Авторы

  • Munisa Yuldasheva
    Toshkent davlat yuridik universiteti, Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.128206

Ключевые слова:

Shaxsga doir ma`lumotlar server shaxsiy ma`lumotlar xavfsizligi ijtimoiy tarmoq tijorat tashkilotlari huquqiy ong va madaniyat himoya qilish moliyaviy tafsilotlar.

Аннотация

Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga doir ma`lumotlarni himoya qilishning huquqiy jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqola ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga doir ma`lumotlarning himoya qilinishiga oid maqsadlar, yo‘nalishlar, vazifalar, muammolar, tavsiya va takliflarni o‘zida mujassam qilib tahlil qilingan. Ushbu maqola davomida aholida ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga oid ma`lumotlarni himoya qilishga doir huquqiy bilimlarni yetishmasligi, qonunchilikdagi hamda uning ijrosidagi kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Bugungi kunda asosiy huquqbuzarliklar ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga oid ma`lumotlarning himoyasizligi natijasida sodir etilayotgani aniqlandi. Tadqiqot yakunida yuqoridagi jihatlar o‘rganib chiqilib ularni hal qilish uchun tavsiya hamda takliflar ishlab chiqildi.


background image

`

150

IJTIMOIY TARMOQLARDA SHAXSIY MA`LUMOTLARNI HIMOYA QILISHNING

O‘ZBEKISTONDAGI HUQUQIY JIHATLARI

Yuldasheva Munisa Raxmanovna

muhlisayevamuhlisa@gmail.com

Toshkent davlat yuridik universiteti,

Jinoiy odil sudlov fakulteti 2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.16416811

Annotatsiya.

Ushbu tadqiqot O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga doir

ma`lumotlarni himoya qilishning huquqiy jihatlarini o‘rganishga bag‘ishlangan. Maqola
ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga doir ma`lumotlarning himoya qilinishiga oid maqsadlar,
yo‘nalishlar, vazifalar, muammolar, tavsiya va takliflarni o‘zida mujassam qilib tahlil qilingan.
Ushbu maqola davomida aholida ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga oid ma`lumotlarni himoya
qilishga doir huquqiy bilimlarni yetishmasligi, qonunchilikdagi hamda uning ijrosidagi
kamchiliklar mavjudligi aniqlandi. Bugungi kunda asosiy huquqbuzarliklar ijtimoiy
tarmoqlarda shaxsga oid ma`lumotlarning himoyasizligi natijasida sodir etilayotgani
aniqlandi. Tadqiqot yakunida yuqoridagi jihatlar o‘rganib chiqilib ularni hal qilish uchun
tavsiya hamda takliflar ishlab chiqildi.

Kalit so‘zlar:

Shaxsga doir ma`lumotlar, server, shaxsiy ma`lumotlar xavfsizligi, ijtimoiy

tarmoq, tijorat tashkilotlari, huquqiy ong va madaniyat, himoya qilish, moliyaviy tafsilotlar.

KIRISH

Bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar hayotimizning ajralmas qismiga aylangani hech

birimizga sir emas. Raqamli axborot texnologiyalari rivojlanib borgani sayin, shaxsiy
ma`lumotlarga bo‘lgan hujumlar hamda ularning xavfsizligi masalalariga oid bo‘lgan
vaziyatlar ham ortib bormoqda. “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi O`zbekiston
Republikasi qonunining

