Авторы

  • S.S. Saidjalolov
    O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.51960

Ключевые слова:

No‘mon ibn Sobit Mahmud Zamaxshariy ibn Xalikon Xoji Xalifa Muhammad ibn Idris ash-Shofeiy Ruus al-masail Toj at-tarojim A’lom.

Аннотация

Mahmud Zamaxshariy Movarounnahrdan chiqqan buyuk mufassir, mutakallim, faqihdir. Movarounnahrda ilmiy, madaniy va iqtisodiy ahvol tanazzulga yuz tutganida, Mahmud Zamaxshariy ilm-fanni tiklash va tiklashga xizmat qildi, xususan, Qur’on va fiqhda fidoyi olimlar bilan suhbatlashdi. Uning o‘nta asari bugun ma’lum bo‘lib, bu asarlar ustidagi ilmiy izlanishlar to‘xtovsiz davom etmoqda. Bu maqola asosan, “Ruus al-masail” ning islom huquqi rivojidagi asosiy manbalardan biri bo‘ladi.


background image

`

87

MAHMUD ZAMAXSHARIYNING ISLOM HUQUQI RIVOJIDA TUTGAN O‘RNI

S.S. Saidjalolov

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti,

tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

https://doi.org/10.5281/zenodo.14195547

Annotatsiya.

Mahmud Zamaxshariy Movarounnahrdan chiqqan buyuk mufassir,

mutakallim, faqihdir. Movarounnahrda ilmiy, madaniy va iqtisodiy ahvol tanazzulga yuz
tutganida, Mahmud Zamaxshariy ilm-fanni tiklash va tiklashga xizmat qildi, xususan, Qur’on va
fiqhda fidoyi olimlar bilan suhbatlashdi. Uning o‘nta asari bugun ma’lum bo‘lib, bu asarlar
ustidagi ilmiy izlanishlar to‘xtovsiz davom etmoqda. Bu maqola asosan, “Ruus al-masail” ning
islom huquqi rivojidagi asosiy manbalardan biri bo‘ladi.

Kalit so‘zlar:

No‘mon ibn Sobit, Mahmud Zamaxshariy, ibn Xalikon, Xoji Xalifa,

Muhammad ibn Idris ash-Shofeiy, Ruus al-masail, Toj at-tarojim, A’lom.

THE ROLE OF MAHMUD ZAMAKHSHARİ İN THE DEVELOPMENT OF ISLAMİC

LAW

S.S. Saidjalolov

Docent of the International Islamic Academy of Uzbekistan,

Doctor of Philosophy in History (PhD)


Annotation:

Maḥmūd Zamakhsharī is a great mufassir, mutakallim, jurist who came from

Movarounnahr. When the scientific, cultural and economic situation in Mā Warāʾ al-Nahr was
in decline, Maḥmūd Zamakhsharī served to revive and restore science, specially in Qur’ān and
fiqh sudies with selfless scientists. Ten of his works are known today, and scientific researches
on these works continue without stopping. This article will be one of the main sources of Ru’ūs
al-masā’ill in the development of Islāmic law.

Key words:

Nuʿmān ibn Thābit, Maḥmūd Zamakhsharī, ibn Khallikān, Ḥājjī Khalīfah,

Muḥammad ibn Idrīs ash-Shāfiʿī, Ru’ūs al-masā’il, Tāj al-tarājim, Qur’ān.


O‘tmishda o‘tgan har bir mujtahid o‘zi yashayotgan diyor shart-sharoitini ham yaxshi

bilgan va bu muhit uning fatvolarida o‘z aksini topgan. Shuning uchun turli diyorlardagi
mujtahidlarning ba’zi masalalar bo‘yicha bergan fatvolari bir-biriga o‘xshash bo‘lmagan.
Masalan, Imom Shofeiy (r.h.) Hijozda yashayotganida bir fatvoni bergan bo‘lsa, Misrga
borganidan so‘ng undagi shart-sharoit taqozosidan kelib chiqqan holda boshqacha fatvo
bergan. Yoki bir masala bo‘yicha Iroqda yashagan Imom Abu Hanifa (r.h.) bilan, Madinada
yashagan Imom Molik (r.h.)ning fatvolari bir biridan farq qilgan. Har bir musulmon islom
hukmlariga o‘z diyorlaridagi mujtahidlarning fatvolariga muvofiq amal qilgan. Bu islomda
mazhablarning yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan

1

.

