Авторы

  • Mushtari Mamurova
    Farg‘ona davlat universiteti adabiyotshunoslik kafedrasi 3-kurs tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.51956

Ключевые слова:

Maqsud Qoriyev tarixiy roman janr o‘zbek adabiyoti uslub xarakter an’ana.

Аннотация

Ushbu maqolada Maqsud Qoriyevning “Spitamen” romanidagi turli xil qahramon va personajlar, qiyofa va xarakterlar ifodasining na’moyon bo‘lishini hamda shu orqali o‘quvchini eramizdan avvalgi 329-327 yillar voqealariga olib kira olganligini ko‘rishimiz mumkin.


background image

`

100

MAQSUD QORIYEVNING “SPITAMEN” ROMANIDA XARAKTERLAR IFODASI

ВЫРАЖЕНИЕ ХАРАКТЕРОВ В РОМАНЕ МАКСУДА КАРИЕВА

«СПИТАМЕН»

THE EXPRESSION OF CHARACTERS IN THE NOVEL "SPITAMEN" BY MAKSUD

KORIYEV

Mamurova Mushtari Maxammadjanovna

Farg‘ona davlat universiteti

adabiyotshunoslik kafedrasi 3-kurs tayanch doktoranti

E-mail: mmmamurova@gmail.com

Tel: 90 581 30 40

https://doi.org/10.5281/zenodo.14207946

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Maqsud Qoriyevning “Spitamen” romanidagi turli xil

qahramon va personajlar, qiyofa va xarakterlar ifodasining na’moyon bo‘lishini hamda shu
orqali o‘quvchini eramizdan avvalgi 329-327 yillar voqealariga olib kira olganligini
ko‘rishimiz mumkin.

Аннотация:

В статье содержатся сведения о жанре исторического романа,

уникальном стиле и исторических произведениях Максуда Кариева, написавшего этот
жанр. Также было отмечено, что Максуд Кариев эффективно использовал в своем
творчестве традиции, развивающие стиль, и тем самым внес большой вклад в их
развитие.

Abstract:

The article contains information about the historical novel genre and the

unique style and historical works of Maksud Kariyev, who penned this genre. It was also
mentioned that Maksud Koriyev effectively used the traditions that develop the style in his
work and thereby made a great contribution to their development.

Kalit so‘zlar:

Maqsud Qoriyev, tarixiy roman, janr, o‘zbek adabiyoti, uslub, xarakter,

an’ana.

Ключевые слова:

Максуд Кариев, исторический роман, жанр, узбекская

литература, стиль, характер, традиция.

Key words:

Maksud Koriyev, historical novel, genre, Uzbek literature, style, character,

tradition.


Sug‘diyonaning betakror go‘zal tabiati, kishilarining turmush tarzi, urf-odatlari, ikki

daryo oralig‘idagi turli qabila va urug‘larning tinch-totuv hayoti tasviri bilan roman voqealari
boshlanadi. Dunyoga hukmdor bo‘lish vasvasasida O‘rta Osiyoga yurish qilgan Aleksandr
Makedonskiy – Iskandarning orzulari sug‘dlar, skiflar, massagetlar, saklar va daxlarning
birlashib unga qarshi olib borgan ozodlik uchun mardonavor kurashi oqibatida sarobga
aylanganligi asarda ishonarli tasvirlangan. Yozuvchi urushning insoniyat uchun mislsiz ofat
ekanini, uning jabrdiydalari ham, uning olovini yoqqanlar ham g‘olib bo‘la olmasligini
haqqoniy ko‘rsatib bergan.