4-moddasiga ko`ra shaxsga doir ma’lumotlar

— muayyan

jismoniy shaxsga taalluqli bo‘lgan yoki uni identifikatsiya qilish imkonini beradigan, elektron
tarzda, qog‘ozda va (yoki) boshqa moddiy jismda qayd etilgan axborot. Ijtimoiy tarmoqlar
insonlarning uzog‘ini yaqin qilishi kabi foydasi bilan birga, shaxsiy ma`lumotlarning
xavfsizligiga kezi kelganda xavf tug‘dirishi bilan salbiy jihatini ham o‘zida namoyon qiladi.
Xalqaro “Statista” statistik portali ma`lumotlariga ko‘ra, dunyoda 5 milliardga yaqin kishi
Internet tarmog‘idan foydalanadi. Ijtimoiy tarmoqlarning odamlar ongiga ta’sirining
kuchayishi, bir tomondan, ularning jamiyat a’zolari uchun qulayligi va samaradorligidan
dalolat bersa-da, biroq boshqa tomondan, ijtimoiy tarmoqlar yovuz niyatli hamda tinchlik va
totuvlikka raxna soluvchi ayrim shaxslarning “qurol”iga aylanib (Qi M., 2011), bormoqda.
Gulyamov va Khazratkulov (2022) ta`kidlaganidek, „Raqamli transformatsiya jarayonida kiber
xavfsizlik masalalari tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda“ (p.33). Bu esa bugungi kunda
raqamli dunyoda shaxsga doir ma`lumotlarni himoya qilish lozimligini taqazo etadi. Shu
o‘rinda, shaxsiy ma`lumotlar o‘z ichiga ism, familiya, telefon raqamlari, turar va yashash
manzili, elektron pochta manzillari, kredit karta ma`lumotlari va boshqa ma`lumotlarni
qamrab oladi. Ijtimoiy tarmoqlarda undan foydalanuvchi shaxslar shaxsiy ma`lumotlarini o‘z
ixtiyorlariga ko‘ra yoki aksincha qoldiradilar. Bu esa, shaxsga doir ma`lumotlarning hujumga
uchrashiga olib keladi. Ushbu holat bugungi kunda keng tarqalayotgan eng tahdidli
masalalardan hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma`lumotlar xavfsizligini ta`minlash
bugungi kunning dolzarb muammolaridan biridir.


background image

`

151

Birinchidan, shaxsiy ma`lumotlarning sir saqlanishi, uning ma`lumot egasining roziligisiz

oshkor etilishi konstitutsiyaviy normaning buzilishi hisoblanadi.

Ikkinchidan, shaxsiy ma`lumotlarning o‘zga shaxslarning qo‘liga tushishi natiijasida

tovlamachilik, firibgarlik kabi jinoyatlarning soni ortib borishiga sabab bo‘ladi. Ushbu holatlar
tartibga solinish va nazoratga olinishi uchun esa qonunchilikni mustahkamlash va uning
ijrosini ta`minlash zarurdir.

Uchinchidan, aholining ijtimoiy tarmoqdagi huquqiy ongi va madaniyatini o‘stirish

bugunning muhim talabi. Bu orqali shaxslar o‘z shaxsiga doir ma`lumotlarini himoya qiladilar
hamda o‘zgalarning shaxsiy ma`lumotlariga bo‘lgan huquqlarini hurmat qiladilar.

Tadqiqotning maqsadi O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga doir

ma`lumotlarni himoya qilishnining huquqiy jihatlarini yoritib berishdan iborat. Qo‘yilgan
maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar belgilandi:

Shaxsga oid ma`lumotlar tushunchasi, uning ijtimoiy tarmoqdagi xavfsizligini tahlil

qilish;

Shaxsga oid ma`lumotlarni himoya qilishni joriy etishdagi qiyinchiliklarni o‘rganish;

Shaxsga oid ma`lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda himoya qilishni samarali joriy etish

bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.

MATERIAL VA METODLAR

Mazkur ilmiy maqolani tayyorlashda umumilmiy usullar bilan bir qatorda tanqidiy tahlil,

qiyosiy-huquqiy tahlil va statistik tahlillardan foydalanilgan.

Tadqiqot O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonuni,

“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni, “Axborot olish kafolatlari va
erkinligi to‘g‘risida”gi qonuni, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni hamda tegishli xalqaro
hujjatlar asosida olib boriladi. Shuningdek, tadqiqot chet el tajribasini o‘rganish maqsadida
Yevropa Ittifoqining Umumiy ma`lumotlarni himoya qilish qoidalari (General Data Protection
Regulation [GDPR]) asosida ham olib borildi.

Tadqiqotda statistik ma`lumotlar xalqaro „Statista“ statistik portalidan hamda

O‘zbekiston Respublikasi Statistika qo‘mitasining rasmiy portalidan olindi. Qonunchilik tahlili
uchun Lex.uz O‘zbekiston qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasidan foydalanildi.

