Авторы

  • Murodjon Xalmuratov
    O‘zDJTSU “Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati” kafedrasi o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.51963

Аннотация

Futbolga endi kirib kelgan yosh futbolchilarga texnik usullarni o‘zlashtirib olishni o‘zigina kifoya emas, balki mashg‘ulotlarda muntazam ravishda kamolotga etkazib borishga, eng oddiy usuldan asta-sekin jihatdan murakkabroq usullarga o‘tib boraverish kerak.


background image

`

79

FUTBOLCHILARNING TEXNIK-TAKTIK HARAKATLARINI

TAKOMILLASHTIRISH USLUBIYATI

Xalmuratov Murodjon Yuldashevich

(O‘zDJTSU “Qishki va murakkab-texnik sport turlari nazariyasi va uslubiyati”

kafedrasi o‘qituvchisi)

https://doi.org/10.5281/zenodo.14177445

Futbolga endi kirib kelgan yosh futbolchilarga texnik usullarni o‘zlashtirib olishni

o‘zigina kifoya emas, balki mashg‘ulotlarda muntazam ravishda kamolotga etkazib borishga,
eng oddiy usuldan asta-sekin jihatdan murakkabroq usullarga o‘tib boraverish kerak.

Futbolchilar butun o‘yin davomida to‘pni o‘rtacha 2-3 minutgina olib yuradi, aksari

bundan ham kamroq vaqt ketadi, u to‘pni 20-25 tagacha, har xil darajada tepadi. SHunday
ekan, futbolchi kundalik trenirovkalarda to‘p uzatishning u yoki bu shaklini aniq ijro etish
borasida ishlamasa, yuqoridagi sharoitda u aniq to‘p tepish hissidan mahrum bo‘laveradi.

Taktik xarakatlarni o‘yin texnikasi bilan bir vaqtda o‘rganish maqsadga muvofiqqligi

yuqori bo‘limlarda e’tirof etilgandi. CHunki dastlabki mashg‘ulotlarda yosh futbolchilarda
mustaqillik, mo‘ljal olish tezkorligi xamda ijodiy faollikni tarbiyalash juda muxim. SHunda
mashqlarni tanlash kerakki, ularni bajarish chog‘ida shug‘ullanuvchilar vaziyatni anglab,
muayyan qarorlar qabul qilishi, o‘z faoliyatini baxolab, umumlashtira olishi lozim.

Taktikani o‘zlashtirishning dastlabi boskichida murakkab reaksiyalar tezkorligi mo‘ljal

olish va ziyraklik, futbolchilarda ko‘prok jismoniy va texnik tayyorgarlik jarayonida
rivojlanib boradi. Buning uchun mashqlarga qo‘shimcha sharoitlar kiritiladi:
- ovozli va ko‘rish mumkin bo‘lgan signallardan foydalaniladi. (o‘yinchilar to‘p bilan yoki
to‘psiz bajaradigan u yoki bu harakatlarni tez o‘zlashtira olishlari uchun)
- to‘plarning miqdori, fishkalar, yordachi jixozlar bilan bog‘liq mashqlarning mo‘ljal yoki
chegaralari soni ko‘paytiriladi.
-

harakatlarning

murakkablashtirish,

qiyinlashtirishga

o‘rgatiladi,

ularda

shug‘ullanuvchilarning joy almashtirish tezligining harakat yo‘nalishiga bog‘lik buladi.
- shartli sheriklarining faol yoki passiv qarshiligidan foydalaniladi, bunda qo‘shimcha
sharoitlar yoki murakkablashtirishlar texnik usullar asosida yotuvchi jismoniy sifatlarning
rivojlantirishiga yoki xarakat ko‘nikmalarining shakllanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmasligiga
axamiyat berish muxim.

Texnikaga oid u yoki bu mashqni bajarishda avval, shug‘ullanuvchilarning

imkoniyatiga mos shunday taktik topshiriq tanlab berish kerakki, usullarning
o‘zlashtirilishini murakkablashtirmasin, balki uning to‘g‘ri anglanishiga o‘zgaruvchan
sharoitlarda oqilona qo‘llanilishiga ko‘maklashsin. Masalan, yosh futbolchi bir vaktning
o‘zida harakat boshlash uchun qulay payt tanlab, ham zarba yo‘nalishini aniqlashi yoki
sheriklarining joylashuvi va siljishiga qarab to‘pni olib yurishi lozim bo’lgan sharoitlarda
mashq bajarishi mumkin. Keyin aloxida xarakatlarni o‘zlashtirish raqibsiz o‘tkazilgan
mashqlarda passiv raqiblar bilan va nixoyat o‘yin mashqlarida faol raqib bilan davom
ettiriladi. Bu bosqichda muxim vazifani bajaradi. Uning faoliyatini murabbiy yo‘naltirib
turadi. O‘rganilgan ko‘nikma o‘yin sharoitida ko‘p marotaba takrorlash yo‘li bilan
mustaxkamlanadi. Bunday yosh futbolchiga muayyan topshiriqlar beriladi. O‘quv-
mashg‘ulot va o‘rtoqlik o‘yinlarida ximoyadan xujumga va xujumdan ximoyaga o‘tishda


background image

`

80

to‘pni o‘yinna kiritish vaqtida joy tanlashga aloxida e’tibor qaratish zarur. O‘yinchilarning
raqibdan uzilib keta olishiga, jamoa o‘yinchilarning ochiq joyiga chiqishiga shuningdek, o‘z
o‘yinchilarni yo‘qotgan zaxoti raqib o‘yinchisini o‘z vaqtida to‘g‘ri bekitishga erishish
kerak.