Mujtahidlik maqomiga erishish uchun ilmning kamida besh sohasini mukammal bilish

talab etilishi ma’lum. Mazkur talab ijtihodning eng quyi darajasi uchun belgilangan. Fiqh va
faqihlarga bag‘ishlangan kitoblarda ijtihodning quyidagi yetti darajasi mavjudligi zikr qilingan:

1

S.Saidjalolov. Islomdagi mazhablar va oqimlar.-T:. Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa birlashmasi, 2012. B.

29.


background image

`

88

1.

Mujtahidi mutlaq. Abu Hanifa No‘mon ibn Sobit, Muhammad ibn Idris Shofeiy, Molik ibn

Anas, Ahmad ibn Hanbal, Sufyoni Savriy, Abdurahmon Avzo’iy kabi ham usuliy, ham far’iy
masalalarda mustaqil yondashuvga ega bo‘lgan hamda o‘z fiqhiy mazhablariga asos solgan
mujtahidlar

2

.

2.

Mujtahidi mazhab. Usulda mazhabboshiga ergashgan, ammo ayrim juz’iy masalalarda u

bilan farqli qarashga ega bo‘lgan mujtahidlar. Imom A’zamning ikki mashhur shogirji Imom Abu
Yusuf, Muhammad ibn Hasan Shayboniylar kabi.
3.

Mujtahidi muntasib. Usulda ham, furu’da ham mazhabboshiga ergashgan holda

mazhabboshidan hech qanday rivoyat bo‘lmagan masalalarda fatvo bergan mujtahidlar.
4.

Mujtahidi muxarrij. Bir mazhabdagi mujtahidlarning turli fatvolari orasidan dalili kuchli

va sahihini ajratib bergan mujtahidlar.
5.

Mujtahidi murajjih. Bir mazhabdagi mujtahidlarning fatvolarini saralab, ulardan qaysi biri

yaxshiroq va haqiqatga yaqinroq ekanini aniqlab beruvchi mujtahidlar. Ayrim olimlar muxarrij
va murajjih darajalari asli bir toifa deydilar, mazmun jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgani uchun.
6.

Muftiylar va huffozlar. Mujtahid darajasiga yetmagan, mazhab masalalarida mustaqil

fatvo bera olmaydigan, ammo fiqhni chuqur o‘zlashtirgan, mazhabdagi fatvolarning ko‘pini yod
olgan (huffoz – hofizning ko‘pligi – yodlagan, yodlaganlar) kishilar. Ular mazhab fatvolarini
kishilarga yetkazib beruvchilardir.
7.

Muqallidlar. Ijtihod va fatvo darajasiga yetmaganlar. Ularga mazhabga ergashish vojibdir.
To‘rtinchi hijriy asrgacha ko‘plab mujtahidlar faoliyat olib borgan, har birining o‘ziga xos

uslubi, yo‘nalishi bo‘lgan va ko‘plarining o‘z mazhablari bo‘lgan. Abdulvahhob ibn Ahmad as-
Sha’roniy (vaf. 973/1565) o‘zining “al-Miyzan ash-sha’roniyya” asarida mazhablar sonini
quyidagicha zikr qilgan:
1.

Abdulloh ibn Mas’ud (r.a.) (vaf. 32/653) mazhabi

2.

Oisha (r.a.) (vaf.58/678) mazhabi

3.

Abdulloh ibn Umar (r.a.) (vaf. 73/692) mazhabi

4.

Umar ibn Abdulaziz ibn Marvon ibn Hakam (vaf. 101/720) mazhabi

5.

Mujohid ibn Jobir (vaf. 104/722) mazhabi

6.

Sha’biy (vaf. 103/721) mazhabi

7.

Ato ibn Abu Raboh (vaf. 114/732) mazhabi

8.

Al-A’mash Sulaymon ibn Mehron (vaf. 148/765) mazhabi

9.

Imom A’zam (vaf. 150/767) mazhabi

10.

