilmiy tarjimaning asosiy xususiyatlari, badiiy va ilmiy tarjimaning umumiy va farqli tomonlari va bu jihatlar nima uchun zarurligi  haqida maʼlumotlar keltirilgan.


background image

`

71

TARJIMA SOHASIDA BADIIY VA ILMIY TARJIMANING AHAMIYATI VA

ULARNING ASOSIY XUSUSIYATLARI

Fayzullayeva Nodira

Shahrisabz Davlat Pedagogika instituti

Filologiya fakulteti 2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16090004

Annotatsiya:

Ushbu maqolada qadim xalqlarimizdan buyon saqlanib, rivojlanib va hozir

ham oʻz oʻrniga ega boʻlgan soha –“Tarjima” yo’nalishiga qaratilagan. Tarjima nima va nima
uchun zarur, uning hozirgi kunda dolzarbligi, tarjima sohasida badiiy va ilmiy tarjima
yo’nalishining o’rni, tarjimaning ahamiyati, tarjimon kim va unda qanday hislatlar rivojlangan
bo’lishi zarurligi, tarjimonlik nima, tarjimonlik yuzaga kelishi, badiiy va ilmiy tarjima nimaligi,
badiiy va ilmiy tarjimaning asosiy xususiyatlari, badiiy va ilmiy tarjimaning umumiy va farqli
tomonlari va bu jihatlar nima uchun zarurligi haqida maʼlumotlar keltirilgan.

Annotation:

This article focuses on the field of translation, which has been preserved and developed

since ancient times by our ancestors and still holds an important place today. It provides
information on what translation is and why it is necessary, its current relevance, the role of
literary and scientific translation within the field, the importance of translation, who a
translator is and what qualities they should possess. The article also explores what translation
and interpreting mean, how the profession of translating emerged, what literary and scientific
translation are, the main features of both types, their common and differing aspects, and why
understanding these characteristics is important.

Аннотация:

В данной статье рассматривается область перевода, которая сохранялась и

развивалась с древнейших времён нашими предками и до сих пор занимает важное
место. Приводится информация о том, что такое перевод и зачем он необходим, его
актуальность в современном мире, роль художественного и научного перевода в данной
сфере, значение перевода, кто такой переводчик и какими качествами он должен
обладать. Также рассматриваются понятия перевода и переводческой деятельности,
история возникновения профессии переводчика, что такое художественный и научный
перевод, основные особенности этих видов перевода, их общие и отличительные черты,
а также значимость этих различий.

Kalit so’zlar

: Tarjima, tarjimon, badiiy tarjima, ilmiy tarjima, tarjimonlik, tarjima

madaniyati, chop etish, muallif uslubi, so’z boyligi va tushunarlilik.

Keywords

: translation, translator, literary translation, scientific translation, translation

practice, translation culture, publishing, author's style, vocabulary and clarity.

Ключевые слова:

перевод, переводчик, художественный перевод, научный

перевод, переводческая деятельность, культура перевода, публикация, авторский стиль,
словарный запас и ясность.

Kirish

: Insoniyat paydo boʻlgan davrdan boshlab qoʻshni xalqlar madaniyati, turmush-

tarzi, iqtisodiyoti, urf-odatlari va shu kabi boshqa jarayonlarni bilishga intilgan. Bu intilish
insonlar oʻrtasidagi ilm yoʻlini ochib beruvchi bir kalit boʻldi desak adashmaymiz. Ularning bu
qiziqishi "Tarjimonlik" sohasini vujudga keltirdi va bu yoʻnalish hozirda ham mavjud, oʻz


