Авторы

  • Sharofatxon Xusanova

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.51937

Ключевые слова:

so‘zlarning dennotativ konnotativ stilistik ma’nolari ekvivalent atama trаnskriptsiya trаnslitеrаtsiya izоhlаsh tushuntirish shаrhlаsh muqоbil vаriantlаrdаn fоydаlаnish usullari.

Аннотация

Til o’rganish jarayonida tarjima muhim rol o’ynaydi. Bu jarayon murakkab bo’lib, uni amalga oshirish uchun tarjimon ham Grammatik , ham til bilish nuqtai nazaridan katta tajriba va malakaga ega bo’lishi shart. Nosatandart til birliklari haqida gap ketar ekan, bu vazifa yana ham murakkablashadi. Tarjimon tarjima va asliyat tili o’rtasidagi barcha qonuniyatlar va madaniy farqlarni bilishi zarur. Ushbu ishda bir necha tilshunos olimlarning ishlari o’rganilib, xulosa qilindi.


background image

`

50

INGLIZ TILIDAGI NOSTANDART TIL BIRLIKLARINING O‘ZBEK TILIGA

TARJIMA QILISH MUAMMOLARI

Xusanova Sharofatxon Isroilovna

Telephone number: 934443570

https://doi.org/10.5281/zenodo.14160298

Annotatsiya

. Til o’rganish jarayonida tarjima muhim rol o’ynaydi. Bu jarayon

murakkab bo’lib, uni amalga oshirish uchun tarjimon ham Grammatik , ham til bilish nuqtai
nazaridan katta tajriba va malakaga ega bo’lishi shart. Nosatandart til birliklari haqida gap
ketar ekan, bu vazifa yana ham murakkablashadi. Tarjimon tarjima va asliyat tili o’rtasidagi
barcha qonuniyatlar va madaniy farqlarni bilishi zarur. Ushbu ishda bir necha tilshunos
olimlarning ishlari o’rganilib, xulosa qilindi.

Kalit so’zlar;

so‘zlarning dennotativ, konnotativ, stilistik ma’nolari, ekvivalent atama,

trаnskriptsiya, trаnslitеrаtsiya, izоhlаsh, tushuntirish, shаrhlаsh, muqоbil vаriantlаrdаn
fоydаlаnish usullari.


Tarjima bir paytni o‘zida ham mas’uliyat, ham bilim talab qiladigan mehnat turidir va bu

borada juda ko‘p olimlar va tilshunoslar o‘z fikrlarini bildirib o‘tishgan. Masalan: I.G‘ofurov, O.
Mo‘minov, N.Qambarov fikricha, bir tildan ikkinchi tilga o‘tkazishda matndan foydalaniladi,
eng yaxshi tarjima sifatida o‘z mazmun mohiyatini 90 foizdan ortiq saqlab qolgan asarlarga,
matnga aytiladi. Tarjimada ikkita narsaga e’tibor qaratiladi, ular ifoda va ma’no tomonlaridir.
Tarjima jarayonida mazmunni saqlagan holda ifoda vositalarni tarjimonni o‘zi tanlaydi.
Demak, ifoda o‘zgarib turadi, lekin ma’no saqlab qolinadi. Tarjima bu ikki til ishtirokida hosil
bo‘ladi va shu ikkita tilni o‘z nomlanishi mavjud, ular asliyat va tarjima tili deb nomlanadi.
Agar o‘zbek tilidan ingliz tiliga matn tarjimasi amalga oshirilayotgan bo‘lsa, o‘zbek tili asliyat
tili deyilib, ingliz tili esa tarjima tili deb tushuniladi. Matn ma’nosini to‘liq berish va matn
ruhiyatini saqlash bu tarjimadagi eng muhim jihatidir.

