Авторы

  • Shaxzoda Boyqulova
    Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instutiti Agroturizm yo'nalishi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.51894

Ключевые слова:

turizm infratuzilma industirya transport turar joy raqamli platforma turizm xizmatlari.

Аннотация

Maqolada  infratuzilma xizmatlari moddiy shaklga ega boʻlmagan tovarlar boʻlib, ular hayotiy ehtiyojlarni qondira olishi.  Infratuzilma xizmat koʻrsatish sohasiga koʻra ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarish ga xizmat koʻrsatuvchi sohalar — yuk tashish transporti, elektr va issiqlik taʼminoti, yoʻl xoʻjaligi, suv xoʻjaligi, ombor xujaligi, ilmiy konstruktorlik xizmati, axborot xizmati  va boshqalar. Iqtisodiyot infratuzilmasi sifatida tasniflangan tarmoqlar doirasida yoritiladi.


background image

`

68

TURIZM INFRATUZILMASI

Boyqulova Shaxzoda

Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar instutiti

Agroturizm yo'nalishi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13827883

Annotatsiya

. Maqolada infratuzilma xizmatlari moddiy shaklga ega boʻlmagan tovarlar

boʻlib, ular hayotiy ehtiyojlarni qondira olishi. Infratuzilma xizmat koʻrsatish sohasiga koʻra
ishlab chiqarish infratuzilmasi ishlab chiqarish ga xizmat koʻrsatuvchi sohalar — yuk tashish
transporti, elektr va issiqlik taʼminoti, yoʻl xoʻjaligi, suv xoʻjaligi, ombor xujaligi, ilmiy
konstruktorlik xizmati, axborot xizmati va boshqalar. Iqtisodiyot infratuzilmasi sifatida
tasniflangan tarmoqlar doirasida yoritiladi.

Kalit so’zlar

. turizm, infratuzilma, industirya, transport, turar joy, raqamli platforma,

turizm xizmatlari.


Inson hayoti va faoliyatining barcha sohalariga axborot texnologiyalari chuqur kirib

borgan zamonda yashayapmiz. Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini
oshiradi, balki ortiqcha xarajatlarni ham kamaytiradi, tan olish kerak infratuzilma
shakllantirish zarur lekin bunga mablag‘ va mehnat resurslarini talab etiladi.
Respublikamizda infratuzilmani jadal rivojlantirish shahar va sotuvchilar va xaridorlar
oʻrtasidagi tovar va xizmatlar oqimini soddalashtirish va samaraliroq qilish qishloq hududlari
o‘rtasidagi “raqamli tafovut”ni bartaraf etish hamda taqdim etilayotgan xizmatlar sifatini
oshirish mamlakatmizda telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirishga jiddiyroq
e’tibor qaratishimiz lozim. Muhimi, bu sohaga qaratilayotgan e’tibor natijasida ortiqcha
qog‘ozbozlik kamayadi hamda jarayonlarni avtomatlashtirish orqali shaffoflikka erishiladi.
Raqamli iqtisodiyotning asosiy farqlovchi omili shundaki, axborot eng muhim boylik boʻlib,
uning qiymati doimiy ravishda oshib bormoqda. Turizm sohasida yagona axborot makonini
shakllantirish masalasi anchadan beri muhokama qilinib kelinmoqda. Bu borada turizm
sohasida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan katta ishlar qilindi. Turizm
sanoati eng yangi raqamli texnologiyalarni faol joriy etishga toʻliq eʼtibor qaratmoqda.Shu
bilan birgalikda turizmni jadal rivojlantirish tog’risida bir necha qarorlar qabul qilinib ko’plab
imkonyatlar yaratib kelinmoqda turizm infratuzilmasini yanada yaxshilash maqsadida
transport yo’llarini ta’mirlash aholi yashash darajasini yaxshilash oziq ovqat iste’molida
organik maxsulotlarni ko’paytirish kabi ko’plab isloxotlar amalga oshirilmoqda.
Texnologiyalarning rivojlanishi tufayli Oʻzbekiston Respublikasi aholisining 81 foizi, savdo
korxonalarining 93 foizi, transport korxonalarining 80 foizi, davlat organlarining 95 foizi
Internetdan foydalanadi. Turistik va rekreatsion firmalar bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi
mahsulot va xizmatlarni ishlab chiqish va rivojlantirishga tobora koʻproq muhtoj boʻlib, ular
bu bilan bogʻliq iqtisodiy manfaatlardan xabardor.

