Авторы

  • SHALOLA SATTOROVA
    (Buxoro davlat pedagogika instituti)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.51866

Ключевые слова:

jamiyatshunos olim dunyoqrash tarixiy va falsafiy ildizlari falsafiy ta’limotlar zamondosh.

Аннотация

Muallif ushbu maqolasida Mirzo Bedil ijodini falsafiy tahlil qilgan. Oʻzbek  xalqining vatandosh  siymosi, Sharq madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan, oʻz  zamondoshlari va ilm axllari tomonidan taqdirlanib, Abulma’oni  laqabi bilan shuhrat qozongan Mirzo Abdulkodir Bedil - qiyosi yoʻq shoir,  mutafakkir  va jamiyatshunos  olim, oʻziga хos  faylasufona qarashlar sohibi boʻlgan insondir.


background image

`

36

MIRZO ABDULQODIR BEDIL FALSAFIY G‘OYALARINING HAR TOMONLAMA

BARKAMOL YOSHLAR TARBIYASIDAGI MA’NAVIY-AXLOQIY AHAMIYATI

SATTOROVA SHALOLA BOBIR QIZI

(Buxoro davlat pedagogika instituti)

https://doi.org/10.5281/zenodo.13382360

Annotatsiya:

Muallif ushbu maqolasida Mirzo Bedil ijodini falsafiy tahlil qilgan. Oʻzbek

xalqining vatandosh siymosi, Sharq madaniyati taraqqiyotiga ulkan hissa qoʻshgan, oʻz
zamondoshlari va ilm axllari tomonidan taqdirlanib, Abulma’oni laqabi bilan shuhrat
qozongan Mirzo Abdulkodir Bedil - qiyosi yoʻq shoir, mutafakkir va jamiyatshunos olim,
oʻziga хos faylasufona qarashlar sohibi boʻlgan insondir.

Kalit so’zlar:

jamiyatshunos olim, dunyoqrash, tarixiy va falsafiy ildizlari, falsafiy

ta’limotlar, zamondosh.


XVII-XVIII asrlarda Hindistondagi ijtimoiy-siyosiy va mafkuraviy to‘qnashuvlar Mirzo

Abdulqodir Bedilning ijtimoiy-siyosiy konsepsiyalariga kuchli ta’sir ko‘rsatdi. Ushbu davrda
Hindistonda diniy va millatlararo masala muhim ahamiyatga ega edi. Mirzo Abdulqodir Bedil
o‘z davrining ziyolilari orasida tarbiya olgan va ulg‘aygan. Mirzo Abdulqodir Bedil majzublar
taʼsirida ko‘p sayyohlik qilgan va shuning uchun ko‘plab ijtimoiy muammolar va anʼanalar
bilan yaqin tanishgan. Bularning barchasi mirzo Abdulqodir Bedilning ijtimoiy-siyosiy,
axloqiy-estetik qarashlarining shakllanishiga ta’sir ko‘rsatdi. Mirzo Abdulqodir Bedilning
ijtimoiy-siyosiy qarashlari musulmonlar va hindlarning birligi asosida shakllangan. Bu
dinning ijtimoiy ongning rasmiy shakli bo'lib, Hindistonning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy
rivojlanishini aks ettirganligi bilan bog'liq edi.

Mirzo Abdulqodir Mirzo Abdulqodir Bedil jamiyat, uning tuzilishi, adolat va tenglik

masalalariga katta eʼtibor qaratgan. I.Mo‘minovning “Mirzo Abdulqodir Bedilning falsafiy
qarashlari”, S.Ayniyning “Mirzo Abdulqodir Mirzo Abdulqodir Bedil” monografiyalarida va
X.Ayniyning “Mirzo Abdulqodir Bedil” va “Irfon” poemasi, S.Saljuqiyning “Naqdi Mirzo
Abdulqodir Bedil” (“Mirzo Abdulqodir Bedil tanqidi”) asarlarida hamda K.Olimov,
B.Hamdamovlarning maqolalarida