I.Gofurov, O.Mo‘minov, N.Qambarov fikricha, “matnda berilgan ma'no so‘zlarning

dennotativ, konnotativ, stilistik, gaplarning sintaktik, gaplardan kattaroq birliklarning
sintaktik ma'nolari, so‘z va so‘z birikmalarining supersegment hamda leksik-semantik
ma'nolari o‘rtasidagi bevosita aloqalarga asoslanadi. Har bir til leksik-grammatik
maydonining maxsus strukturasiga egaligi bilan harakterlanadi, o‘zining leksik, morfologik
hamda sintaktik tizimiga ega bo‘ladi. Aksariyat hollarda tarjimada ifoda usuli bir-biridan farq
qiladi, ma’no esa yuqorida tilga olingan yaruslarda saqlanishi mumkin. Shuning uchun ikki
tilning, ya’ni xorijiy til va ona tili xususiyatlarini bilish yaxshi amaliy bilim hisoblanadi, biroq
bu tarjima qilish uchun yetarli emas. Til xususiyatlarini bilishdan tashqari tarjimon tarjima
nazariyasida ishlab chiqilgan bir qator prinsiplarini yaxshi bilish bilan birga yaxshi ishonchli
malakaga ham ega bo‘lishi lozim. Tarjima nazariyasidagi prinsiplar Iingvistik hamda
ekstralingvistik omillarga asoslanadi”.

Bu fikrlardan shunday xulosaga kelish mumkinki, tarjimani yaxshi amalga oshirish

uchun nafaqat ikkita tilni yaxshi bilish, balki tarjima qonuniyatlarini ham o‘rganish va yetarli
darajada tajribaga ega bo‘lishi zarur. Chunki bu jarayon bitta til imkoniyatlarini bilish bilan
kifoyalanmaydi. Ikkala til xususiyatlari, tarjima prinsiplari, tajriba imkoniyatlari ustivordir.


background image

`

51

“Tarjima jarayonida tarjimon ikki tilning tipologik xususiyatlarini doim nazarda tutishi

lozim. Chunki leksik jihatdan ifodalangan ayni fikr boshqa tilda grammatik vositalar bilan
berilishi mumkin. Masalan, ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda ingliz tili german tillari
oilasiga mansubligi, undagi so‘z tartibi, birikmalarning xususiyatlari, zamonning qo‘llanishi,
majhul nisbatining keng tarqalganligi, ko‘p ma’noli so‘zlarning ishlatilishi, so‘zlarning
sinonimik qatorda stilistik jihatdan farq qilishi va shu kabilami hisobga olish lozim va o‘zbek
tiliga tarjima qilish jarayonida esa o‘zbek tilining turkiy tillar oilasiga mansubligini, so‘z tartibi
ingliz tiliga nisbatan farq qilishini, zamonlar ingliz tiliga nisbatan ozroq sonni tashkil etishini,
so‘z ma'nolari o‘zbek tilida kam va ko‘p ma'noli so‘zlarning qo‘lIanishi, o‘zbek tili leksik
qatlamida arab, fors, mo‘g‘ul so‘zlarining mavjudligi kabi holatlarni hisobga olishga to‘g‘ri
keladi. Bundan tashqari so‘z qatlamlarining stilistik jihatdan o‘xshash va farq qiluvchi
tomonlarini inobatga olish lozim. Matnning qaysi janr va qaysi uslubga xosligini aniqlash ham
tarjimada adekvatlikka erishish imkonini beradi. Matnlarning stilistik va janr jihatdan farq
qilishini hisobga olish adekvatlikdan tashqari so‘z va iboralaming matn yaratish
xususiyatlarini ochishga xizmat qiladi. Har bir usul va har bir janrda qo‘llanadigan so‘z, so‘z
birikmasi, gap tuzilishini bilish muhim ahamiyatga ega”

1

.

Tarjimaga hozirgi davrga kelib e’tibor ortib borayotganligini ko‘ramiz, sababi, boshqa

davlatlar bilan aloqalar o‘rnatilayotgani va tilga va til o‘rganishga bo‘lgan qiziqishlarni kundan
kunga yuksalishidir. Masalan; 2021 yili Vazirlar Mahkamasi huzurida Xorijiy tillarni
o‘rganishni ommalashtirish agentligi tashkil etilgan. Bu agentlikning tashkil etilishidan
ko‘zlangan asosiy maqsadlari tarjima jarayonlarini professional tarzda amalga oshirilishiga
ko‘maklashishdan iborat. Shuning uchun barcha davlatlarda bo‘lgani kabi o‘zbekistonda ham
tillarni jadallik bilan o‘rgatilmoqda. Bu tillarni yaxshi o‘zlashtirishimiz uchun o‘rganmoqchi
bo‘lgan tildagi matnlarni ko‘proq o‘qishimiz kerak. Bu bizga ikki tomonlama yordam beradi.
Birinchisi, so‘z boyligimiz yaxshilansa, ikkinchidan o‘rgangan grammatika mustahkamlanadi.

