`
18
AXBOROT–HUQUQIY TIZIMLAR, ULARNING TURLARI VA IMKONIYATLARI
Xalikova Muxabbat Akbar qizi
TDYU ARM axborot texnologiyalari bo’yicha yetakchi mutaxassis.
Talipova Zilola Nabiyevna
TDYU АRM 2-toifali kutubxonachi
Abdujalilova Durdona Alisher qizi
TDYU АRM Bibliograf.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13341578
Annotatsiya:
Axborot–huquqiy tizimlar - bu huquqiy axborotni yig'ish, saqlash, ishlatish
va himoya qilish uchun mo'ljallangan tizimlardir. Tizimlar bir nechta turlarga bo'linishi
mumkin, masalan, davlat, mahalliy yoki xususiy sektor uchun, shuningdek, mavjud huquq va
qonunlar bilan mos ravishda ishlab chiqilgan. Ular axborot resurslarini boshqarishda,
huquqiy xizmatlarni tezroq taqdim etishda va huquqiy jarayonlarni optimallashtirishda
muhim ahamiyatga ega.
Abstract.
Information-legal systems are designed to collect, store, use, and protect legal
information. Systems can be divided into several types, for example, for the public, local, or
private sector, designed by existing rights and laws. They are important in managing
information resources, providing legal services faster, and optimizing legal processes.
Kalit so’zlar:
Axborot-huquqiy tizimlar, huquqiy axborotlashtirish, LexUZ, NORMA.
Key words:
Information-legal systems, legal information, LexUZ, NORMA.
Bugungi taraqqiy topgan jamiyatning normal faoliyati uchun huquqiy axborot zarurdir,
shuning uchun ham bunday axborotni tarqatish va ulardan keng ommani foydalanishiga
imkon berishni ta`minlash davlatning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. Huquqiy axborotning
an`anaviy manbai bo`lib doimiy nashrlar, kitoblar, broshyuralar, kurslar, ma`ruzalar,
munozaralar va mutaxassislarning maslahatlari hisoblanadi. Bunday axborotlar hajmining
hozirgi sharoitda keskin ravishda o`sib borishida ular o`z qiymatini saqlaydi, biroq ular
huquqiy masalalarni tezkor yechish imkonini bermaydi. Kun sayin ko`plab yangi huquqiy
normalarni o`rnatuvchi yoki avvalgilarini o`zgartiruvchi hukumat va idoraviy normativ
hujjatlar qabul qilinadi. Ayrim huquqiy hujjatlar ko`p marta o`zgartiriladi, biroq matbuotda,
odatda hujjatning o`zgartirilgan qismigina chop etiladi. Hozirda huquqiy axborotlashtirish
muammosi kompyuterli huquqiy tizim ma`lumotnomasi (HTM) ishlab chiqilgani va ommaviy
tarqatilgani tufayli muvaffaqiyatli hal etilgan. HTM hozirgi sharoitda huquqiy axborot bilan
ta`minlash darajasiga qo`yilgan quyidagi asosiy talablarga javob beradi:
– to`liqlik;
– dolzarblik;
– hammabop;
– yangi axborotlarni tezkor olishlik;
– samarali qidirish imkoniyati.
Huquqiy tizim ma`lumotnomasi – bu qonunchilik bo`yicha to`liq, tizimlashtirilgan va
tezkor yangilanuvchi axborot hamda ushbu axborotlardan foydalanish imkonini beruvchi
kompyuter vositalaridir. O`zbekistonda ma`lum va keng tarqalgan «LexUz», «PRAVO» va
«NORMA» huquqiy axborot tizimlari mavjud. Foydalanuvchi interfeysini tashkil etishdagi
ayrim afovutlarga qaramay, imkoniyatlari va qidirish tezligi bo`yicha, hajmi va yig`ilgan
`
19
axborotlar sifati bo`yicha, barcha tizimlar o`xshash funksional tuzilishga ega. O`ziga xos
huquqiy axborot tizimi tarkibiga quyidagilar kiradi:
– kontekst va rubrikator bo`yicha hujjatlarni qidiruv vositalari;
– rekvizitlar bo`yicha hujjatlarni qidiruv vositalari;
– gipermatn havolalar bo`yicha ma`lumotlar bazasidagi navigatsiya mexanizmi;
– hujjatning matn va ruyxatlari bilan ishlash modullari;
– ma`lumotlar bazasini yangilash mexanizmi.