1

mutafakkirning ijtimoiy-siyosiy qarashlariga bir necha

sahifalar bag‘ishlangan. Qayd etilgan mualliflardan Mirzo Abdulqodir Bedil ham boshqa ilg‘or
mutafakkirlar singari yovuzlikni yo‘q qilish va ezgulikni qaror toptirish yo‘llarini izlamoqda,
diniy bag‘rikenglik, diniy aqidaparastlik g‘oyalarini targ‘ib qilish, diniy aqidaparastlik
g‘oyalarini targ‘ib qilish, mazhabga oid urf-odatlarga qarshi turish, degan fikrni qo‘llab-
quvvatlaydi. Mirzo Abdulqodir Bedil asarlarida saroydagi hayot, adolatsizlik, tamagirlik,
shaddodlik, o‘zboshimchalik, aldov, munofiqlik hamda insonni majburan ishlatish tanqidga
uchraydi.

“O‘z shuuringdan bo‘l begona, Mirzo Abdulqodir Bedil
Jaholat sozin chal devona, Mirzo Abdulqodir Bedil,
Dud ila g‘ubordir bu dunyo bari,

1

Qarang: Муминов И.М. Философские взгляды Мирзы Бедиля. -Ташкент., 1957; Айни С. Мирзо Абдулкодири

Бедил.Сталинобод -1954 (на тадж.яз); Айни Х.С. Бедил и его поэма «Ирфон». - Сталинабад 1956; Олимов К.О.
Баррасихо дар тасаввуф. –Душанбе,1999 - S.97- 122; Олимов К.О. Китобномаи шарҳиҳоли – Душанбе, 2004, - 72
бет; .Хамдамов Б. Савмааи маърифат.- Гончи, 1999.


background image

`

37

Ko‘z yum, sabr qolsin bu xona, Mirzo Abdulqodir Bedil”.

Mirzo Abdulqodir Bedil bu misrada yashagan zamonasida munofiqlik, adolatsizlik,

tengsizlik, jaholatsiz holatlarning mavjudligi va unga sabr qilish kerakligini bayon etadi.

Mirzo Abdulqodir Bedil falsafasida ijtimoiy-siyosiy mavzular o‘z o‘rniga ega. O‘zining

asarlarida u ijtimoiy hayotning salbiy tomonlarini ko‘rsatishga harakat qilgan, jamiyatning
tuzilmasini to‘g‘ri yolga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar bergan. O‘zining jamiyat, ijtimoiy
o‘zgarishlar va davlat haqidagi qarashlarini u “Irfon”(“Bilish”), “Chahor unsur” (“To‘rt unsur”),
“Nuqot” (“Hikmatlar”) kabi asarlarida bayon qilgan. Mirzo Abdulqodir Bedilning ko‘pgina
ruboiylarida ijtimoiy-siyosiy va insonparvar qarashlar mavjud.

Faylasufning hayot katta farovonlik ekanligi va undan zavq olish kerakligi, inson o‘z

hayotining egasi bo‘lishi zarurligi bo‘yicha qarashlari alohida ahamiyatga ega. Bu yerda Umar
Hayyomning gedonistizmi

2

taʼsirini ko‘rishimiz mumkin. Mirzo Abdulqodir Bedil o‘rta

asrlarning jaholatparastligiga qaramay, u dunyoga umid qilib, bu dunyodagi ezgulikdan voz
kechish kerakligiga qarshi chiqadi.

Mutafakkirning baʼzi sheʼrlarida Avestoda mavjud bo‘lgan hur fikr g‘oyalarini

ko‘rishimiz mumkin. Ushbu qadimgi kitobning turli qismlarida hayot madh qilinadi va
go‘zallik hamda serg‘ayrat deb tasavvur qilinadi.