background image

`

72

oʻrniga ega keng koʻlamli soha hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.
Mirziyoyev taʼkidlaganidek: “ilm-fan, taʼlim va tarbiya, maʼnaviyat biz uchun ustuvor masaladir.
Albatta, Yangi Oʻzbekistonni, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish uchun, avvalo, uning
mustahkam iqtisodiy, moddiy-texnik asoslarini yaratish kerak” Davlat rahbari: “Biz
Oʻzbekistonda “Adabiy doʻstlik – abadiy doʻstlik” degan chuqur maʼnoli tamoyilga amal qilgan
holda, jahon adabiyotining durdona asarlarini oʻzbek tiliga tarjima qilish va nashr etish
masalasiga gʻoyat jiddiy eʼtibor qaratmoqdamiz. “Yurtimizda dunyo adabiyotining bebaho
mulki boʻlgan ming minglab asarlar tarjima qilinib, kitobxonlar qalbidan joy olgani, badiiy
tarjima va tarjimashunoslik boʻyicha oʻziga xos ijodiy maktab shakllanganini alohida taʼkidlash
lozim”

Tarjima — bu bir tilga tegishli matn, soʻz yoki nutqni boshqa bir tilda maʼno jihatdan

toʻgʻri va aniq ifoda qilish jarayonidir. Tarjima ikki til oʻrtasida aloqa vositasi boʻlib xizmat qiladi
va madaniyatlar, bilimlar, adabiyotlar almashinuvini taʼminlaydi. Tarjima qilishda eng katta
muammo madaniyatlar o'rtasidagi farqlami ajratishdir. Muayyan madaniyatga mansub aholi
biror narsaga o'z dunyoqarashidan kelib chiqib qaraydi. Bir-biriga ekvivalentdek ko'rinadigan
so'zlar aslida ekvivalent bo'lmasliklari mumkin. Masalan, "cho'chqa" so'zi o'zbek tilida ma'lum
darajada salbiy bo'yoqqa ega. Ammo "pig" Amerikada bu so'z neytral ma'noda qo'llanadi.
Bunday holatlarda tarjimonning mahorati namoyon boʻladi. Tarjimon — bu bir tildagi
maʼlumotni boshqa bir tilga toʻgʻri va aniq tarjima qiladigan shaxsdir. Tarjimonlar ikki yoki
undan ortiq tillarni yaxshi biladi va ular madaniyati tafovutlarni ham hisobga olib, muloqotni
osonlashtirib beradi. Har bir masala ham misollar orqali tez va oson izlanuvchiga yetib boradi
.Tarjima insoniyat madaniy taraqqiyotida muhim vosita hisoblanadi. U til orqali bilim,
madaniyat, adabiyot va fan yutuqlarini bir jamiyatdan boshqasiga yetkazadi. Tarjimaning
ko‘plab turlari mavjud bo‘lib, ularning eng asosiylari "Badiiy va ilmiy tarjima"dir. Badiiy tarjima
— bu adabiy asarlarni (roman, hikoya, she’r, drama va hokazo) bir tildan boshqa tilga tarjima
qilish jarayonidir. Bu tarjima turi faqat so‘zlarni emas, asar ruhini, uslubini, obrazlarni va
hissiyotlarni ham iloji boricha saqlab qolishga harakat qiladigan tarjima turi hisoblanadi.
Masalan:Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanidagi “Shuhrat yurakka yetmaydi, yurak
bo‘sh bo‘lsa” degan jumlani ingliz tiliga tarjima qilganda shunchaki “Fame does not reach the
heart if the heart is empty” deb emas, balki badiiy va chuqur ma’no beruvchi uslubda — “Glory
cannot touch an empty heart” kabi tarjima qilish maqsadga muvofiq bo‘ladi ; So'z bir insonga
qaratilgan bo'lsa ham ular orasida hissiy bo'yoqda farq bo'ladi, ya'ni "father", "daddy", "dad",
"pop" so'zlari leksik birliklar, ularning barchasi oldingi avloddan bo'lgan qarindosh kishini
ifodalaydi. "Ota" -. "father" so'zi hunnatni "adajon" - "daddy" - yaqinlikni ifodalaydi. Insonlar
koʻpincha so'zlami denotativ ma'nosiga e'tibor berib qolmay, ularni hissiy bo'yoqdorligiga ham
qarash muhim ahamiyatga egadir.

