Авторы

  • Shaxnoza Umarova
    Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.51964

Ключевые слова:

tarbiya ta’lim-tarbiya o‘quv topshiriqlari nutq kompetensiyasi til intellektual rivojlanish

Аннотация

Ta’lim traektoriyasini metodik shakllantirish imkoniyatini yaratilishi 1-5 sinf o‘quvchilarining milliy g‘ururi kompetensiyalarini takomillashtirish, talabalarning fanga qiziqishi, hamda bir o‘quv topshirig‘ini bajarish asnosida bir nechta nutqiy ko‘nikmani rivojlantira olish imkoniyatiga ega bo‘lishi, 1-5 sinf o‘qituvchilarining topshiriqlarini amalga oshirishga ongli yondashishi, bajarishda didaktik ketma-ketlikka rioya qilishi, topshiriqlarni zamonaviy axborot manbalaridan topish uchun sun’iy intellekt bilan to‘g‘ri muloqot qila olishi, joriy etilishi maqsadga muvofiq ekanligi asoslab berilgan.


background image

`

75

ONA TILI TA’LIM MAZMUNINI INTEGRATSIYALASHTIRISHDA

O‘QUVCHILARNI MILLIY G‘URUR ASOSIDA METODIK RIVOJLANTIRISH

MEXANIZMI

Umarova Shaxnoza Maxmudjanovna

Toshkent Amaliy Fanlar Universiteti

Pedagogika kafedrasi katta o‘qituvchi

shaxnozmaxmudova35@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14173153

Annotatsiya

: Ta’lim traektoriyasini metodik shakllantirish imkoniyatini yaratilishi 1-5

sinf o‘quvchilarining milliy g‘ururi kompetensiyalarini

takomillashtirish

,

talabalarning fanga

qiziqishi, hamda bir o‘quv topshirig‘ini bajarish asnosida bir nechta nutqiy ko‘nikmani
rivojlantira olish imkoniyatiga ega bo‘lishi, 1-5 sinf o‘qituvchilarining topshiriqlarini amalga
oshirishga ongli yondashishi, bajarishda didaktik ketma-ketlikka rioya qilishi, topshiriqlarni
zamonaviy axborot manbalaridan topish uchun sun’iy intellekt bilan to‘g‘ri muloqot qila olishi,
joriy etilishi maqsadga muvofiq ekanligi asoslab berilgan.

Kalit so‘zlar:

tarbiya, ta’lim-tarbiya, o‘quv topshiriqlari, nutq kompetensiyasi, til,

intellektual rivojlanish

Аннотация.

Создание возможности методично формировать образовательную

траекторию, совершенствовать компетенции национальной гордости учащихся 1-5
классов, развивать интерес учащихся к науке, уметь развивать несколько речевых
навыков в ходе выполнения одного учебного задания. Обосновано, что учителя 1-5
классов должны осознанно подходить к выполнению заданий, соблюдать
дидактическую последовательность при их выполнении, уметь правильно
взаимодействовать с искусственным интеллектом, чтобы находить задания из
современных источников информации.

Ключевые слова:

образование, воспитание, учебные задачи, речевая

компетентность, язык, интеллектуальное развитие.

Annotation.

Making it possible to methodically shape the educational trajectory, to

improve the competencies of national pride of students in grades 1-5, to develop students'
interest in science, to be able to develop several speech skills in the course of one learning task.
It is substantiated that teachers of grades 1-5 should be consciously approach to the
performance of tasks, observe didactic sequence in their performance, be able to interact
properly with artificial intelligence to find tasks from modern sources of information.

Key words:

education, education, learning tasks, speech competence, language,

intellectual development.

Kirish.

Har bir kishi odamlar orasida farovon yashashi uchun u yaxshi ta’lim-tarbiya

ko‘rgan bo‘lishi kerak. Darliklarning bugungi kundagi holati birmuncha tahlillarga muhtoj deb
o‘ylayman chunki 1-5 sinf bu ta’limning poydevori hisoblanadi. Ma’lumki, “Tarbiya” fani
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi bilan umumiy o‘rta ta'lim muassasalarida
2020-2021-o‘quv yilidan boshlab joriy qilindi. Ushbu fan uzluksiz ma'naviy tarbiya
konsepsiyasining bir qismi sifatida o‘quvchilarda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”
g‘oyasini singdirish, ularni ijtimoiy muvaffaqiyatli hayotga tayyorlash, faol fuqarolik
pozitsiyasi, mas'uliyat, majburiyat, huquqiy ong va madaniyat, teran dunyoqarash, sog‘lom


background image

`

76

e’tiqodlilik, ma'rifatparvarlik, bag‘rikenglik kabi fazilatlarni shakllantirishni maqsad qilib
qo‘ygan. Ona tili fani bilan tarbiya fanini integratsion o‘zlashtirish muvaffaqiyati motivatsion
omillar va 1-5 sinf o‘quvchilarining milliy g‘ururi kompetensiyalarni rivojlantirishda umumiy
boshlang‘ich ta’lim ko‘nikmalarini rivojlantirish darajasiga bog‘liqdir. Bular nutq orqali amalga
oshadi. Nutq a’zolarining harakati jarayonida paydo bo‘ladi. Ruhiy hodisa bo‘lgan tilning ifoda
vositalari nutq ixtiyoriga o‘tgach, haqiqatga aylanadi. Demak, nutq nutq faoliyatining
mahsulotidan, ma’lum shaklga kirishidan iborat.