Maqsud Qoriyev asarda turli xil xarakterlarni jonli, ta’sirchan, batafsil ifodalashga

erishadi. Shu o‘rinda Aristotelning xarakter haqidagi quyidagi fikrlari e’tiborga molikdir:
“Xarakterlardan to‘rt maqsad ko‘zda tutiladi. Birinchi va asosiysi: qahramon olijanob bo‘lishi


background image

`

101

kerak. Avval aytganimizday, shaxs agar o‘zining gaplari va ishlarida qandaydir maqsadga amal
qilsa, xarakterga ega bo‘ladi. Ikkinchidan, xarakterlar o‘ziga xos bo‘lishi kerak: xarakter
mardona bo‘lishi mumkin, ammo ayol kishiga mardlik va kuchlilik yarashmaydi. Uchinchidan,
xarakterlar (hayotiy) haqqoniy bo‘lishi kerak: bu yuqorida aytilgandan mutlaq boshqacha
bo‘lib, ularning yaxshi yoki yarashiqli qilib tasvirlash kerak degan gap emas. To‘rtinchidan,
xarakterlar izchil bo‘lishi kerak: hatto, tasvirlangan shaxs noizchil bo‘lishi, shu xarakterning
barcha ishlariga noizchillik xos bo‘lishi mumkin. Ammo xarakterning mana shu noizchilligi
ham izchil bo‘lishi zarur”[1,40]. Maqsud Qoriyev ham o‘z asarlaridagi xarakterlar talqinida
ushbu fikrlarga doimo amal qiladi.

Adabiyotshunos H.Karim ta’kidlaganidek, “Epik asar tabiati inson xarakteri va

ruhiyatining barcha qirralarini tasvir etishni talab qiladi. Barcha chinakam insonlarga xos
bo‘lgan muhabbat tuyg‘usi inson xarakterining shakllanishida, uning barcha qirralari bilan
namoyon bo‘lishida muhim rol o‘ynaydi. Ijodkorda muhabbat bahonasida qahramon
kechinmalarining chuqurroq tahlil etish imkoniyati tug‘iladi”[2,29]. M.Qoriyev ham
Ravshanak va Spitamen munosabati tasviri orqali bosh qahramon ichki dunyosini chuqur
ochishga erishadi.

Spitamenga xos vatanparvarlik, xalqparvarlik, haqiqatparastlik, adolatlilik, oilaparvarlik,

qo‘rqmaslik, shijoatlilik, jasurlik, mardlik, kamtarinlik kabi fazilatlar asar voqealari davomida
izchil yoritila borib, yorqin qiyofasi namoyon bo‘ladi. Yozuvchi bosh qahramon bilan bog‘liq
foje holat – xotini Odatida tomonidan o‘ldirilishini asoslash uchun Ravshanakka bo‘lgan
muhabbat voqealarini olib kiradi va mantiqan asoslaydi.

Romanda Odatida va Ravshanak obrazlari voqealar rivojida yetakchi o‘rinni egallaydi.

Odatida Spitamenning xotini, uch nafar o‘g‘ilning onasi. U Spitamenga sevib turmushga
chiqqan. Spitamen ham o‘z navbatida uning go‘zalligiga maftun bo‘lgan. Lekin Spitamen
atrofida ba’zi qabila boshliqlarining ojizligi, uni tashlab Iskandarga tobe bo‘lganligi sharoitida
oqsoqollar xanjumanidan vakil bo‘lgan Bastvor Odatidan Spitamenni Iskandardan uzr so‘rab
oldiga taslim bo‘lib borishga ko‘ndirishni so‘raydi. Odatida ko‘nmagach, yo‘qsa o‘g‘illari qatl
etilishini aytadi. So‘ng u ham Babaxning so‘zlarini takrorlab, Spitamen Ravshanakni sevishini,
bugun ham Xoriyen qal’asiga borib kelganini, u bilan uchrashganini aytadi. Odatida bu
tomondan rashk olovida yonsa, ikkinchi yoqda aziz farzandlariga achinadi. Odatidaning holati,
kechinmalari romanda shunday tasvirlanadi: “Odatida erining yuziga uzoq termildi. Bir narsa
miyasiga qattiq urildi: “Nahotki, shu bugun qal’aga, ma’shuqasi yoniga borib kelgan bo‘lsa...”