Turizm infratuzilmasini rivojlantirish kelajakda yoshlarni ish bilan bandligini oshirish

maqsadida

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 3 iyun kuni hududlarda turizm

infratuzilmasini yaxshilash va xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish chora-tadbirlari
muhokamasi bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Dunyoda iqtisodiy vaziyat

qiyinlashgan hozirgi sharoitda ko‘proq ish o‘rni yaratadigan, investitsiya va eksportni


background image

`

69

ko‘paytiradigan sohalarni qo‘llab-quvvatlash zarur. Turizmda bunday salohiyat katta. Bu
sohaga yo‘naltiriladigan har bir dollar kelgusida 3-4 barobar daromad keltiradi. Har bir yangi
ish o‘rni boshqa tarmoqlarda yana 2 ta ish joyi hosil qiladi.Mamlakatimizda tarixiy, madaniy
va xushmanzara go‘shalar ko‘p. Ularning negizida turizm maskanlari, mehmonxonalar barpo
etildi. Tartib-taomillar soddalashtirilib, sayyohlik biznesiga qulaylik yaratildi. Sayyohlar
xavfsizligini ta’minlash maqsadida turizm politsiyasi tashkil etildi. O‘tgan yil oktyabrda
Samarqandda bo‘lgan Butunjahon turizm tashkiloti forumi doirasida 2 milliard 300 million
dollarlik investitsiyaviy kelishuvlarga erishilgan edi. Ular orasida turizm infratuzilmasini
rivojlantirish, yangi maskanlar barpo etishga qaratilgan loyihalar ko‘p.

Jumladan, xorijiy investorlar tomonidan Shahrisabz tumani G‘elon va Sarchashma

qishloqlari orasida 3 ming gektarli tog‘-chang‘i majmuasi tashkil qilish boshlandi. Miraki
qishlog‘i bo‘yicha ham master reja ishlab chiqilmoqda.Bu tumanning tarixi ham, tabiati ham
diqqatga sazovor. Qolaversa, Shahrisabz shahri Iqtisodiy hamkorlik tashkilotining “2024
yildagi turizm poytaxti”, deb e’lon qilingan.

Shu bois u yerda turizmni rivojlantirish bo‘yicha qator chora-tadbirlar belgilandi.

Birinchi galda Shahrisabz shahri va Shahrisabz tumanida turizm klasteri tashkil qilinadi. 33
kilometrli Hisorak – G‘elon va Hisorak – Sarchashma yo‘li kengaytirib, ta’mirlanadi.
“Chiroqchi-Sho‘rquduq” avtomobil yo‘li yaxshilanib, Samarqanddan Shahrisabzga qatnov
vaqti qisqaradi.Bu kabi Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan barcha qarorlar turizm sohasini
shu bilan birgalikda turizm infratuzilmasining rivojlanishiga poydevor qilib ko’rsatishimiz
mumkin. O‘zbekiston turizm magistrali turizm transport koridori bo‘ylab joylashgan turizm
infratuzilmasi obektlarida diniy amallarni bajarish namozxona va tahoratxonalar uchun shart-
sharoitlar yaratish ham ko’zda tutilmoqda.Turizm faoliyatining rivojlanishiga dinamik omillar
ham kuchli taʼsir koʻrsatadi. Mintaqadagi siyosiy beqarorlik, harbiy mojarolar, iqtisodiyotdagi
uzoq davom etgan inqirozlar, ishsizlikning katta qismi va boshqalar turizmni rivojlantirish
darajasiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Bu guruhda ijtimoiydemografik omil muhimroqdir. Bu
omil aholi turmush darajasi, farovonlik darajasi, bandlik darajasi, demografiya, taʼlim va
madaniyat darajasi, urbanizatsiya va boshqalar kabi koʻrsatkichlar bilan tavsiflanadi. Sogʻliqni
saqlash tizimining faollik darajasi, jinoyatchilik darajasi, shuningdek, mintaqadagi ekologik
vaziyat kabi omillarni individual ijtimoiy omillarga bogʻlash mumkin. Turizm faoliyatini
rivojlantirishning moddiy-texnikaviy omillari turizm infratuzilmasi, yaʼni mehmonxonalar,
yotoqxonalar, doʻkonlar, yoʻllar, aloqa, banklar va boshqalar hisoblanadi.

References:

1.

Алимова М.Т. Ҳудудий туризм бозорининг ривожланиш хусусиятлари ва

тенденциялари (Самарқанд вилояти мисолида) И.ф.д. дисс. – Самарқанд: СамИСИ, 2017.
25-26-б.
2.

Архипова В.Ф., Девизов А.С. Об инфраструктуре как определяющем факторе

развития туризма в регионе.

URL:http://www.roman.by/r-78201.html

3.

Биржаков М.Б. Введение в туризм. - СПб.: Издательский дом Герда, 2004.

4.