Tanqidiy tahlil

amaldagi qonunchilik bazasida normalardan ushbu tadqiqotga aloqador

„Shaxsga doir ma`lumotlar to‘g‘risida“gi qonunda shaxsiy ma`lumotlarni yig‘ish, saqlash
hamda uni tarqatish masalalari yoritilgani, biroq ushbu normalar ijrosi yetarlicha emasligini
ko‘rsatadi. Telegram, Instagram, Facebook va shu kabi platformalarda shaxsiy
ma`lumotlarning shaxs ruxsatisiz foydalanish, tarqatish shu bilan birga, undan fishing,
tovlamachilik maqsadlarida foydalanish kabi holatlarning ko‘p uchrayotgani va afsuski, ushbu
holatni kamaytirish uchun yechimlar yetarlicha emasligi va ushbu huquqbuzarliklarni sodir
etgan shaxslarni aniqlash imkoniyatining kamligi katta muammo sifatida qaraladi. Shu bilan
birga, aholining shaxsiy ma`lumotlarini himoya qilishga doir bo‘lgan chora-tadbirlarni amalga
oshirmasligi ham ushbu muammoning katta bo‘lib borishiga sababchi bo‘lib xizmat qilmoqda.

Qiyosiy-huquqiy

tahlil rivojlangan mamlakatlarning qonunchiligi asosida amalga

oshirildi. Ushbu tadqiqot davomida o`z qonunchiligida ushbu jihatlarni mustahkamlab
qo`ygan rivojlangan mamalakatlardan Estoniya, Kanada, Yevropa Ittifoqi mamlakatlari misol
tariqasida foydlanildi.


background image

`

152

Yevropa Ittifoqi

ning GDPR (General Data Protection Regulation)ini shaxsiy

ma`lumoqtlarni himoya qilish bo‘yicha boshqa mamlakatlar qonunchiligi uchun ham bugungi

kunda asos bo‘lib kelayotgan reglamentlardan
biri deyish mumkin. Ushbu reglament 2018-
yilda qilingan bo’lib, unda shaxsga doir
ma`lumotlarni yig‘ish, foydalanish, saqlash va
tarqatishga

doir

qoidalar

aniq

qilib

mustahkamlab

qo‘yilgan.

Ma`lumotlarda

keltirilishicha,

GDPR

1950-yildagi

Inson

huquqlari bo‘yicha Yevropa kovensiyasining bir
qismidir.

To‘g‘rirog‘i, undagi har kim o‘zining

shaxsiy va oilaviy hayotini, uy-joyini va
yozishmalarini himoya qilish huquqiga ega“
normasining kengaytiriligan, aniqlashtirilgan
qonun ko‘rinishi va shaklidagi yangi to‘liq
qonunidir. GDPR ijtimoiy tarmoqlarda umuman
olganda

raqamli

dunyoda

shaxsiy

ma`lumotlarni olishda, ularni boshqarishda,

maxfiylikni amalga oshirishda, shaxsiy ma`lumotlar buzilishida yuz beradigan holatlar va bu
uchun javobgarlik va jazo choralari yuzasidan kerakli normalarni o‘z ichiga oladi.

Estoniya

shaxsga doir ma`lumotlarini himoya qilishda Yevropa Ittifoqining GDPRi bilan

birgalikda o‘zning „Shaxsiy ma`lumotlarni himoya qilish to‘g’risida“gi qonunidan (Personal
Data Protection Act) ham foydalanadi. Ushbu qonun 76 moddadan iborat bo‘lib, u 2018 yilda
qabul qilingan. Ushbu qonun raqamli olamda hukumatga, kompaniyalarga hamda jismoniy
shaxslarga shaxsga oid ma`lumotlar bilan ishlashda xavfsizlikni ta`minlash kerakligini,
ta`minlamaganlik esa javobgarlik va jazo choralari qo`llanishiga sabab bo‘lishini belgilab
qo‘ygan.

