`
4
QOVUN VA TARVUZ NAVLARINING MAQBUL SUGʻORISH TARTIBLARI VA
SUV ISTEʻMOLI KOʻRSATKICHLARI
Norqulov Usmonqul
Toshkent Davlat agrar universiteti, professori
Ergashev Iftixor Sultonovich
Toshkent Davlat agrar universiteti, doktoranti
+998507061288
https://doi.org/10.5281/zenodo.13291613
Annotatsiya:
Sirdaryo viloyatida tarvuz va qovun ekilgan tajriba dalalarida ularni
yetishtirish, ekinlarining hosildoriligini asosli ko‘rsatgichlari, ekinini yetishtirish
agrotexnikasi, tuprog‘ining sho‘rlanish darajasi, sho‘r yuvishlardan oldingi tuproq namligi,
ekinlarni sug‘orish uchun berilgan suv me’yori dastlab tuproq g‘ovakliklarini va naychalarini
suv bilan tuproqda to‘liq to‘yinganligi ko‘rsatkichlar qayd etildi.
Kalik so‘zlar:
Tarvuz, qovun, ekin, sho‘r yuvish, agrotexnika, sug‘orish me’yori, tuproq
g‘ovakligi, tuproq namligi.
Kirish:
Sugʻoriladigan yerlar tarkibidagi kuchli shoʻrlangan va shoʻrxok tuproqlar
asosan tabiiy va antropogen omillar tasirida qayta shoʻrlanish natijasida vujudga kelgan
boʻlib, bunday yerlar eng koʻp Qoraqolpogʻiston Respublikasida 138,8 ming gektar, Jizzax
viloyatida 7900,5 ming gektar, Sirdaryo viloyatida 26,2 ming gektar, Navoiy viloyatida 7,9
ming gektar, Qashqadaryo viloyatida 12,2 ming gektar, Buxoro viloyatida 23,7 ming, Xorazm
viloyatida 25 ming gektarni tashkil etadi. Qishloq xoʻjaligidagi bunday salbiy oqibatlarni oldini
olish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil apreldagi PQ-1958-sonli
“2013-2017-yillarda sugʻoriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash va suv
resurslaridan oqilona foydalanish chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 24-fevraldagi 39-sonli “2013-2017-yillar
davrida sugʻoriladigan yerlarning meliorativ xolatini yaxshilash va suv resurslaridan oqilona
foydalanish boʻyicha davlat dasturining soʻzsiz bajarilishini taminlashga doir qoʻshimcha
chora tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan 2013-2017-yillarda sugʻoriladigan yerlarning
meliorativ holatini yaxshilash davlat dasturi ishlab chiqildi. Dasturga asosan eski kollektor-
zovur tarmoqlarini tozalash, yangilarini qazib ishga tushirishhamda vertical zovur
tarmoqlarini rekonstruksiya qilish va yangilarini foydalanishga topshirish, meliorativ nasos
stansiyalarini tamirlash, rekonstruksiya qilish va yangilarini qurish, qudratli meliorativ
mashina parklarini tashkil qilish, va boshqa ishlar amalga oshirildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PQ-4947-sonli
“Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi
toʻgʻrisida”gi farmonida qishloq xoʻjaligi ishlab chiqarish sohasiga intensive usullarni, eng
avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni qoʻllash muhim
vazifalardan biri etib koʻrsatilgan.
Tadqiqotning ob’yekti
Sirdaryo viloyati, Mirzaobod tumani “Bahorning ilk kunlari”
fermer xo‘jaligi va “Mirzacho’l Donald Duck” MCHJning och tusli bo‘z, kuchli sho‘rlangan va
sho‘rxok tuproqlar, qovunning
“Dakaro”
hamda tarvuzning “Auprodyuser”
navlari
hisoblanadi.
Tajriba maydoni tuprog‘ining sho‘r yuvishdan oldingi
`
5
ES ko‘rsatgichi (2020y 10-noyabr)
3.7-jadval
Takrorlanishlar
№
Tuproq
qatlami, sm
ES.
dm/m.
Sho‘rlanish
darajasi
1
0-30
4,12
sho‘rxok
30-50
3,76
sho‘rxok
50-70
3,55
sho‘rxok
70-100
3,30
sho‘rxok
o‘rtacha
3,68
sho‘rxok
2
0-30
3,47
sho‘rxok
30-50
3,30
sho‘rxok
50-70
3,14
sho‘rxok
70-100
3,00
sho‘rxok
o‘rtacha
3,228
sho‘rxok
3
0-30
4,35
sho‘rxok
30-50
4,12
sho‘rxok
50-70
3,78
sho‘rxok
70-100
3,63
sho‘rxok
o‘rtacha
3,970
sho‘rxok
Tajriba daladagi yer osti suvlarining sathi bahor oylariga kelib yog’in ko’p yog’ganligi
hisobiga 0,5 metrgacha ko’tarilib kelsa yozning oxirgi oylariga kelib yer osti suvlari sathi 1
yoki 1,5 metrgacha tushib ketadi va mineralizatsiyasi
ES-17,4 va pH-7,3 ni tashkil qildi.