O`zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari ma`lumotlari milliy bazasining axborot
qidirish tizimi (QHMMB AQT «LexUz», yoki «LexUZ») O`zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2000 yil 5 avgustdagi 304-son «Qonun hujjatlarini turkumlashni
takomillashtirish va huquqiy axborotlarni tarqatishni tartibga solish chora-tadbirlari
to`g`risida»gi qarorini bajarish yuzasidan yaratilgan. QHMMB AQT «LexUz»ning maqsadi –
aholining huquqiy madaniyati darajasini ko`tarish, normativ huquqiy hujjatlaridan yuridik va
jismoniy shaxslarning keng foydalanish imkoniyatini ta`minlash, jamiyatni huquqiy
axborotlashtirish tizimini takomillashtirish. LexUZ foydalanuvchilarga QHMMBda Internet
orqali foydalanish imkoniyatini ta`minlaydi va bunda:
- normativ-huquqiy hujjatlarni tarkibiy qismlari va rekvizitlari, shuningdek, yuridik tahlil
kartochkalaridagi ma`lumotlari asosida, ya`ni:
– O`zbekiston Respublikasi qonunchilik tarmoqlari umumhuquqiy klassifikatori bo`yicha;
– qonunchilikning mavzuli ma`lumotnomasi bo`yicha;
– tushuncha va terminlar ma`lumotnomasi bo`yicha;
– alfavit-predmetli ko`rsatgich bo`yicha ko`pmezonli, kengqamrovli qidirish imkonini beradi.
- izlash natijalarini jadval qatorlari ko`rinishida aks ettiriladi
va ular bilan ishlashning quyidagi imkoniyatlari mavjud:
– tanlangan hujjatlarning rekvizitlari bo`yicha saralash;
– tanlangan hujjatlarning rekvizitlari bo`yicha guruhlash;
– hujjatlar bilan ishlash uchun natijaviy jadvalda ularni tanlash;
– izlash natijasida tanlangan hujjatlarga oid barcha ma`lumotlarni olish;
– hujjatlarga kiritilgan qo`shimcha va o`zgartirishlarning xronologik tarixini ko`rish;
– hujjat matnini alohida oynada ochish;
– hujjat matnining foydalanuvchi tanlagan sanadagi holatini ko`rsatish;
– «havolalar xaritasi» - tanlangan hujjatga nisbatan korrespondent / respondent hujjatlar
ro`yxati;
– hujjat tarkibida rasmiy matn qatorida norasmiy axborotlarni (tushuntirish va izohlar kabi)
aks ettirish;
– hujjat tarkibida matn, jadval, rasmlar va grafiklarni aks ettirish.
- foydalanuvchi ishlagan hujjatlar tarixini avtomatik tarzda tizimda saqlab qolish va bunda:
– tanlangan hujjatlar ro`yxatini saqlab qolish;
– izlash shartlarini saqlab qolish;
– foydalanuvchi ishlagan hujjatlar tarixini tizimda saqlash;
– foydalanuvchi ma`lumotlarini va interfeysini o`zbek va rus tillarida olib borish;
– bazaga kiritilgan hujjatlar haqida elektron pochta orqali xabar yo`llash.
