Авторы

  • Mirjalol Mehriddinov
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi
  • Dilmurod Abdullayev
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.62536

Ключевые слова:

Tizimli plata diskyurituvchi qattiq disk (vinchestr) tok manbai bloki shina monitor videoxotira kesh xotira doimiy xotira.

Аннотация

Bu  maqola tizimli blok, protsessor, soprosessor va xotira kabi asosiy komponentlardan iborat bo'lib, har biri o'zining maxsus vazifalarini bajaradi. Protsessor ma'lumotlarni qayta ishlash va hisoblash jarayonlarini boshqaradi, soprosessor esa qo'shimcha hisoblash quvvatini ta'minlaydi, xotira esa vaqtinchalik ma'lumotlarni saqlash vazifasini o'z zimmasiga oladi.


background image

`

136

TIZIMLI BLОK VА UNING TАRKIBIY ELЕMЕNTLАRI: PRОTSЕSSОR,

SОPRОTSЕSSОR, ХОTIRА

Mehriddinov Mirjalol

Shahrisabz davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi

Abdullayev Dilmurod

Shahrisabz davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14499810

Annotatsiya:

Bu maqola tizimli blok, protsessor, soprosessor va xotira kabi asosiy

komponentlardan iborat bo'lib, har biri o'zining maxsus vazifalarini bajaradi. Protsessor
ma'lumotlarni qayta ishlash va hisoblash jarayonlarini boshqaradi, soprosessor esa
qo'shimcha hisoblash quvvatini ta'minlaydi, xotira esa vaqtinchalik ma'lumotlarni saqlash
vazifasini o'z zimmasiga oladi.

Абстрактный.

Данная статья состоит из таких основных компонентов, как

системный блок, процессор, сопроцессор и память, каждый из которых выполняет свои
определенные задачи. Процессор занимается обработкой данных и вычислениями,
сопроцессор обеспечивает дополнительную вычислительную мощность, а память
обеспечивает временное хранение данных.

Abstract.

This article consists of the main components such as the system unit,

processor, coprocessor and memory, each of which performs its own specific tasks. The
processor handles data processing and calculations, the coprocessor provides additional
computing power, and the memory handles temporary data storage.

Kalit so'zlar.

Tizimli plata, diskyurituvchi, qattiq disk (vinchestr), tok manbai bloki,

shina, monitor, videoxotira, kesh xotira, doimiy xotira.

Ключевые слова.

Системная плата, дисковод, жёсткий диск (винчестер), блок

питания, шина, монитор, видеопамять, кэш-память, энергонезависимая память.

Keywors.

System board, disk drive, hard disk (winchester), power supply unit, bus,

monitor, video memory, cache memory, non-volatile memory.

Tizimli blok.

Tizimli blok tashkil etuvchilari. Tashqi xotira qurilmasi, qattiq disk, disk-yurituvchi va

disketlar, axborot o'lchov birligi.

Tizimli blokda tizimli platadan tashqari diskyurituvchi va qattiq disk (vinchester)

joylashgan.

Bu qurilmalar kompyuterda dastur, matn, rasm va boshqa ko’rinishdagi ma’lumotlarni

saqlash uchun mo’ljallangan. Qattiq disk va disketlar bilan diskyurituvchi kompyuterning
tashqi xotira qurilmalari deb yuritiladi. Bu qurilmalar axborotni uzoq vaqt saqlash uchun
mo’ljallangan va axborotlarni bu qurilmalarga yozish, o’qish, ularni o’zgartirish, yo’q qilish
ham mumkin. Diskyurituvchi va disketlar. Odatda ular alohida ishlamaydi. Agar
solishtiradigan bo’lsak, disketlarsiz diskyurituvchi go’yo kassetasiz magnitofondir.
Diskyurituvchi - disketdagi axborotni yozish va o’qish uchun mo’ljallangan qurilma. Disketa -
axborotni uzoq vaqt saqlash uchun maxsus vosita. Disketa ichida axborot yoziladigan nozik
magnit disk joylashgan.

Tashqi xotira uchun kichik doirasimon (20, 12 va 8 sm diametrli) egiluvchi magnit

disketlardan foydalanish juda kulay.

Tashqi xotira magnit disklardan iborat bo’lib, ular ikki turga bo'linadi.


background image

`

137

Birinchi turi - egiluvchan disklar yoki disketalar. Disket yordamida axborotni bir

kompyuterdan boshqasiga o’tkazish mumkin.