Бекларян Л.А., Пшенников А.С. О некоторых аспектах методики исследования

региональных проблем // Журнал Аудит и финансовый анализ.-№4. 2001.


background image

`

70

5.

Жукова М.А. Менеджмент в туристском бизнесе: учебное пособие. – 2-е изд., стер. –

М.: Конкурс, 2006. – 193 с., 14 - с.
6.

Маматқулов Х.М. Туризм инфратузилмаси. Ўқув қўлланма. – Т.: Ўзбекистон

файласуфлар миллий жамияти нашриёти, 2011. 4-5-бетлар.
7.

Морозов

М.А.

Инфраструктурное

обеспечение

предпринимательской

деятельности в туризме: монография. – М.: РосНОУ, 2005.
8.

Норчаев А.Н. Туризм инфратузилмасида кутилаётган ўзгаришлар ва имкониятлар.

“Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. январь-
февраль, 2019 й № 1,
9.

Пардаев М.Қ. ва бошқалар. Хизмат кўрсатиш, сервис ва туризм соҳаларини

ривожлантириш: муаммолар ва уларнинг ечимлари. Ўқув қўлланма. – Т.:
Иқтисодмолия, 2008. - Б. 133.
10.

Сафарова Н.Н. Миллий иқтисодиёт барқарор ривожланишига туризм соҳаси

таъсирини прогнозлаштириш услубиятини такомиллаштириш. Иқтисодиёт фанлари
фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати.Тошкент 2018 й. -19-21 б.
11.

Тухлиев И.С., Ҳайитбоев Р., Сафаров Б.Ш., Турсунова Г.Р. Туризм асослари. Дарслик.

Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги. – Т.: Fan va
texnologiya, 2014 й. 151-б.
12.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга

Мурожаатномаси,

2020

й.

30.12.

https://review.uz/oz/post/poslanieprezidenta-

uzbekistana-shavkata-mirziyoyeva-oliy-majlisu

13.

Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий-иқтисодий ҳолати. Ўзбекистон

Республикаси Давлат статистика қўмитаси. – Тошкент: 2020 й.

Библиографические ссылки

Алимова М.Т. Ҳудудий туризм бозорининг ривожланиш хусусиятлари ва тенденциялари (Самарқанд вилояти мисолида) И.ф.д. дисс. – Самарқанд: СамИСИ, 2017. 25-26-б.

Архипова В.Ф., Девизов А.С. Об инфраструктуре как определяющем факторе развития туризма в регионе. URL:http://www.roman.by/r-78201.html

Биржаков М.Б. Введение в туризм. - СПб.: Издательский дом Герда, 2004.

Бекларян Л.А., Пшенников А.С. О некоторых аспектах методики исследования региональных проблем // Журнал Аудит и финансовый анализ.-№4. 2001.

Жукова М.А. Менеджмент в туристском бизнесе: учебное пособие. – 2-е изд., стер. – М.: Конкурс, 2006. – 193 с., 14 - с.

Маматқулов Х.М. Туризм инфратузилмаси. Ўқув қўлланма. – Т.: Ўзбекистон файласуфлар миллий жамияти нашриёти, 2011. 4-5-бетлар.

Морозов М.А. Инфраструктурное обеспечение предпринимательской деятельности в туризме: монография. – М.: РосНОУ, 2005.

Норчаев А.Н. Туризм инфратузилмасида кутилаётган ўзгаришлар ва имкониятлар. “Иқтисодиёт ва инновацион технологиялар” илмий электрон журнали. январь-февраль, 2019 й № 1,

Пардаев М.Қ. ва бошқалар. Хизмат кўрсатиш, сервис ва туризм соҳаларини ривожлантириш: муаммолар ва уларнинг ечимлари. Ўқув қўлланма. – Т.: Иқтисодмолия, 2008. - Б. 133.

Сафарова Н.Н. Миллий иқтисодиёт барқарор ривожланишига туризм соҳаси таъсирини прогнозлаштириш услубиятини такомиллаштириш. Иқтисодиёт фанлари фалсафа доктори (PhD) диссертацияси автореферати.Тошкент 2018 й. -19-21 б.

Тухлиев И.С., Ҳайитбоев Р., Сафаров Б.Ш., Турсунова Г.Р. Туризм асослари. Дарслик. Ўзбекистон Республикаси Олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги. – Т.: Fan va texnologiya, 2014 й. 151-б.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлисга Мурожаатномаси, 2020 й. 30.12. https://review.uz/oz/post/poslanieprezidenta-uzbekistana-shavkata-mirziyoyeva-oliy-majlisu

Ўзбекистон Республикасининг ижтимоий-иқтисодий ҳолати. Ўзбекистон Республикаси Давлат статистика қўмитаси. – Тошкент: 2020 й.