Kanada

ning „Shaxsiy ma`lumotlarni himoya qilish va elektron hujjatlarni himoya qilish

to‘g’risida“gi qonunida (Personal Information Protection and Electronic Documents Act
[PIPEDA]) xususiy sektor tashkilotlari tijorat faoliyati davomida shaxsiy ma`lumotlarni
xavfsizligini ta`minlashi kerakligi belgilangan bo‘lib, unga ko‘ra shaxsiy ma`lumotlar sifatida
aynan o‘sha shaxsga bog‘lanish imkonini beruvchi har qanday ma`lumot va faktlar
aloqadorligini belgilaydi. Bularga asosiy tafsilotlar sifatida: ism, familiya, tug‘ilgan sana,
yashash va turar joy manzillari, ID raqamlari; moliyaviy tafsilotlar: kredit, daromad yozuvlari,
bank omonatlari; shaxsning eng muhim sirli ma’lumotlari: tibbiy ma`lumotlari, qon guruhi;
fikrlar: ijtimoiy tarmoqlardagi sharhlar, baholar, shuningdek, intizomiy jazo choralari; ishga
joylashish tafsilotlari: xodimning fayllari, ish tarixi va boshqalar kiritilgan. Ushbu qonun
Kanadada shaxsga doir ma`lumotlarning sir saqlanishiga doir bo‘lgan qonun bo‘lib,
shuningdek u o‘z ichida ushbu xavfsizlikni buzganlik uchun javobgarlik va jazo choralarini
ham belgilab qo‘ygan.

Statistik materiallarni o‘rganish davomida bugungi kunda ushbu mavzuni o`rganish

dolzarb ekanligi ma`lum bo‘ldi. O‘zbekistonda

27 milliondan

ortiq kishi Internetdan

Ushbu ma`lumot Xalqaro

„Statista“ statistik portalidan olindi


background image

`

153

foydalanmoqda, bu esa mamlakat aholisining

77 %ni

tashkil etadi (mitc.uz sayti). Shundan 5

million 300 mingdan ortig‘i ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari hisoblanar ekan. Ushbu
ko‘rsatkich albatta yilning har chorak qismida oshib bormoqda. Ijtimoiy tarmoqlardan
foydalanish davomida istasak ham, istamasak ham o‘z shaxsiy ma`lumotlarimizni qoldiramiz.
Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy ma`lumotlarni himoya qilish orqali ularning jinoyatchilar qo‘liga
tushish xavfidan ehtiyot qilgan bo‘lamiz.

TADQIQOT NATIJALARI VA UNING TAHLILI

Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga doir ma`lumotlarni himoya qilinishini huquqiy jihatdan

tartibga solish muhim munosabatlarni o‘zida aks ettiradi. Bularni biz quyidagilarda
ko‘rishimiz mumkin:

Birinchidan, bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi qonunchilik tizimida shaxsga doir

ma`lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarda himoya qilinishiga oid bo‘lgan normalar to‘liq mavjud
emas. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi
qonuni

,

“Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”, “Axborot olish kafolatlari va

erkinligi to‘g‘risida”gi, “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonunlari bugungi shaxsga doir
ma`lumotlar xavfsizligiga doir bo‘lgan qonunchilik hujjatlari hisoblanadi. Biroq ushbu
qonunchilik hujjatlarida ijtimoiy tarmoqlar, ularning subyektlari o‘rtasida kelib chiquvchi
ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi mexanizmlar haqida hech qanday tushunchalar
mavjud emas.

Ikkinchidan, 2019-2020-yildagi butun dunyo bo‘ylab tarqalgan COVID-19 davrida

ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish sezilarli darajada oshdi. Pandemiya davrida masofadan
turib ham ijtimoiy, tijoriy maqsadlarimizni amalga oshrishimiz uchun sharoitlar yaratildi.
Masalan, Telegram, Instagram kabi ijtimoiy tarmoqlarda turli xildagi oziq-ovqat, kiyim-kechak
kabi tovarlarni sotish, buyurtma qilish orqali ular ajoyib ommaviy platformaga aylandi deya
olamiz. Biroq, ushbu holda kelib chiqadigan turli xildagi adashmovchiliklar va ularga yechim
hali hanuz aniq normalashtirilmagan hamda ijrosi ta`minlanmagan ham. Shuningdek, ijtimoiy
tarmoqlarda shaxsning eng ko‘p qidirilgan tovarlari, xizmatlari saqlanib qolishi natijasida
ushbu ijtimoiy tarmoqlar ulardan foydalanuvchilarni “monipulyatsiya” qilishga urinmoqda.
Monipulyatsiya o‘zida narxning aynan o‘sha shaxs uchun sezilarli darajada oshganini, sun`iy
yuqorilaganini mujassam etadi.