Ikkinchi turi-qattiq disklar. Bunday disklarni bir kompyuterdan boshqasiga o’tkazish

mumkin emas. Ular kompyuterda juda katta hajmda axborotni saqlash imkonini beradi.
Birgina qattiq diskka bir necha yuzta egiluvchan disketdagi axborotni yozish mumkin. Birinchi
tur diskdagi axborot hajmi Kbayt, ikkinchi tur diskdagisi esa Mbayt bilan o’lchanadi. Hozirgi
paytda optik disklar paydo bo’lmoqda. Bunday disklarga lazer nuri yordamida gigabaytlarda
(Gbayt) o’lchanadigan katta hajmdagi axborot yozilishi mumkin.

Model MHT20xxAH shpindelining aylanish tezligi 5400 ob.min. O’rtacha axborot qidirish

vaqti 12 ms.

Eng tezkor vinchesterlar Western Digital Kompyuterda axborot bit, bayt, kilobayt

(Kbayt), megabayt(Mbayt) va boshqa kattaroq birliklarda o’lchanadi.

Eng kichik axborot birligi - bit. Foydalanuvchi uchun bir bit hech qanday axborotni

bildirmaydi. Lekin bir bit axborot bu - bir harf yoki raqam bo’shliqni anglatadi. Baytdan
keyingi o’lchov birligi - kilobayt bo’lib, u 1024 baytga teng. Agar belgilar bilan hisoblasak, bu
1024 belgidir. Uzoq vaqt axborot saqlash uchun mo’ljallangan boshqa qurilma-qattiq disk yoki
”vinchester”dir. Qattiq disk yoki “vinchester”-axborotni o’qish, yozish va saqlash qurilmasi
hisoblanadi. Qattiq diskda bir emas, balki bir o’qda joylashtirilgan va zich yopilgan yopiq
metal korpusiga joylashtirilgan bir qancha metal disklar bor. Diskning har bir tomoni ishchi
hisoblanadi. Unga axborotni yozish va uni o’qish mumkin. “Vinchester”ning axborot sig’imi
500 Mbayt dan, 4 Gbaytgachadir. “Vinchester” markaziy protsessorga axborotni disk
yurituvchiga qaraganda tezroq uzatadi. Disketaning asosiy afzalligi undagi axborotni bir
kompyuterdan ikkinchisiga o’tkazish osonroq. Tizimli blokni ochish, qattiq diskni ajratish,
so’ngra boshqa kompyuterning tizimli blokini ochib, qattiq diskni ushlash kerak.

Aynan tizimli blok kompyuterning eng muhim bloki bo’lgani uchun uni batafsil ko’rib

chiqamiz. Tizimli blok kompyuterning asosiy elektron qurilmalarini o’z ichiga oladi. Shuning
uchun u SHK ning eng muhim tashkil etuvchilaridan biri sanaladi.

Tizimli blokning tarkibi quyidagilardan iborat:

1. Tizimli plata
2. Diskyurituvchi
3. Qattiq disk (vinchestr)
4. Tok manbai bloki
Tizimli plata bu - maxsus materialdan yasalgan plastinada joylashgan mikrosxemalardan

iborat bo’lib, ular o’zaro bog’lovchi elektr (tok) o’tkazuvchi yo’llari bilan bog’langan. Tizimli
plata

Tizimli plataning eng muhim elementlaridan biri - markaziy protsessoridir.
Dastur bilan berilgan ma’lumotlarni o’zgartiradigan, hamma hisoblash jarayonlarini

boshqaradigan hamda hisoblash ishlariga tegishli moslamalarning o’zaro aloqasini
o’rnatadigan qurilma-protsessor deb ataladi. Protsessorda arifmetik va mantiqiy amallarni
bajarish, xotiraga murojaat qilish, dasturda berilgan ko’rsatmalarning berilgan ketma-ketlikda
bajarilishini boshqarish hamda asosiy xotira o’rtasida aloqa o’rnatish amalga oshiriladi.
Protsessor katta integral sxemalardan foydalanish asosida quriladi. Protsessor
kompyuterning asosiy qurilmalaridan, ya’ni kompyuterning “yuragi” deb hisoblanadi. Bir so’z


background image

`

138

bilan aytganda, protsessor kompyuterning barcha ishini boshqaradi va barcha ko’rsatmalarini
bajaradi.

