Ushbu tadqiqotda O‘zbekistonning Jizzax viloyati misolida tog‘ turizmini rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi muammolar va ularni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy mexanizmlar tahlil qilinadi. Tadqiqotda transport va infratuzilma yetishmovchiligi, axborot va marketing strategiyalarining zaifligi kabi asosiy masalalar yoritilib, mavjud statistik ma’lumotlarga asoslangan tahlil berilgan. O‘zbekistonning boshqa hududlaridagi tajribalar asosida Jizzax viloyatida turizmni rivojlantirish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan iqtisodiy choralar ishlab chiqilgan. Ushbu tavsiyalar Jizzax viloyatida tog‘ turizmini barqaror rivojlantirish orqali mahalliy iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.