Mirzo Abdulqodir Bedil, xususan, islom va tasavvufning asosiy g‘oyalarini qo‘llab-

quvvatlagan. Shuning uchun u Naqshbandiya tariqatining g‘oyalari bilan tanish bo‘lgan.
Mazkur tariqatning g‘oyalariga ko‘ra, ruhoniylar hukmdorlarga taʼsir qilishi mumkin. Ammo
Mirzo Abdulqodir Bedil ushbu fikrga qarshi chiqadi. Bundan tashqari, yuqorida qayd
etilganidek, faylasufning fikricha, inson o‘z taqdirining egasi bo‘lishi kerak. Naqshbandiya
tariqatida inson tarkidunyochilikka berilishi kerak emasligi va mehnat bilan shug‘ullanishi
kerakligi haqida g‘oya mavjud. Bu esa Mirzo Abdulqodir Bedilning fikriga to‘g‘ri keladi, chunki
mutafakkir har bir mo‘min musulmon o‘z hayoti uchun mehnati bilan mablag‘ topishi kerak
deb hisoblagan. Ushbu xulosaga Mirzo Abdulqodir Bedil o‘z tajribasi orqali kelgan.

“Sharq Arastusi” Abu Nasr Farobiy “Fozil odamlar shahri” asarida adolatli jamiyat

to‘g‘risida bayon etgan. Uning taʼkidlashicha, “Madaniy jamiyat, madaniy shahar (yoki
mamlakat) shunday bo‘ladiki, shu mamlakatning aholisidan bo‘lgan har bir odam kasb
hunardan ozod, hamma barobar bo‘ladi, kishilar o‘rtasida farq bo‘lmaydi, har kim o‘zi istagan
yoki tanlagan kasb hunar bilan shug‘ullanadi. Odamlar chin maʼnosi bilan ozod bo‘ladilar,
odamlarning tinchlik va erkinliklariga xalaqit beruvchi sulton bo‘lmaydi. Ular orasida turli
yaxshi odatlar, zavq lazzatlar paydo bo‘ladi”

3

.

Mirzo Abdulqodir Bedil falsafasida ham Farobiylar qarashlaridagi kabi adolatli jamiyat

kelib chiqishi, uning tuzilmasi va unda mavjud bo‘lgan aloqalar bo‘yicha aniq konsyepsiya
mavjud emas. Lekin bu haqida uning asarlarida baʼzi bir taxminlar mavjud. Masalan,
faylasufning ijodida ijtimoiy guruhlarning tashkil topishi bo‘yicha g‘oyalarni ko‘rish mumkin.

2

Gedonizm - (grekcha: ἡδονή – rohat, huzur, lazzatlanish) — huzur-halovatga, lazzatlanishga intilish insonning oliy

maqsadi deb hisoblovchi axloqiy taʼlimot. Unga ko‘ra, huzur-halovatga intilish insonga tabiatan xos, uning butun xatti-
harakati, maqsadi shunga qaratilgan.

3

Abu Nasr Forobiy Fozil odamlar shahri – Toshkent, A.Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1993, - 190 bet.


background image

`

38

“Podshoh va uning atrofidagilari to‘kin sochinlikda va farog‘atda yashaydilar, dehqonlar

esa faqirona hayot kechiradilar, ochlikdan o‘ladilar, zolimlardan azob chekadilar. Shoir o‘z
zamonasi haqida alam bilan yozadi:

“Mamlakat hokimiyat orasida qoldi:
Boyliklar ayrim shaxslar qo‘lida to‘plandi,
Oliy tabaqalar yerini dehqonlar hayday boshladilar,
Dehqonlarning ezilishi, chorasizlikdan
Podsholar paydo bo‘ldilar, takabbur davlatpanohlar.
Firʼavnlar nafsi, nasrudlar zo‘ravonligi
Hayotning barcha tomonlariga yoyildi.
Oltin va kumush o‘ljalar nimalar qildi.
Saroylar qurilishi, o‘zini xudo deb eʼlon qilishlar rasm bo‘ldi”

4

.

Ochko‘z va manfaatparast kishilar boylik uchun kurashib, qurollana boshladilar, va

qo‘shin yig‘dilar. Natijada o‘zaro urushlar boshlanib, begonalar yerini zabt qilish odatga kirdi.
Shunday qilib hokimiyat va davlat paydo bo‘ldi”

5

.

