SUG‘URTA KOMPANIYALARI MOLIYAVIY BARQARORLIGINING MOHIYATI VA NAZARIY ASOSLARI

Abstract

Globallashuv jarayonida sug‘urta bozorining innovatsion rivojlanishi jadal o‘zgarishlar qamrovida kechayotganligi mazkur institut faoliyatini nazariy-amaliy tadqiq etish dolzarb ekanligini anglatadi. Sug‘urta bozori har qanday mamlakat iqtisodiyotining asosiy segmenti hisoblanadi hamda bevosita uning ravnaqiga ham xizmat qiladi. Demak, sug‘urta faoliyati o‘ziga xos tarzda shakllangan va keng qo‘llanilayotgan ijtimoiy hodisa bo‘lib, barqarorlik omili sanaladi. Mamalakat sug‘urta bozori rivojini prognozlash o‘z navbatida, biznes subyektlari va aholi manfaatlari himoyasini kafolatli darajada ta’minlash instituti sifatida sug‘urta faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlarini tadqiq etish zaruratini keltirib chiqardi.

Source type: Conferences
Years of coverage from 2022
inLibrary
Google Scholar
13-15
158

Downloads

Download data is not yet available.
To share
Haqberdiyev , B. . (2025). SUG‘URTA KOMPANIYALARI MOLIYAVIY BARQARORLIGINING MOHIYATI VA NAZARIY ASOSLARI. Science and Technology in the Modern World, 4(1), 13–15. Retrieved from https://inlibrary.uz/index.php/zdift/article/view/62971
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Abstract

Globallashuv jarayonida sug‘urta bozorining innovatsion rivojlanishi jadal o‘zgarishlar qamrovida kechayotganligi mazkur institut faoliyatini nazariy-amaliy tadqiq etish dolzarb ekanligini anglatadi. Sug‘urta bozori har qanday mamlakat iqtisodiyotining asosiy segmenti hisoblanadi hamda bevosita uning ravnaqiga ham xizmat qiladi. Demak, sug‘urta faoliyati o‘ziga xos tarzda shakllangan va keng qo‘llanilayotgan ijtimoiy hodisa bo‘lib, barqarorlik omili sanaladi. Mamalakat sug‘urta bozori rivojini prognozlash o‘z navbatida, biznes subyektlari va aholi manfaatlari himoyasini kafolatli darajada ta’minlash instituti sifatida sug‘urta faoliyatini rivojlantirish yo‘nalishlarini tadqiq etish zaruratini keltirib chiqardi.


background image

`

13

SUG‘URTA KOMPANIYALARI MOLIYAVIY BARQARORLIGINING MOHIYATI

VA NAZARIY ASOSLARI

Haqberdiyev Bekzod Uktamovich

PhD., Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti

Masofaviy va 2-oliy ta’lim fakulteti dekani

ORCID: 0009-0003-4580-4520

https://doi.org/10.5281/zenodo.14603126

Globallashuv jarayonida sug‘urta bozorining innovatsion rivojlanishi jadal o‘zgarishlar

qamrovida kechayotganligi mazkur institut faoliyatini nazariy-amaliy tadqiq etish dolzarb
ekanligini anglatadi. Sug‘urta bozori har qanday mamlakat iqtisodiyotining asosiy segmenti
hisoblanadi hamda bevosita uning ravnaqiga ham xizmat qiladi. Demak, sug‘urta faoliyati
o‘ziga xos tarzda shakllangan va keng qo‘llanilayotgan ijtimoiy hodisa bo‘lib, barqarorlik omili
sanaladi. Mamalakat sug‘urta bozori rivojini prognozlash o‘z navbatida, biznes subyektlari va
aholi manfaatlari himoyasini kafolatli darajada ta’minlash instituti sifatida sug‘urta faoliyatini
rivojlantirish yo‘nalishlarini tadqiq etish zaruratini keltirib chiqardi.

