`
28
“TAYYOR TAOMLAR” LEKSIK-SEMANTIK GURUHI
Uralova Nigora Abduvaliyevna
Jizzax Davlat Pedagogika Universiteti
Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili amaliy kursi
o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14061640
Milliy–madaniy xususiyatli iboralarni shakllantirishda oziq-ovqat va taom nomlari o’ziga
xos ahamiyat kasb etadi. Aksariyat xalqlarning madaniyatida yashash vositasi bo’lgan oziq-
ovqatga har doim buyuk ne’mat, rizq-ro’z sifatida munosabatda bo’lingan. Xuddi shunday
o’zbek tilida gastronomik frazeologik birliklar tarkibida
«Tayyor taomlar»
leksik-semantik
guruhi
«Unli mahsulotlar», «Don mahsulotlari», «Meva-cheva, sabzavot mahsulotlari»,
«Shirinliklar», «Sho‘rva»
kabi mikroguruhlarga bo’linib ketadi.
«Unli mahsulotlar» leksik-semantik guruhi.
Un — turli ekinlar donini tegirmonda
tortib hosil qilinadigan oziq-ovqat mahsuloti. Un koʻproq bugʻdoydan tayyorlanadi.
Shuningdek, javdar, arpa, makkajoʻxori, suli, sorgo, marjumak (grechixa), soya, noʻxat va boshqa
ekinlar donidan ham un ishlab chiqariladi. Undan non, nonbulka, konditer va makaron
mahsulotlari, turli taomlar tayyorlanadi, kepagi mollarga beriladi. O’zbek frazeologiyasida un
mahsulotlarining qo’llanishi keng miqyosda uchraydi.
Xamir gastronomik kodi.
Xamir
[a.
xamirturush solingan non] -
odatda unni suv, yog’,
tuxum yoki sutga qorishdan hosil bo’ladigan yumshoq cho’ziluvchan qorishma; yarimfabrikat.
Ma’lumki, o’zbek tilida mavjud frazeologizmlar katta qismining shakllanish asosida
hamir, non,
chuchvara, lag’mon
singari komponentlar ustuvorlik qiladi.
Komparativ (o’xshatish) iboralar (xuddi, -dek, -day konstruksiyali o’xshatish
birikmalari)[1]:
Xamirdan qil sug’urganday - o
sonlik bilan, hech qanday qiyinchiliksiz.
Qarabsizki, ish
xamirdan qil sug’irgandek
oson ko’chdi – pishmayotgan osh pishdi
(Ulug’bek
Hamdam. Ota. Toshkent: Yangi asr adabiyoti- 2020, 208 b).
Yurt qon qo’liga aylanmay,
qirg’in-barot jang yuz bermay, ish
xamirdan qil sug’irganday
hal bo’larmidi
(Nurali
Qobul.Sulton qarshisidagi shayton. Toshkent: Ijod-Press-2018. 420 b)
.
Xamir (ning) uchidan patir
-
katta narsaning, ishning boshla(n)masi, dastlabki kichik bir
qismi, ulushi.
– Bu
xamir uchudan patir
, nevaram topilsin, eshingizga katta shoxdor qo’chqor
boylab ketaman! – Suyunganidan o’rnidan sakrab turdi opa
(Ulug’bek Hamdam. Ota. Toshkent:
Yangi asr adabiyoti- 2020, 208 b).
Lekin hali haykal qo’yishga shoshmang, negaki, bu
aytilganlarning hammasi oldindan
xamir uchidan patir
xolos
(Ozod Sharafiddinov.
Dovondagi o’ylar. Toshkent: Ma’naviyat-2004. 528 b).
“Zuvalasi pishiq” frazeologizmi xamir qorish bilan bog’liq voqelikni obrazli ifodalash
asosida shakllangan. Xamir qanchalik ko’p qorilsa, ishlov berilsa, u shunchalik sifatli, xamirdan
olingan zuvalalar esa pishiq bo’ladi. Shu voqelik kishilarga nisbatan ishlatilib, “jismonan pishiq-
puxta, yoshiga nisbatan baquvvat, pishiq odam” [O’TIL.II.162] kabi ko’chma ma’no yuzaga
keladi. Bunda erkin bog’lamaga xos bo’lgan ma’no konkretlikdan mavhumlikka siljish asosida
frazeologik ma’no shakllanadi:
Eshonov tengqurlaridan zuvalasi pishiq bo’lmasa ham, garchi u
tabobat olamida hali ko’p amaliy ish qilmagan bo’lsa ham, obro’si bo’rqsib turgan gulxanga
kerosin sepilgandek lop etib, tezda ko’tarilib ketdi-yu, u otliqqa o’zini, eshaklikka so’zini bermay
qo’ydi (
N.Yoqubov) [2].
`
29
Zuvalasi pishiq - Qotmadan kelgan
zuvalasi pishiq
bu haydovchi o’zini ham, uzoq safarda
birga bo’ladigan hamrohini ham qadrlay biladigan uddaburon yigit
(Dadaxon Nuriy. Uzoq-
yaqin manzillar. 3-jild. Toshkent: Istiqlol 2013. 608 b).
Demak, bu biz o‘ylagan odam emas.