Mirzo Abdulqodir Bedil mehnatkash insonni ulug‘lagan va kuylagan. Mirzo Abdulqodir

Bedil davrida Hindiston agrar davlat bo‘lgan. Ijtimoiy tuzilmaning bir qismi dehqonlar bo‘lgan.
Ayniqsa, barcha xalq iste’moli mollari bilan ta’minlovchi fermerlar mehnatini yuqori
baholaydi. Bedilning fikricha, u inson hunar orqali baxt saodatga erishishi mumkin.
Qobiliyatsiz odamlar foydasiz va zaifdir.

“Dil sozida nag‘mayu navolar ko‘pdir.

Aybu hunaru rangu safolar ko‘pdir.
Ko‘pik tilagingmu yo gavharmi murod?
Daryoda bahoyu bebaholar ko‘pdir”

6

.

Mirzo Abdulqodir Bedilning ijtimoiy-siyosiy konsyepsiyasi uning «Irfon» asarida ham

bayon qilingan. Janri bo‘yicha ushbu asar falsafiy-didaktik asarlar sirasiga kiradi. Unda
mutafakkirning siyosiy tuzilma modeli keltiriladi. Mazkur asarga ko‘ra, ijtimoiy guruhlarning
shakllanishida asosiy vazifani dehqonchilik bajaradi. Dehqonlar oziq-ovqat va mollar
almashuvini amalga oshirishadi. Bu yerda Mirzo Abdulqodir Bedil boshqa ijtimoiy guruh-
savdogarlar vujudga kelishini aytib o‘tadi.

Bu mutafakkirning fikricha, inson ijtimoiy mavjudotdir, uning o'ziga xos axloqiy

tamoyillari bor, ular tufayli u jamiyatda o'z o'rnini topa oladi. Mirzo Abdulqodir Bedilga ko‘ra
jamiyat quyidagi tabaqalardan iborat: hukmdor hokimiyati, savdogarlar, olimlar va
faylasuflar. Mirzo Abdulqodir Bedil Arastu va Aleksandr Makedonskiy haqidagi hikoyasi bilan
u donishmand hukmdor ilm-fan va bilim hisobidan tarixda o‘z ismini qoldirishi mumkinligini
ko‘rsatadi. Ushbu hikoyada Mirzo Abdulqodir Bedil yagona hukmdor va markazlashgan davlat
haqida aytib o‘tadi. Chunki u urushlarning sababini maʼlum hukmdorlarning g‘arazlari va
tamagirligida ko‘radi. Markazlashgan davlat bo‘lmagan mamlakatda har doim urushlar
bo‘ladi, deb hisoblaydi Mirzo Abdulqodir Bedil.

4

Mirzo Abdulqodir Bedil Ruboiylar. Shoislom Shomuhamedov tarjimasi. – Toshkent, 1986, - 68 bet

5

Axmedova M. Falsafa. Darslik.- Toshkent, O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati, nashriyoti, 2006 yil, 144 bet

6

Shavqingni yod etib (gʼazal va ruboiylar). Mirzo Bedil// Sh. Shomuhamedov tarjimalari - Toshkent, Gafur Gulom

nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2005, - 87 bet


background image

`

39

Mirzo Abdulqodir Bedilning ijtimoiy-siyosiy fikri u yashagan davrning turli tomonlarini

qamrab oladi. U oʻz asarida hukmdor va yaqin amaldorlarga, feodalizmga, mehnat va
hunarmandchilikka, bilimga, fanga, din va falsafaga munosabatini ifodalaydi.U haqiqatni
izlagan, ezgulikga intilgan va adovatga qarshi chiqgan. Shu bilan birga u hindlar tomonidan
targ‘ib qilingan diniy-milliy fanatizmni; feodallar va harbiylar tomonidan dehqonlar va
hunarmandlarni ishlatishning dahshatli usullarini, amaldorlarning rahmsizligini,
ruhoniylarning jaholatparastligini tanqid qilgan.