Shaxsiy kompyuterning eng muhim ko’rsatkichi uning ishlash tezligi va ma’lumotlarni

saqlash uchun xotira hajmidir. 2 sonini turli darajalari bo’lgan 4, 8, 16, 32, 64 lar bilan bog’liq
bo’lgan mikroprotsessorlar qabul qilishi mumkin bo’lgan betlar soni kompyuterlarning
razryadini belgilaydi.

IBM RS kompyuterlarning butun taraqqiyoti mikroprotsessorlarni ishlab chiqaruvchi

Intel firmasi bilan bog’liq. Aksariyat shaxsiy kompyuterlar ushbu firma mikroprotsessorlari
bilan ishlaydi. Shartli ravishda firmaning 8086 yoki 8088 (16 razryadli) mikroprotsessorlari
IBM RS XT (extended version, “Iks-ti” deb o’qiladi) deb nomlanadi.

Mazkur firmaning 80286 (16 razryadli) mikroprotsessorlari bilan ta’minlangan SHK lar

IBM RS AT (Advanced Techology) deb ataladi. IBM RS shaxsiy kompyuterlarning oilasi tez
rivojlanmoqda. Bugungi kunga kelib Intel firmasining ko’p razryadli ishlash samarasi va
imkoniyati katta Rentium shaxsiy kompyuterlari tez tarqaldi. Rower RS rusumidagi yana ham
kuchli mikroprotsessorlarning tarqalishi kutilmoqda.

Tizimli platada joylashgan yana bir eng muhim element-tezkor xotira

mikrosxemalaridir.

Tezkor xotira yoki tezkor xotira qurilmasi (TXQ) o’zida ayni vaqtda kompyuter

ishlayotgan dasturlar uchun ma’lumotlar shu bilan birga ishning natijasi saqlanadigan
mikrosxemalardan tashkil topgan.

Tizimli platada joylashgan xotiraning yana bir turi - doimiy xotira qurilmasi (DXQ,) yoki

doimiy xotira (DX) deb ataladi.

Doimiy xotira BIOS (Basic Inrut - Outrut System - kiritish va chiqarishning baza tizimi)

nomli zavodda yozilgan boshqaruv dasturlari to’plamini saqlovchi mikrosxemadir. Doimiy
xotirada saqlanayotgan axborotni tezkor xotiradagilardan farqi shuki, kompyuter tok
manbaidan o’chirilganda ham axborot saqlanib qoladi. Undagi axborot bir marta zavodda
mikrosxema tayyorlash jarayonida kiritiladi, uni o’zgartirish mumkin emas.

DXQ (BIOS) - quyidagi vazifalarni bajaruvchi dasturlar to’plamidir. Kompyuter manbaga

ulanganda uning hamma qurilmalarini, diskyurituvchi va vinchesterlarni boshqarishga imkon
bersa, taymer kompyuter esa to’xtovsiz ishlaydigan elektron soat, vaqtini va yilini aniqlash
uchun xizmat qiluvchi mikrosxema.

Kengaytirish raz’yomlari - kompyuter imkoniyatlarini kengaytirib, uning yordamida

kompyuterlarga qo’shimcha qurilmalar ulanadi. Odatda kengaytirish raz’yomlarida qurilmani
boshqaradigan alohida maxsus platalar qo’yiladi. Bunday platalar nazoratchilar deb
nomlanadi. Monitor ishini boshqaradigan plata videonazoratchilar deb nomlanadi.
Kompyuterning barcha qurilmalari uchun boshqaruv signallar beruvchi vosita markaziy
protsessor bo’lsa-da, nima uchun nazoratchilar mavjud degan, savol tug’iladi. Buning mohiyati
shuki, markaziy protsessor boshqaruv signallarini umumiy tartibda beradi, nazoratchi ularni
qabul qilib, bevosita qatnashishi talab qilinmaydigan qator yumushlarni bajaradi. Hayotiy bir
misol timsolida masalan, bosh oshpaz o’z yordamchilariga palov damlashni buyuradi, buni
markaziy protsessor boshqaruv signaliga qiyoslasak, oshpazlar esa sabzi, guruch, o’tinlarni
tayyorlaydi, bu - nazoratchi bajaradigan ishlar deb tushunsa bo’ladi.

