Авторы

  • Zamira Togayeva
    Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, Inson resurslarini boshqarish va rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i
  • Zilola Safarova
    “ONE-NET” MCHJ, Ish yuritish va kadrlar ishi bo‘yicha bosh mutaxassis
  • Ulug‘bek Ismailov
    Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.128203

Ключевые слова:

sun’iy intellekt raqamlashtirish boshqaruv raqamli texnologiya avtomatlashtirish kiberhujum.

Аннотация

Mаzkur mаqоlаdа boshqaruv sohasini raqamlashtirish va sun’iy intellektning mazkur soha rivojidagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.


background image

`

165

BOSHQARUV SOHASINI RAQAMLASHTIRISH VA SOHADA SUN’IY

INTELLEKTNING AHAMIYATI

Togayeva Zamira Fayzullayevna

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, Inson resurslarini boshqarish va

rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i

Е-mаil: togaevazamira55@gmail.com

Safarova Zilola Olimjonovna

“ONE-NET” MCHJ, Ish yuritish va kadrlar ishi bo‘yicha bosh mutaxassis

Е-mаil: safarovazilola@gmail.com

Ismailov Ulug‘bek O‘ktamboy o‘g‘li

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi, Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-

internatlari bilan ishlash bo‘limi yetakchi mutaxassisi

Е-mаil: ismailovulugbek535@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.16420207

Annotatsiya.

Mаzkur mаqоlаdа boshqaruv sohasini raqamlashtirish va sun’iy

intellektning mazkur soha rivojidagi ahamiyati to‘g‘risida ma’lumotlar keltirilgan.

Kаlit sо‘zlаr:

sun’iy intellekt, raqamlashtirish, boshqaruv, raqamli texnologiya,

avtomatlashtirish, kiberhujum.

ЦИФРОВИЗАЦИЯ ОБЛАСТИ УПРАВЛЕНИЯ И ЗНАЧЕНИЕ

ИСКУССТВЕННОГО ИНТЕЛЛЕКТА В ЭТОЙ СФЕРЕ

Тогаева Замира Файзуллаевна

Агентство специализированных образовательных учреждений, Руководитель

отдела управления и развития человеческих ресурсов

Е-маил: togaevazamira55@gmail.com

Сафарова Зилола Олимжоновна

“ONE-NET” МЧЖ, Специалист по кадровой работе и управлению персоналом

главный специалист

Е-маил: safarovazilola@gmail.com

Исмаилов Улуғбек Ўктамбой ўғли

Агентство специализированных образовательных учреждений, Отдел по работе с

специализированными школами и интернатами ведущий специалист

Е-маил: ismailovulugbek535@gmail.com

Аннотация:

В этой статье рассматривается цифровизация управления и значение

искусственного интеллекта в развитии данной сферы.

Ключевые слова:

искусственный интеллект, цифровизация, управление,

цифровые технологии, автоматизация, кибератака.

THE İMPORTANCE OF DİGİTİZİNG THE MANAGEMENT SECTOR AND THE

ROLE OF ARTİFİCİAL İNTELLİGENCE İN THE FİELD

Togayeva Zamira Fayzullayevna

Agency for specialized educational institutions, Head of the Human resources

management and development department

Е-mаil: togaevazamira55@gmail.com

Safarova Zilola Olimjonovna

“ONE-NET”MCHJ, Senior specialist in Personnel management and human resources

Е-mаil: safarovazilola@gmail.com


background image

`

166

Ismailov Ulug‘bek O‘ktamboy o‘g‘li

Agency for specialized educational institutions, Leading specialist in the Department

for collaboration with specialized schools and boarding schools

Abstract:

In the same context, information is provided about the digitization of

management and the importance of artificial intelligence in the development of this field.

Key words:

artificial intelligence, digitalization, management, digital technology,

automation, cyberattack.

Kirish.

XIX asr oxirlaridan boshlab insoniyat texnologik rivojlanishga katta e’tibor qaratib

kelmoqda. Ayniqsa, so‘nggi yillarda raqamlashtirish va sun’iy intellekt (SI) texnologiyalari
boshqaruv sohasini tubdan o‘zgartirmoqda. Boshqaruv — tashkilotlar, korxonalar va davlatlar
uchun strategik va operatsion jarayonlarni boshqarishning muhim bosqichidir. Raqamli
texnologiyalarning rivojlanishi bilan bu jarayonlar yanada samarali, shaffaf va moslashuvchan
bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Shu bilan birga, sun’iy intellektning integratsiyasi boshqaruv
sohasida yangi imkoniyatlar va muammolarni yuzaga keltirmoqda. Ushbu maqolada,
raqamlashtirish va sun’iy intellektning boshqaruv sohasidagi ahamiyati, ularning
imkoniyatlari, muammolari va kelajak istiqbollari haqida tahlil qilinadi.

Raqamlashtirish — ma’lumotlarni raqamli shaklga o‘tkazish va ularni kompyuter

texnologiyalari yordamida boshqarish jarayonidir. Boshqaruv sohasida raqamlashtirish
jarayoni ma’lumotlar oqimini optimallashtirish, analitik imkoniyatlarni kengaytirish va
jarayonlarni avtomatlashtirishga xizmat qiladi.