“Moldorlarga qara, fikrlari xom,
Kibru g‘ururlari o‘zlariga dom.
Bunday toshbag‘irlar uzuk ko‘ziga
Manglay ajiniday yozdiribdi nom”

7

.

O‘z ijodida Mirzo Abdulqodir Bedil ziddiyatlarga to‘la bo‘lgan yo‘lni topgan. U hayotining

bir davrida Majubay va Darvesh taʼsirida boʻlib, keyinchalik qadimgi yunon va qadimgi hind
falsafasini oʻrganib, oʻz qarashlarini soʻfiylik bilan birlashtirish yoʻllarini izlaydi.

“Ey hayot mazmunini izlagan odam,
Har bir kitob satrin dilga aylama malham.
Mirzo Abdulqodir Bedil “Ruboiyot”in sayr et, topursan
Dardu ibrat, tasavvuf, umr tadqiqin ham”

8

.

Darhaqiqat, o‘rta asr sharoitida ilg‘or fikr-mulohazalarni hamma vaqt ham ochiq-oydin

aytib bo‘lmas edi. Shuning uchun Mirzo Abdulqodir Bedil fikrlarini xilma-xil obrazlarda,
kinoya, istixora, tasavvuf, kalom iboralari, qoida va istilohlari vositasida ifoda qilishga majbur
bo‘ldi. Mirzo Abdulqodir Bedil eng yaxshi asarlarida o‘z zamonasi uchun o‘ta ilg‘or fikrlarni
ilgari surdi, yuksak, gumanistik g‘oyalarni targ‘ib qildi. U odamni «eng oliy vujud» deb bildi va
insondagi kamchiliklar, tanballik, makr, xiyonat, qalloblik, ochko‘zlik, xasislik, kibr-havo,
manmanlik kabi illatlar bilan kurashdi, insonni barkamol va benuqson ko‘rishni, yaʼni “Hazrati
inson”ni orzu qildi.

Bedilning fikricha, inson yaxshi amallar qilib savob olishi, yomon ish qilib ziyon va ziyon

ko‘rishi mumkin va har bir ish jazo va savob olib keladi. Bedilning ta’kidlashicha, “Har bir
harakat, nutq va fikrning reaksiyasi bo‘ladi, ya’ni biror harakatni amalga oshirishimiz bilanoq
bizda bir kuch va taassurot paydo bo‘ladiki, u yaxshi yoki yomon, yaxshi yoki yomon
bo‘lganiga qarab beradi. yaxshi yoki yomon baholash. Bu zarur shart-sharoit bajarilganda
o‘sib, o‘sadigan urug‘ga o‘xshaydi”. Demak, insonning hayotdagi xatti-harakatlarining
natijalari inson o'limdan keyin nimalarni boshdan kechirishini va boshqa tug'ilishda qanday
hayotga ega bo'lishini belgilaydi.

Aniq o'lim borliqning ongidir. Bo'lish mening mavjudligimni bilishni anglatadi. Bedilning

fikricha, o‘lim muqarrar. U doimiy ravishda o'limning muqarrarligini, shaxsning ketishini
ta'kidlaydi. Hech kimning ahvoli qanday bo'lishidan qat'i nazar, o'limdan najot yo'q." Bu
dunyoni qaysi kuni tark etishini faqat Xudo biladi. Bir so'z bilan aytganda, odam o'limga
mahkum. Oxirat kelsa, chol bilan yigitni, podshohu tilanchini ayamaydi.

“Eshak keriladi, to‘qimi zarrin,

7

Shavqingni yod etib (gʼazal va ruboiylar). Mirzo Bedil// Sh. Shomuhamedov tarjimalari - Toshkent, G’afur G’ulom

nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2005, - 84 bet

8

Qarang: Mirzo Abdulqodir Bedil Ruboiylar. Shoislom Shomuhamedov tarjimasi. – Toshkent, 1986, - 75 bet


background image

`

40

Aslida na odob bor na din
Sulton amalidan kerilgan odam
Kamolga yetkazar o‘z qabohatin”

9

.