Uchinchidan, ijtimoiy tarmoqlarda bugungi kunda shaxsiy ma`lumotlarning saqlanishi

natijasida eng ko‘p firibgarlik, tovlamachilik jinoyatlari avj olmoqda. Ayniqsa, shaxsiy
ma`lumotlardan foydalangan holda shaxsiy ma`lumot egasi nomiga turli xildagi kreditlar olish,
shuningdek, o‘zini turli tashkilot xodimlaridek ko‘rsatgan holda “maxsus” zararli faylni
yuklashni aytib, shaxsiy ma`lumotlarni qo`lga kiritib ushbu ma`lumotlarni chiqarib
yubomaslik evaziga mo‘maygina pul talab qilayotganlar ham yo‘q emas. Ularni topish va
javobgarlik hamda jazoga tortish masalalari esa hali hanuz muammoligicha qolmoqda.

Shunday qilib, shaxslarning shaxsiy huquqlari bo‘lmish shaxsga doir ma`lumotlar

daxlsizligi bugungi kunning dolzarb masalasi bo‘lib kelmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda shaxsiy
ma`lumotlarni himoya qilish zarurati bugungi kun va kelajak uchun juda muhim va dolzarb
mavzu hisoblanadi.

Yuqoridagi tadqiqot natijalarini tahlil qilsak. O‘zbekiston Respublikasining “Shaxsga doir

ma`lumotlar to‘g‘risida”gi qonunining 27-moddasiga ko‘ra, davlat shaxsga doir


background image

`

154

ma’lumotlarning himoya qilinishini kafolatlaydi, deyilgan. Ammo bu holatda davlat
foydalanuvchi o‘z xohishi bilan ma`lumotlarni biror-bir serverga joylashtirganidan so‘ng
ushbu server tomonidan foydalanuvchi ma`lumotlari qonuniy ravishda ishlatilishini
ta`minlash ma`suliyatini zimmasiga oladi (Abdurahmonova, 2023). Shuningdek, shaxsiy
ma`lumot egalari o‘z shaxsiy ma`lumotlarini ijtimoiy tarmoqqa joylash vaqtida ham
xushyorlikni amalga oshirishlari lozim. Masalan, o‘z rasmlarini ijtimoiy tarmoq sahifasiga
joylovchi shaxsiy ma`lumot egalari undan huquqbuzarlik, tovlamachilik maqsadida
foydalnishlari mumkin ekanligi haqida o‘ylab ko‘rishlari lozim. Biror ijtimoiy tarmoqqa yoki
platformaga kirish vaqtida maxfiylik shartlarini o‘qib ko‘rish ham ushbu xavfsizlikni davomi
hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqlarda maxfiylik sozlamalarini yoqish orqali esa ularni xavfsizligini
kerakli darajada ta`minlash mumkin. Demak, ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga doir
ma`lumotlarni himoya qilish nafaqat davlatning, balki shaxslarning ham majburiyatidir.

MUHOKAMA

O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga doir ma`lumotlarni himoya qilishga doir

