`
59
PROFILAKTIKA INSPEKTORINING YASHASH MANZILLARIDAN UZOQ
MUDDATGA KETGAN SHAXSLAR BO’YICHA ISHLASH FAOLIYATINI
HUQUQIY TA’MINLASH
Tashtemirov Anvar
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi dotsenti
Usmonova Yulduz Shokir qizi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi kursanti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14172860
Annotatsiya
: O’tgan yillar davomida fuqarolarimizning uzoq muddatga chet elga
chiqishlari va qaytib kelishlarini tartibga solishga qaratilgan bir qator normativ-huquqiy
hujjatlarda qabul qilinib , ularning talablari jamiyat hayotga tatbiq etib kelinmoqda. Doimiy
yashash manzillaridan uzoq muddatga uzoq muddatga ketgan shaxslarni aniqlash va ularga
nisbatan amalga oshirilayotgan tezkor- profilaktik ishlar samaradorligini oshirish maqsadida
hududiy ichki ishlar organlariga bir qator sharx, ko’rsatma va tavsiyalar doimiy ravioshda
yuborib kelinayotganligiga qaramasdan, aksariyat ichki ishlar organlarida ushbu yo’nalishdagi
ishlar talab darajasida yo’lga qo’yilmasdan qolmoqda.
Tayanch so’zlar
: Profilaktika inspektori, xorijiy davlatlar bilan hamkorlik, profilaktik
chora- tadbirlar, “filtr” guruhlar faoliyati, uzoq muddat, uzoq muddatga ketgan shaxs.
Bugungi kunda, mamlakatimiz fuqarolarining uzoq muddatga chet el davlatlariga
chiqishlari va qaytib kelish jarayonlarini tizimli ravishda tashkil etish ichki ishlar organlari
oldida turgan asosiy vazifalardan birdir.Shu sababli ham uzoq muddatga chet el davlatlariga
ketganlar bilan ishlash ichki ishlar organlari faoliyatining muhim yo’nalishlaridan biriga
aylanib, u bilan tizimning deyarli barcha sohaviy xizmatlari shug’ullanmoqdalar. Ayniqsa,
fuqarolarning qonunga xilof tarzda boshqa davlatlarga chiqib ketishlarining oldini olishda ichki
ishlar organlari, xususan, profilaktika, tezkor qidiruv, migratsiya va fuqarolikni
rasmiylashtirish va boshqa bir qator xizmatlarning roli katta.
O’tgan yillar davomida mamlakatimizda O’zbekiston Respublikasi fuqarolarining chet
elga chiqishlari tartibini belgilab beruvchi bir qator normativ huquqiy hujjatlar qabul qilindi.
Xususan, Ozbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi PF-5005-sonli farmoni,
“Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada
takomillashtirish chora –tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2833- sonli, “Ichki Ishlar organlari
faoliyatini yanada takomillashtirishga doir tashkiliy chora –tadbirlar to’g’risida” gi
(12.04.2017) PQ-2896-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va
O’zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo’llab quvvatlash to’g’risida”gi (05.07.2017) PF-5106-
sonli, ”Toshkent shaxrida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va
jinoyatchilikka qarshi kurashishning sifat jihatidan yangi tizimini joriy etish to’g’risida”gi
(14.02.2018)PQ-3528-sonli, ”Toshkent shahrida jamoat tartibini ta’minlash, huquqbuzarliklar
profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurash to’g’risida”gi (19.06.2018) PQ-3786-sonli
qarorlari singari normative-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi asosida ichki ishlar organlari
profilaktik faoliyatida tub islohotlar amalga oshirilib, ular yuqori bosqichga ko’tarildi.
Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, jamoat
tartibini saqlash, shaxs, jamiyat va davlat xavfsizligini ta’minlash huquqbuzarliklarni oldini
olish va profilaktikasi bo’yicha Respublikada yaxlit huquqiy tizim yaratish ichki ishlar organlari
`
60
tizimida tub islohotlar boshlanishi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10
apreldagi “Ichki ishlar organlarining faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini,
fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni
ta’minlashda ularning ma’suliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi 5005-sonli
farmonining qabul qilinishi bilan bog’liq. ”Jamiyatda barqarorlik, tinchlik va osoyishtaligini
qaror toptirish, inson huquq va erkinliklariga so’zsiz rioya etilishini ta’minlash mamlakatni
ijtimoiy–iqtisodiy jihatdan yanada rivojlantirish, aholi farivonligini yuksaltirish ,aholi
farovonligini yuksaltirish, huquqiy demokratik davlat qurish bo’yicha amalga oshirilayotgan
keng ko’lamli islohotlardan kozlangan maqsadlarga erishishning muhim sharti hisoblanadi.
Bugungi kunda yuzaga kelayotgan xavf –xatar va taxdidlar, avvalo, xalqaro terrorizam,
diniy ekstrimizm, noqonuniy migratsiya, odam savdosi, yoshlar o’rtasida xalqimizga yot
g’oyalar tarqalishining tobora kuchayib borayotganligi ichki ishlar organlari oldiga o’z vaqtida
ularning oldini olish va ularga barham berish bo’yicha yangi vazifalarni qo’ymoqda.