1-rasm.Agrotexnik tadbirlar
Tajriba maydonida yetishtirilgan poliz ekinlarini agrotexnik tadbirlar
1-variant
Kuzda shudgor qilish ishlari olib borildi so‘ngra tekislash ishlari olib borildi
va o‘qariqlar olindi hamda 390 m
2
maydonda o‘qariq bo‘ylab sho‘r yuvish ishlari olib borildi,
sho‘r yuvish tadbirlari qish oylarida o‘tqazildi va sho‘r yuvish uchun 155 m
3
suv sarflandi.
Bahorning birinchi oyida yerning holatiga qarab yer tekislash ishlari olib borildi hamda 2
marta chizil va mola qilish ishlari olib borildi va o‘qariq olish hamda egat olish ishlari olib
borildi.
`
6
12 aprelgacha ko‘chat ekish uchun agrotexnik tadbirlarni barchasi tadqiqot o‘tqazish
uslublariga asoslanib olib borildi. 14 aprelda ko‘chat ekishlari olib borildi. An’anaviy sug‘orish
usulida sug‘orish ishlari olib borildi.
2-variant
Kuzda shudgor qilish ishlari olib borildi so‘ngra tekislash ishlari olib borildi
va cheklarga bo‘lish ishlari amalga oshirildi hamda 390 m
2
maydonda tomchilatib sug’orish
usuli bilan sho‘r yuvish ishlari o‘tqazildi, sho‘r yuvish tadbirlari qish oylarida o‘tqazildi va
sho‘r yuvish uchun 155 m
3
suv sarflandi. Bahorning birinchi oyida yerning holatiga qarab yer
tekislash ishlari olib borildi hamda 2 marta chizil va mola qilish ishlari olib borildi.
12 aprelgacha ko‘chat ekish uchun agrotexnik tadbirlarni barchasi tadqiqot o‘tqazish
uslublariga asoslanib olib borildi. 14 aprelda ko‘chat ekishlari olib borildi. An’anaviy sug‘orish
usulida sug‘orish ishlari olib borildi. Tomchilatib sug‘orish usulida sug‘orish ishlari olib
borildi.
3-variant
Qatorlar bo‘ylab eniga 30 sm, chuqurligi 30 sm qilib 100 m.da 125 ta nuqta
kovlab chiqildi va tayyorlangan substratlar bilan 125ta klyonka paketlar to‘ldirildi. Har bir
klyonka paketdagi substrat og‘irligi 13 kg.ni tashkil qildi. To‘ldirilgan klyonka paketlarni
barcha nuqtalarga qo‘yib chiqildi. Transheyadan chiqqan tuproqlar bilan mustaxkam qilib
ko‘mib chiqildi. Sarflangan substratning og‘irligi 53,6 t/ga.ni tashkil qildi. Bu variantdan
olingan namunani laboratoriya sharoitida tekshirilganda ES-0,77, pH-8,01 ni tashkil qildi.
Tomchilatib sug‘orish usulida sug‘orish ishlari olib borildi.
Barcha substratlar (0,3;0,2;0,5%) bunda toza tuproq 30%, yuvilgan qum – 20%, chirigan
go‘ng – 50% bo‘lib (0,3:0,2:0,5) nisbatda tayyorlandi.
4-variant.
Qatorlar bo‘ylab plastmassa tuvaklar va drenaj quvurlarni joylashtirish
uchun eniga 30sm va chuqurligi 40 sm qilib 100 m uzunlikda transheya kovlandi.
Transheyaga 100 m uzunlikda drenaj yotqizildi, hamda ekin ekiladigan tuvaklar drenajga
montaj qilib ulab chiqildi. Shu bilan bir qatorda 125 ta tuvak o‘rnatildi hamda tayyorlangan
substratlar barcha tuvaklarga joylashtirilib chiqildi hamda transheyadan chiqqan tuproqlar
bilan barcha tuvaklar mustaxkam qilinib transheya qaytadan ko‘mildi. Tuvaklarga solingan
substratlarni og‘irligi 12 kg.ni tashkil qildi ya’ni 4 kg toza tuproq, 3 kg yuvilgan qum, 5 kg
chirigan go‘ngni tashkil etdi. Sarflangan substrat 49.5 t/ga.ni tashkil qildi. Tuvaklar substratga
to‘ldirilgandan so‘ng 100 m uzunlikda tomchilatib sug‘orish shlangi yotqizib chiqildi.
Tomchilatib sug‘orish usulida sug‘orish ishlari olib borildi.
5-variant.
Qatorlar bo‘ylab polietilen plyonka va yopiq drenaj quvurlarni joylashtirish
uchun eniga 30sm va chuqurligi 30 sm qilib 100 m uzunlikda transheya kovlandi.
