`
57
O'QISH DARSLARINI TASHKIL ETISHGA TEXNOLOGIK YONDASHUV
ASOSIDA BADIIY ASARLARNI O'QITISH YO'LLARI
Ergasheva Shoxida Nurmuxammadovna
Uchqo‘rg‘on tumani 46-maxsus maktab-internati
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14007131
Annotatsiya:
Ushbu maqolada
boshlangʻich sinflarda oʻqish jarayonini samarali,
muvaffaqiyatli tashkil etish oʻquvchilarda kitobxonlik koʻnikmalarini nafaqat shakllantirish,
shu bilan birga rivojlantirish muayyan pedagogik-psixologik shart-sharoitlarning mavjudligi
va o'qish darslarini tashkil etishga texnologik yondashuv asosida badiiy asarlarni o'qitish
yo'llari haqida so’z boradi.
Kalit so‘zlar:
mutolaa, oʻyin faoliyati, oʻyinchoq, asar matni, badiiy asar, badiiy
qahramonlar, badiiy idrok va tasavvur.
Аннотация:
В данной статье эффективная и успешная организация процесса
чтения в младших классах – это не только формирование и развитие навыков чтения у
учащихся, но и наличие определенных педагогических и психологических условий и
способов
обучения
художественным
произведениям,
основанных
на
О
технологическом подходе к организации уроков чтения идет речь.
Ключевые слова:
чтение, игровая деятельность, игрушка, текст, произведение
искусства, персонажи, художественное восприятие и воображение.
Abstract:
In this article, the effective and successful organization of the reading process
in elementary grades is not only the formation and development of reading skills in students,
but also the existence of certain pedagogical and psychological conditions and the ways of
teaching works of art based on the technological approach to the organization of reading
lessons. the word goes.
Key words:
reading, game activity, toy, text, artwork, characters, artistic perception and
imagination.
Bolalaming kitob bilan muloqoti uni oʻqishda koʻrinadi. Mohiyatan oʻqish “ijtimoiy
ahamiyatli axborotlar, kasbiy va kundalik faoliyatni tashkil etishda zarur boʻlgan bilimlar,
avval va hozirda madaniy jihatdan qadrli boʻlgan tarixiy hamda zamonaviy voqealar
toʻgʻrisidagi ma’lumotlarni oʻzlashtirishning muhim usuli”dir. Pedagogik manbalarda
oʻquvchilar, ayniqsa, boshlangʻich sinf oʻquvchilari tomonidan tashkil etiladigan faoliyatning
asosiy turlari oʻyin, mehnat va oʻqish ekanligi qayd etib oʻtiIadi. Oʻyin faoliyati ixtiyoriylikka
asoslanib, oʻquvchilar tomonidan borliqni anglash, amaliy harakatlarni tashkil etish koʻnikma,
malakalarini oʻzlashtirish uchun imkoniyat yaratiladi. Mehnat va oʻqish faoliyatlari
majburiylik xususiyatiga ega. Ular orqali oʻquvchilar mehnat va oʻqish (ta’lim olish)ni ijtimoiy
zaruriyat ekanligini anglaydi, muayyan turdagi mehnat faoliyatini bajarishga oid koʻnikma va
malakalarni oʻzlashtiradi, uni tashkil etish jarayonida ijobiy fazilatlar - mehnatsevarlik,
tartiblilik, intizom, oʻzgalarning mehnati hamda mehnat mahsulotlariga ijobiy munosabatda
boʻlish, ularni asrash, ulardan tejamkorlik bilan foydalanish, oʻz xatti-harakatlari uchun
javobgarlik, mas’uliyat kabilarni oʻzlashtirib boradi. Garchi oʻqish boshlang`ich sinf
oʻquvchilarining faoliyatida oʻyin va mehnat kabi asosiy oʻrinni egallasa ham ushbu jarayonni
`
58
tashkil etish oʻz-oʻzidan roʻy bermaydi. Boshlangʻich sinflarda oʻqish jarayonini samarali,
muvaffaqiyatli tashkil etish oʻquvchilarda kitobxonlik koʻnikmalarini nafaqat shakllantirish,
shu bilan birga rivojlantirish muayyan pedagogik-psixologik shart-sharoitlarning mavjudligi,
ularning individual-shaxsiy xususiyatlarini inobatga olish orqali ta’minlanadi. Quyida
boshlangʻich sinf oʻquvchilarida kitobxonlik koʻnikmalarini rivojlantirishning pedagogik-
psixologik mohiyati toʻgʻrisida soʻz yuritiladi.