Yashash manzillaridan uzoq muddatga ketgan shaxslar bilan ishlash faoliyatini tashkil
etishda bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan olib
borilayotgan siyosatdan kelib chiqib amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi
mamlakatimizda huquqbuzarliklarni oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida
huquqbuzarliklarga murosasizlik madaniyatini shakllantirish , huquqiy nigilizmga barham
berish va fuqarolarning qonunga itoatkorlik xulq-atvorini ommalashtirishga qaratilgan , shu
jumladan ichki ishlar organlari tayanch punktlari, huquqni muhofaza qiluvchi va boshqa davlat
idoralari va tashkilotlarida “ochiq eshiklar kuni” ni tashkil etish orqali tizimli chora –tadbirlarni
amalga oshirish;
-qonuniylik ahvolini va huquqbuzarliklar profilaktikasi bo’yicha chora–tadbirlarning
samaradorligini atroflicha muhokama qilish uchun joylarda , birinchi navbatda kriminogen
vaziyat nomaqbul bo’lgan hududlarda fuqarolarning sayyor qabullarni hamda davlat idoralari
va tashkilotlari vakillarining aholi bilan uchrashuvlarini tashkil etish;
-ijtimoiy ahamiyati muhim bo’lgan sud muhokamalari bo’yicha sayyor sud majlislarini
o’tkazish;
-aholi turmushining ijtimoiy –iqtisodiy sharoitlarini o’rganish, huquqbuzarlik sodir
etishga ko’maklashuvchi shart-sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish maqsadida uyma –uy
yurishlarini tshakil etish.
Muhtaram yurtboshimiz Sh.mirziyoyev ta’kidlaganidek “Fuqarolar har bir icki ishlar
organlari xodimi siymosida o’z himoyachisini ko’rish kerak”
Davlat bojxona xizmati organlari o’z vakolatlari doirasida
:
-Ichki ishlar organlariga O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo’mitasi, O’zbekiston
avtomobil va daryo transporti hamda ularning organlari davlat bojxona postlari orqali uzoq
muddatga xorijiy davlatlarga ketgan shaxslar haqida xabar beradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish organlari o’z vakolatlari doirasida:
Yashash joyidan uzoq muddatga xorijiy davlatlarga chiqib, qaytib kelgan, yordamga
muhtoj fuqartolarga yordam ko’rsatilishini, ularga ishga joylashishida ko’maklashishini
ta’minlash.
`
61
Chet elga vaqtincha chiqayotganda fuqarolarga chet elga boorish uchun 2 yil mobaynida
amal qiladigan ruxsatnoma yozuvi stikeri rasmiylashtiriladi. Fuqarolar ko’rsatilgan muddat
mobaynida bir necha martta chet elga chiqishi mumkin.
Respondentlarning fikricha, ichki ishlar organlarining migratsiya jarayonlariga doir
faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida bu borada qonun va qonunosti normativ hujjatlar
qabul qilinishi (38,6%),amaliyotdagi qarama-qarshi huquqiy bo’shliqlarni to’ldirilishi (49,3%),
mavjud amaldagi qonun hujjatlarning ijrosi to’liq ta’minlanishi (24%) hamda migratsiyani
tartibga solishga qaratilgan uzoq muddatli Komsepsiya ishlab chiqilishi (17,0%) ichki ishlar
organlarining migratsiya jarayonlariga doir faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat
qiladi.
References:
1.
Erkinovich A.H. Ayrim xorijiy davlatlarda preventiv (ma’muriy) nazorat ostidagi shaxslar
bilan ishlashning o‘ziga xos xususiyatlari //Ijtimoiy fanlarda innovasiya onlayn ilmiy jurnali. –
2023. – T. 3. – №. 3. – S. 120-124.
2.
Axmedov H. Ma’muriy nazorat ostidagi shaxslar bilan olib boriladigan profilaktik chora-
tadbirlarning mohiyati va ahamiyati //Evraziyskiy jurnal prava, finansov i prikladnыx nauk. –
2023. – T. 3. – №. 3. – S. 52-57.
3.
Axmedova S.T., Oxunov Z. M. Osobennosti primeneniya administrativnыx vzыskaniy za
upravlenie avtotransportom v sostoyanii opyaneniya //Evraziyskiy jurnal texnologiy i
innovatsiy. – 2024. – T. 2. – №. Special Issue 6. – S. 48-54.
4.
Axmedova, S.T. (2022). Ichki ishlar organlari tizimidagi ma’muriy-xuquqiy isloxotlar
inson kadri uchun. Ye
vraziyskiy jurnal prava, finansov i prikladnыx nauk
,
2
(10 Special Issue),
15-19.
5.
Aliqulovich T.A., Atxam o’g’li M. X. Profilaktika inspektorining ommaviy tadbirlarni
o'tkazish jarayonidagi ishtirokining oziga xos xususiyatlari //O'zbekistonda fanlararo
innovatsiyalar va ilmiy tadqiqotlar jurnali. – 2023. – T. 2. – №. 24. – S. 230-235.