Mirzo Abdulqodir Bedil ruhoniylarni oddiy aholini aldashda ayblagan. U dinga qarshi

chiqmagan, lekin fanatizmni tanqid qilgan. Buni biz “Irfon” asarida ko‘rishimiz mumkin.
Mutafakkir tengsizlik va ayol kishilarning huquqsizligiga qarshi chiqadi. O‘sha davrda
hukmdorlarga sovg‘a sifatida ayollar olib kelingan (bu esa “nazr” deb nomlangan).

“Baʼzan qasru hurlarga bo‘lur oina,
Baʼzan kishan, zanjirda holati border”

10

.

Mirzo Abdulqodir Bedil diniy marosimlarga qarshi chiqadi. U qalin pulini olayotganlarni

tanqid qiladi. Xotin kishilarning haq-huquqlarini va jamiyatda tengligini qo‘llab-quvvatlab,
ularni kamsitishga qarshi chiqadi. Masalan, o‘sha davrdagi “sati” marosimi haqida aytib o‘tib,
unda Mirzo Abdulqodir Bedil nafaqat erkak, balki ayol kishilarga nisbatan adolatsizlikni
taʼkidlaydi.

“Dar shararzori qissai sitiyon,
Ki zi chandin zabona dosht bayon,
Garchi sayram ba sad kitob aftod,
Lek in dog‘am intixob aftod”

11

“Irfon” asarining maxsus bobida Mirzo Abdulqodir Bedil xattot, tikuvchi, to‘quvchi,

temirchi, qassob va hisobchilarning sanʼatini alohida belgilab o‘tadi. Ularning har biri,
mutafakkirning fikriga ko‘ra, “o‘z o‘rnida hurmatga sazovor insondir”. Agar inson qandaydir
kasb yoki hunarga ega bo‘lmasa, u komillikga intila olmaydi va buzuqlik yo‘liga o‘tadi. Bu esa
kambag‘allikga sabab bo‘ladi.

Bundan tashqari, Mirzo Abdulqodir Bedilning fikricha, dimog‘dorlik jaholatning

ifodasidir. Har bir inson tabiattan qandaydir hunar bilan shug‘ullanishi kerak, chunki
mavjudlik moddiy boyliklarni ishlab chiqishga olib keladi.

“Senga orom, benishonlik bo‘lsa manzur,
Faqirlarga oshnolikdan topgil huzur.
Dimog‘ingda shuhrat zavqi bo‘lsa paydo,
Shohu amir oshnoligi bo‘lgay zarur”

12

.

Mirzo Abdulqodir Bedil insonlar o‘rtasida adolatli munosabatlar bo‘lishi to‘g‘risidagi

qimmatli fikrlarini bayon etgan. Mirzo Abdulqodir Bedil podsholarni o‘z xalqiga adolatli
munosabatda bo‘lishini, xalqqa nisbatan zolim, o‘zgalar haqqiga xiyonat qilmaslikka, adolatli
munosabatda bo‘lishga chaqiradi.

“Xalq ichinda sen zolimlik nomin olma,
Ojizlarga zulm ko‘rsatib, jonin olma.
Ochligingdan o‘lganda ham zinhor, zinhor,

9

Shavqingni yod etib (gʼazal va ruboiylar). Mirzo Bedil// Sh. Shomuhamedov tarjimalari - Toshkent, G’afur G’ulom

nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2005, -60 bet

10

Mirzo Abdulqodir Bedil Ruboiylar. Shoislom Shomuhamedov tarjimasi. – Toshkent, 1986, - 68 bet

11

Shavqingni yod etib (gʼazal va ruboiylar). Mirzo Bedil// Sh. Shomuhamedov tarjimalari - Toshkent, Gafur Gulom

nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi, 2005, -60 bet

12

Qarang: Mirzo Abdulqodir Bedil Ruboiylar. Shoislom Shomuhamedov tarjimasi. – Toshkent, 1986, - 68 bet


background image

`

41

Chumolining og‘zidagi donin olma”

13

.

