`
23
TARMOQ TEXNOGIYALARI VA INTERNET BAYONNOMALARI
MAMASOLIYEV XUMOYUN SHUHRAT O‘G‘LI
ANDIJON QISHLOQ XO‘JALIGI VA AGROTEXNOLOGIYALAR INSTITUTI
ZOOINJINERIYA (TURLARI BO‘YICHA) YO‘NALISHI
1-BOSQICH TALABASI
ODILJONOV NURILLO TOHIRJON O‘G‘LI
RAQAMLI IQTISODIYOT YO‘NALISHI
https://doi.org/10.5281/zenodo.14293237
Kalit so’zlar
: IP, TCP, HTTP, protocol, xavf, autentifikatsiya, VPN, IDS/IDP, shifrlash,
himoyalash, kompyuter tarmoqlari,monitoring kiberxavfsizlik, insayder.
Ключевые слова
: IP, TCP, HTTP, протокол, риск, аутентификация, VPN, IDS/IDP,
шифрование, защита, компьютерные сети, мониторинг, кибербезопасность, инсайдер.
Annotatsiya
Ushbu maqolada tarmoq texnologiyalari va internet bayonnomalarining ahamiyati
o’rganiladi. Tarmoq texnologiyalari qurilmamari va internet bayonnomalari turlari, ulardan
samarali foydalanish atroflicha organib chiqiladi. Tarmoq texnologiyalari va internet
bayonnomalari xavf-xatarlari o’rganilib,ularni bartaraf etish choralari tahlil qilinadi.
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy informatikani rivojlantirish tamoyillari birinchidan,
zamonaviy axborot texnologiyalarini rivojlantirish, davlat muassasalari va xo’jalik subektlari,
muassasa va tashkilotlar, xususiy shaxslar uchun axborot tizimlarini yo’lga qo’yish, ikkinchidan
iqtisodiyot, fan, ta’lim, ijtimoiy sohada axborot tizimlarini shakllantirishga ko’maklashish vav
uchinchidan Respublikaning jahon axborot tizimlari va xalqaro tarmoqlarga ulanishni
ta’minlashdan iborat.
Internet bayonnoma.TCP/IP bayonnomalari yig’masidan iborat tarmoq pog’onasi
bayonnomasi. IP bayonnomalarda tarmoqdagi xar bir kompyuterga to’rt xonalik IP-manzili (4
bayt) mos qo’yiladi. Shu bilan birga nimtarmoqdagi kompyuterlar manzilning umumiy
boshlang’ich bitlari bilan birlashtiradi.Hamma joyda IP bayonnomasining 4 rusumi(IPv4)
tarqalib ketgan,u RFC791 da tasvirlangan.Shuningdek,bayonnomaning yangi 6 rusumi(IPv6)
ishlab chiqilmoqda.
Asosiy qism
1.Tarmoq texnologiyalari va internet bayonnomalarining turlari
Tarmoq texnologiyalari-bu kompyuter va qurilamalarni bir-biri bilan bog’lash uchun
ishlatiladigan usullar va texnologiyalar majmuasidir
Tarmoq texnologiyalari yoki Kompyuter tarmoqlari;
Asosan 3 turga bo’linadi:
Lokal tarmoqlar
(LAN-Local Area Network)-Mahalliy tarmoq hisoblanib, faqat
cheklangan joylarda ishlaydi, masalan, uy yoki offisda ishlatiladi.
Bunga misol qilib: Ethernet tarmog’ini keltirish mumkin
Mahalliy tarmoqlar
(WAN-Wide Area Network)-Keng maydon tarmog’i. Bir nechta local
tarmoqlarni o’z ichiga oladi.Geografik jihatdan uzoq joylarni bog’laydi
Misol uchun: Internet-eng katta WAN tarmoq hisoblanadi
Global tarmoqlar
(MAN-Metropolitano Area Network)-Butun dunyoni internet bilan
bog’lashga xizmat qiladi. Buning tarkibida bir qancha Lokal va Mahalliy tarmoqlar mavjud
Misol qilib: Arpanet eng katta global tarmoq hisoblanadi
`
24
Qo’shimcha Tarmoq texnologiyalari
:
Simsiz lokal tarmoq
(WLAN-Wireless LAN)-Simsiz texnologiya yordamida ishlaydigan
tarmoq
Misol uchun: Wi-Fi
Shaxsiy tarmoq
(PAN-Personal Area Network)-Shaxsiy qurilmalar o’rtasidagi qisqa
masofadagi tarmoq
Misol qilib: Bluetooth
Xavfsiz qidiruv tarmog’I
(VPN-Virtual Private Network)-Internet orqali maxfiy va
xavfsiz bog’lanishni taminlaydi
Misol qilib: Korporativ tarmoqlarda keng qo’llaniladi
Internet bayonnomalari turlari
Internet bayonnpmalari-bu tarmoqdagi qurilmalar orasida ma’lumotlar almashinuvini
boshqaruvchi qoidalar majmuasidir.
