Авторы

  • Nadira Kunisheva
    Angren Universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.51958

Ключевые слова:

Yangi O‘zbekiston umummilliy qadriyat ma’naviy makon ma’naviy muhit ma’naviy tahdid ma’naviy ozuqa va b.

Аннотация

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston strategiyasida ma’naviy sohani yangi bosqichga ko‘tarish va ma’naviy tahdidlardan muhofaza qilish shartlari va konseptual asoslari haqida so‘z yuritiladi.


background image

`

94

YANGI O‘ZBEKISTONDA MA’NAVIY-MA’RIFIY MUHITNI

TAKOMILLASHTIRISHNING KONSEPTUAL ASOSLARI

Kunisheva Nadira Julanovna

Angren Universiteti “Ijtimoiy-gumanitar fanlar”

kafedrasi katta o‘qituvchisi

+99894 215-58-18

Nadira-kunisheva@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14201864

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Yangi O‘zbekiston strategiyasida ma’naviy sohani yangi

bosqichga ko‘tarish va ma’naviy tahdidlardan muhofaza qilish shartlari va konseptual asoslari
haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

Yangi O‘zbekiston, umummilliy qadriyat, ma’naviy makon, ma’naviy muhit,

ma’naviy tahdid, ma’naviy ozuqa va b.


Yangi O‘zbekistonni barpo etish-bu shunchaki xohish-istak, subektiv hodisa emas, balki

tub tarixiy asoslarga ega bo‘lgan, mamlakatimizdagi mavjud siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-
iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy vaziyatning o‘zi taqozo etayotgan xalqimizning asriy orzu-
intilishlariga mos, uning milliy manfaatlariga to‘la javob beradigan obektiv zaruratdir [1,3-
b].

Mamlakatimiz bugun yangi rivojlanish strategiyasi sari qadam tashlar ekan, o‘z o‘rnida

ma’naviy va ma’rifiy sohalarni ham zamon bilan hamnafas bo‘lgan bosqichga olib chiqish va
uning konseputal asosini yaratishni o‘z oldiga maqsad qilib oldi. Yangi taraqqiyot, yuksalish
sari qadam tashladik. Dunyodagi eng rivojlangan mamlakatlar qatorida turish, fuqarolik
jamiyatini barpo qilishdek maqsadni o‘z oldimizga qo‘ydik. Bu sohada esa ma’naviy-ma’rifiy
sohalarga alohida e’tibor va chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqish taqozo etildi.

Bugun biz uchun ma’naviyat-insonlarni birlashtiradigan, orzu-maqsadlarini o‘zida

ifodalaydigan, jamiyatning baqarorligi uchun hizmat qiladigan kuch deb bilamiz.
Mamlakatimizda ma’naviy makonni yaratish, ma’rifatli jamiyat qurishga qatiy ahd qilindi.

Globallashuv jarayoni tobora kuchayib, yangi ijtimoiy munosabatlar va sohalardagi

o‘zgarishlar, yangilanishlar bevosita ma’naviy-ma’rifiy sohani ham chetlab o‘tmayotganini
ko‘ramiz. [2,175-b]

Buguni kunga kelib millat va ma’naviyatni asrash umuminsoniy muammolar qatoridan

o‘rin oldi. G‘oyaviy, mafkuraviy, informatsion tahdidlar ma’naviyatga ham katta salbiy ta’sir
o‘tkazayotganini kuzatmoqdamiz. Bu esa o‘z o‘rnida ma’naviy-ma’rifiy xavfsizlikni ta’minlash
choralarini ko‘rishni taqozo qilmoqda. Bu kabi murak kab vazifani amalga oshirishda esa
jamiyat a’zolari ma’naviy makonda birlashishlari, sa’y-harakat olib borishlari kerak.

Umuminsoniy ma’naviyatni shakllantirish jarayonining o‘zi ham milliy ma’naviyatlar

rivojlanishiga yordam beradi. Chunki bu jarayonda turli millat va elatlar teng huquq, xohish-
irodasi va imkoniyatiga ega bo‘lib, o‘zlariga xos bo‘lgan eng muhim progressiv boyliklari bilan
ishtirok etadilar. Ana shu jarayonda shakllanadigan umuminsoniy ma’naviyatda har bir millat
boshqalarga zavq-shavq, ilhom va ma’naviy boylik bera oladigan jihatlarini rivojlanti rishga
harakat qiladi va uni ommaviylashtirishda faol ishtirok qiladi. Uning zaminida zo‘ravonlik
yo‘li bilan o‘zga millat va elatlar ongi va qalbini egallash maqsadi turmaydi, balki ma’nan
tenglik, samimiylik, o‘zaro do‘stlik, qardoshlik, bir-birlarini ulug‘lash va o‘zaro boyitish kabi


background image

`

95

umuminsoniy qadriyatlar tura di. Umuminsoniy ma’naviyatni millati, elati, yashash hududi,
jinsi va diniy e’tiqodidan qat’i nazar, butun insoniyat o‘zining ilg‘or dunyoqarashi va amaliy
faoliyati bilan shakllantiradi hamda uning inson bo‘lib yashashiga xizmat qiladi.[3,122-b]