Kompyuterning ichki qurilmalari.


background image

`

139

Boshqaruv qurilmasi deb ataluvchi maxsus qurilma hozir qanday operator bajarilishi va

undan keyin qaysi operator bajarilishi ustidan nazorat o`rnatadi va uning bajarilishini
ta'minlaydi. Amal (arifmetik-mantiqiy) esa protsessor deb ataluvchi qurilmada bajariladi.
Programma ishlash natijasi to`g`ridan-to`g`ri ekranda yoki tashqi qurilma (chop qiluvchi
mexanizm, grafik chizuvchi qurilma, video qurilma va boshqalar) deb ataluvchi qurilmada
ko`rilishi mumkin. Odatda kompyuter ikki qismdan: Hardware (kompyuterni tashkil
etuvchilari - kompyuterning qattiq qismlari) va Software (kompyuterning programma
ta'minoti - kompyuterning yumshoq qismlaridan) tashkil topgan deyiladi.

Shaxsiy kompyuterlar (inglizcha Personal Computers, qisqacha- PC) quyidagi

qurilmalardan tashkil topgan

-sistema bloki
-monitor
-klaviatura
-sichqoncha
-tashqi qurilmalar
Sistema bloki odatda desktop (yassi) yoki town (minora) ko`rinishida ishlab chiqariladi.
Kompyuterning asosiy qismlari sistema blokida joylashgan bo`lib, ular:
Tezkor xotira (RAM-Random Access Memory-ixtiyoriy kirish mumkin bo`lgan)

mikroprotsessor, qurilmalar nazoratchilari, (ya'ni kontrolerlar, adapterlar, elektr manbai
bilan ta'minlash bloki), yumshoq disk qurilmasi (FDD-Floppy Disk Driver), qattiq disk
qurilmasi (HDD-Hard Disk Driver), faqat o`qish uchun mo`ljallangan lazer disk qurilmasi (CD
ROM-Compact Disk Read Only Memory), shinalar, modem va boshqa qurilmalar. Sistema
blokiga uning parallel (LPT) va ketma-ket (COM) portlari orqali ko`plab tashqi qurilmalarni
ulash mumkin.

Mikroprotsessor bu kompyuterning amal bajaradigan qismi bo`lib, u ma'lumotlarni

berilgan programma asosida qayta ishlaydi.

Mikroprotsessor 140 tacha turli arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi. IBM rusumli

kompyuterlarda Intel tipidagi (shu nomli firma ishlab chiqqan) mikroprotsessorlar ishlatiladi.
Bu firma o`z faoliyati mobaynida Intel-8080, 80286, 80386, 80486, Pentium, Pentium
Pro(professional) mikroprotsessorlari ishlab chiqargan bo`lib, hozirda faqat zamon
talablariga javob beradigan Pentium-3, Pentium-4 protsessorlarinigina bozorga chiqarmoqda.
Uning litsenziyasi asosida bunday mikroprotsessorlarda ishlab chiqarilishi shart emas. Uning
litsenziyasi asosida mikroprotsessorlar, ishchi kuchi arzon bo`lgan, Janubiy- Sharqiy Osiyo
mamlakatlarida ko`plab ishlab chiqarilmoqda. Bundan tashqari, IBM kompyuterlariga moslik
shartini bajaradigan boshqa firmalar- AMD, Cyrix, Celeron va hokazo ishlab chiqqan
mikroprotsessorlar ham keng qo`llaniladi. Lekin boshqa firmalar ishlab chiqqan
mikroprotsessorlar Intel-protsessorlardan umuman aytganda kuchsizroq hisoblanadi.
Hozirda MMX-protsessorli kompyuterlar keng qo`llaniladi. Protsessorlarning tezligi
megagerslar (Mgs) sekundda o`lchanadi.