“Mutolaa” (“kitob oʻqish”) tushunchasi arab tilidan tarjima qilinganda “diqqat bilan
oʻqish”, “oʻrganish” ma’nolarini anglatadi. Nazariy jihatdan ushbu tushuncha “diqqat bilan
oʻqish, oʻqib tushunib olish”ni anglatadi. Shuni unutmaslik zarurki, kitob oʻqish – boshlangʻich
sinf oʻquvchilari uchun mashaqqatli mehnat sanaladi. V.A. Suxomlinskiy
1
ning fikricha, “kitob
oʻqish aqlli, fikrlovchi tarbiyachi uchun bolaning yuragiga yoʻ1 topishga yordam beradigan
soʻqmoq yoʻlga oʻxshaydi” Soʻqmoq yoʻldan yurish esa har doim ham oson kechmaydi. Shu
sababli bu jarayonni asta-sekin, biroq, izchil tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Psixologlaming fikriga koʻra, bolalaming aqliy, axloqiy, jismoniy va estetik kamol
topishida ikki muhim davr koʻzga tashlanadi:
a) 2 yoshdan 5 yoshgacha bolgan davr.
b) 5 yosh va undan keyingi davr.
Mazkur davrlar oʻzida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi. Yosh davrlari 2 yoshdan 5
yoshgacha boʻlgan davr 5 yosh va undan keyingi davr. Bola oʻz ongi yordamida san’atni
hayotdan ajrata olmaydi, shuning uchun badiiy asarlarga ham oʻyinchoqqa yondashgan
singari munosabatda boʻladi yoki hayotning aynan oʻzi aks etadi, deb hisoblaydi; san’atni esa
xuddi qiziqarli oʻyin kabi qabul qiladi Bolaning oʻzi mustaqil ravishda hayotni san’atdan
farqlay boshlaydi va san’at uning uchun qadrli boʻlib boradi. Oʻzining asar matnida bayon
qilingan voqealar toʻgʻrisidagi tasavvurlarida bola hech qachon badiiy asar chegaralaridan
chiqmaydi, bayon etilayotgan voqealarni real joy yoki vaqt bilan bog`lamaydi, voqealikni
oʻzicha oʻzgartiradi, unga yangi personajlar yoki boshqa asarlardagi badiiy qahramonlarni
qoʻshadi. Bola badiiy asarni boshqacha fikrlar, tuygʻular va tasavvurga ega begona kishi
tomonidan yaratilgan, “oʻzga” dunyoning aksi sifatida qabul qila boshlaydi. Oʻqishni bilish va
axborot olish faoliyatining koʻrinishi sifatida shaxs shakllanishining tarkibiy tuzilmasida
alohida oʻrin tutadi. Binobarin, u fikriy faoliyatni shakllantiradi, ahamiyatli darajada turli
ijtimoiy sharoitlar, masalan, ta’lim va yosh xususiyatlariga bogʻliq holda bilimlarni egallash
darajasi boʻlgan rivojlanish, ta’lim va tarbiyaning, shuningdek, madaniy tajribaning asosi
sanaladi.
Bu oʻrinda mashhur pedagog V.A.Suxomlinskiy kitob oʻqitishning ahamiyati haqida soʻz
yuritar ekan, quyidagilarni yozadi: “Kitob bolalarning ma’naviy hayotida katta rol oʻynaydi,
faqat qachonki, bola yaxshi oʻqiy olsa. “Yaxshi oʻqish” deganda nima tushuniladi? Bu avvalo,
eng oddiy koʻnikma oʻqish texnikasini oʻzlashtira olishdir”. Darhaqiqat, mutolaa kitobxon
shaxsini shakllantirishning muhim asosi boʻlib, u muayyan koʻnikma, malaka va tajribaga ega
boʻlishni taqozo qiladi. Pedagogik yoʻnalish va bolalarda oʻqish koʻnikmasi, malakasi va
madaniyatini shakllantirishga qaratilgan tadqiqotlarning natijalarini umumlashtirilgan holda
mutolaa koʻnikmalari quyidagilardan iborat ekanligini aytib oʻtish mumkin: matnda nima, kim
1
Suxomlinskiy A. Men yuragimni bolalarga beraman.
–T.,1975.