Odam ongida nutqi rivojlanishi bilan bir qatorda, ong ostida mumkin bo‘lgan

harakatlarning ichki rejasi tuziladi, muayyan vaziyatda amalga oshiriladigan harakatlar
modellari yaratildi. Bu borada L.S.Vigotskiy, I.Ya.Zimnyaya, A.A.Leontev, Ya.A. Ponomarevning
ishlarida aks etgan.

S.L.Rubenshteynning psixologik tadqiqotlar tahlili til tashuvchisini shakllantirishning

muvaffaqiyati ta’limda kommunikativ rivojlanish darajasiga bog‘liqligi haqida gapirishga
imkon beradi.

“Ta’limda kommunikativ rivojlanishi” iborasi I.Ya.Zimnyayaning fikricha, quyidagilarni

ta’minlaydigan murakkab ko‘p qirrali hodisa sifatida ko‘rib chiqilishi kerak:
- lug‘at hajmi;
- nutq qoidalarini egallashning mohirlik darajasi;
- fikrini ongli ravishda izchil bayon qila olish qobiliyati, suhbatdoshining replikalariga munosib
javob bera olish, eshitganlariga munosabat bildirish ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan og‘zaki
muloqot shakllarini bilish darajasi;
- ko‘rsatkichi o‘qish sur’ati bo‘lgan o‘qish texnologiyasi darajasi;
- yozma nutq ko‘nikmalarini shakllantirish darajasi, kognitiv qiziqishlarini shakllantirish
darajasi;
- umumiy dunyoqarash.

Mazkur talablarni amalga oshirish uchun ona tili ta’limida pragmatik yondashuvga

asoslangan mustaqil ta’lim topshiriqlari tizimini ishlab chiqish lozim. Buning uchun turli nutq
vaziyatiga mos fikr ifodalash imkonini beruvchi, o‘zaro muloqotning samarali bo‘lishiga xizmat
qiluvchi kognitiv-pragmatik ta’limning afzalliklarini o‘rganib chiqish kerak bo‘ladi.
Boshlang‘ich ta’lim tizimi, topshiriqlarining o‘ziga xos xususiyatlarini quydagi metodik
yondashuv asosida izohlaymiz.

Bu borada Jahon pedagogikasi mo‘tadillik, amaliylik va

erishuvchanlik tamoyillariga tayanadi. Pragmatizm–ta’limni hayotga yaqinlashtirish, ta’lim
maqsadlariga amalda erishish tarafdori bo‘lgan falsafiy-pedagogik yo‘nalishdir. Pragmatik
falsafa asoschilari V.V.Bogdanov va V.S Grigoreva idealizm va materializmdan tashqarida
turgan yangi falsafani yaratishni talab qilishdi. Dastlabki pragmatistlarning g‘oyalari
Amerikalik faylasuf va pedagog D. Dyui

tomonidan ishlab chiqilgan. Ma’lumki, Jahon

pedagogikasida “ta’lim uchburchagi” degan tushuncha mavjud, bu ta’lim jarayonining uchta
asosiy komponenti hisoblanadi.

Bu haqida bir qancha olimlar o‘z fikrini bildirgan. Jumladan, ingliz olimi Jon Orlando

“o‘quv rejasi DTS, o‘quv dastur, o‘qitish va baholash ta’limning uchta asosiy tarkibiy qismi”, –
degan. Milton Chen esa obrazli ta’lim topshiriqlari jarayonini uch oyoqli kursiga o‘xshatib,
birortasida xatolik yuz bersa, butun bir ta’lim qulaydi, degan fikrni ilgari suradi. Ingliz olimi
Deylan Viliam tavsifi bo‘yicha, “o‘qitishda topshiriqlar va ta’lim maqsadi o‘rtasidagi ko‘prik”,


background image

`

77

ya’ni o‘qitishning ta’lim maqsadiga mosligini o‘lchovchi, tekshiruvchi mezon bu
rag‘batlantirish, baholash ekanligini uqtiradi.