`
20
«LexUZ» QHMMB AQTga 15500 dan ortiq hujjatlar, jumladan, Konstitutsiya, 15ta
kodeks, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunlari va qarorlari, O`zbekiston Respublikasi
Prezitentining Farmon va qarorlari, O`zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari,
idoraviy me`yoriy–huquqiy hujjatlar o`zbek va rus tillarida kiritilgan. «NORMA» axborot-
huquqiy tizimi «Norma-Hamkor» mas`uliyati cheklangan jamiyat tomonidan ishlab chiqilgan
va O`zbekiston Respublikasi Davlat patent idorasida 1999 yil 1 noyabrda ro`yxatdan
o`tkazilgan. U elektron davriy nashrlar va boshqa ma`lumotlar bazalarini, jumladan
tushuntirish-uslubiy jihatdagi ma`lumotlarni o`zida jamlagan. Ma`lumotlar bazalarini
takomillashtirish va dastur ta`minotini yaxshilash ishlari tinimsiz olib borilmokda.
«NORMA» axborot-huquqiy tizimi – bu zamonaviy texnologiya yutuqlari asosida
tayyorlangan universal qobiqli, tarkibi bir nechta mavzuiy bazalardan iborat, o`zaro havolalar
va kuchli qidiruv imkoniyatiga ega bo`lgan ko`p funksiyali gipermatn muhitida ishlashni
amalga oshiruvchi ma`lumotlar bankidir.
«NORMA» – tizimi Windows muhiti imkoniyatlaridan foydalanish hisobiga
foydalanuvchi bilan do`stona muloqotni amalga oshirishga yo`naltirilgan. Ushbu tizimda atiga
ikki-uch soat davomida ishlash natijasida foydalanuvchi tizim bilan ishlashning asosiy
ko`nikmalariga ega bo`ladi. Hujjatlar bilan ishlash, qidiruvdan foydalanish, havolalar hosil
qilish va zamonaviy poligrafiya talablariga mos ravishda hujjatlarni chop etish uchun bu
ko`nikmalar yetarli bo`ladi.
«NORMA» axborot-huquqiy tizimining asosiy ustunligi quyidagilar hisoblanadi:
– Windows 95 va undan keyingi operatsion tizimlar bilan ishlashga mo`ljallanganligi;
– ochiladigan hujjatlarning oyna o`lchamini moslash (avtoformat), bu esa ekranning ishchi
sohasidan to`la foydalanish imkonini beradi;
– bazadagi hujjatlar jadvallarga (oddiy, murakkab, rangli va h.k.) ega bo`lishi mumkin;
– katta hajmdagi ma`lumotlar bazasida kerakli hujjatlarni tezkor topish imkonini beruvchi
kuchli qidiruv vositalari ishlab chiqilgan;
– foydalanuvchi tomonidan muntazam ishlatiluvchi hujjatlarga ularni qidirishni
yengillashtirish uchun belgilar qo`yish;
– bazadagi hujjatlar o`zaro kesishgan havolalar orqali bog`langan. Bu esa bir hujjatdan
boshqasiga ularning ochilish tartibi bo`yicha navbat bilan o`tishda, bir oynada bir nechta
hujjatlarni ko`rish va har biri bilan alohida ishlash imkonini beradi;
– foydalanuvchi ishlash uchun bir vaqtda bir nechta hujjat oynasini, har birini o`z oynasida,
ochishi mumkin;
– hujjatlar katalogida foydalanuvchi o`zining shaxsiy hujjatlarini saqlashi va ular bilan
ishlashi, shuningdek unda hujjatlar orasida havolaga ega bo`lgan o`zining xususiy bazasini
hosil qilish imkoniyati mavjud;
– hujjatlar bilan ishlashda shriftlarning o`lchamlarini (kattalashtirish, kichiklashtirish)
o`zgartirish imkoniyati nazarda tutilgan;
– o`zbek, rus, ingliz tillarida hujjatlar bilan ishlash;
– bir nechta ma`lumotlar bazalari bilan ishlash imkoniyati;
– almashish buferi orqali ma`lumotlar bazasi dasturida mavjud bo`lgan hujjatlar yoki ularning
bo`laklaridan nusha olish va keyinchalik ulardan Windows ning boshqa ilovalarida (Word va
boshqalar) ishlashda foydalanish;
`
21
– tizimning ma`lumotlar bazasida saqlanuvchi hujjatlar yoki ularning bo`laklarini chop etish;
– ma`lumotlar bazalari hujjatlarini RTF formatidagi fayllarda saqlash.