Sufyon as-Savriy (vaf. 161/778) mazhabi

11.

Imom Lays ibn Sa’d (vaf. 175/791) mazhabi

12.

Imom Molik (vaf. 179/795) mazhabi

13.

Sufyon ibn Uyayna (vaf. 198/814)mazhabi

14.

Imom Shofe’iy (vaf. 204/820) mazhabi

15.

Ishoq ibn Ibrohim ibn Rohavayh (vaf. 238/852) mazhabi

2

Ibn Obidiyn. Hashiya ibn Obidiyn. –Riyoz: Dar alam al-kutub, 2003. J.1.-B: 41.


background image

`

89

16.

Imom Ahmad (vaf. 241/855) mazhabi

17.

Imom Dovud (vaf. 270/884) mazhabi

18.

Muhammad ibn Jarir Tabariy (vaf. 310/923) mazhabi

3

Ushbu mujtahidlar asos solgan mazhablarning hammasi ham o‘z vaqtida amalda bo‘lgan.

Lekin vaqt o‘tishi bilan muayyan omillarga ko‘ra, bu mazhablarning orasidan to‘rt mazhab
ajralib chiqdi:
1.

Hanafiy

2.

Molikiy

3.

Shofeiy

4.

Hanbaliy mazhablari
Bizningcha, to‘rt mazhab saqlanib qolishining asosiy omili bu mazhablar ta’limotlari

boshqa mazhablardan kuchliroq ekani emas, balki to‘rt mazhab boshqa o‘n to‘rt mazhab
ta’limotini ham qamrab olganidir.

Movarounnahr fiqh maktabining o‘ziga xos jihatlaridan, yutuqlaridan biri unda

mazhablarni qiyosiy o‘rganish maktabi shakllanganidir. Huquqshunoslik sohasida “Qiyosiy
huquqshunoslik” alohida yo‘nalish hisoblanadi. Turli huquqiy ta’limotlarni qiyoslash,
solishtirish, yondashuvlarni tahlil qilishga qurilgan mazkur fanga dastlabki qadam, dastlabki
tamal toshi Markaziy Osiyoda, uning qadim ilmiy markazlaridan biri Buxoroda qo‘yilgan. Abu
Zayd Dabusiy o‘z asarida mazhablarning huquqiy qarashlarini qiyoslaydi. Professor
A.Sh.Jo‘zjoniy fikricha, alloma qiyosiy huquqshunoslikning asoschisi hisoblanadi

4

. Dunyo

huquqshunoslik tizimida “comparative law” - qiyosiy huquqshunoslik alohida o‘ringa ega.
Taniqli huquqshunos olim, akademik A.X.Saidov bu fanni komparativistika deya nomlanishini
ta’kidlagan. A.X.Saidov mazkur yo‘nalishda bir qancha kitoblar va darsliklarni ta’lif etgan

5

.

Mahmud Zamaxshariy bilan zamondosh bo‘lgan, asarlar ta’lif etgan quyidagi mashhur

mazhab faqihlarini zikr ish mumkin.

Mashhur hanafiy faqihlar:

1.

Shamsul–aimma Muhammad ibn Ahmad as–Saraxsiy

2.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali Domg‘oniy

3.

Ali ibn Muhammad Bazdaviy

4.

Shamsul-aimma Bakr ibn Muhammd Zaranjariy

5.

Tohir ibn Ahmad Abdurrashid Buxoriy

6.

Abu Bakr Alouddin Muhammad ibn Ahmad Samarqandiy

7.

Abu Ishoq Ibrohim ibn Ismoil As–Sifor

8.

Abu Bakr ibn Mas’ud ibn Ahmad Kosoniy

9.

Faxriddin Hasan Mansur O‘zganiy Farg‘oniy Qozixon

10.

Ali ibn Abu Bakr ibn Abduljalil Burhoniddin Marg‘inoniy

6

Mashhur molikiy faqihlar:

3

Sha’roniy. Al-miyzan ash-sha’raniya. –Damashq, Dar al-fatva lit-tiba’a van-nashr, 2021. –B. 194

4

Jo‘zjoniy A. Islom huquqi, hanafiy mazhabi va O‘rta Osiyolik faqihlar. –T: Toshkent islom universiteti nashriyot-

matbaa birlashmasi, 2002. –B.245.