Transheyaga eniga 50 sm.lik uzunligi 100 m bo‘lgan polietilen plyonka yotqizildi, hamda
polietilen plyonka ichiga 100 m yopiq drenaj quvuri yotqizildi. Tayyorlangan substratlar bilan
egat ko‘rinishiga kelguncha to‘ldirilib chiqildi. Sarflangan substratlar 297 m
3
/ga.ni tashkil
qildi hamda har 80 sm.da ko‘chatlar ekib chiqildi.
`
7
2-rasm.Ekish jarayoni
Tarvuz va qovun 2022 yil 15 aprelda ekildi. Pushta kengligi 280 sm qilib olindi va
oʻsimlik uyalarining orasi 80 sm qilib 3-4 sm chuqurlikka ekildi. Xar bir varintdagi uyalarga 2
tadan ko’chat ekib chiqildi.
3-rasm.Tajriba maydonida poliz ekinlarini sugʻorish tartibi
Sugʻorish meʼyorlarini aniqlashda har bir takrorlanish va variantlarda sug’orish oldi
tuproq namligi olindi. Tarvuz va qovun ko’chatlarining ikki quloq bo’lgandan boshlab hosilga
kirgunga qadar TTNS bo’yicha tuproqning har bir sugʻorish oldi namligi “Dehqonchilik va
melioratsiya” kafedrasining “Kombi-5000” namlik o’lchash uskunasi yordamida aniqlab
borildi.
`
8
4-rasm.
Tajriba maydondagi tarvuz va qovunning xosil yigʻim terim davri
Xulosalar
1.
Poliz ekinlarini o‘suv fazalari bo‘yicha suv sarfi tajribaning 4 va 5 – variantlarida
shonalash fazasida 378 m
3
/ga, gullash va meva tugish fazasida 506 m
3
/ga va pishish fazasida
175 m
3
/ga suv talab qilganligi yoki mavsum davomidagi suvga bo‘lgan talab koeffisiyenti 1,07
ni tashkil qilib, bu qabul qilingan texnologiya asosida poliz ekinlarini yetishtirishdagi suvga
bo‘lgan talab koeffisiyentidan (5,17) 80% gacha kamdir.
2.
Tajriba maydonida yetishtirilgan qovun va tarvuzning eng yuqori o‘sish va rivojlanishi
tajribaning 4-variant (sho‘rlanishdan himoya qilish uchun plasmassa tuvaklar) va 5-variant
(sho‘rlanishdan himoya qilishda polietilen plyonkadan foydalanish) hamda ularni drenaj
tizimi bilan jihozlab, maxsus substratlarda (tuproq-30%, qum 20%, biogumus 50%)
tomchilatib sug‘orish usuli yordamida yetishtirilganda qovunning shonalash davrida asosiy
poya uzunligi 37,3-39,2 sm. o‘suv shoxlari 2,2-2,5 dona, gullash va mevalash davrida 117,8-
121,0 sm. va 3,0-3,5 dona, pishish davrida 163,2-168,4 sm, 3,5-3,6 dona bo‘lganligi,
tarvuzning shonalash davrida asosiy poya uzunligi 41,2-46,2 sm. yon shoxlar soni 2,6-3,3
dona, gullash va mevalash davrida 121,6-131,2 sm. 4,5-5,5 dona va pishish davrida esa 171,4-
178,5 sm, 4,8-5,6 dona bo‘lganligi aniqlandi.
Qovun va tarvuzning tuproqdagi tuzlardan himoya qilinmagan holda tomchilatib
sug‘orish usuli bilan yetishtirilganda (2-variantda) umumiy o‘suv davrining davomiyligi
qovunda 83 – 84 kun, tarvuzda 85 – 89 kun, sho‘rlanishdan himoya qilingan variantlarda (4
va 5 variantlar) qovunda 77 – 80 kun, tarvuzda 78 – 80 kun bo‘lganligi aniqlandi.
References:
1.
Mirziyoyev Sh.M. PF-60-son. “2022–2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning
taraqqiyot
strategiyasi
to‘g‘risida”.
–
Toshkent,
2022
yil
28
yanvar.
https://lex.uz/docs/5841063 1-2-b.
2.
Mirziyoyev Sh.M. PF-5853-son. “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini
rivojlantirishning 2020–2030 yillarga mo‘ljallangan strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”. –
Toshkent, 2019 yil 23 oktyabr. https://lex.uz/docs/4567334 1-3-b.
3.
Azimov B.J., Azimov B.B. “Sabzavotchilik, polizchlik va kartoshkachilikda tajribalar
`
9
o‘tkazish metodikasi”.-T. O‘zbekiston Milliy Ensiklopediyasi, 2002 y (2006). 181–185-b.
4.
“Toshkent viloyati sharoitida qovun yetishtirishning resurstejamkor texnologiyasini
ishlab chiqish”. Tashkent. 2022. – B 4-12.
5.
Abdumalikov Sh. Tomchilatib sug‘orish afzalliklari. J. «O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi».
2011 y. №8. 32-33 b.
6.
Azimov B.J., Azimov B.B. Sabzavot va poliz ekinlarini gidromodul rayonlar bo‘yicha
sug‘orish tartiboti. O‘zMEDIN. Toshkent. 2004. 45-b.