`
77
MOLIYAVIY BARQARORLIK KO‘RSATKICHLARI ASOSIDA GAZ SANOATI
KORXONALARINING TAHLILI VA BAHOLASH MODELI
Ergashev Muhibbek Aslam o’g’li
Mustaqil izlanuvchi PhD
https://doi.org/10.5281/zenodo.16606308
Mazkur tezisda gaz sanoati korxonalarining moliyaviy barqarorligini baholashda
qo‘llaniladigan ko‘rsatkichlar tizimini takomillashtirish zarurati asoslab berilgan.
Integrallashgan ko‘rsatkichlar modeli asosida barqarorlik darajasini kompleks tahlil qilish
imkoniyati tahlil qilinib, ularni amaliyotga joriy etish mexanizmlari tavsiya etilgan. Gaz
sanoatining strategik tarmoqlardan biri sifatida mamlakat iqtisodiyotida tutgan o‘rni beqiyos
bo‘lib, ushbu sohada faoliyat yuritayotgan korxonalar moliyaviy barqarorligini baholash,
ularning investitsion jozibadorligini, qarzga layoqatini va moliyaviy xavfsizligini ta’minlashda
muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda amaliyotda moliyaviy tahlil uchun alohida
ko’rsatkichlar (foydalilik, likvidlik, rentabellik, qarz yuki va h.k.) ishlatiladi, biroq ular o’zaro
integratsiyalanmaganligi sababli tahlil jarayoni to‘liq va uzviy bo‘la olmaydi. Shu bois,
integrallashgan moliyaviy barqarorlik indeksini shakllantirish dolzarb vazifa sifatida
qaralmoqda. Mazkur indeks quyidagi ko‘rsatkichlar majmuasiga asoslangan bo‘lishi mumkin:
Bu ko‘rsatkichlar asosida integral indeksni shakllantirish uchun ball usulidan yoki
ekonometrik tortishgan koeffitsiyentlar asosidagi vaznlashgan modeldan foydalanish mumkin.
Model asosida barqarorlik darajasini 3 toifaga ajratish (yuqori, o‘rtacha, past) orqali boshqaruv
qarorlarini qabul qilish samaradorligini oshirish mumkin bo‘ladi.
Kapital rentabelligi – bu korxonaning sof foydasi uning o‘z kapitaliga nisbatan qanday
darajada daromad keltirayotganini ifodalaydigan moliyaviy ko‘rsatkichdir. U korxona egalari
yoki aksiyadorlari tomonidan investitsiya qilingan mablag‘lar qanchalik samarali
ishlatilayotganini ko‘rsatadi. Gaz sanoati korxonalarining moliyaviy barqarorligini baholashda
ROE – o‘z kapitali asosida daromadlilikni ifodalovchi muhim indikator hisoblanadi. Biroq,
tarmoqning o‘ziga xos xatarlari, aktivlarning uzoq muddatli aylanishi va davlat ishtiroki
hisobga olingan holda ROE’ni kompleks yondashuv orqali baholash lozim. Shu asosda, ROE’ni
boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlar bilan integrallashgan holda qo‘llash tahlilning aniqligini
oshiradi. Kapital rentabelligi – bu korxonaning o‘z egalari (aksiyadorlari) kapitalidan
Kapital rentabelligi (ROE)
Moliyaviy leverage koeffitsienti
Neft foyda dinamikasi
Likvidlik ko`rsatkichlari
Moliyaviy risk darajasi
`
78
foydalanib qanday daromad olayotganini ifodalovchi moliyaviy ko‘rsatkichdir. Bu ko‘rsatkich
investorlar uchun muhim bo‘lib, u kompaniyaning moliyaviy samaradorligini bildiradi. ROE
qanchalik yuqori bo‘lsa, korxona shunchalik foydali ishlamoqda va o‘z kapitalidan samarali
foydalanmoqda, deganidir. Gaz sanoati korxonalarida ROE orqali davlat investitsiyalarining
yoki tashqi mablag‘larning rentabellik darajasini aniqlash mumkin.