Eng mashxur internet bayonnomalari:
HTTP (HyperText Transfer Protocol) Veb-sahifalarni yuklash uchun ishlatiladi
FTP (File Transfer Protocol)-Fayllarni tarmoqqa yuklash yoki tarmoqdan yuklab olish
uchun qo’llaniladi
SMTP (Simple Mail Transfer Protocol)-Elektron pochta xabarlarini jo’natish uchun
ishlatiladi
POP3(Post Office Protocol v3) va IMAP (Internet Messenge Access Protocol)-Elektron
pochta xabarlarini Qabul qilish uchun ishlatiladigan bayonnomalar
TCP/IP (Transmission Control Protocol/Internet Protocol)-Internetning asosiy
bayonnomasi
TCP-Ma’lumotni ishonchli yetkazib beradi
IP-Ma’lumotni manzillarga yo’naltiradi
DNS (Domain Name System)-Domain nomlarini IP-manzillarga aylantirish uchun
ishlatiladi
DHCP (Dynamic Host Configuration Protocol)-Avtomatik ravishda IP-manzilni belgilaydi
SNMP (Simple Network Management Protocol)-Tarmoq qurilmalarini boshqarish va
Monitoring qilish uchun qo’llaniladi
Hozirgi davrda tarmoq texnologiyalari insonlar hayotini tubdan o’zgartirib yubordi.
Internet rivojlanayotganligi va kengayib borayotganligi tufayli hozirgi paytda qayerda
bo’lishingizdan qat’iy nazar hohlagan ma’lumotlaringizni topib olishiingiz mumkin
Internet tarmoqlari tezligi, xavfsizligi va kengayuvchanligi qanday muhokamalarga sabab
bo’ladi
Internet tarmoqlari tezligi foydalari va zararlari
Foydalari: Internet tarmoqlari yuqori tezlikda ma’lumotlarni topish, uzatish kabilarga
xizmat qiladi. Masalan, katta hajmdagi fayllarni yuklash va yuklab olish juda tez amalga
oshiriladi. Onlayn ta’lim,telemeditsina va masofadan ishlashda yuqori internet tezligi zarur.
Tezkor internet xizmatlari orqali (You tube, Netflix) va onlayn o’yinlarni kechikishlarsiz
ishlashiga imkon beradi
`
25
Zararlari: Yuqori tezlik o’z navbatida xizmatlari qimmat hisoblanib, rivojlanayotgan
hududlar uchun qiyinchilik tug’diradi. Yuqori tezlikdagi internet qurilmalar va
infratuzilmalardan ko’p energiya talab qiladi, bu ekologik ta’sirga olib keladi. Dunyo bo’ylab
yuqori tezlikdagi internetga ulanish imkoniyati notekis taqsimlangan
Tarmoq texnologiyalari va internet bayonnomalari xavf-xatarlari
Kiberhujumlar va ularning oqibatlari
Xavf:
DDos (Distributed Denial of Service)-Tarmoqlarni haddan tashqari yuklash orqali
xizmatlarni ishdan chiqarish
Malware (Malicious Software)-Qurilmalarga zararli dasturlarni joylashtirish va
ma’lumotlarni garovga olish
Pishing (Firibgarlik)-Foydalanuvchilarni aldab, ularning maxfiy ma’lumotlarini qo’lga
kiritish
Bularning oqibatida korxonalar va shaxslar katta moliyaviy zarar ko’radi, xizmatlarning
vaqtincha ishlamasligi tufayli foydalanuvchilar ishonchi buziladi, shaxsiy ma’lumotlar tarqalib
ketishi yoki noto’g’ri qo’llanilishi ham mumkin.
Eski bayonnomalardan foydalanish, tarmoqdagi ma’lumot oqimlarini noto’g’ri
yo’naltirish, shaxsiy ma’lumotlarning o’g’irlanishi yoki noto’g’ri ma’lumotlarning qo’llanilishi,
eski qurlmalar va bayonnomalarning ishlatilishi, qo’shimcha xavfsizlik vositalari ehtiyojlariga
jiddiy yondashilmaganligi.
Bularning oqibatida esa: Tarmoqdagi ma’lumotlar o’g’irlanishi mumkin, hujumchilar
orqali tarmoq nazoratga olinishi mumkin, Bayonnomalar orqali noqonuniy faoliyatlar amalga
oshirilishi mumkin.