Badiiy tarjimaning yuqorida keltirilgan misollar doirasidan kelib chiqqan xolda quyida

asosiy jihatlarini keltirishimiz mumkin:

1. Asl matnga sodiqlik – Tarjima asar mazmunan asl matnga yaqin bo‘lishi kerak.
2. Ijodiy yondashuv – Tarjimon badiiy ifodalarni o‘zbek tilida tabiiy va ta’sirli tarzda qayta

yaratishi lozim.

3. Badiiylikni saqlash – Asarning go‘zalligi, obrazlar, tasvirlar, badiiy uslub tarjimada ham

aks etishi zarur.


background image

`

73

4. Muallif uslubini yetkazish – Muallifning o‘ziga xos yozuv uslubi, ohang va kayfiyati

saqlanadi.

5. Til boyligidan foydalanish – Tarjimon o‘z tilining boy imkoniyatlaridan foydalangan

holda asarni badiiy jihatdan boyitadi.

6. Madaniy moslik – Madaniy realiyalar, urf-odatlar, milliy tushunchalar to‘g‘ri va

tushunarli tarzda tarjima qilinadi.

7. Obraz va ramzlarning to‘g‘ri talqini – Asarda uchraydigan ramz, timsol va metaforalar

ma’no jihatidan buzilmay tarjima qilinadi.

8. Kontekstga moslik – Har bir so‘z, ibora yoki jumla kontekstda qanday ma’no

berayotganiga qarab tarjima qilinadi.

9. Hissiy ta’sirni saqlash – Asarning o‘quvchiga yetkazmoqchi bo‘lgan hissiy ta’siri

tarjimada ham aks etadi.

10. O‘quvchi uchun oson qabul qilish – Tarjima tili tushunarli, ravon, o‘qishga yengil

bo‘lishi kerak, lekin asarning badiiyligi yo‘qolmasligi lozim.

Ilmiy tarjima – bu ilmiy matnlarni bir tildan boshqa tilga tarjima qilish jarayoni bo‘lib, u

fanning turli sohalaridagi bilimlarni boshqa madaniyat yoki tilda tushunarli shaklda yetkazib
berishga qaratilgan. Bu tarjima turi nafaqat matnning tilini o‘zgartirishni, balki ilmiy
tushunchalar, maqolalar, darsliklar, managrafiyalar, terminlar va izohlarning to‘g‘ri va aniq
ifodalanishini ham talab qiladi. V.P. Danilenkoning ta’kidlashicha, ilmiy tarjima deganda
umumadabiy tilningmustaqil funksional turi, ya’ni an’anaviy fan tili (fan, ilm yoki texnika tili)
nazarda tutiladi. Masalan: "In photosynthesis, plants convert light energy into chemical energy"
— jumlasi o‘zbek tiliga quyidagicha tarjima qilinadi:

“Fotosintez jarayonida o‘simliklar yorug‘lik energiyasini kimyoviy energiyaga

aylantiradi”.

Bu tarjimada har bir ilmiy atama (fotosintez, energiya, kimyoviy) to‘g‘ri va sodda

ifodalangan. Ilmiy tarjimaning asosiy xususiyatlari:

1. Aniqlik – Har bir atama va jumla ilmiy nuqtayi nazardan aniq tarjima qilinadi,

chalkashlikka yo‘l qo‘yilmaydi.

2. Terminlarga sodiqlik – Ilmiy terminlar qat’iy belgilangan shaklda tarjima qilinadi,

ularni o‘zgartirish yoki erkin almashtirish mumkin emas.

3. Mantiqiy izchillik – Matnning tuzilishi mantiqiy va izchil bo‘lishi kerak. Fikrlar bir-biri

bilan bog‘langan bo‘lishi zarur.

4. Ob’ektivlik – Tarjimon o‘z fikrini qo‘shmasligi, faqat muallif fikrini aniq yetkazishi lozim.
5. Rasmiy-ilmiy uslubda tarjima – Matn rasmiy, xolis, dalillarga asoslangan uslubda

tarjima qilinadi.

6. Qisqa va lo‘nda ifodalar – Ortiqcha badiiylik yoki hissiylikdan qochiladi. Fikrlar qisqa

va tushunarli bo‘ladi.