T.A.Fyodorovaning fikricha: “Investitsiya faoliyatining natijasi sug‘urta kompaniyasining

foydasiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga sug‘urtaning ba’zi bir turlari bo‘yicha
investitsiyadan olingan foyda zararni qoplashga kerak bo‘lgan sug‘urta zaxiralari uchun
to‘ldirish manbai bo‘lishi mumkin” [1].

Sug‘urta tashkilotlarining moliyaviy resurslarini joylashtirish faoliyati yuqori risk

darajasiga ega bo‘lgan sohalardan biri hisoblanadi. Rossiyalik tadqiqotchi I.T.Balabanova
riskka shunday ta’rif beradi: “risk - yo‘qotishlar xavfining mavjudligidan kelib chiqib omadga
ishongan holdagi harakatdir” [2].

Taniqli rossiyalik olim N.B. Grishenkoning quyidagi so‘zlarini keltirish joizdir: “Sug‘urta

hozirgi zamon iqtisodiy voqeligining mustaqil va o‘ziga xos sohasi bo‘lib, uning paydo bo‘lish,
amal qilish va rivojlanish prinsiplari iqtisodiy nazariyalar va qarashlarda o‘z aksini topadi”
[3].

Rossiyalik tadqiqotchi T.А. Merebashvili o‘z tadqiqotlarida quyidagi xulosaga keladi:

“sug‘urtada tijorat va o‘zaro yordam tushunchalarining uyg‘unlashuvi shunday xulosa qilishga
imkon beradi, yaʼni o‘z tabiatiga ko‘ra tijoratga asoslangan sug‘urta bir vaqtning o‘zida o‘zaro
yordam xususiyatiga ega bo‘lishi va o‘zaro sug‘urta bir vaqtning o‘zida tijorat xususiyatlarini
ham o‘zida mujassamlashtirishi kerak, aks holda, u sug‘urta emas” [4].

K.R. Makkonnell va S.L. Bryularning ta’rifiga ko‘ra sug‘urta bozori – bu sug‘urta

qildiruvchi va sug‘urtalovchining sug‘urta xizmatlari bilan bog‘liq qiziqishlarini
birlashtiruvchi iqtisodiy mexanizmdir [5].

Xorij olimi M.G. Jigasning tadqiqotlarida “Sug‘urta portfeli – bu ma’lum bir sug‘urta

summasi bilan tavsiflanadigan sug‘urta shartnomalarining to‘plamidir. Aslida esa u sug‘urta
kompaniyasining sug‘urtalanuvchilar oldidagi majburiyatidir. Barqaror sug‘urta portfelini
yaratish sug‘urta kompaniyasining muhim maqsadlaridan biridir. Qabul qilingan sug‘urta
shartnomalari bo‘yicha sug‘urta kompaniyasining javobgarlik darajasi uning moliyaviy
imkoniyatlariga mos kelishi kerak. Sug‘urta kompaniyasining moliyaviy barqarorligini
ta’minlash uchun ko‘p miqdordagi sug‘urta shartnomalari va past darajadagi javagobgarlik
bilan sug‘urta portfelini shakllantirish tavsiya etiladi [6].


background image

`

14

Vasilev G. V. ning fikricha, odamlar hayotdagi barcha baxtsiz hodisalar bilan uchrashish

uchun birlashdilar, iqtisodiy tisodiy zarar yetkazilganda do‘stona o‘zaro yordam uchun mulk
emas, balki iqtisodiy shaxs yordam berdi” [7].

N.G.Ishenko Sug‘urta va qayta sug‘urta vositachilari – sug‘urta agentlari va sug‘urta

brokerlari faoliyatni faoliyatni nazorat qilish Yevropa Ittifoqi sug‘urta huquqida alohida o‘rin
tudadi. Sug‘urta vositachilari bir tomondan sug‘urta xizmatlarining oxirgi iste’molchilari –
sug‘urtalanuvchilar bilan sug‘urta munosobatlariga kirishadilar, ikkinchi tomondan esa ular
sug‘urta qoplamalarini to‘lash majburiyatlarini olmaydi va javobgarlik olib bormaydi [8].