normalar huquqiy jihatlar to‘liq bo‘lmasada qisqacha o‘z aksini topgan bo‘lib, bular,
O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonuni,
“Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari
to‘g‘risida”, “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi qonunlarida o‘z aksini topgan.
Masalan, “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunning 4-moddasida
Axborot olish faqat qonunga muvofiq hamda inson huquq va erkinliklari, konstitutsiyaviy
tuzum asoslari, jamiyatning axloqiy qadriyatlari, mamlakatning ma’naviy, madaniy va ilmiy
salohiyatini muhofaza qilish, xavfsizligini ta’minlash maqsadida cheklanishi mumkinligi
belgilab qo‘yilgan. 13-moddasida esa jismoniy shaxsning roziligisiz uning shaxsiy hayotiga
taalluqli axborotni, xuddi shuningdek shaxsiy hayotiga taalluqli sirini, yozishmalar,
telefondagi so‘zlashuvlar, pochta, telegraf va boshqa muloqot sirlarini buzuvchi axborotni
to‘plashga, saqlashga, qayta ishlashga, tarqatishga va undan foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligi
mustahkamlab qo‘yilgan. Ushbu qonunlar shaxsga doir ma`lumotlarini saqlash, tarqatish,
ishlov berish kabi holatlar mustahkamlangan bo‘lsada, biroq O‘zbekiston Respublikasida
ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga doir ma`lumotlarning buzilishiga oid statistik ma`lumotlar
mavjud emas. Ma`lumki bugungi kunda ko‘pgina jinoyatlar aynan ijtimoiy tarmoqlarda bo‘lib
turgan davrda uning statistikasini olib bormaslik, uni prognozlash, ushbu prognoz orqali uni
oldini olish uchun tavsiyalar ishlab chiqishga qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Oddiygina
misolni olaylik. O‘zbekistonda bugungi kunda yagona interaktiv davlat xizmatlarini olib
borayotgan portal My.gov.uz ham qaysidir ma`noda shaxsga doir ma`lumotlarimiz
xavfsizligini ta`minlamayotgandek. Misol uchun, ushbu portalning fuqarolik bo‘limiga kirar
ekansiz yashash va turar joyingizda ro‘yxatda turgan shaxslar haqidagi ma`lumotlarga ega
bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Biroq, ushbu ma`lumotlar o‘z ichiga ism, familiya, ota
ismidan tashqari passport ma`lumotlarini ham qamrab oladi. Bu esa bizningcha shaxsga doir
ma`lumotlarning uchinchi shaxslarga oshkor etilishi hisoblanadi. Bugungi kunda aynan
yuqorida ta`riflangandek turli huquqbuzarlik hamda jinoyatlarni aynan mana shunday
ma`lumotlarni qo‘lga kiritgan holda amalga oshrish mumkinligi hech birimizga sir emas.
O‘zbekiston Respublikasi Ma`muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 46

2

-moddasiga ko`ra,

shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda yig‘ish, tizimlashtirish, saqlash


background image

`

155

o‘zgartirish, to‘ldirish, ulardan foydalanish, ularni berish, tarqatish, uzatish, egasizlantirish va
yo‘q qilish, xuddi shuningdek axborot texnologiyalaridan foydalangan holda, shu jumladan
Internet jahon axborot tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining shaxsga doir
ma’lumotlariga ishlov berilayotganda jisman O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan
texnik vositalarda hamda Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida belgilangan
tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan shaxsga doir ma’lumotlar bazalarida shaxsga doir
ma’lumotlarni yig‘ishga, tizimlashtirishga va saqlashga oid talablarga rioya etmaslik, —
fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yetti baravari, mansabdor shaxslarga esa — ellik
baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. Biroq, bugungi kunda
ushbu huquqbuzarlik faqatgina yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan harakat (harakatsizlik)ni o‘zida
qamrab olmagan. Yuqorida qayd etilganidek, shaxsiy ma`lumotlar xavfsizligiga doir normalar
yetarlicha emas, mavjudlarining ham ijrosi qoniqarli darajada deyish mushkul.

XULOSA

Ushbu tadqiqot O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga doir

ma`lumotlarni himoya qilishning huquqiy jihatlarini yoritib berishni maqsad qilgan edi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, bugungi kunda O‘zbekistonda ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga doir
ma`lumotlarni himoya qilishga oid huquqbuzarliklar sezilarli darajada yuqorilab bormoqda.

Bu natijalar ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga doir ma`lumotlarni himoya qilish

mexanizmlarini takomillashtirish lozim ekanligini ko‘rsatdi va ushbu natijalar qonun
chiqaruvchi, uni ijro etuvchi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun muhim asos
bo‘lib xizmat qiladi.

Ushbu tadqiqot ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga doir ma`lumotlarni himoya qilishga oid

javobgarlik hamda jazo choralarini kuchaytirishni tavsiya etadi.

Tadqiqot ijtimoiy tarmoqlarda shaxsga doir ma`lumotlarni himoya qilish sohasida

islohotlar qilish muhimligini o‘zida aks ettirdi hamda qonuchilik tashabbuslariga asos bo‘lib
xizmat qilishi mumkin.