Eng xavfli tahdidlar sirasida biz ma’naviy tahdid ekanligini tan olishimiz kerak. Bugun

biz uchun “beozor” yangiliklar,ayniqsa yoshlarni o‘ziga rom etuvchi “zavq-shavq”, “ma’naviy
ozuqa” yoki “ruhiy ko‘tarinkilik” kabilarda kirib kelayapti. Shu boisdan ham ularning milliy
ma’naviyatimizga bo‘lgan tahdidini aniqlashimiz murakkab kechmoqda.

Ayni paytda globallashuv jarayonining jadallashuvi axborot tezligining oshib borishiga

ham olib keldi. Uning bosimi ta’sirida yashashga maj bur bo‘layotgan insonlar o‘z millatining
zamini, merosi, urf-odati, an’ana va qadriyatlarining jozibasidan bahramand bo‘lishlarining
imkoniyatidan foyda lanish o‘rniga, tarqatilayotgan axborotlar girdobiga tushib qolmoqdalar.
Agar bugun axborotlarning tezlashuvi jarayonini va insonlarning uning ta’siriga tushib qolish
holatini kuzatadigan bo‘lsak, ularni quyidagi aniq ma’lumotlar da ko‘rishimiz mumkin.
Jumladan, «Internetdan foydalanuvchilarning qariyb 80 foizini yoshlar tashkil qiladi. Statistik
ma’lumotlarga ko‘ra, 80 foiz foy dalanuvchilar Onlayn «do‘st»larining fikrlariga yonidagi
do‘stidan ko‘proq ishonch bildirar ekan. Har beshinchi bola bir haftada ijtimoiy tarmoqlar
uchun taxminan 24 soat vaqt ajratishi ham aniqlandi... Ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda
balog‘atga yetmagan har Internet foydalanuvchisi haftaning bir sutkasi ni, qariyb yarmi esa
shunga yaqinroq muddatni Internetda ijtimoiy tarmoqlarni «titkilash» bilan o‘tkazmoqda. Bu
esa bolalarning bir kunda o‘rtacha 3,5 soat vaqtini ijtimoiy tarmoqlarga bag‘ishlayotganligini
anglatadi». Internetning bugun yovuz kuchlar manfaatlariga xizmat qilayotganligi ham o‘ta
xatarli tus olmoqda. Jumladan, «Internet tarmog‘i bilan bog‘liq, ogoh bo‘lishga chaqiradigan
yana bir ma’lumot shundan iboratki, hozirda global tizim tarkibida buzg‘unchilik,
qo‘poruvchilik maqsadini ko‘zlaydigan kuchlarning 7000 dan ortiq veb-sahifalari mavjud» [7].
Agar bugun dunyoda Internetdan foydalanuvchilar soni 2,3 mlrd. kishidan oshib ketganligini
hisobga oladigan bo‘lsak va ayni paytda insonlarda, ayniqsa, yoshlarda ulardan
tarqatilayotgan ma’naviy axloqiy qashshoqlikni targ‘ibot-tashviqot qiluvchi materiallarni
tamosha qilishga mo yilligi kuchayayotgani bugun va istiqbolda qanday ma’naviy tuban likka
olib kelishini tasavvur ham qilib bo‘lmaydi. Bu jarayonning avj olishi da shu narsa aniqki,
insoniyat o‘zligidan butunlay begonalashib, manqurtlashgan olomonga aylanadi. Yoshlar ongi
va qalbini egallashning muhim omiliga aylanib borayotgan «om maviy ma’naviyat»ni
shakllantirishda yuksak taraqqiyotga erishgan AQSh kar- vonboshchilik qilayotganligini
tasdiqlovchi misolga e’tibor qarataylik: AQSh davlat arbobi va mashhur siyosatshunos
Z.Bzejinskiyning yozishicha, «Amerika televizion dasturlari va filmlari dunyo bozorining
deyarli to‘rtdan uch qismini egallaydi. Amerika ommabop musiqasi eng yetakchi pog‘onani
egallagan... Internet tili ongimizga, global kompyuter tarmog‘idagi so‘zlashishning asosiy
qismi ham amerikacha va «global suhbatlar»ga o‘z ta’sirini o‘tkazmoqda».[8,39-b]

Yangi O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy hayotni takomillashtirish va tashqi tahdidlarga

nisbatan ta’sirchanlik, kurashuvchanlikni shakllantirish, globallashuv sharoit ida ma’naviy
hayotda sodir bo‘ladigan o‘zgarishlarning sifat va mazmuniga e’tibor ko‘rsatish lozim.