Foydalanuvchilarning axborot tizimlariga murojaati ko`p jihatdan hujjatni faqat
topishgagina emas, balki qo`yilgan topshiriq yoki muammoni to`g`ri ifodalashga bog`liqligidan
kelib chiqadi. Shuning uchun, juda tezkor va malakali qaror qabul qilish quroli bo`lib xizmat
qiluvchi axborot tizimi mukammal hisoblanadi. Foydalanuvchi uchun huquqiy axborot
tizimining muhim jixati bo`lib, tizimida joylashgan hujjatlar soni va spektri, qidirish
turlarining har xilligi, hujjatlar bilan tahliliy ishlash imkoniyatlari va huquqiy axborot
tizimlarining servis funksiyalari hisoblanadi.
Mutaxassisning ish unumdorligi uning ish vaqti qanchalik ratsional sarflanishiga bog`liq,
huquqiy axborot tizimidan foydalanish esa kerakli huquqiy hujjatlarni qidirish uchun zarur
bo`lgan vaqtni kamaytirishga hamda amallarni qisqartirishga imkon yaratadi. Kompyuter
tizimi qanchalik ko`p axborot yetkazish imkoniyatiga ega bo`lsa, barcha kerakli hujjatlarning
qo`l ostida bo`lishi ehtimoli shunchalik ko`p bo`ladi. Huquqiy axborot tizimida saqlanadigan
materiallar miqdori ma`lumotlarni qayta ishlovchining axborot imkoniyatini va uning
mahsulini ko`rsatadi. Shu bilan birgalikda foydalanuvchining qanday turdagi va ko`rinishdagi
huquqiy axborot olishi mumkinligi ham juda muhim ahamiyatga ega. Kirish mumkin bo`lgan
axborot spektri qanchalik keng bo`lsa, huquqiy boshqaruvning barcha qismlari va jihatlarini
e`tiborga olgan holda, huquqiy muammolarni hal etishga shunchalik jiddiy va asosli
yondashish kerak.
Xulosa
Ilmiy texnik taraqqiyotning inson faoliyati barcha sohalariga tasir qilishning asosiy
omillaridan biri yangi axborot texnologiyalarini keng qo`llashdir. Jamiyatni axborotlashtirish -
jahon miqyosidagi muhim muammolardan biri, insoniyat taraqqiyotining, hozirgi zamon fan-
texnika taraqqiyotining hayotiy zarur bo`lgan muammolari majmuasi demakdir. Bu soha turli
xildagi axborotlarni tayyorlash, ulardan foydalanish, hisoblash texnikasining zamonaviy
tizimlarini tashkil qilish va boshqa muhim ishlar bilan shug`ullanadi. Shu bilan birga, mazkur
soha xalq xo`jaligining bir qator tarmoqlarini o`z ichiga oladi va axborotlashtirish
industriyasining majmuasini tashkil qiladi. Unda axborot texnologiyasi- elektron-hisoblash
mashinalari (EHM), shaxsiy kompyuterlar, protsessorlar, aloqa hamda elektron aloqa
vositalari va tarmoqlarini ishlab chiqadigan korxonalar, birlashmalar markaziy o`rinni
egallaydi.
References:
1.
S.Rahmonqulov “IBM PC shaxsiy kompyuterida ishlash”, Т.: “Sharq”, 1998.
2.
A. Axmedov N. Taylaqov “Informatika”, Toshkent “O’zbekiston”, 2001.
3.
A. Abduqodirov va boshqalar “Informatika”, Т.: “Me’ros”. 2002.
4.
A. Sattorov «Informatika va axborot texnologiyalari» Toshkent «O’qituvchi», 2002.
5.
6.
https://www.norma.uz/
7.
http://www.ziyonet.uz/