Tarmoq texnologiyalari va internet bayonnomalari xavf-xatarlarini oldini olish uchun
dasturiy ta’minot va bayonnomalarni tez -tez yangilab turish, qurilmalarni zararli dasturlardan
himoyalash uchun antiviruslar o’rnatish, tarmoqlar orqali ruxsatsiz kirishlarni bloklash,
ma’lumotlarni shifrlab qo’yish, qurlmalarga parollar o’rnatish, foydalanuvchini qo’shimcha
tasdiqlash mexanizmi bilan ximoya qilish, xavfsiz saytlarni tanlash lozim.
Ushbu choralarni ko’rish orqali, xavf-xatarlarni sezilarli darajada kamaytirish mumkin
Xulosa.
Tamoq texnologiyalari va internet bayonnomalari bugungi dunyoning ajralmas bir qismi
bo’lib bormoqda. Shu bilan birga foydalanuvchilar orqali xavf-xatarlarni kamaytirish, yang
texnologiyalarni joriy qilish, axborot texnologiyalari almashinuvini tezlashtirish imkoniyalarini
yanada takomillashtirish zarur. Bugungi davrda hamma texnologiyalar internet orqali
ishlamoqda. Internet tezligini oshirish, yana yangi resurslarni joriy qilish va xavfsizlik
choralarini yanada yangilash zarur.
References:
1.
“Axborot-Kommunikatsiya texnologiyalari Qishloq xo’jaligida” -Toshkent,2022
2.
Axborot Komunikatsiya Texnologiyalari-Toshkent,2017
3.
O. Abduraxmonov "Development of a structure for implementation of parallel
algorithmes based on cubic splines in a multiple nuclear processor” International Journal of
Engineering and Information Systems //Vol. 5, Issue 5., Pages: 63-66,2021 y.
`
26
4.
O. Abduraxmonov “Ko‘p yadroli protsessorda kubik bazisli splaynlar asosida parallel
algoritmlarni amalga oshirish tuzilmasini ishlab chiqish” Academic Research In Edicational
Sciences Scientific Journal // Vol.2,Issue3.,Pages: 628-633,2021 y.
5.
O. Abduraxmonov “Some methods of signals digital operation” International journal for
advanced research in science & technology // Vol.10, Issue 06., Pages: 1-4, 2020 y.
6.
Abduraxmonov Odiljon Qobulovich: Pandemiya sharoitida “Axborot-kommunikatsion
texnologiyalari”dan foydalanib,elektron ta’lim shakliga o‘tishning o‘ziga xos xususiyatlari.
“International scientific-online conference on innovation in the modern education system.
Washington University in St.Louis
.
7.
Usmanova Mavluda Soyibjon qizi, Karimov Otabek Raximovich, Mamatov Shohruxbek
Muhammadjon o‘g’li “OLIY TA’LIMDA RAQAMLI TEXNOLOGIYARDAN FOYDALANISHNING
ILMIY METODIK ASOSLARI” “XALQ TA’LIMI XODIMLARINI “UZLUKSIZ KASBIY
RIVOJLANTIRISH”GA MOSLASHISH JARAYONINING IJTIMOIY-PEDAGOGIK MUAMMOLARI”
MAVZUSIDAGI ILMIYAMALIY ANJUMANI 2022-yil 31-oktyabr.
8.
Usmonova Mavludaxon Soyibjon qizi “
TА’LIM MUАSSАSАLАRIDА ELЕKTRОN O‘QUV
АDАBIYOTLАRIDАN FОYDАLАNISH” INTEGRATSIYALASHGAN TA’LIM VA TADQIQOTLAR
JURNALI JOURNAL OF INTEGRATED EDUCATION AND RESEARCH MAY 2023 8.Усмонова
Мавлудахон Сойибжон қизи, Каримов Отабек Рахимович, Маматов Шоҳрухбек
Муҳаммаджон ўгли “ИҚТИСОДИЁТДА РАҚАМЛИ ТЕХНОЛОГИЯЛАРДАН ФОЙДАЛАНИШ”
«Zamonaviy dunyoda innovatsion tadqiqotlar: Nazariya va amaliyot» nomli ilmiy, masofaviy,
onlayn konferensiya 2022
9.
Usmonova Mavludahon Soyibjon qizi "Library of Programming Languages Python" Easy
Delivery Methods Using Modern Information Communication Tools” European Journal of
Pedagogical Initiatives and Educational Practices ISSN (E): 2938-3625 Volume 1, Issue 1, April,
2023
10.
Usmonova Mavludakhon “Operating Principles and Applications of Blockchain
Technology” European Journal of Pedagogical Initiatives and Educational Practices ISSN (E):
2938-3625 Volume 1, Issue 9, December, 2023