Spitamen bilan shuncha yil shirin, totuv hayot kechirdi, lekin yuragidagi tobora

yallig‘lanayotgan nafrat alangasi sevgining nozik torlarini yondirgandek edi... Noyob, sof sevgi
qattiq, shafqatsiz nafrat bilan almashgandi. G‘azabli, nafratli muhabbat dilida g‘alayon qilar,
rashk qa’rida yonardi. Odatidaning fikrlari chigallashib, idrok etish iplarining uchini yo‘qotib
qo‘ydi, o‘zini mutlaqo boshqarolmay merovlanib qoldi, uni hech kim o‘zi o‘ylagan yo‘ldan endi
qaytara olmaydi, miyasiga ham, qalbiga ham bitta mudhish fikr singib borardi...”[3,254].

Odatida ham, Ravshanak ham harb ilmidan xabardor, qat’iyatli, jasur, qo‘rqmas,

chavandoz ayollar sifatida tasvirlangan. Faqat Ravshanak Odatida singari juda faol emas.
Dastlab u sevgi tufayli Sitonni yengib, Spitamenga bo‘lgan muhabbatini saqlab qolgan bo‘lsa-
da, keyinchalik raqqosa qizlar bilan Iskandar huzuriga o‘z ixtiyori bilan chiqishi va uning
qarori bilan nikohidan o‘tishiga biror qarshilik ko‘rsatmasligi buning isbotidir.


background image

`

102

Iskandarning murakkab ichki olami Spitamenning boshini Odatida va uning quli

tomonidan olib kelingandan keyingi tasvirda namoyon bo‘ladi: “Podshohning qoni miyasiga
urilib, fikrlari chuvalashib ketgandi, shu topda na biror buyruq berishga, na harakat qilishga
ojiz edi. Ko‘z oldi negadir jimirlab ketdi, yuragida qandaydir qo‘rquv his etdi. Bir narsa yodiga
kelib, qarshisida turgan qotil ayolga razm soldi, ajabo, anovi mening bu oqshom uylangan
qallig‘im Ravshanakka o‘xshab ketarkan. Bu osiyoliklarning ayollari hech narsadan tap
tortmaydi. Bu qanaqasi bo‘ldi? Tushimmi yo o‘ngim!?”[3,256].

So‘ng Iskandar Spitamenning bu tariqa o‘lim topganligidan afsuslanadi. Sug‘diyona

ayollarining hech narsadan tap tortmasliklaridan dahshatga tushadi. Ruhan sinib, ular bilan
bo‘lgan jangda mag‘lub bo‘lganligini his etadi.

Iskandarning qulni o‘ldirishga, xiyonatkor ayolni quvib chiqarishga bergan buyrug‘i

Oksiart saroyida yuz bergan fojianing dahshatini bo‘rttirib ko‘rsatadi, Spitamenning naqadar
ulug‘vor, bahodir, dushmani tomonidan ham yuksak baholangan qasoskor ekanligini
haqqoniy ko‘rsatishga xizmat qiladi.

Maqsud Qoriyev ushbu o‘rinda Spitamenning o‘ldirilishi bilan bog‘liq voqeaga

Iskandarning salbiy munosabati tasviri orqali unga betaraf munosabatini ifodalab, tasvir
hayotiyligini yuzaga chiqaradi. Shuningdek, sotqinlik, xiyonat hech qachon kechirilmaydi,
unga yo‘l qo‘yganlar e’zoz topmaydilar demoqchi bo‘ladi.