MMX Pentium protsessori. Intel firmasining keyingi avlod protsessori sifatida 1997 yil

yanvar oyidan boshlab chiqarilayotgan MMX (Matrix Multiplication Extension) Pentium
protsessorini aytish mumkin. Bu protsessor matritsalarni ko`paytirish uchun kengaytma nomi
bilan atalgan bo`lsa, keyinchalik MultiMedia YExtension-multimedia uchun kengaytma deb


background image

`

140

atala boshladi. Bu yangi protsessorni ishlab chiqishdan maqsad, keyingi yillarda ommaviy
qo`llanilib borilayotgan kompyuterning multimedia (ovozi, grafik, tasvir) imkoniyatlarini har
tomonlama barkamollik darajasiga ko`tarish, multimedia amaliyotlarni tez bajarishni
ta'minlashdan iborat. Bu amallar qatoriga, jumladan multimedia berilganlarini, ikki va uch
o`lchovli grafikalarni tez bajarish kiradi. Shu bilan birga bu protsessor ko`paytirish va
qo`shish amallarini ko`proq ishlatadigan amaliy programmalarda amallarni tezroq bajarishga
qaratilgan. Shuning uchun ham uni ko`proq matematik soprotsessorni talab qilmaydigan,
butun sonlar bilan ishlash bilan bog`liq masalalarni yechishda qo`llash maqsadga muvofiq
bo`lsada, tajribalar uning har tomonlama ustunligini ko`rsatadi.

Hozirda rivojlanayotgan parallel algoritmlar va hisoblashlar uchun ham u qo`l keladi.

Shu bilan birga bu protsessor suzuvchi vergul rejimidagi sonlar bilan ishlashni “yoqtirmaydi”.
Bunday sonlar bilan ishlash uchun maxsus programma interfeysi mavjud. U Microsoft
firmasining Direct 3D (3 o`lchovli interfeysi)dir.

Xotira bu kompyuterda programmalar va berilganlarni amal natijalarini saqlaydigan

qurilma. Xotiraning turlari ko`p, tezkor, doimiy, tashqi, kesh, video va boshqalar.

Tezkor xotira kompyuterning muhim qismi bo`lib, protsessor undan amallarni bajarish

uchun programma, berilganlarni oladi va amalni bajarib, natijani yana unda saqlaydi. Shuni
alohida ta'kidlash lozimki, kompyuter o`chirilsa, tezkor xotirada saqlanayotgan programmalar
va berilganlar yo`q bo`lib ketadi. Shuning uchun ularni qattiq diskda yoki disketalarda saqlab
qolish kerak. Kompyuter ishlab turganda elektr tokini ogohlantirmasdan o`chirish, katta
zarar keltirishi mumkin. Barcha turdagi xotiralar uchun muhim tushuncha uning hajmidir.
Kompyuterlarda ma'lumot birligining eng kichik o`lchovi sifatida bayt qabul qilingan bo`lib, 1
bayt 8 bit (ikkilik raqam)ga teng. O`z navbatida bayt bir simvolni (belgini) tasvirlaydi.
Familiyangizni kompyuterga kiritish uchun familiyangizda nechta harf bo`lsa, u xotirada
shuncha bayt joyni egallaydi. Xotira hajmi birligi sifatida kilobayt qabul qilingan va u K bilan
belgilanadi. O`z navbatida bir kilobayt 1024 baytga teng. 1024 kilobayt esa 1 Mbayt
(Megabayt)ga teng.

Xotiraning katta-kichikligiga qarab u yoki bu programmalar majmuini ishlata

olish mumkin.

Misol uchun 1 Megabayt xotiraga ega kompyuterlarda faqat DOS sistemasida ishlash

mumkin bo`lsa, 4 Megabaytli kompyuterlarda imkoniyatlari ko`proq bo`lgan programmalarni,
WINDOWS 3.1,3.11 programmalarini ishlatish mumkin. WINDOWS 95 ni to`laqonli ishlashi
uchun 16 Megabayt xotira va kamida 486 protsessorli kompyuter, WINDOWS 98, 2000
operatsion sistemasida ishlash uchun, Foto Shop, Corell Drawe va boshqa hozirgi zamon
programmalarini ishlatish uchun kamida 32 Mbayt xotirali va PENTIUM_2,3 protsessorli
kompyuterlar kerak bóladi. Bu ko`rsatkichlar yangi protsessorlar va programma
mahsulotlarini paydo bo`lishi bilan yil sayin oshib boradi.

Doimiy xotira.