Boshqaruvda raqamlashtirishning bir nechta asosiy afzalliklari mavjud. Birinchidan,

raqamli texnologiyalar yordamida tashkilotlar katta hajmdagi ma’lumotlarni yig‘ish, saqlash va
tahlil qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Ikkinchidan, raqamli tizimlar yordamida boshqaruv
jarayonlari real vaqtda amalga oshiriladi, bu esa qaror qabul qilishni tezlashtiradi. Qolaversa,
raqamli texnologiyalar nazorat va audit jarayonlarini oshiradi, shuningdek, shaffoflikni
ta’minlaydi. Bundan tashqari, jarayonlarning avtomatlashtirilishi va optimallashtirilishi orqali
xarajatlar kamayadi va samaradorlik oshadi.

Boshqaruvda raqamlashtirishga o‘tishning asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:

Ma’lumotlarni raqamli shaklga o‘tkazish;

Boshqaruv tizimlarini raqamli platformalarga o‘tkazish;

Sun’iy intellekt va analitik vositalarni joriy etish;

Raqamli boshqaruv tizimlarini integratsiyalash va avtomatlashtirish;

Sun’iy intellekt va boshqaruv sohasida roli.
Sun’iy intellekt — kompyuter tizimlarining inson tafakkurini imitasiya qilish qobiliyatidir.

U hozirgi kunda boshqaruvda muhim rol o‘ynab, muammolarni hal qilish, qarorlar qabul qilish,
prognozlar qilish va jarayonlarni optimallashtirishda keng qo‘llanilmoqda.

Sun’iy intellektning boshqaruv sohasidagi imkoniyatlari quyidagilardan iborat:

Sun’iy intellekt yordamida murakkab va katta hajmdagi ma’lumotlar asosida tez va aniq

qarorlar qabul qilinadi.

SI yordamida kelajakdagi tendentsiyalar va muammolarni oldindan aniqlash mumkin.

Fabrika, logistika yoki moliyaviy boshqaruvda SI yordamida jarayonlar samarali va

moslashuvchan bo‘ladi.


background image

`

167

Tashkilotlar uchun xavf-xatarlarni baholash va ularni kamaytirish bo‘yicha tavsiyalar

ishlab chiqiladi.

Sun’iy intellekt yangi biznes modellari va strategiyalarni ishlab chiqishda yordam beradi.
Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan boshqaruvda bir nechta sohalarda foydalanish uchun

yuqori samaradorlikka ega. Misol uchun, kredit riskini baholash, moliyaviy prognozlar va
investitsiya strategiyalari; mijozlarni segmentatsiya qilish, shaxsiylashtirilgan takliflar ishlab
chiqish; aqlli logistika, ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish; xavf-xatarlarni
oldindan aniqlash va boshqarishda qo‘llash yuqori samara beradi.

Har qanday texnologik rivojlanish bilan birga, yangi muammolar va muhofazalar ham

yuzaga keladi. Raqamlashtirish va sun’iy intellektning boshqaruv sohasida ba’zi muhim
muammolari mavjud. Misol uchun, sun’iy intellekt bilan bog‘liq etik muammolar, masalan,
qarorlarning adolatliligi va shaffofligi; yangi texnologiyalarni mavjud tizimlarga moslashtirish
va integratsiya qilish qiyinchiliklari; avtomatlashtirish natijasida ba’zi ish o‘rinlarining
qisqarishi yoki yo‘qolishi; sun’iy intellekt va raqamli tizimlarning kiberhujumlardan himoyasi
kabilar.

Raqamlashtirish va sun’iy intellektning boshqaruv sohasidagi rivojlanishi davom

etmoqda va yaqin kelajakda bir nechta asosiy tendensiyalar sodir bo’lishi kutilmoqda. Misol
uchun, o‘z-o‘zini boshqarish tizimlari; ma’lumotlar asosida yanada chuqurroq tahlil va qarorlar
qabul qilish; sun’iy intellekt va inson faktorining muvofiqlashtirilishi; turli tizimlar va
tashkilotlar o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi va hamkorlik; sun’iy intellekt va
raqamlashtirish bo‘yicha huquqiy muhitni shakllantirish.

Xulosa.

Raqamlashtirish va sun’iy intellekt boshqaruv sohasini tubdan o‘zgartirib, yanada

samarali, shaffof va moslashuvchan qilish imkoniyatlarini yaratmoqda. Bu texnologiyalar
yordamida tashkilotlar va davlatlar strategik maqsadlariga erishishda muhim va katta
qadamlar qo‘ymoqda. Biroq, yangi texnologiyalar bilan bog‘liq xavf-xatarlar va muammolarni
ham hisobga olish, etik va huquqiy asoslarni mustahkamlash muhim bo‘lib qolmoqda.
Kelajakda bu sohadagi rivojlanish, texnologik innovatsiyalar va muhofazalar bilan birgalikda,
boshqaruvning yangi bosqichiga o‘tish imkoniyatlarini ochadi.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Raqamli iqtisodiyot asoslari. O‘quv qo‘llanma – TATU. 2023.

2.

Sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish. O‘quv qo‘llanma. SamDU. 2022.

3.

Sun’iy intellekt: Nazariya va amaliyot. – Darslik. – Toshkent: Fan, 2022.

4.

Russell S., Norvig P. “Artificial Intelligence: A Modern Approach”. – Pearson Education.

2021.

Библиографические ссылки

Raqamli iqtisodiyot asoslari. O‘quv qo‘llanma – TATU. 2023.

Sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish. O‘quv qo‘llanma. SamDU. 2022.

Sun’iy intellekt: Nazariya va amaliyot. – Darslik. – Toshkent: Fan, 2022.

Russell S., Norvig P. “Artificial Intelligence: A Modern Approach”. – Pearson Education. 2021.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)