7. Matn strukturasi saqlanadi – Bo‘limlar, sarlavhalar, formulalar, jadvallar va boshqa

tuzilmalar asl matndagidek saqlanadi.

8. Manbaalarga hurmat – Tarjimada manbaalar to‘g‘ri ko‘rsatiladi, iqtiboslar aniq tarjima

qilinadi.

9. Fan sohasiga mos yondashuv – Har bir fan sohasi o‘ziga xos termin va ifodalarga ega,

tarjima aynan shu sohaga mos bo‘lishi kerak.


background image

`

74

10. Tushunarlilik – Tarjima matni o‘quvchi uchun tushunarli va o‘qishga qulay bo‘lishi

kerak.

Yuqorida keltirilgan xususiyatlar ularning alohida jihatlaridan hisoblanadi va shu

xususiyatlariga nisbatan farqlanadi. bundan tashqari badiiy va ilmiy tarjimaning o’xshash va
farqli tomonlari bor. Ikkala tarjima uslubining o’xshash jihatlari: Asliyatga sodiqlik – har ikkala
tarjima turi ham asl matnning mazmuniga sodiq bo‘lishni talab qiladi; Til kompetensiyasi zarur
– tarjimon har ikkala tilni – manba va maqsad tilini – mukammal bilishi kerak; Madaniyatlararo
tafakkur – Matnni tarjima qilishda ikki xil madaniyatni hisobga olish zarur; Mantiqiylik va
tushunarlilik – Har ikkala tarjimada ham mantiqiy izchillik va tushunarlilik muhim o‘rin tutadi;
Tarjimon mas’uliyati – Tarjimon har doim aniq, halol va mas’uliyatli ishlashi kerak; Konseptual
anglash – Tarjima qilishdan avval matnning mazmunini chuqur tushunish talab etiladi;
Konnotatsiyani hisobga olish – So‘zlarning qo‘shimcha ma’nolari va ohanglari e’tiborga olinadi
(ayniqsa badiiy tarjimada muhim, ammo ilmiy tarjimada ham noaniqlikni oldini olish uchun
zarur); Kontekstga mos tarjima – So‘z yoki ibora tarjimasi kontekstga qarab tanlanadi; Tahrir
va tekshiruv zarurati – Har ikki holatda ham tarjima qilingan matnni qayta ko‘rib chiqish va
tahrirlash lozim; Professional mahorat – Tarjimon nafaqat til bilimiga, balki tarjima metodikasi,
uslublari va tajribaga ega bo‘lishi kerak.

Badiiy va ilmiy tarjima turlarining farqli jihatlari:
1. Maqsad: Badiiy tarjima: Asarning badiiy go‘zalligini, hissiy jihatini va estetik ta’sirini

yetkazish. Ilmiy tarjima: Ilmiy ma’lumotni aniq, tushunarli va lo‘nda shaklda yetkazish.

2. Til uslubi: Badiiy: Obrazli, metaforik, hissiy jihatdan boy. Ilmiy: Rasmiy, qat’iy, aniq va

lo‘nda.

3. Ijodkorlik darajasi: Badiiy: Tarjimon ijodkorlik qiladi, ba’zida erkin yondashadi. Ilmiy:

Tarjimon erkinlikdan voz kechadi, faqat ma’lumotni to‘g‘ri yetkazadi.

4. Terminlardan foydalanish: Badiiy: Maxsus terminlar kam qo‘llaniladi. Ilmiy: Ko‘plab

ilmiy va texnik terminlar ishlatiladi.

5. Matnni qayta yaratish: Badiiy: Tarjimon ba’zida asarni ijodiy qayta yaratadi. Ilmiy: Asar

aynan va aniq tarjima qilinadi, qayta yaratishga yo‘l qo‘yilmaydi.

6. Tinglovchi/o‘quvchi auditoriyasi: Badiiy: Umumiy kitobxonlar, keng omma. Ilmiy:

Maxsus soha vakillari, ilmiy jamoa.

7. Xatolarga munosabat: Badiiy: Ba’zan kichik og‘ishlarga yo‘l qo‘yiladi. Ilmiy: Har qanday

xato jiddiy ilmiy xatoga olib kelishi mumkin.