Pragmatik pedagogika hayotdan olingan

maqsadlarni himoya qiladi. Amerika maktabi pragmatik ta’lim zarurligini isbotlay olgan va
umumiy aholining taraqqiyoti va manfaatlariga mos keladigan ta’lim maqsadlarini taklif qila
olgan. Ta’lim D.Dyuining fikricha, insonni hayotga tayyorlash vositasi emas, u hayotning o‘zi.
Tarbiya odamlarni birlashtirishi, yoshlarni ijtimoiy tinchlik va totuvlik ruhida tarbiyalash
lozim.

D. Dyui ta’lim tizimi ijtimoiy muhitni yaxshilash, jamiyat turini inqilobiy o‘zgarishlarsiz

o‘zgartirishning hal qiluvchi vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘quv maqsadlari D.Dyuining
uslubiy ko‘rsatmalari zamonaviy nazariyalar bilan hamohang.

Bu nazariyotchilarning fikrlarini umumlashtirib, pragmatik pedagogikani tarbiyalashning

umumiy maqsadi shaxsning o‘z-o‘zini tasdiqlashi, tan olishi, degan xulosaga kelish mumkin.
Uning fikriga ko‘ra, ta’lim hayotiy muammolarni qanday hal qilishni o‘rgatishi kerak. Ona tili
ta’lim mazmunida ham har bir dars mashg‘ulot asosida beriladigan savol, topshiriq va mashqlar
ham xuddi shunday 1-5 sinf o‘quvchilarining

hayotiy muammolarini yechishga yo‘naltirishi

lozim. Bu borada o‘zbek olimlari olib borilayotgan tadqiqotlardan ham foydalanish lozim.
Bunday tadqiqot ishlarga biz oxirgi yillardagi tadqiqotlarga e’tibor qaratdik. M.R.Hazratqulov,
K.M.Mavlonova, N.Z.Umarova va G‘.H.Hamrayev., Axmedova M.E., kabi tilshunos-metodist
olimlarning tadqiqotlarini kiritishimiz mumkin.

Tarbiya fani bilan ona tili fanini o‘qitishda didaktik o‘yinlardan, interfaol usullardan

foydalanish ta'lim jarayonida o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va kamol toptirishda muhim
ahamiyat kasb etadi. Didaktika – ta’lim nazariyasi hisoblanadi. Didaktik o‘yinlar esa
o‘quvchilarning ijodiy ish faoliyatini kuchaytiradi, ixtiyoriy diqqatini jamlashga yordam beradi,
shuningdek xotirani takomillashtiradi. Didaktik o‘yin jarayonida o‘quvchilar o‘zlari sezmagan
holda juda ko‘p harakatlarni,mashqlarni bajaradilar, turli masalalarni yechadilar. “O‘zbek
tilining izohli lug‘ati” da “milliy” so‘zi (arabcha) biror millatning o‘ziga xos xususiyatini
ifodalovchi, biror mamlakat va uning aholisi bilan bog‘liqligi ta’riflanadi. Demak, o‘zbek
millatiga oid, O‘zbekistonni davlat, mamlakat sifatidagi tarixiga oid barcha moddiy va ma’naviy
qadriyatlar milliy qadriyat sanaladi. Shu ma’noda me’moriy obidalar har ikki maqomdagi
qadriyat sifatida ham ijtimoiy, ham pedagogik (tarbiyaviy) ahamiyat va mohiyat kasb etadi.
“G‘urur” so‘zi ham arabcha so‘z bo‘lib, insonning o‘z qadr-qimmatini bilish, uni hurmat qilish
hissi, faxrlanish tuyg‘usi, faxr, iftixor, faxrlanishga asos bo‘ladigan narsa tariqasida talqin
etilgan. Bolalarda faxrlanish tuyg‘usi, avvalo, o‘zi yashab turgan hudud, u yerda mavjud
qadriyatlar asosida shakllanadi. Me’moriy obidadalar esa ham bevosita, ham bilvosita ta’sir
etuvchi omil sifatida samarali qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan vositadir. Milliy g‘urur tushunchasi
“Mustaqillik: ilmiy-ommapob lug‘at”da “Milliy g‘urur – millatning o‘z-o‘zini anglashi natijasida
sodir bo‘ladigan doimiy ichki ruhiy ko‘tarinkilik. U o‘z ona zamini, avlod-ajdodlari tomonidan
qoldirilgan moddiy, ma‟naviy merosdan, o‘z millatining jahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan
ulushlaridan, o‘zga millatlar oldidagi qadr-qimmati, obro‘-e’tiboridan faxrlanish hissiyotidan
iborat. Milliy g‘urur o‘z millatining chinakam fidoyisi bo‘lgan har bir insonga xos ichki ruhiy
tuyg‘udir... milliy g‘urur har bir kishida o‘z millatining moddiy, ma’naviy meroslarini
o‘zlashtirish, urf-odatlari, an’analari, qadriyatlarini va tarixini mukammal bilish hamda uni
o‘zga millatlarniki bilan qiyoslash natijasida shakllanadi”.