Xamdamova Afruzaxonim, Tilyaxodjaeva Fazilya Muxamedjanovnaning fikricha

qiyinchiliklar quyidagilardan iborat:
1.

Lug‘atlardan matnning ma’nosiga mos tarjima topish.

2.

Talabalarni o‘z sohasini ona tilidagi bilimlarini yaxshi bilish.

3.

Grammatik shaklini to‘g‘ri tarjima qilish.
Quyidagi muammolar tufayli noadabiy leksik birliklarni tarjima qilish qiyin vazifa

boʻlishi mumkin:
1.

Madaniy farqlar: Turli madaniyatlarda atamalar turli ma'nolarga ega bo‘lishi mumkin va

to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima har doim ham mos kelmasligi mumkin.

Misol uchun, ingliz tilidagi “yuz” atamasi ham odamning boshining old tomoniga, ham

uning obro‘siga yoki ijtimoiy mavqeiga ishora qilishi mumkin, lekin ba’zi tillarda bu ma’nolar
turli so‘zlarni talab qilishi mumkin.
2.

Texnik til: Tibbiyot, huquq yoki muhandislik kabi texnik sohalarda qoʻllaniladigan

atamalarni toʻgʻri tarjima qilish qiyin boʻlishi mumkin, chunki ular koʻpincha boshqa tilda
osonlikcha yetkazilmaydigan aniq maʼnolarga ega.
3.

Neologizmlar: Turli sohalarda doimiy ravishda yangi atamalar yaratilmoqda va maqsadli

1

I.G‘ofurov, O. Mo‘minov, N.Qambarov. Tarjima nazariyasi.Toshkent:Tafakkur Bo‘stoni,2012. -128b.


background image

`

52

tilda ekvivalent atama bo‘lmasligi mumkin. Bunday hollarda tarjimonlar yangi atama oʻylab
topishi yoki maʼnoni yetkazish uchun tavsiflovchi iboradan foydalanishi kerak boʻladi.
4.

Idiomatik iboralar: Idiomatik yoki majoziy ma’noga ega bo‘lgan atamalarni tarjima qilish

qiyin bo‘lishi mumkin, chunki tom ma’no boshqa tilda ma'noga ega bo‘lmasligi mumkin.
Tarjimon bilishi kerak bo‘lgan sohalar talaygina; masalan; chet tili nazariyasi, tilning
fonetikasi, leksikasi va grammatik tuzilishi . shuning uchun ham tarjima qilish muhim va
murakkab soha hisoblanadi. Uning yaxshi amlga oshirilishi uchun tarjimon transformasiya,
so‘zlar ekvivalentini almashtirish, so‘zlar qo‘shish, atamalar bilan tasvirlash usullaridan
foydalanishi mumkin”

2

.

Darhaqiqat, tarjimani mukammal qilishning dolzarbligi shunday masalalarga bog‘liq.

Chunki ikki til imkoniyatlarini bir- biriga taqqoslamay, ularni bir- biriga moslashtirmay turib
tarjimani amalga oshirib bo‘lmaydi. Tarjima qilinayotgan matn yozuvchi yashayotgan davr,
millat tili, ma’naviyati, urf-odatlari, tarixi haqida o‘quvchilarni boxabar qiluvchi asosiy
manbaadir. Yozuvchi mas’uliyati asarni kitobxonga ifodali, his- tuyg‘ularga boy tarzda
yetkazib berish bo‘lsa, tarjimonni mas’uliyati ham yozuvchi ifodalagan fikrni boshqa til
so‘zlashuvchilariga yetkazish, ham uchragan qiyinchiliklarni sezilarsiz shaklda bartaraf
etishdan iborat.