Kompyuterlarda avvaldan joylashtirilgan doimiy xotira (BIOS-Basic

Input- Output System-kiritish chiqarishning asosiy sistemasi) mavjud. Bunday xotiradan faqat
o`qish mumkin. Shuning uchun u ROM (Read Only Memory-faqat o`qish uchun) deb ataladi.
IBM PC kompyuterlarda bu xotira kompyuter jihozlarini ishlashini tekshirish, operatsion
sistemasini boshlang'ich yuklanishini ta'minlash, qurilmalarga xizmat ko`rsatishning asosiy
funksiyalarini bajarish uchun ishlatiladi.


background image

`

141

Kesh xotira

. Kesh xotira kompyuterning ishlash tezligini oshirish uchun ishlatiladi. U

tezkor xotira va mikroprotsessor orasida joylashgan bo`lib, uning yordamida amallar bajarish
tezkor xotira orqali bajariladigan amallardan ancha tez bajariladi. Shuning uchun kompyuter
xotiraning ko`proq ishlatiladigan qismi nusxasini kesh xotirada saqlab turadi.
Mikroprotsessorning xotiraga murojaatida, kerakli programma va berilganlar kesh xotirada
qidiriladi. PENTIUM_2,3 kompyuterlarda kesh xotira hajmi 512 K ni tashkil qiladi.

Videoxotira bu-

monitor ekraniga video ma'lumotlarni (videotasvirlarni) saqlab turish

uchun ishlatiladi. Videotasvirlar (ayniqsa rangli) kompyuter xotirasida ko`p joy egallaydi.
Videoxotiraning 1 Mbaytdan kam bo`lmagani yaxshi.

Shina

. Kompyuterda har bir qurilmaning ishini boshqaruvchi elektron sxemalar mavjud

bo`lib, ular adapterlar (moslovchilar) deb ataladi. Barcha adapterlar mikroprotsessor va
xotira orqali berilganlarni ayirboshlovchi magistral yo`l deb ataluvchi shinalar orqali
bog`langan bo`ladi. Shinalar turli qurilmalarni bog`lovchi maxsus simlardir. Kompyuterlarning
elektron sxemasi elektron plata deb ataluvchi modullardan iborat. Uning modul tuzilishiga
ega bo`lishi kompyuterlar ta'mirini oson bajarish, uni foydalanuvchi ehtiyojiga qarab yoqish
va o`zgartirish imkoniyatini beradi.

Sistema platasi kompyuterning asosiy platasi hisoblanib, unga BIOS, mikroprotsessor,

tezkor xotira, kesh xotira, shinalar joylashtirilgan bo`ladi. Unda ba'zi bir qurilmalar, ishni
boshqaruvchi elektron sxemalar, klaviatura, disk qurilmalari adapteri ham joylashgan bo`ladi.
Hozirda shinalarning PCI ISA turi keng ishlatilmoqda. Bunday shinalarning ma'lumot
ayirboshlash tezligi yuqori bo`lib, u orqali kompyuterga ko`p tashqi qurilmalarni ulash
mumkin.

Kompyuterda kiritish-chiqarish portlari kontrolerlari mavjud bo`lib, ular sistema

blokining orqa qismida joylashgan slot deb ataluvchi joylar orqali printer, sichqoncha va
boshqa qurilmalar ulanishi uchun xizmat qiladi. Kiritish-chiqarish portlari parallel va ketma-
ket bo`ladi va ular mos ravishda LPT1-LPT4 va COM1-COM3 deb belgilanadi. LPT portga
printer va COM portga faks-modem, sichqoncha va boshqa qurilmalar ulanadi.

Monitor

. (displey) kompyuterda matn va grafik ma'lumotlarni tasvirlash (ko`rish) uchun

xizmat qiladi. Garchand tashqi ko`rinishidan u televizorga o`xshab ketsada, ular bajaradigan
ishlari bilan keskin farq qiladilar. Monitorlar rangli va rangsiz bo`ladi. Kompyuter
tarqatadigan nur zararli, shuning uchun ham ba'zi kompyuterlarda past radiatsiya (Lowe
radiation) so`zlarini uchratish mumkin. Lekin ularning inson organizmiga ta'siri tobora
kamayib boradigan rusumlari yaratilmoqda. Buning misoli keyingi yillarda chiqarilgan 17-21
dyymli SVGA (SUPER Video Grafic Adapter-katta video grafik adapter) monitorlarda
nurlarning ta'sirini ancha kamaytirilishiga erishilganligini keltirish mumkin. Monitor asosiy
xarakteristikalaridan biri uning tasvirlash qobiliyatidir. Tasvirlash qobiliyati ekranning
gorizontali va vertikalidagi nuqtalar soni bilan beriladi.

