`
25
MILLIY URF–ODAT VA AN'ANALARDA GENDER TA’MINLASH
Jabborov Avazbek Asilbekovich
Andijon davlat universiteti tadqiqotchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14061626
Annotatsiya:
Ushbu maqolada xotin–qizlar va erkaklarning gender tengligi, milliy
an'analarimizda gender jihatlari hamda yurtimizda urf–odat, qadriyatlarimizda ayollarga
qaratilgan e'tibor, mamalakatimizda ularga yaratilayotgan imkoniyatlar to'g'risida ma'lumotlar
yoritib berilgan.
Kalit so‘zlar:
milliy, urf–odat, an’ana, gender tengligitamoyili, xotin–qizlar, qadriyatlar,
jamiyat, qaror.
Yer yuzidagi har bir millat faqat uning o’ziga xos bo’lgan an’ana va qadriyatlari bilan
alohida ajralib turadi, tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi bo’lgan bunday qadriyat va
an’analar bir-ikki kunda paydo bo’lib qolmagan. Insoniyatning necha ming yillik tarixiy tajribasi
shuni ko’rsatadiki, biror-bir narsaning an’anaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi uzoq davrni
talab qiladi. Yillar, asrlar davomida muayyan qarash, odat, tushuncha, tajribalar zamonlar,
avlodlar sinovidan o’tadi, sayqal topib boradi. Agar ular keyingi avlodlar tomonidan ham qabul
qilinsa, davom ettirilib, urf-odatga aylansa, demakki, endi ularni milliy an’ana va qadriyat deb
atash mumkin bo’ladi. Bugungi kunda barcha xalqlar o‘zining milliy urf–odat va an’analariga
egadir. Xalqimizning ham urf–odat, an’ana va qadriyatlari asrlar davomida avloddan–avlodga
o’tib rivojlanib, mustahkamlanib shu kungacha yetib keldi. Ota–bobolarimizdan me’ros qolgan
an’analar, oiladagi muhit ta’lim–tarbiya, o’zaro xurmat, odob-axloq va umuminsoniy
qadriyatlarda namoyon bo’ladi. Milliy qadriyatlarni bugungi yosh avlodga o’rgatish ularda
Vatanga bo’lgan xurmatni, mehr–muhabbatni, milliy g’ururni shakllantirish xususida turli hil
loyhalar amalga oshirilmoqda. Bugungi Yangi O’zbekistonda barpo etilayotgan hozirgi
sharoitda milliy urf–odatlar, an’analar, oilaviy qadriyatlarning o’rni har qachongidan ham
muhim ahamiyat kasb etmoqda. Hozirgi kunda G’arb madaniyatidan kirib kelayotgan ba’zi
g’oyalar bizning mintalitetimizga qarama–qarshi bo’lib yoshlarimiz ongini zaharlamoqda.
Bugungi kundagi turli zararli ta’sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham xalqimizga
azaldan xos bo’lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi bo’lib qolishimizda qadimiy an’ana
va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib yashash o’ta muhimdir. Bizning
an’analarimiz bugungi kunda yangi bosqichlarda rivojlanmoqda. Milliy qadriyatlarimizdan
xisoblangan kottalarga xurmat, ayollar erkaklardan bir pog’ona pasda bo’lishlari to’grisidagi
o’gitlarni eshitib kelganmiz. Albattashuni ham aytishimiz joizki, texnika, ilm–fan
rivojlanayotgan davrda, ayol va erkakning aqliy imkoniyatlari tengligi tushunchalarini, keng
tarqalayotgani guvohi bo’lyabmiz. Bu tenglik – "Gender tenglik"deyiladi.
Ammo, bu tushuncha xalqimiz orasida to’g’ri ma’lumotlar bilan talqin qilinmaganligi,
tufayli bir qancha muammolar kelib chiqanini guvohi bo’lmoqdamiz. Gender tengliko’zinima?