“Spitamen” romanida qator shaxslar tasviri o‘z dinamikasi bo‘yicha murakkab obrazlar

sifatida qaralishi mumkin. Bular grek-makedon bosqinchilariga qarshi kurashning dastlabki
bosqichida Spitamen yonida turib mardonavor jang qilganlar: Oksiart, Xoren kabilardir.
Roman muallifi bu obrazlarni yaratar ekan tarixiy manbalar izidan borib, ularning hal qiluvchi
janglar davrida o‘z sarkardalariga, qolaversa vatan uchun muqaddas kurash ishiga xiyonat
qilganlarini jonli va ishonarli tasvirlab beradi. Chindan ham Oksiart (bu grekcha talaffuz
asosida yetib kelgan ism aslida Vaxshuvart bo‘lsa kerak, chunki greklar Oks daryosi deb Vaxsh
– ya’ni Amudaryoni, yuqori qismi hozir ham shunday nomlangan daryoni atashgan. Vaxsh
daryosi esa qadimgi xalqlar orasida muqaddas deb hisoblangan va odamlar unga sig‘inishgan)
– Vaxshuvart ismi esa ilohiylashtirilgan daryo nomi bilan bog‘liqdir. Iskandarning mahalliy
zodagonlarga yon bosuvchi siyosatiga uchib, kurashdan voz kechgan. Iskandarga o‘z qizi
Ravshanakni berib istilochi qo‘lidan baland nufuzlar olgan. Masalan, miloddan avvalgi 325-
yilda Oksiart Baqtriyadagi Iskandarga qarshi qo‘zg‘olonni bostirishda ishtirok etadi va
Propomis (Qobil atroflari) viloyatiga satrap-hokim etib tayinlanadi[4,267-268] degan
ma’lumotdan foydalanib Maqsud Qoriyev ham tarixiy haqiqatni buzmaslikka intiladi.

Asardagi Odatida, Zo‘rtosh, Tariq, Sherdor, Kamak, Siton, Babax, Bastver, Roma, Aspat,

Dariyod, Farad, Ferik, Gerakl kabilar to‘qima obrazlardir.

Romanda buxorolik suratkash, ovchi yigit Sherdor bilan Maroqand malikasi Turona

o‘rtasidagi muhabbat va unga erishishning mashaqqatli yo‘li batafsil aks etgan. Asarda
Sherdor haqsizlikka qarshi kurashuvchi, elning jasur farzandi. U o‘z sevgisi uchun barcha
mashaqqatlarni yengib o‘tadi. Sevgilisi Turonaga yetishadi. Zodagon Siton Sherdorning ziddi.
U Ravshanakni pastkashlik bilan o‘ziga bo‘ysundirmoqchi bo‘ladi. Sevgi, muhabbatdan yiroq
Siton kuch bilan Ravshanakni yenga olmagach, Spitamenga mol-qo‘ylarini taklif etadi.
Maqsadiga erisha olmagach esa Spitamenga dushmanlik yo‘liga yuradi.


background image

`

103

Xulosa qiladigan bo‘lsak, Maqsud Qoriyev “Spitamen” romanida Sug‘diyona va

Baqtriyadagi Aleksandr Makedonskiy boshchiligidagi yunon-makedon bosqinchilariga qarshi
ozodlik qo‘zg‘olonlarini yoritishni maqsad qilib, voqealar rivoji davomida turli xil qahramon
va personajlar xarakterlari ifodasini o‘quvchiga o‘ziga xos tarzda na’moyon etib ketadi.

References:

1.

Арасту. Поэтика. Ахлоқи кабир. Риторика. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2012. –

Б.40.
2.

Карим Ҳ. Тарихий шахс ва бадиий образ. –Тошкент: Янги аср авлоди, 2006. – Б.29.

3.

Қориев М. Спитамен (Тарихий роман). – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт

ва санъат нашриёти, 1985. – Б.254.
4.

Зиёев Ҳ., Исҳоқов М. Кўҳна тарих саҳифалари // Қориев М. Спитамен. – Б.267-268.

Библиографические ссылки

Арасту. Поэтика. Ахлоқи кабир. Риторика. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2012. – Б.40.

Карим Ҳ. Тарихий шахс ва бадиий образ. –Тошкент: Янги аср авлоди, 2006. – Б.29.

Қориев М. Спитамен (Тарихий роман). – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги Адабиёт ва санъат нашриёти, 1985. – Б.254.

Зиёев Ҳ., Исҳоқов М. Кўҳна тарих саҳифалари // Қориев М. Спитамен. – Б.267-268.