Masalan, 14 dyymli monitorda tasvirlash qobiliyati 800x600, 15 dyymli monitorda

1024x768, 17 dyymli monitorda 1280x1024 va 21 dyymli monitorda esa 1600x1200.
Monitorning yana bir xarakteristikasi tasvirlarni hosil qiluvchi piksellar (nuqtalar)
o`lchovining katta-kichikligidir. Tasvirlash qobiliyati 800x600 ga teng bo`lgan monitorlarda
piksel 0,31mm ga, 1024x768ga teng bo`lgan monitorlarda esa piksel 0,28 yoki 0,25ga teng
bo`lishi kerak. Monitorning tez ishlashi uning adapteriga bog`liq bo`ladi.


background image

`

142

References:

1.

Sh, Mavlonov Sh, and F. B. Jurayeva. "ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA

MINTAQALAR IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH." Экономика и социум 10 (125) (2024):
234-238.
2.

Aliqulov, Sh. "M. Yaxiyaxonova. Taʻlim samaradorligini oshirishda kreativ va zamonaviy

metodlarning ahamiyati. Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyani Qoʻllashning ta’lim
samaradorligiga ta’siri: xalqaro Tajribalar va rivojlanish istiqbollari." (2024).
3.

ShukurulloFayzullo o‘g‘li, Aliqulov. "TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI

QO ‘LLASH."

PEDAGOGS

50.2 (2024): 51-55.

4.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH

TA’LIMDA

AXBOROT

TEXNOLOGIYALARIDAN

FOYDALANISH

USULLARI

VA

AFZALLIKLARI."

Педагогика и психология в современном мире: теоретические и

практические исследования

3.10 (2024): 39-41.

5.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Umida Nurmaxmatova. "YASHIL

IQTISODIYOT VA YO ‘NALISHLARI BO ‘YICHA TA’LIM DASTURLARINI RIVOJLANTIRISH
MEXANIZMLARI."

Models and methods in modern science

3.5 (2024): 44-49.

6.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Temurbek Zarifov. "GLOBAL TARMOQ QURISHDA

TARMOQ QURILMALARIDAN FOYDALANISH VA TARMOQ TOPOLOGIYALARINING
O’RNI."

Science and innovation in the education system

3.5 (2024): 50-60.

7.

Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov. “Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan

foydalanishning samaradorligi” Pedagogis Internatsianal researcg ISSN:281-4027_SJIF:4.995.
2023/5/15
8.

F Qodirov. Aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatishning rivojlanishini iqtisodiy-matematik

modellashtirish. Scienceweb academic papers collection . 2023/1/1.
9.

F Qodirov. Zamonaviy to'lov tizimlari tahlili va elektron pul birliklari. Scienceweb

academic papers collection. 2023/1/1.
10.

Ergash o'g'li, Qodirov Farrux. "Аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш соҳасининг келгуси

ҳолатини башоратлаш."

Сервис” илмий-амалий журнал

(2022): 56-59.

11.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "ECONOMETRIC MODELING OF THE DEVELOPMENT OF

MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION OF THE REGION."

Berlin Studies Transnational

Journal of Science and Humanities

2.1.1 Economical sciences (2022).

12.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE

HELP

OF

SOFTWARE

PACKAGES

FOR

MEDICAL

SERVICES

IN

THE

REGIONS."

Conferencea

(2022): 128-130.

13.

Қодиров, Фаррух. "ПРОЦЕСС РАЗРАБОТКИ ИГРОВОГО ДВИЖКА UNITY." АХБОРОТ-

КОММУНИКАЦИЯ

ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ

РИВОЖЛАНТИРИШ

ШАРОИТИДА

ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР
ТУПЛАМИ (2019).
14.

Qodirov, Farrux. "" AQLLI UY" TIZIMINING IMKONIYATLARI." Scienceweb academic

papers collection (2019).
15.

Qodirov, Farrux. "DESCRIPTION AND PERFORMANCE OF THE PROGRAM 3D MAX

STUDIO." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ

ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ

РИВОЖЛАНТИРИШ


background image

`

143

ШАРОИТИДА ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман
МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).
16.

Qodirov, Farrux. "GPON TEXNOLOGIYASI-OPTIK KIRISH TARMOG'I." АХБОРОТ-

КОММУНИКАЦИЯ

ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ

РИВОЖЛАНИШ

ИСТИҚБОЛЛАРИ

мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ (2018).
17.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Gulandom Raxmatova. "O ‘ZBEKISTONDA AXBOROT

HAVFSIZLIGINI MA’NAVIY VA HUQUQIY ASOSLARI." Solution of social problems in
management and economy 3.4 (2024): 45-57.