`
59
haqida soʻz yuritilayotganligidan kelib chiqqan holda vaziyatni tushunish; muhim axborotni
ajratib koʻrsatish; matn ostida ifodalangan yashirin sabablarni tushunish; matnning hal
qiluvchi tahlili: matnning turli qismlarini ochish; shaxsiy tajribani qiyoslash; matnning
shaklini oʻzgartirish va izohlash: mazmunni chiqarish; matn boʻyicha muhokamani tashkil
etish, o`qilganlarga asoslangan holda xulosa chiqarish; matnni baholash, muallifning
pozitsiyasi (yondashuvi)ni koʻra olish, yaxlit holda asaming kayfiyatini his qilish; oʻqilganlarga
nisbatan shaxsiy munosabatni shakllantirish va oʻz tanlovini izohlash. “Texnika, oʻqish sur’ati,
oʻqiganlarni tushunish – kichik yoshdagi maktab oʻquvchisining badiiy, shu bilan birga,
umumiy ta’limdagi olgʻa harakatlanishining asosiy tashkil etuvchilari sanaladi”. Ayni oʻrinda
shuni koʻrsatib oʻtish joizki, oʻquvchilaming oʻqish (mutolaa) sur’ati “ta’limning asosiy tarkibiy
qismi emas, u ta’lim oluvchining individual xususiyatlari, kuch-quvvati, asab tizimining
qoʻzgʻaluvchanligi, temperamentiga bogʻliq. Shu sababli bir daqiqada oʻqiladigan soʻzlaming
miqdori har bir bola uchun alohida belgilash” talab etiladi. Psixolog A.P. Nechayevning
tadqiqotlarida oʻquvchilarning oʻquv - bilish darajasidan kelib chiqqan holda mutolaaning
turlarini belgilab beriladi. Bunda muallif oʻquv-bilish darajasiga tayangan holda bolalarni uch
guruhga ajratadi:
1-guruh – matnni badiiy idrok va tasavvur qila oladigan oʻquvchilar:
2-guruh – oʻqilganlarni sust tushunadigan, matnga nisbatan shaxsiy munosabat bildira
olmaydigan va koʻrish idroki past darajali oʻquvchilar;
3-guruh – faol tasavvuri past darajada boʻIgan, “ruhiy avtomatizm” belgilariga ega
oʻquvchilar. Kitob oʻqishning izchil olib borilishi, davomiyligi natijasida asta-sekin oʻqish
madaniyati oʻzlashtiriladi. Oʻqish madaniyati “shaxsning kitobxon sifatida rivojlanganlik
darajasini, ongi, faoliyati va muloqotining miqdor hamda sifat koʻrsatkichlarini ifodalovchi
holati” demakdir. L.A.Mosunova mutolaani oʻquvchi shaxsida oʻz-o`zini anglash qobiliyatini
rivojlantirish vositasi sifatida e’tirof etgan holda badiiy adabiyotni idrok etish murakkab
jarayon boʻlib, u bir necha tarkibiy asoslarga ega bo`lishiga alohida urgʻu beradi. Muallifning
e’tirofi badiiy adabiyotni idrok etishning tarkibiy asoslari quyidagilardan iboratligini
koʻrsatadi: qayta tiklash va ijodiy tafakkurlarni faollashtirish; oʻquvchilarda motivatsion
zahiralarni koʻpaytirish; ta’lim jarayonini insoniylashtirish; ijodiy faoliyatni tashkil etish
tajribasini bosqichma-bosqich rivojlantirish. Kitob oʻqish (kitob mutolaasi)da eng muhim omil
- qiziqish sanaladi. Asar syujetining qiziqarliligi, bayon etish usulining sodda, ravonligi
bolalarni kitobga boʻlgan e’tiborini tortadi. Shu sababli boshlangʻich sinf o`quvchilarini kitob
oʻqishga majburlash emas, balki ularda kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishni shakllantirish hamda
tizimli ravishda rivojlantirib borish zarur.
References:
1.
Mamadalieva H. Maktabgacha yoshdagi bolalarni mustaqil fikrlashga oʻrgatishning
psixologik omillari // ADU “Ilmiy xabarnoma”si, 2019. Maxsus son. – 96-98-betlar.
2.
Matchonov S. va boshq. Oʻqish kitobi.Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining 4-sinf uchun
darslik / 6-nashri. - Yangiyoʻl: Yangiyul Poligraph Service, 2020. - 160 b
3.
Mirqosimova M. Hozirgi oʻzbek adabiyoti namunalarini sharhlab oʻrganish. – Toshkent:
Nizomiy nomidagi TDPU, 2015. – 184 b;
`
60
4.
Muslimov N., Usmonboeva M., Sayfurov D., Toʻraev A. Pedagogik kompetentlik va
kreativlik asoslari. – Toshkent: Sino-standart, 2015. – 120 b.
5.
Kodirov V. Didaktik oʻyinlarning bolalarni mustaqil fikrlashga yoʻnaltirishdagi metodik
imkoniyatlari // Andijon DU Ilmiy xabarnomasi. 2020, 2-son. 129-b.
6.
Yoʻldoshev Q. Adabiyot oʻqitishning ilmiy-nazariy asoslari. – T.: Oʻqituvchi, 1996. – 192 b.
7.
Dolimov S., Ubaydullaev H,., Ahmedov Q. Adabiyot oʻqitish metodikasi. Toshkent:
Oʻqituvchi, 1967. – 448 b.
8.
Avliyakulov N.X., Musaeva N.N. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Toshkent: Yangi asr
avlodi, 2003. – 190 b.