Futbolda guruxli taktik xarakatlarning asosini 2, 3 va undan ko‘proq o‘yinchilarning

muayyan usullardagi o‘zaro munosabatlari tashkil etadi axamiyat berishi zarur. Ikki va
uch undan ortiq o‘yinchilarning munosabatlarini yanada takomillashtirish o‘yin mashqlari
va o‘quv o‘yinlari jarayonida davom ettiriladi. O‘yin mashqlari dastlab, xujumchilar
mikdori jixatdan ustunligida, keyin xujumchilar va ximoyachilar sonini tenglashtirib va
nixoyat xujumchilar midorni kamaytirib o‘tkaziladi. O‘yin mashqlari xamda o‘quv o‘yinlariga
futbolchilarni o‘rganilgan usullarni qulay vaziyatlarda qo‘llashga majbur qiluvchi
sharoitlarni kiritish maqsadga muvofiq. O‘yin mashqlarini bajarish va o‘quv o‘yinlarini
bajarish chog‘ida murabbiy shug‘ullanuvchilarning harakatlarini to‘g‘ri davom ettirishi
uchun eng qulay variantlarni tanlash malakasi yuzaga kelgan vaziyatni mustaqil baxolay
olishga muayyan sharoitda mo‘ljal olish tezligiga alohida axamiyat berishi zarur.

References:

1.

D.K.Karimov “O‘rta yoshli velosipedchilarning o‘ziga xos tayyorgarligi va organizm

holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar”. Maqola. Educational Research in Universal Sciences 2
(14), 751-755. 2023 yil.
2.

D.K.Karimov, A.K.Karimov “Importance of effective tactical systems at football”. Ilmiy

maqola. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Vol. 7 No. 12,
2019 ISSN 2056-5852. 2019 yil.
3.

R.R.Zakirova,

I.N.Tuxfatullina,

D.K.Karimov

“Совершенствование

методики

повышения мастерства велосипедистов - шоссейников на основе аспектов физического
развития при занятиях велоспортом”. Maqola. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni
rivojlantirishning falsafiy, huquqiy va sotsiologik muammolari konferensiyasi. 2020 yil.
4.

D.K.Karimov “O'rta yoshli aholi uchun sog'lomlashtiruvchi yo'nalishdagi mashg'ulotlarni

o'tkazish xususiyatlari”. Maqola. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences,
1(7), 365-369, 2023 yil.
5.

D.K.Karimov “Velosipedda yurish orqali o‘rta yoshli aholi orasida o‘tkaziladigan

sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarining tibbiy-fiziologik asoslari”. Maqola. Educational Research
in Universal Sciences 2 (15), 94-99. 2023 yil.
6.

A.Yu.Atajanov, D.K.Karimov “Harakatli o‘yinlarning yosh sportchilar va bolalarni

tarbiyalashdagi nazariy ahamiyati”

.

Maqola. Educational Research in Universal Sciences 2

(15), 174-178. 2023 yil.

Библиографические ссылки

D.K.Karimov “O‘rta yoshli velosipedchilarning o‘ziga xos tayyorgarligi va organizm holatini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar”. Maqola. Educational Research in Universal Sciences 2 (14), 751-755. 2023 yil.

D.K.Karimov, A.K.Karimov “Importance of effective tactical systems at football”. Ilmiy maqola. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences. Vol. 7 No. 12, 2019 ISSN 2056-5852. 2019 yil.

R.R.Zakirova, I.N.Tuxfatullina, D.K.Karimov “Совершенствование методики повышения мастерства велосипедистов - шоссейников на основе аспектов физического развития при занятиях велоспортом”. Maqola. O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishning falsafiy, huquqiy va sotsiologik muammolari konferensiyasi. 2020 yil.

D.K.Karimov “O'rta yoshli aholi uchun sog'lomlashtiruvchi yo'nalishdagi mashg'ulotlarni o'tkazish xususiyatlari”. Maqola. Theoretical aspects in the formation of pedagogical sciences, 1(7), 365-369, 2023 yil.

D.K.Karimov “Velosipedda yurish orqali o‘rta yoshli aholi orasida o‘tkaziladigan sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarining tibbiy-fiziologik asoslari”. Maqola. Educational Research in Universal Sciences 2 (15), 94-99. 2023 yil.

A.Yu.Atajanov, D.K.Karimov “Harakatli o‘yinlarning yosh sportchilar va bolalarni tarbiyalashdagi nazariy ahamiyati”. Maqola. Educational Research in Universal Sciences 2 (15), 174-178. 2023 yil.