Ancha quv,
zuvalasi pishiq
ekan
(Qo‘chqor Norqobil. Zamindan olis ketma.Ziyouz.com
kutubxonasi).
Xamirdan turli taomlar, non, qandolatchilik, makaron mahsulotlari va shirinliklar
tayyorlashda ishlatiladi. Xamir kodidan moʻljallangan mahsulotga qarab turli mahsulotlar
tayyorlanadi. Xalqning ovqatlanishi, xamir mahsulotlarining tanavvul qilishi va
dunyoqarashidan kelib chiiqib, frazeologik birliklar tarkibida
non
hamda non mahsulotlaridan
talqon
komponentlari samarali qo’llanilgan.
Non gastronomik kodi.
Xalqimiz kundalik turmushida non muhim ozuqa hisoblanadi.
Nonga hurmat-ehtirom bilan munosabatda bo’lish bolalarga ѐshlikdan o’rgatiladi, ularga
nonning ushog’ini yerdan yig’ib olish, uni e’zozlash va oyoq osti qilmaslik zarurligi uqtiriladi.
Biron kishi yo’lga chiqsa, albatta, o’zi bilan birga non oladi. Non unga yo’ldosh, yemak bo’ladi.
“Taom bo’lmasa bo’lmas, bir burda non bo’lsa, bas” hikmati nonning asosiy g’izo,
ovqatlanishning boshi ekanligini ko’rsatadi. Shunga ko’ra,
non yemoq, noni butun, noni yarimta
bo’ldi, non ursin
singari frazeologizmlarning tarkibidagi non komponenti hayot, tirikchilik, rizq-
ro’z, to’kin-sochinlik ramzi sifatida keladi. Binobarin, nonning peshona teri bilan topilishi, uni
halollab yeyilishi Muqaddas kitoblardan boshlab, o’zbek xalq dostonlarida, rivoyatlarida
uqtirilgan. Frazeologik birliklarning ramziy mazmunini tahlil etar ekanmiz, birinchi navbatda,
“
non
” leksemasi komponent sifatida qatnashgan iboralarni tahlil qilib ko’ramiz.
“
Uy”, “suv”, “non
” kabi umumiste’moldagi so’zlar nol uslubiy bo’yoqqa ega, ular ma’lum bir
tushunchagina ifodalab, qo’shimcha emotsional-ekspressiv bo’yoqqa ega bo’lmagani uchun
intellektual leksika deyiladi [3]. Ular uslubiy, ekspressivlik-bo’yoqdorlik jihatidan neytral,
funksional tomondan esa umumuslubiy yoki uslublararo xarakterga ega, chunki ular tilning
barcha funksional uslublarida qo’llanilishi mumkin, bunday umumiste’molga oid so’zlarni
kitobiy, rasmiy uslublarda ham uchratish mumkin.
“
Non
” komponenti o’zbek frazeologizmida juda ko’pchilikni tashkil etadi. Ular quyidagi
ramziy mazmunlarni ifodalashi mumkin:
Mehmondo’stlik ramzi:
Non-namak
[f. non-tuz; mehmondo’stlik] -
rizq-ro’z, nasiba,
ulush, hissa,
non-tuz, non-nasiba
ko’tarib mehmonning oldiga peshvoz chiqish, o’zbek
so’zlashuv nutqida unga qarama-qarshi “
tuzlig’iga tupurmoq
” iborasiga qo’llaniladi. Bu
mazmundagi frazeologizmlar qadimda ham hozirda ham marosim tafsilotiga, ya’ni
mehmonning oldiga hurmat ma’nosida non olib chiqish odatiga metonimik ko’chish orqali
paydo bo’lgan. O’zbek mentalitetida non – muruvvat, tuz esa – baraka ramzi hisoblanadi.
Baxodirjon pishirgan
non-tuz
taomlar sizlarga ona sutiday halol va osh bo’lsin, bu shior dinimiz
amirlaridan, ammo “shapoloq urding” ma’nosida Bahodirjonga olayibroq qarar edi
(Sobir
Sayhon. Armon. Toshkent: A.Navoiy. Milliy kutubxona-2013. 136 b).
Bilaman, siz bor gapni
yozishga harakat qilasiz, lekin nimaga kerak? Harqalay, shuncha kun
non-tuzni
yebsiz
(Erkin
A’zam. Chapaklar yoki chalpaklar mamlakati. www.ziyouz.com kutubxonasi. 33 b).
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, frazeologik birliklar semantikasida milliy
madaniyatning o’ziga xosligi, xalqning milliy an’analariga xos xususiyatlari aks etadi. Shu nuqtai
`
30
nazardan frazeologik birliklarda milliy-madaniylikni ifodalashda tilning boshqa xususiyatlari
ham yorqin namoyon bo’lishi mumkin.
References:
1.
Yo‘ldoshev B. Frazeologik uslubiyat asoslari. – B 53.
2.
Mamatova A. O ‘zbek tili frazeologiyasi. – Toshkent: Navro‘z, 2019.
3.
Mahmud K. Mehmonnoma. – Toshkent: Yosh gvardiya, 1989.
4.
Shomaqsudov A, Rasulov I, Qo’ng’urov R, Rustamov H. O‘zbek tili stilistikasi. – Toshkent:
O ‘qituvchi. 1983.