5

Saidov A.X. Sravnitelnoye pravovedeniye. –Moskva: Yuridicheskoye izdatelstvo Norma, 2021.-320 s.

6

Islomov Z. Saidjalolov S. Mahmud Zamaxshariy va fiqh ilmi. –T:. Toshkent islom universiteti nashriyot-matbaa

birlashmasi, 2011. –B.28


background image

`

90

1.

Abul–Valid Sulaymon ibn Xalaf Al–Bojiy.

2.

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn Umar at–Tamimiy al–Mozar’iy.

3.

Abu Bakr Muhammad ibn Abdulloh, Ibnul Arabiy.

4.

Qozi Iyoz, Abul–fazl Iyoz ibn Muso al–Yaxsabiy.

5.

Ismoil ibn Makkiy al–Ufiy.

6.

Muhammad ibn ahmad Ibn Rushd al–Hafiyd.
Mashhur shofeiy faqihlar:

1.

Abu Ishoq Ibrohim ibn Ali Feruzobodiy.

2.

Ibn Sabbog’ Abu Nasr Abdussayyid ibn Muhammad.

3.

Abu Sa’iyd Abdurrahmon ibn Ma’mun al–Mutavalliy.

4.

Imomul–haramayn Abul–Ma’oliy Abdulmalik ibn Abdulloh al–Juvayniy.

5.

Abul–Mahosin Abdulvohid ibn Ismoil ar–Ruyoniy.

6.

Hujjatul–islom Abu Homid Muhammad ibn Muhammad G‘azzoliy.

7.

Abu Ishoq Ibrohim ibn Mansur al–Iroqiy.

8.

Abu Sa’d Abdulloh ibn Muhammad Hibatulloh ibn Abiy Asrun at–Tamimiy al–Musiliy.
Mashhur hanbaliy faqihlar:

1.

Ash–Shariyf, Abu Ja’far al–Hoshimiy.

2.

Ibnul–Banno Hasan ibn Ahmad Abdulloh al–Bag‘dodiy.

3.

Al–Xalvoniy, Muhammad ibn Ali ibn Usmon.

4.

Abul–Xattob, Mahfuz ibn Ahmad ibn Hasan.

5.

Ibn Aqiyl, Ali ibn Muhammad al–Bag‘dodiy.

6.

Ibn az–Zag‘voniy, Ali ibn Abdulloh Nasr.

7.

Abdulloh ibn Abdulvohid ibn Muhammad Sheroziy.

8.

Ibn Abdus, Ali ibn Umar ibn Ahmad.

9.

Ibn Hubayra, Yaxyo ibn Abiy Mansur al–Vaziyr

7

.

Islom dini ta’limotida asosiy aqidaviy masalalar yuzasidan davom etgan g‘oyaviy bahslar

deyarli yakun topgan, buning natijasi o‘laroq fiqh ilmi ilmi taraqqiy topgan davrda yashagan
Mahmud Zamaxshariy, tabiiyki mazkur sohaga bag‘ishlangan asarlar ta’lif etgan. Mahmud
Zamaxshariy (nafaqat mufassir, tilshunos, adib va shoir, balki yetuk faqih sifatida ham tanildi.

Zamaxshariyning fiqh, ya’ni islom huquqi sohasi bo‘yicha amalga oshirilayotgan

tadqiqotlarning ilk bosqichida allomaning yetuk faqih, yetuk huquqshunos ekani borasidagi
fikrlarga ayrim zamondosh mutaxassislar tomonidan e’tiroz bildirilgan edi. Mahmud
Zamaxshariyni asosan mohir tilshunos, lug‘atshunos, tafsirshunos sifatida bilardilar. Ammo
yillar davomida uning fiqhiy merosini o‘rganish alloma nafaqat tilshunoslik, lug‘atshunoslik,
adabiyotshunoslik, tafsirshunoslikning, balki shariat masalalari, islom huquqiga oid ibodat va
muomalot ahkomlarining ham yetuk bilimdoni ekanini ko‘rsatdi.

7

O‘sha asar.-B.30

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)