Библиографические ссылки

Sh, Mavlonov Sh, and F. B. Jurayeva. "ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALAR YORDAMIDA MINTAQALAR IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISH." Экономика и социум 10 (125) (2024): 234-238.

Aliqulov, Sh. "M. Yaxiyaxonova. Taʻlim samaradorligini oshirishda kreativ va zamonaviy metodlarning ahamiyati. Raqamli ta’lim muhitida fanlararo integratsiyani Qoʻllashning ta’lim samaradorligiga ta’siri: xalqaro Tajribalar va rivojlanish istiqbollari." (2024).

ShukurulloFayzullo o‘g‘li, Aliqulov. "TA ‘LIMDA MULTIMEDIYA TEXNOLOGIYALARINI QO ‘LLASH." PEDAGOGS 50.2 (2024): 51-55.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Barchin Ro‘ziqulova, and Laziza Inatillayeva. "BOSHLANG ‘ICH TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH USULLARI VA AFZALLIKLARI." Педагогика и психология в современном мире: теоретические и практические исследования 3.10 (2024): 39-41.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, Jasmina Murodulloyeva, and Umida Nurmaxmatova. "YASHIL IQTISODIYOT VA YO ‘NALISHLARI BO ‘YICHA TA’LIM DASTURLARINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMLARI." Models and methods in modern science 3.5 (2024): 44-49.

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Temurbek Zarifov. "GLOBAL TARMOQ QURISHDA TARMOQ QURILMALARIDAN FOYDALANISH VA TARMOQ TOPOLOGIYALARINING O’RNI." Science and innovation in the education system 3.5 (2024): 50-60.

Raxmatov Sherqo'zi Akbar Kodirov. “Ta'lim jarayonida bulutli texnalogiyalardan foydalanishning samaradorligi” Pedagogis Internatsianal researcg ISSN:281-4027_SJIF:4.995. 2023/5/15

F Qodirov. Aholiga tibbiy xizmatlar ko'rsatishning rivojlanishini iqtisodiy-matematik modellashtirish. Scienceweb academic papers collection . 2023/1/1.

F Qodirov. Zamonaviy to'lov tizimlari tahlili va elektron pul birliklari. Scienceweb academic papers collection. 2023/1/1.

Ergash o'g'li, Qodirov Farrux. "Аҳолига тиббий хизмат кўрсатиш соҳасининг келгуси ҳолатини башоратлаш." Сервис” илмий-амалий журнал (2022): 56-59.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "ECONOMETRIC MODELING OF THE DEVELOPMENT OF MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION OF THE REGION." Berlin Studies Transnational Journal of Science and Humanities 2.1.1 Economical sciences (2022).

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE HELP OF SOFTWARE PACKAGES FOR MEDICAL SERVICES IN THE REGIONS." Conferencea (2022): 128-130.

Қодиров, Фаррух. "ПРОЦЕСС РАЗРАБОТКИ ИГРОВОГО ДВИЖКА UNITY." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ШАРОИТИДА ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).

Qodirov, Farrux. "" AQLLI UY" TIZIMINING IMKONIYATLARI." Scienceweb academic papers collection (2019).

Qodirov, Farrux. "DESCRIPTION AND PERFORMANCE OF THE PROGRAM 3D MAX STUDIO." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИ РИВОЖЛАНТИРИШ ШАРОИТИДА ИННОВАЦИЯЛАР мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТУПЛАМИ (2019).

Qodirov, Farrux. "GPON TEXNOLOGIYASI-OPTIK KIRISH TARMOG'I." АХБОРОТ-КОММУНИКАЦИЯ ТЕХНОЛОГИЯЛАРИНИНГ РИВОЖЛАНИШ ИСТИҚБОЛЛАРИ мавзусидаги Республика илмий-амалий анжуман МАЪРУЗАЛАР ТЎПЛАМИ (2018).

Shamsiddinov, G‘iyosjon, and Gulandom Raxmatova. "O ‘ZBEKISTONDA AXBOROT HAVFSIZLIGINI MA’NAVIY VA HUQUQIY ASOSLARI." Solution of social problems in management and economy 3.4 (2024): 45-57.

Наиболее читаемые статьи этого автора (авторов)