Mirzo Abdulqodir Bedil ijtimoiy-siyosiy qarashlarining tahlili bizni mutafakkir

adolatning targ‘ibotchisi bo‘lgan degan xulosaga keltiradi. Ezgulik, Mirzo Abdulqodir Bedilga
ko‘ra, insonlarning dinidan qatʼiy nazar bir-biriga bo‘lgan yaxshi munosabatlardan tashkil
topadi. Shu bilan birga dehqonlar, hunarmandlar va ijodkorlarga hurmat bilan yondashish
muhim. Mirzo Abdulqodir Bedil uchun tenglik shundaki, har bir inson dinidan qatʼiy nazar
Yagona, yaʼni Yaratuvchi oldida teng.

References:

1.

Mirzo Аbdulqodir Bedil Ruboiylar. Shoislom Shomuhamedov tarjimasi. – Toshkent, 1986

2.

Sattorova S. B. Unique study of the problem of justice and equality in the doctrine of

human and society of MIRZA ABDUL QADIR BEDIL //Oriental Journal of Social Sciences. –
2023. – Т. 3. – №. 06. – С. 1-10.
3.

Айни Х.С. Бедиль и его поэма «Ирфон». - Сталинабад 1956

4.

Bedil M.A. Kulliyot .- Dushanbe.-1993

5.

Нуров Н., Салимӣ Н. Поэтикаи ғазалиёти Мирзо Абдулқодири Бедил. – Nashriëti

Noshir, 2020.
6.

Мухаммадиева О. Бедил ва ахлоқий қадриятлар фалсафаси. – Yangi nashr, 2016.

7.

Sattorova S. B. LIFE AND WORK OF MIRZO BEDIL //European International Journal of

Philological Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 08. – С. 13-16.
8.

Салимов М. С., Тагоймуродов Р. Х. БЕДИЛ О НОСТАЛЬГИИ //Вестник Бохтарского

государственного университета имени Носира Хусрава. Серия гуманитарных и
экономических наук. – 2018. – №. 1-2. – С. 37-40.
9.

Sattorova S. B. SOME FACTS ABOUT THE LIFE OF MIRZO BEDIL //International

Scientific and Current Research Conferences. – 2023. – С. 112-114.

13

Qarang: Mirzo Abdulqodir Bedil Ruboiylar. Shoislom Shomuhamedov tarjimasi. – Toshkent, 1986, - 68 bet

Библиографические ссылки

Mirzo Аbdulqodir Bedil Ruboiylar. Shoislom Shomuhamedov tarjimasi. – Toshkent, 1986

Sattorova S. B. Unique study of the problem of justice and equality in the doctrine of human and society of MIRZA ABDUL QADIR BEDIL //Oriental Journal of Social Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 06. – С. 1-10.

Айни Х.С. Бедиль и его поэма «Ирфон». - Сталинабад 1956

Bedil M.A. Kulliyot .- Dushanbe.-1993

Нуров Н., Салимӣ Н. Поэтикаи ғазалиёти Мирзо Абдулқодири Бедил. – Nashriëti Noshir, 2020.

Мухаммадиева О. Бедил ва ахлоқий қадриятлар фалсафаси. – Yangi nashr, 2016.

Sattorova S. B. LIFE AND WORK OF MIRZO BEDIL //European International Journal of Philological Sciences. – 2023. – Т. 3. – №. 08. – С. 13-16.

Салимов М. С., Тагоймуродов Р. Х. БЕДИЛ О НОСТАЛЬГИИ //Вестник Бохтарского государственного университета имени Носира Хусрава. Серия гуманитарных и экономических наук. – 2018. – №. 1-2. – С. 37-40.

Sattorova S. B. SOME FACTS ABOUT THE LIFE OF MIRZO BEDIL //International Scientific and Current Research Conferences. – 2023. – С. 112-114.