8. Tarjimaning ta’siri: Badiiy: Hissiyot uyg‘otish, zavq bag‘ishlash. Ilmiy: Axborotni

tushunarli yetkazish, ilmiy bilimni yoyish.

9. Matnning tuzilmasi: Badiiy: Erkin va xilma-xil tuzilgan bo‘lishi mumkin. Ilmiy: Aniq

tuzilma, tartib, sarlavhalar va izchil mantiq bo‘lishi zarur.

10. Tayyorlov darajasi: Badiiy: Adabiyot, uslub va estetik didga ega bo‘lish kerak. Ilmiy:

Soha terminologiyasi va mavzuga oid maxsus bilim zarur.

Xulosa

: Yuqorida keltirilgan maʼlumotlardan shuni aytishimiz mumkinki, tarjimonlik

sohasi qadimdan paydo boʻlgan va hozirda keng rivojlanmoqda, bu soha insoniyat manfaatlari
uchun xizmat qiladi. Uning ham turlari bor ular ichida badiiy va ilmiy tarjima alohida
ahamiyatga ega. Badiiy matnda qo‘llangan badiiy boyoqdorlikni kasb etgan soʼz va so`zlar
jamlanmasini tarjima qilishda asliyat matnida ifodalangan maʼno va mohiyatni imkon qadar


background image

`

75

yaxshi tasavvur ettira olish lozim. Bundan tashqari tarjimondan asliyat va tarjima tillarining
strukturasi jihatidan ham yetarlicha bilimga ega bo‘lish talab qilinadi. Badiiy stilistikani
ifodalovchi til birliklarini tarjima qilishda ekvivalentlik, shakliy ekvivalentlik, sintaktik
almashinuv, inversiya, madaniy ekvivalentlik kabi tarjima transformasiyalari faol qo‘llanadi.
Ilmiy tarjima turida esa ilmiylik saqlanishi bosh maqsad hisoblanadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Yoldosheva Mamura Baxtiyorovna, “Badiiy tarjimada portret tasvirining milliy-madaniy

tasirining ifodalanishi”. – Buxoro: 2023. – 207 – 211.
2.

Yоldоshеv U. Hаjviy mаtnlаr tаrjimаsining lingvоstilistik vа lingvоkulturоlоgik

хususiyаtlаri (Ingliz tiligа tаrjimа qilingаn оzbеk хаlq lаtifаlаri misоlidа). Filоl.fаn. nоm.
diss.аvtоrеf. – Tоshkеnt: 2017.- B.123-124.
3.

Grаеdlеr, А.L. (2000). Culturаl shоck. Rеtriеvеd Dеcеmbеr 6, 2006 frоm

httр://www.hf.uiо.nо/ ibа/nеttkurs/trаnslаtiоn/grаmmаr/tор7culturе.html
4.

https://fayllar.org/leksik-fonetik-sintaktik-vositalar-tayanch-sozlar.html

5.

https://fayllar.org/mundarija-kirish-bob-tarjimaning-stilistik-

muammolari.html?page=7
6.

https://inlibrary.uz/index.php/media-language-

culture/article/download/28869/29702/33243

Библиографические ссылки

Yoldosheva Mamura Baxtiyorovna, “Badiiy tarjimada portret tasvirining milliy-madaniy tasirining ifodalanishi”. – Buxoro: 2023. – 207 – 211.

Yоldоshеv U. Hаjviy mаtnlаr tаrjimаsining lingvоstilistik vа lingvоkulturоlоgik хususiyаtlаri (Ingliz tiligа tаrjimа qilingаn оzbеk хаlq lаtifаlаri misоlidа). Filоl.fаn. nоm. diss.аvtоrеf. – Tоshkеnt: 2017.- B.123-124.

Grаеdlеr, А.L. (2000). Culturаl shоck. Rеtriеvеd Dеcеmbеr 6, 2006 frоm httр://www.hf.uiо.nо/ ibа/nеttkurs/trаnslаtiоn/grаmmаr/tор7culturе.html