Moliyaviy leverage koeffitsienti (yoki moliyaviy yelka, ingl. Financial leverage ratio) – bu
korxona faoliyatida jalb qilingan qarz mablag‘larining moliyaviy barqarorlikka va foyda olish
darajasiga ta’sirini ko‘rsatuvchi muhim ko‘rsatkichlardan biridir. U korxonaning o‘z kapitaliga
nisbatan qancha miqdorda qarz (majburiyat) jalb etganini ifodalaydi. Bu koeffitsient moliyaviy
risklarni aniqlash va kapital tuzilmasi samaradorligini baholashda keng qo‘llaniladi. Gaz
sanoati - yuqori kapital talab qiluvchi, inshootlar va infratuzilma uchun katta mablag‘lar zarur
bo‘lgan soha hisoblanadi. Moliyaviy leverage koeffitsienti gaz sanoati korxonalarining
moliyaviy barqarorligini baholashda, ularning kapital strukturasini tahlil qilishda va strategik
qarorlar qabul qilishda asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. U orqali moliyaviy xavf darajasi, o‘z
kapitali yetarliligi va qarzlarning optimal nisbati aniqlanadi. Shu sababli, ushbu ko‘rsatkichni
monitoring qilish, real holatga mos baholash va nazorat qilish mexanizmlari ishlab chiqilishi
zarur.
Neft foydasi dinamikasi - bu neft ishlab chiqarish, qayta ishlash va realizatsiyasidan
olingan sof foydaning vaqt o‘tishi bilan o‘zgarish tendensiyalarini o‘rganishdir. Ushbu
tushuncha iqtisodiy tahlil va strategik rejalashtirishda muhim ahamiyatga ega, ayniqsa
energetika sohasida faoliyat yurituvchi korxonalar, davlat tashkilotlari va investorlar uchun.
Neft foydasining shakllanishi:
Ishlab chiqarish bosqichi: neft qazib olish bilan bog‘liq xarajatlar (kapital xarajatlar,
operatsion xarajatlar) chegirib tashlangach, qolgan daromad.
Qayta ishlash va transport: neftni qayta ishlash, saqlash, tashish va realizatsiya qilish
xarajatlaridan keyingi sof tushum.
Soliq va majburiy to‘lovlar: foyda soliqlari, aksizlar, royalty va boshqa to‘lovlar hisobga
olinadi.
Natijaviy sof foyda: barcha xarajatlar va to‘lovlar chegirilib, qolgan ixtiyoriy foyda
korxona yoki davlat balansida qoladi. Neft foydasi dinamikasi bir qator ichki va tashqi omillarga
bog‘liq:
Ishlab chiqarish
bosqichi
Qayta ishlash va
transport
Soliq va majburiy
to'lovlar
Natijaviy sof foyda
`
79
№
Ichki
Tashqi
1
Ishlab chiqarish quvvatlari
va texnologik daraja
Jahon bozorida neft narxining o‘zgarishi (brent, WTI
va boshqalar)
2
Xarajatlar strukturasidagi
o‘zgarishlar
Geosiyosiy omillar – urushlar, sanksiyalar, siyosiy
beqarorlik
3
Operatsion samaradorlik
O‘zgaruvchan soliq siyosati - eksport bojlari,
subsidiya, foyda soliqlari
4
Investitsion siyosat va qayta
moliyalashtirish
Valyuta kursining o‘zgarishi - ayniqsa eksport
qiluvchi mamlakatlar uchun
Likvidlik ko‘rsatkichlari - bu korxonaning qisqa muddatli majburiyatlarini o‘z vaqtida va
to‘liq qoplash qobiliyatini ifodalovchi moliyaviy ko‘rsatkichlardir. Ular korxonaning moliyaviy
barqarorligini baholashda muhim o‘rin tutadi, ayniqsa to‘lovga layoqatlilik darajasini
aniqlashda qo‘llaniladi. Likvidlik darajasi korxona resurslarining pulga aylantirilish tezligi va
qoplash imkoniyatiga bog‘liq. Asosiy likvidlik ko‘rsatkichlari:
Joriy likvidlik koeffitsienti (Current Ratio).