Muammo

Tavsiya va takliflar

1.

Shaxslarda ijtimoiy

tarmoqlardan foydalanishga oid

bilim va ko‘nikmalar

yetishmasligi

Ommaviy axborot vositalarida ijtimoiy

tarmoqlarda shaxsiy ma`lumotlarni himoya

qilishga doir ma`lumotlarni berib borish

2.

Huquqiy tartibga solish

masalalari

Qonunchilikni takomillashtirish, raqamli

olamda shaxsiy ma`lumotlarni himoya

qilishga oid hamda jazo choralarini

kuchaytirish

3.

Huquqni muhofaza qiluvchi

organlar xodimlarida kiber

huquq bo‘yicha yetarli bilim va

malaka yetishmasligi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar

xodimlarini maxsus tayyorgarliklardan

o‘tkazish, kiber jinoyatlarni fosh etishda

raqamli dalillarni to‘plash hamda foydalanish

ko‘nikmalarini rivojlantirish


background image

`

156

4.

Xalqaro darajada hamkorlik

yetishmasligi

Kiber huquq bo‘yicha rivojlangan

mamlakatlar bilan hamkorlikni amalga

oshirish, ulardagi yangiliklarni O‘zbekistonda

ham sinovdan o‘tkazib, muvafaqqiyatli

amalga oshirish

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonuni.

https://lex.uz/docs/-4396419
2.

O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi

qonuni. https://lex.uz/docs/-52268
3.

O‘zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi qonuni.

https://lex.uz/docs/-1319
4.

O‘zbekiston

Respublikasining

“Axborotlashtirish

to‘g‘risida”gi

qonuni.

https://lex.uz/docs/-83472
5.

O‘zbekiston

Respublikasining

Ma`muriy

javobgarlik

to‘g‘risidagi

kodeksi

https://lex.uz/docs/-97664
6.

The number of Internet users in the world. International statistics portal. Available at:

https://www.statista.com/statistics/273018/number-of-internet-users-worldwide/.
7.

Qi M., Edgar-Nevill D. (2011).

Social networking searching and privacy issues

. Information

Security Technical Report
8.

O‘zbekiston Respublikasida Internetdan foydalanuvchilarning soni [The number of

Internet users in the Republic of Uzbekistan]. The official website of the Ministry of
Information Technologies and Communications Development of the Republic of Uzbekistan.
Available at: https://mitc.uz/uz/stat/4/.
9.

Abdurahmonova, N. (2023).

Shaxsga doir ma`lumotlar xavfsizlgi ijtimoiy tarmoqlarda

ham ta`minlanishi shart.

“Yangi O‘zbekiston” gazetasi.

10.

Xo‘jayev, Sh. (2022).

Ijtimoiy tarmoqlarni huquqiy tartibga solish zarurati.

“Yuridik fanlar

axborotnomasi” huquqiy ilmiy-amaliy jurnal

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonuni. https://lex.uz/docs/-4396419

O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonuni. https://lex.uz/docs/-52268

O‘zbekiston Respublikasining “Axborot olish kafolatlari va erkinligi to‘g‘risida”gi qonuni. https://lex.uz/docs/-1319

O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni. https://lex.uz/docs/-83472

O‘zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi https://lex.uz/docs/-97664

The number of Internet users in the world. International statistics portal. Available at: https://www.statista.com/statistics/273018/number-of-internet-users-worldwide/.

Qi M., Edgar-Nevill D. (2011). Social networking searching and privacy issues. Information Security Technical Report

O‘zbekiston Respublikasida Internetdan foydalanuvchilarning soni [The number of Internet users in the Republic of Uzbekistan]. The official website of the Ministry of Information Technologies and Communications Development of the Republic of Uzbekistan. Available at: https://mitc.uz/uz/stat/4/.

Abdurahmonova, N. (2023). Shaxsga doir ma`lumotlar xavfsizlgi ijtimoiy tarmoqlarda ham ta`minlanishi shart. “Yangi O‘zbekiston” gazetasi.

Xo‘jayev, Sh. (2022). Ijtimoiy tarmoqlarni huquqiy tartibga solish zarurati. “Yuridik fanlar axborotnomasi” huquqiy ilmiy-amaliy jurnal