Xalqimiz orasida qanchalik keng tarqalgan? Bu bizning milliy qadriyatlarimizga to’g’ri
keladimi? Yurtimizda gender tengligiga extiyoj bormi? Eng asosiysi gender jihatlari avvaldan
urf–odatlarimizda bor bo’lganmi? Kabi savollar juda ham ko’p. Albatta barcha savollarga javob
topishimiz mumkin. Unda bir boshdan ko’rib chiqamiz.
`
26
Gender tengligi va jinsiy tenglik, aniqrogʻi: erkaklar va ayollar oʻrtasidagi tenglik — bu
oilada erkaklar va ayollar oʻrtasida teng huquqlarga erishishni nazarda tutadigan tushuncha va
boshqa qonuniy munosabatlar. Baʼzi tadqiqotchilarning fikriga koʻra, Gender tengligi tamoyili
insonning shaxs sifatida paydo boʻlishiga toʻsqinlik qiladigan barchai jtimoiy toʻsiqlarni
oʻrganish va yoʻq qilish, shuningdek, hayotning barcha sohalarida erkaklar va ayollar
shaxsiyatini anglash uchun tengi jtimoiy imkoniyatlarni yaratishdan iborat [1].
Ushbu termin yurtimizda 2019–yildan keng tarqalishni boshlagan.2019–yil 2–sentabrda
562-sonli Oʻzbekiston Respublikasi “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlar kafolatlari toʻgʻrisida”gi qonuni qabul qilingan. Bu esa prezidentimiz tomonidan
xotin–qizlar uchun yaratilgan shart–sharoitlardan biridir. Hozirgi kunda Oʻzbekistondagi
Gender tenglik boʻyicha Komissiya 2019-yilda boshlab o’z ishfaoliyatini yuritib kelmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Gender tenglikni taʼminlash masalalari boʻyicha komissiyasining raisi
Oliy MajlisS enati Raisi Tanzila Narbayevadir [2].
"Gender tenglik" tushunchasi xalqimiz orasida keng tarqalmagan desak mubolag’a
bo’lmaydi. Buning sababi avvalo bu tushuncha kamdan-kam qo’llaniladi, lekin gender
jihatlarini atrofimizda juda ko’p uchratishimiz mumkin. O’tgan 5–6 yil nariga nazar soladigan
bo’lsak, xalqimiz orasida qizlarni o’qishiga, ayyollarni rahbarlik lavozimlarida ishlashlarig
aqarshilikla rko’p bo’lgani, harbiy sohalarda esa deyarli ayollar yo’qligi guvohi bo’lamiz.
Bugungi kunga kelib esa yurtimizda ayol va erkakning teng huquqlarga egaligi va ular ham o’zi
tanlagan kasblarda bemalol faoliyat yuritishlari uchun imkoniyatlar yaratilmoqda. Tangani
ikkinchi tarafi bo’lganidek, bumasalani ham boshqa tarafdan ko’rib chiqamiz. To’g’ri gender
tenglik ayol va erkaklarni bir hil imkoniyatlarini ta’minlaydi, tushunchani noto’g’ri talqin qilish
orqali bizning mintalitetimizga, urf–odat va qadriyatlarimizga mutlaqo zid bo’lgan qarashlar
shakllanib qolyapti bu esa kelajak avlodni milliy ruhda tarbiyalash kabi masalalarda bir qancha
muammolarni keltirib chiqaradi. Gender tenglik avvaldan bo’lgan, lekin u termin sifatida qabul
qilinmagan. Ayolni e'zozlash bizning millatimiz, mamlakatimiz uchun oliy qadriyat darajasidagi
fazilatdir. Masalan, o’zbek oilasida kattalarga nisbatan xurmat hamayolga ham erkakka bir
hilda ko’rsatiladi. Qadriyatimizdan yana birida gender jihatlarini ko'rishimiz mumkin. Masalan,
qiz va o’gil bollar yoshlikdan barcha mehnatturlarini birdek bajarishadi, ba’zi faoliyatlar
jismoniy kucht alab qilingani tufayli faqat erkakalar tomonidan bajarilgan. Lekin bu gender
tengsizlikbo’lmaydi. Har qanday davlat va jamiyat taraqqiyotida, ayniqsa iqtisodiyotning
tarkibiy qismi bo'lgan tadbirkorlik sohasida xotin-qizlarning mavqeyi muhim o'ringa ega.
"Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada kuchaytirish va tadbirkorlik
faoliyatini qo'llab–quvvatlashga oid chora-tadbirlar to'g'risidagi" qaror imzolandi [3]. Bu
qarorda ayollarning mehnat va pensiya sohasigi yutuqlari, gender tengligini ta'minlash
bo'yicha mutlaqo yangi kafolatlarni belgilab bermoqda.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan bir nechta savollarga javob oldik. Xulosa o’rnida shuni
aytmoqchimiz, gender tenglik tushunchasi to’g’risidagi xalqimizning qarashlarini o’zgartirsa
kjudda kata natijalarga erishishimiz mumkin. Bilimli va salohiyatli qizlarimiz jamiyatda o’z
o’rnilarini topishda oila a’zolarni ham yordami va qo’llab–quvatlashlari kata ahamiyatga egadir.
Bir faylasuf aytganidek: “O’g’il bolaga yaxshi ta’lim bersang bir oila ma’naviyatli bo’ladi, qiz
bolaga ta’lim bersang butun jamiyat ma’naviyatli bo’ladi”. Shunday ekan, Yangi O’zbekiston
qurish g’oyasia yollarimiz va qizlarimizning siyosiy saviyadagi bilimini e’tirof etishi kerak, deb
`
27
hisoblaymiz. Shaxs sifatida o'zbek ayoli o'zida ijtimoiy, ma'naviy, axloqiy hislat va fazilatlarni
yaxlit bir butunlikda namoyon qilish uchun bosh qomusimiz— O'zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasida to'la kafolatlangan bo'lib, uning 46–moddasida "Xotin–qiz va erkaklar teng
huquqliligi" takidlangan [4]. Albatta xotin–qizlarga berilayotgan imkoniyatlar, yaratilgan
shart–sharoitlardan oqilona foydalangan holda, ayol va qizlarimiz, erkaklar bilan bir qatorda
turib istiqlolimizning islohotlarini, keng qamrovli bunyodkorlik, ma'naviy yetukishlarini
amalga oshirmoqdalar. Bugungi kunda ayollarimiz barcha sohalarda faoliyat olib
borayotganlari hamda samarali mehnatlari Vatanimiz taraqqiyotiga sezilarli ta'sir
ko'rsatayotganini ham aytib o’tishimiz joizdir. Bu esa juda quvonarli holat. Yurtimizda gender
tengsizlikni barham topishida yutuqlarga erishgan, jamiyatda o’z o’rnini topgan xotin–qizlar
bilan uchrashuvlar tashkillash maqsadga muvofiqb o’ladi deb o’ylaymiz. Taklif o’rnida shuni
aytmoqchimizki, respublikamiz bo’ylab maktabgachat a’lim muassasalarida, umumiy o’rta
ta’lim hamda oliy ta’lim dargohlarida, va barcha shahar, tuman rayyonlarda gender tengligi
to’g’risida malakali mutaxassislar tomonidan suxbatlar, treninglar uyushtirib xalqimizda to’g’ri
tushunchani shakllantirishimiz kerak.
References:
1.
https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Gender_tengligi
2.
https://www.savol-javob.com/milliy-anana-va-qadriyatlar/
3.
PQ-4235-сон 07.03.2019. Xotin-qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yanada
kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida
https://lex.uz/docs/-4230944
4.
"Markaziy Osiyo davlatlari olima ayollarning ilm–fan sohasiga qo'shgan hissasi". Mirzo
Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy Universiteti nashriyoti.2020 yil 20–mart. Toshkent.
5.
https://lex.uz/docs/-4494849