Авторы

  • X.M. Jo’raxo’jaev
    Andijon davlat Pedagogika instituti katta o’qituvchisi
  • I.M. Xursandjonova
    Andijon davlat Pedagogika instituti Oligofrenopedagogika 101-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.51952

Ключевые слова:

jamiyat bola tibbiyot hodimlari davlat karreksion oila diprivasiya nazorat intellektual fan jarohatlar psixogen aqli zaiflik ijtimoiy moslashuv markazi odamovilik axborot xarakteristik idrokning buzilishi differsallashgan tarbiya endogen.

Аннотация

ushbu tezisda   Autizm  sindromi  haqida  tushuncha,  uning  bola   rivojlanishiga   ta’siri   hamda   kelib   chiqish   sabablari   haqida   ma’lumotlar   keltirilgan.


background image

`

114

AUTIZM SINDROMLI BOLALAR

Jo’raxo’jaev X.M.

Andijon davlat Pedagogika instituti katta o’qituvchisi

Xursandjonova I.M.

Andijon davlat Pedagogika instituti

Oligofrenopedagogika 101-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14258186

Annotatsiya.

ushbu tezisda Autizm sindromi haqida tushuncha, uning bola

rivojlanishiga ta’siri hamda kelib chiqish sabablari haqida ma’lumotlar keltirilgan.

Abstract

: thesis provides information on the concept of Autism, its syndrome, its

impact on child development, and the causes of its oring.

Аннотация

: в данной диссертации представлена информация о понятии

аутизма, его синдроме, влиянии на развите ребенка и причинах его
возникновения.

Kalit so’zlar

: jamiyat, bola, tibbiyot hodimlari, davlat, karreksion, oila, diprivasiya,

nazorat, intellektual, fan, jarohatlar, psixogen, aqli zaiflik, ijtimoiy moslashuv markazi,
odamovilik, axborot, xarakteristik, idrokning buzilishi, differsallashgan , tarbiya, endogen.

Key words

: society, child, medical staff, state, correctional, family, deprivation,

control, intellectual, science, injuries, psychogenic, mental retardation, adaptation,
humanity, information, characteristic, perception disorder differentiated, upbringing,
endogenous.

Ключевиу слова

: обўество, ребенок, медицинский персонал, государство,

коррекционная, семья бдепривация, контроль, интуллуктуальний, наука, травми ,
психогенний, умственная отсталость, центр социальной адаптации, человечность,
информация, характеристика, расстройство восприятия, дифференцированний,
воспитанний, ендогенний.

Autizm sindromi haqida tushuncha

– ushbu kasallikning dolzarbligi Butun jahon

Sog’liqni saqlash tashkiloti tomonidan 2001-yildanoq alohida ajratib, shu yilning o’zida
‘Psixik salomatlik yili’ deb e’lon qilingan . 2008-yill Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh
Assambleyasi tomonidan 2-aprel Xalqaro autizm muommosi to’g’risida axborotlarni tàrqàtish
kuni deb e’lon qilinib, shundan buyon har yili nishonlanib kelmoqda.

O’zbekistondagi YUNESKOdagi doimiy vakili, Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi

markazi va ‘sen yolg’iz emassan’ respublika bolalar jamoatchilik jamg’armasi vasiylik
kengashining raisi Lola Karimova-Tillayeva o’z chiqishlarida davlat va boshqa idoraga oid
tuzulmalar o’rtasida autizm muommosini hal etishga doir harakatlarni muvofiqlashtirish
zaruriyati haqidagi amali taklif va tavsiyalarni beradi.

EBA (erta bolalar autizmi) sindromi nomi ilk bora 1943-yilda L.Kanner tomonidan

tavsiflangan. Kannerdan tashqari G.Aspergger tomonidan 1944-yil bulardan tashqari yana,
L.Uing, E.ornis, va boshqalar ham EBA muommosi bilan shug’ullanishgan.

Autizm

– bu markaziy asab tizimining rivojlanishidagi buzilish bo’lib, bola atrof-muhit

bilan muloqot qilishda va ijtimoiy munosabatlar o’rnatishda qiyinchilikka duch keladi. Ushbu
sindrom asosan bolalaikda aniqlanadi va nutq, ijtimoiy ko’nikmalar va xulq-atvorning o’ziga
xos xususiyatlari bilan nomoyon bo’ladi.


background image

`

115

Ilmiy adabiyotlarda autizm sindromi haqidagi tariflar

:

Muallifi: fransuz tadqiqotchisi J.M. Itar (1828), tarifi- ‘Intellektual mutizm’ deb nomladi

va bu bilan autizmning asosiy belgilaridan biri-buzilgan intellektda nutqning
rivojlanmaganligi yoki orqada qolishni ajratib ko’rsatadi.

Muallifi: O S Nikolskaya, tarifi- Autizm deganda, odatda, keng ma’noda keskin namoyon

bo’ladigan odamovilik,muloqotlardan qochishga intilishi, o’z olamida yashashga intilish
tushuniladi.