Xulosa qilib aytganda ingliz tilidan o‘zbek tiliga tаrjimа qilishdа trаnskriptsiya,

trаnslitеrаtsiya, izоhlаsh, tushuntirish, shаrhlаsh, muqоbil vаriantlаrdаn fоydаlаnish kаbi
tаrjimаda keng foydalaniladigan usullаr eng sаmаrаlilari hisоblаnаdi. Bundаy usullаrni
qo‘llаshdа tаrjimоnlаr asosan kоntеkstning o‘rnigа, аsаr muаllifining mаzkur til birliklarini
ishlаtishdаn ko‘zlаgаn mаqsаdigа e‘tibоr bеrish tаlаb qilinаdi. Bir necha tilshunoslarning
fikricha, tarjima qilayotganda har bir so‘zni o‘girib chiqish shart emas, asosan ma’noni saqlab
qolsa kifoya. Lekin, fikrimizcha bunday holatda matnni serjiloligi va jozibadorligiga putur
yetadi. Ammo yuqorida taklif tilgan yechimlar orqali asar tarjima qilish ancha samarali va
mazmunli bo‘ladi.

References:

1.

Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Talqin, 2005.- 199 b

2.

Otamirzayeva S, Yusupova M .O‘zbek tili. – Toshkent: 2004.

3.

Rajabov.N.N. O‘zbek va ingliz tillarida vokalizm sistemasining fonologik jixatdan

chog‘ishtirma tadqiqi. – Toshkent: 2018.
4.

Raxmatullayev. Sh .Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent: 2006. -83-87b.

5.

Sayfullayeva R va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent: 2005. – 143b.

6.

G‘ofurov I, Mo‘minov O‘, Qambarov N. Tarjima nazariyasi: Oliy o‘quv yurtlari uchun

o‘quv qo‘lIanma . –Toshkent: Tafakkur-Bo‘stoni, 2012. – 216 b.

2

Xamdamova Afruzaxonim, Tilyaxodjaeva Fazilya Muxamedjanovna. Sohaga oid matnlarni tarjima qilishdagi

muammolar. International scientific innovation reseach conference, Volume 01, Issue 01.12. 2024. – 12 – 17 b.




background image

`

53

7.

Бегматов Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг лексик қатламлари. –Тошкент:

1985. – 14 б.
8.

Султонов М. Тилшуносликнинг ноадабий қатламларида сленг сўзлар. – Toshkent :

Тил ва адабиёт таълими, 2007. – 18б.
9.

Турсунов У, Мухторов А, Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. –Тошкент:

Ўзбекистон, 1992. – 150б.
10.

Шоабдураҳмонов Ш. ва бошқалар. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент:

Ўқитувчи, 1980. – 131 б .
11.

Қиличев Э. Узбек тилининт практик стилистикаси. Пед. ин-нинг фйлол. фак. студ.

учун ўқув-қўлл.— Т: Уқитувчи, 1985.— 104 6.

Библиографические ссылки

Jamolxonov. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. – Toshkent: Talqin, 2005.- 199 b

Otamirzayeva S, Yusupova M .O‘zbek tili. – Toshkent: 2004.

Rajabov.N.N. O‘zbek va ingliz tillarida vokalizm sistemasining fonologik jixatdan chog‘ishtirma tadqiqi. – Toshkent: 2018.

Raxmatullayev. Sh .Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent: 2006. -83-87b.

Sayfullayeva R va boshqalar. Hozirgi o‘zbek adabiy tili. –Toshkent: 2005. – 143b.

G‘ofurov I, Mo‘minov O‘, Qambarov N. Tarjima nazariyasi: Oliy o‘quv yurtlari uchun o‘quv qo‘lIanma . –Toshkent: Tafakkur-Bo‘stoni, 2012. – 216 b.

Бегматов Э. Ҳозирги ўзбек адабий тилининг лексик қатламлари. –Тошкент: 1985. – 14 б.

Султонов М. Тилшуносликнинг ноадабий қатламларида сленг сўзлар. – Toshkent : Тил ва адабиёт таълими, 2007. – 18б.

Турсунов У, Мухторов А, Раҳматуллаев Ш. Ҳозирги ўзбек адабий тили. –Тошкент: Ўзбекистон, 1992. – 150б.

Шоабдураҳмонов Ш. ва бошқалар. Ҳозирги ўзбек адабий тили. – Тошкент: Ўқитувчи, 1980. – 131 б .

Қиличев Э. Узбек тилининт практик стилистикаси. Пед. ин-нинг фйлол. фак. студ. учун ўқув-қўлл.— Т: Уқитувчи, 1985.— 104 6.