background image

`

78

Demak, 1-5 sinf o‘quvchilari taqdim etilayotgan ona-Vatan haqidagi matnni materialni –

1) o‘qiy olish; 2) o‘qiganini anglay olish; 3) o‘qigan va anglaganlarini to‘g‘ri (xatosiz) yoza olish,
4) boshlang‘ich malaka va ko‘nikmalariga ega bo‘lmog‘i, 5) nutqiy va lingvistik kompetensiyaga
ega bo’lmog‘i zarur. Ko‘rinib turibdiki, mazkur o‘rinda ona tili ta’lim mazmuning umumiy
maqsadiga urg‘u berilyapti.

Xulosa

o‘rnida shuni ta’kidlash lozimki, topshiriqlarni rivojlantirishning pedagogik,

lingvodidaktik-psixologik va pragmatik xususiyatlarini, didaktik tizimni modellashtirish
asosida 1-5 sinf o‘quvchilarining fikrlashga undaydigan, bir fikrni ikkinchi bir fikr bilan
taqqoslash va yakuniy xulosani ayta oladigan nutqiy va lingvustik ko‘nikmalarni rivojlantirish
asosida milliy g‘ururi xizmat qilishi lozim. Muloqot davomida odatda savollarga to‘g‘ri javob
bergani uchun o’quvchiga rag‘bat yoki noto‘g‘ri javob bergan taqdirda ularga dashnom beriladi.
Dars mashg‘ulotida 1-5 sinf o‘quvchilarining milliy g‘urur kompetensiyalarni
takomillahtirishda savol berishga undash mumkinmi, ko‘p hollarda bunga e’tibor berilmaydi,
imkoniyat yaratilmaydi. 1-5 sinf o‘qituvchilari tomonidan o‘quvchiga savol berilsa, aksariyat
holatda rag‘batlantirilmaydi. 1-5 sinf o‘quvchilarining milliy g‘urur kompetensiyalarni
takomillahtirishda asosan, javob beruvchidir.

Aslida o’quvchiga ko‘proq savol berishni, savol

tuzishni, savollar dallilarga tayanishni o‘rgatish lozim.

References:

1.

Mavlonova K.M. Ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn orqali integratsiyalab

o‘qitish metodikasini takomillashtirish: ped.fan.b. fal. dok. … dis. – T.: 2019. – 142 b.

2.

Hamrayev G‘.H. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida fonetikaga doir o‘quv materiallarining

metodik ta’minotini takomillashtirish: ped.fan.b. fal. dok. … dis. – S.: 2019. – 124 b,
3.

Pirnazarova A. Tarbiya fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va

unda ta'lim va tarbiyaning uzviyligi: tarbiya fanini o‘qitishda didaktik o‘yinlar//Yangi
Oʻzbekiston talabalari axborotnomasi 2022. 77-78b.
4.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдлик.

5-жилд.

– Т.: ЎзМЭ, 2020, – 150 б.

5.

Xasanova Sh. Tarixiy obidalar bilan tanishtirish jarayonida tarbiyalanuvchilarda milliy

g‘ururni shakllantirish// International scientific journal volume 1 issue 7 uif-2022: 8.2 | issn:
2181-3337
6.

Mustaqillik: ilmiy-ommapob lug‘at. –Toshkent, Sharq. 2006. 125 b.

Библиографические ссылки

Mavlonova K.M. Ona tili fanini adabiyot fani bilan badiiy matn orqali integratsiyalab o‘qitish metodikasini takomillashtirish: ped.fan.b. fal. dok. … dis. – T.: 2019. – 142 b.

Hamrayev G‘.H. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida fonetikaga doir o‘quv materiallarining metodik ta’minotini takomillashtirish: ped.fan.b. fal. dok. … dis. – S.: 2019. – 124 b,

Pirnazarova A. Tarbiya fanini o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalarni qo‘llash va unda ta'lim va tarbiyaning uzviyligi: tarbiya fanini o‘qitishda didaktik o‘yinlar//Yangi Oʻzbekiston talabalari axborotnomasi 2022. 77-78b.

Ўзбек тилининг изоҳли луғати. 5 жилдлик. 5-жилд. – Т.: ЎзМЭ, 2020, – 150 б.

Xasanova Sh. Tarixiy obidalar bilan tanishtirish jarayonida tarbiyalanuvchilarda milliy g‘ururni shakllantirish// International scientific journal volume 1 issue 7 uif-2022: 8.2 | issn: 2181-3337

Mustaqillik: ilmiy-ommapob lug‘at. –Toshkent, Sharq. 2006. 125 b.