Muallifi: E.Bleyler (1912), tarifi- fanga “autizm” terminini kiritdi va unga kishining

kishining emotsional ehtiyojlari tomonidan boshqariladigan va real voqelikka bog’liq
bo’lmagan tafakkurning o’ziga xos ko’rinishi sifatida tarif berdi.

Muallifi: L. Kanner (1943), tarifi- EBA – muloqot (nutq, motorika)ning buzilishi bilan

kechadigan alohida holat bo’lib u “shizofrenik spektr” deb atalmish holatlar qatoriga kiradi.

Muallifi: K. S. Lebedinskayaning tarifi- reallikdan uzilish, o’zidan uzoqlashish, tashqi

taassurotlarga nisbatan reaksiyalarning yo’qligi yoki qarama- qarshiligi, muhit bilan aloqalrda
loqaydlik yoki o’ta ta’sirchanlik.

Autizm sindromining bola rivojlanishiga ta’siri –

autizm sindromi bolalarning

rivojlanishiga sezilarli ta’sir ko’rsatadi. Quyidagi sohalarda o’zgarishlar kuzatiladi:

Ijtimoiy rivojlanish- bolalar muloqotda sustlik qiladi, ko’z bilan aloqa qilishdan qochadi

va munosabatlar o’rnatishda qiynaladi.

Nutq va aloqa – rivojlanishi kechikadi yoki nutq umuman bo’lmasligi mumkin. Ba’zan

bolalar so’zlarni takrorlaydi (echolaliya).

Kognitiv rivojlanish: bolalarda o’qish, hisoblash va boshqa akademik ko’nikmalarni

o’zlashtirish qiyinlashishi mumkin. Shu bilan birga , ayrim hollarda yuqori darajadagi maxsus
qobilyatlar rivojlangan bo’ladi (masalan : musiqiy yoki matematik qobilyatlar).

Xulq-atvor – muayyan narsalarga qiziqish, o’zgarmas tartibga moyillik va o’ziga xos

odatlar kuzatiladi.

Autizmning kelib chiqish sabablari

:

Autizmning kelib chiqishi hozirgacha to’liq o’rganilmagan bo’lsa-da, ilmiy tadqiqotlar

uning paydo bo’lishiga ta’sir qiluvchi bir necha omillar aniqlangan. Ushbu omillar: genetic,
biologic va atrof-muhitga bog’liqdir. Quyida asosiy sabablar batafsil yoritilgan:

Genetik omillar:

autizm rivojlanishda muhim rol o’ynaydi. Irsiylik-autizmga chalingan

bolalarning qardoshlari orasida ushbu kasallikning uchrashi ehtimoli yuqoriroq. Ayniqsa,
egizaklar bo’yicha olib borilgan tadqiqotlar genetic moyillikning ahamiyatini tasdiqlaydi. Ko’p
genli sabablar- bir nechta genlarning birgalikdagi ta’siri autizm sindromini yuzaga keltirishi
mumkin.

Biologik omillar

: miyaning rivojlanishidagi buzilishlar- autizmga chalingan bolalarda

miyaning ayrim qismlarida rivojlanish anomaliyalari kuztiladi, masalan :miyaning bir –biriga
mos ishlashda qiyinchilik kuzatiladi.

Homiladorlik va tug’ilish davri omillari

: homladorlik yoki tug’ilish jarayonidagi ba’zi

holatlar autizmning kelib chiqish ehtimolini oshiradi. Onaning sog’lig’i-homladorlik payitida
onada diabet, yuqumli kasalliklar yoki gepatit kabi kasalliklar kuzatiladi.



background image

`

116

References:

1.

L.R.Mo’minova: Autizm sindromi, uning sabablari,turlari va bartaraf etish metodikalari.-

Toshkent, Spectrum Media Group -2015.
2.

Nikolskaya. O.H., Baenskaya E.R., Libling M.M. Autichniy rebyonok puti pomoshi.-

M:Terevinf, 2000.
3.

Aktualhie problem diagnostika zaderjki psixicheckoso razvitiya detey.- Moskva:

Pedagogika, 1991.
4.

Internetdan: jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (WHO) va boshqa nufuzli so’liqni saqlash

tashkilotilari ma’lumotnomalari.
5.

“Autism Spectrum Disorders” ( David Amaral, Daniel Geschwind va Geraldine Dawson

muharrirligida)-Autizm haqida chuqur tahlil beruvchi ilmiy kitob.

Библиографические ссылки

L.R.Mo’minova: Autizm sindromi, uning sabablari,turlari va bartaraf etish metodikalari.- Toshkent, Spectrum Media Group -2015.

Nikolskaya. O.H., Baenskaya E.R., Libling M.M. Autichniy rebyonok puti pomoshi.-M:Terevinf, 2000.

Aktualhie problem diagnostika zaderjki psixicheckoso razvitiya detey.- Moskva: Pedagogika, 1991.

Internetdan: jahon sog’liqni saqlash tashkiloti (WHO) va boshqa nufuzli so’liqni saqlash tashkilotilari ma’lumotnomalari.

“Autism Spectrum Disorders” ( David Amaral, Daniel Geschwind va Geraldine Dawson muharrirligida)-Autizm haqida chuqur tahlil beruvchi ilmiy kitob.