Tezkor likvidlik koeffitsienti (Quick Ratio yoki Acid-test).
Absolyut (mutlaq) likvidlik koeffitsienti (Cash Ratio)
Likvidlik ko‘rsatkichlarining ahamiyati:
1.
Korxonaning kredit olish qobiliyatini baholashda muhim
2.
Moliyaviy xavflarni aniqlashda asosiy indikator hisoblanadi.
3.
Qisqa muddatli moliyaviy siyosatni ishlab chiqishda asosiy vosita bo‘ladi.
4.
Investorlarga korxonaning to‘lovga layoqatlilik holatini tahlil qilish imkonini beradi.
Moliyaviy risk darajasi - bu korxonaning moliyaviy majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq
bajarish qobiliyatiga ta’sir ko‘rsatadigan noaniqlik va ehtimollik darajasini ifodalaydi. U
moliyaviy barqarorlik, qarz yuki, naqd pul oqimlari va moliyaviy resurslardan foydalanish
samaradorligiga bog‘liq holda shakllanadi. Moliyaviy risk darajasining tahlili gaz sanoati kabi
kapitalintensiv sohalarda ayniqsa dolzarbdir. Qarzdorlikning yuqori darajasi energetika
korxonalari uchun foyda marjasining pasayishiga, investitsion jozibaning kamayishiga va
moliyaviy barqarorlikka tahdid solishi mumkin. Shu sababli, riskni aniq baholovchi tizimlar va
tahlil modellari zarur.
Moliyaviy risk darajasini pasaytirish strategiyalari:
1.
Kredit portfelining diversifikatsiyasi;
2.
Operatsion xarajatlarni optimallashtirish;
3.
Tashqi moliyalashtirishga nisbatan ehtiyotkorlik;
4.
Naqd pul oqimini rejalashtirish va prognozlash;
Gaz sanoati korxonalarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash va uni tizimli baholash
bugungi kunda strategik ahamiyatga ega masala bo‘lib, bunda kompleks yondashuv zarurdir.
Tadqiqot davomida aniqlanishicha, mavjud baholash indikatorlari yetarlicha aniq va chuqur
tahlil imkoniyatini bermaydi, chunki ular ko‘pincha faqat nisbiy ko‘rsatkichlarga tayangan
holda qaror chiqarishga olib keladi. Shu bois, moliyaviy holatni holistik tarzda tahlil qiluvchi
integrallashgan ko‘rsatkichlar tizimini ishlab chiqish va joriy etish dolzarbdir. Integrallashgan
ko‘rsatkichlar tizimi nafaqat rentabellik, likvidlik, moliyaviy mustaqillik va risk darajalarini o‘z
`
80
ichiga olishi, balki ularni birgalikda tahlil qilish imkonini beruvchi umumiy baholash indeksini
shakllantirishga xizmat qiladi. Bu esa moliyaviy boshqaruv qarorlarini asoslashda aniqroq,
barqarorroq yondashuvni ta’minlaydi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, integrallashgan
yondashuv asosida ishlab chiqilgan moliyaviy baholash modeli orqali gaz sanoati korxonalari
faoliyatida risklarni kamaytirish, kapital samaradorligini oshirish, investitsiyaviy
jozibadorlikni mustahkamlash va moliyaviy barqarorlikni strategik boshqarish imkoniyati
paydo bo‘ladi. Kelajakda bu yo‘nalishda raqamli texnologiyalar, xususan Big Data va AI
imkoniyatlarini qo‘shgan holda moliyaviy monitoring tizimini shakllantirish tadqiqotlarining
asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lishi lozim.