Shu sababdan ham ma’naviyati yuksak jamiyatni shakllantirishda quyidagi talablarni

bajarish lozim:


background image

`

96

-

Jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlashda tashqi ma’naviy tahdidlarga

kurashuvchan mafkuraviy immunitetni shakllantirish lozim;

-

O‘sib kelayotgan yosh avlodda ayniqsa ma’naviy bo‘shliqqa yo‘l qo‘ymaslik uchun

ma’naviy ta’lim-tarbiyani kuchaytirish ;

-

Axborot xavfsizligini ta’minlash va aholiga sog‘lom fikrlar kirib kelishini nazorat qilish

kabi chora-tadbirlarini amalga oshirish kerak.

Ma’naviyatsizlik va g‘oyasizlik har qanday jamiyatni tanazzul sari yetaklashi, davlat

siyosati va boshqaruvni kuchsizlantirishi, korrupsiya, jinoyatchilik va ahloqsizlik kabi
illatlarning ildiz otishiga sabab bo‘lishi bilan bog‘lik misollarni insoniyat tarixidan ko‘plab
keltirish mumkin[1,271-b]. Aynan ma’naviy sohada xatoliklarga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi, tarixan
uzoq yillar davomida ma’naviyatimiz, madaniyatimizdan ajratishga bo‘lgan xurujlar ta’sirini
biz unutganimiz yo‘q. Bugun Yangi O‘zbekistonni birgalikda qurish hamda Uchinchi
Renessans uchun chinakam ma’naviy muhit va makonni ta’minlash zaruratdir. Buning uchun
esa muhim, chinakam ishchan konseputal asoslarga ega bo‘lishni talab etadi, shu sabab
muhtaram yurtboshimiz Sh.Mirziyoev ma’naviyatimizda natijadorlikka erishish maqsadida
O‘zbekistonning 2022-2032 yillarga mo‘ljallangan ma’naviy taraqqiyot strategiyasini ishlab
chiqishni va davlat siyosatining tarkibiy qismiga aylantirishni talab qilmoqda.

Zero, milliy ma’naviyat millat bir butunligini ifoda ettiruvchi, uning umrboqiyligini

ta’minlovchi, barcha xususiyatlarini saqlab turuvchi, himoya qiluvchi «qalqon» hisoblanadi.
Ma’naviyati yuksak, zaminlari mustahkam millat birligi ham mustahkam bo‘ladi. Unday
millatni zo‘ravonlik va qurol ishlatish yo‘li bilan kuchli va zamonaviy qurolga ega bo‘lgan
mamlakatlar tomonidan vaqtincha o‘ziga qaram qilishi mumkin, ammo uni ruhan yenga
olmaydi. Ruhiyati baquvvat millat, albatta, har qanday sharoitda ham o‘zligini yo‘qotmaydi,
ozodlik va mustaqil taraqqiyot uchun kurashadi. Shu ma’noda ham ma’naviyati baquvvat
millatni qurol bilan u yoki bu mamlakat yoki millat vaqtincha o‘ziga qaram qilib olishi
mumkin, ammo uning ustidan batamom g‘alaba qozona olmaydi.

References:

1.

Sh.Mirziyoev. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. T, O‘zbekiston-2023 yil

2.

S.Otamuratov. Globallashuv va miliy-ma’naviy xavfsizlik. T: O‘zbekiston nashriyoti,

2013 yil
3.

S.Otamuratov. Globallashuv va millatni asrash masuliyati.(Siyosiy-falsafiy qirralari) T,

O‘zbekiston nashriyoti -2018 yil
4.

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T, Ma’naviyat,2008 yil

5.

Karimov I.A.Istiqlol va ma’naviyat T: O‘zbekiston,1994 yil

6.

«Ma’rifat» gazetasi, 2012 yil, 12-dekabr. – 12-b.

7.

http://urbc.ru/1068003008-kolichestvo-polsovatele-setyh-thkter№et-vyroslo-№a-11-

po-vsemu-miru.html
8.

Z.Bzejinskiy. Velikaya shaxmatnaya doska. (Perevod O. Yu. Uralskoy). – Moskva:

Mejdunarodnie otnoshenie, 1998. – S. 39.

Библиографические ссылки

Sh.Mirziyoev. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi. T, O‘zbekiston-2023 yil

S.Otamuratov. Globallashuv va miliy-ma’naviy xavfsizlik. T: O‘zbekiston nashriyoti, 2013 yil

S.Otamuratov. Globallashuv va millatni asrash masuliyati.(Siyosiy-falsafiy qirralari) T, O‘zbekiston nashriyoti -2018 yil

Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch. T, Ma’naviyat,2008 yil

Karimov I.A.Istiqlol va ma’naviyat T: O‘zbekiston,1994 yil

«Ma’rifat» gazetasi, 2012 yil, 12-dekabr. – 12-b.

Z.Bzejinskiy. Velikaya shaxmatnaya doska. (Perevod O. Yu. Uralskoy). – Moskva: Mejdunarodnie otnoshenie, 1998. – S. 39.