Mahalliy olim I.X. Abduraxmonov o‘z tadqiqotlarida sug‘urta portfelini

shakllantirishning maummolari, sug‘urta mukofotlarini shakllantirish, ularni ko‘paytirishda
sohaga yangi texnologiyalarni joriy etish, tizimda yuz berayotgan o‘zgarishlar, raqobatning
yangi shakllari, sug‘urta portfelini ko‘paytirish bo‘yicha o‘z qarashlarini bayon etgan [9].

Taniqli olim R.T. Yuldashev esa sug‘urta bozoriga quyidagicha ta’rif bergan: sug‘urta

bozori - bu sug‘urta himoyasiga bo‘lgan jamiyat ehtiyojlarini qondirish jarayonida sug‘urta
qoplamasini sotib olish va sotish bo‘yicha yuzaga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimidir
[10].

Har qanday iqtisodiyotining asosi uning barqaror rivojlanishiga bog‘liq bo‘ladi. Bunday

holatda sug‘urta institutlaridan samarali foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda
sug‘urta komaniyalarining o‘z barqarorliklarini ta’minlash yanada muhimdir. Sug‘urta
kompaniyasining moliyaviy barqarorligini ta’minlovchi asosiy omillardan biri bu sug‘urta
portfelidir. Sug‘urta portfeli mohiyatini tushunish va uning muvozanatlashgan shaklini
ta’minlash bugungi kunda dolzarb bo‘lib qolmoqda. Sug‘urta portfeli sug‘urta
kompaniyasining butun faoliyati va uning moliyaviy barqarorligin belgilaydigan asosini
tashkil etadi. Sug‘urta portfeli deganda ma’lum hududda sug‘urta qilingan obyektlarning
haqiqiy soni yoki mavjud sug‘urta shartnomalari tushuniladi. Sug‘urta portfelining moliyaviy
barqarorligi deganda qabul qilingan risklar va portfel rentabelligi o‘rtasidagi doimiy balans
tushuniladi. Sug‘urta portfelining hajmi, sifati, tarkibi va dinamikasi sug‘urta to‘lovlarining
kelib tushishi, sug‘urta qoplamalari tebranishi, sug‘urta summalari hajmining o‘zgarishi
sug‘urta operatsiyalarining rentabelligini belgilaydi.

References:

1.

Фѐдорова Т.А.Страхование: Учебник. М.:Магистр “Инфра-М”, 2009. С. 695.

2.

Балабанова И.Т. Риск-менеджмент. Москва: Финансы и статистика, 1996. С.192

3.

Гришенко Н.Б. Понятие страхового фонда в современной рыночной экономике.

Страховое дело. 2012. №11.
4.

Меребашвили Т.А. Правовые проблемы взаимного страхования ответственности

судовладелцев. - СПб.: Издателский дом С. Петерб.гос.ун-та, 2014 г. С.17.
5.

К.Р. МакКоннелл, C.Л. Брю. Развитие коммерческого страхования в

постцентрализованной экономике: методология и практика. Диссертaция на соискание
Д.Э.Н. –Екатеринбург, 2017.
6.

Жигас М.Г. (2009) Финансы страховых предприятий.-Иркутск: Изд-во БГУЭП,

2009.–396 с.
7.

Васильев Г. В. Закономерности формирования и развития отношений страхового


background image

`

15

рынка: дис. – Чебоксары: [Чуваш. гос. ун-т им. ИН Ульянова], 2004.
8.

Н.Г. Ищенко. Страховое право ес: система, источники, основные направления

развития. Научный журнал: Евразийский юрид развития. Научный журнал:
Евразийский юридический журнал ИССН: 2073-4506. № 4 (83) 2015 г. – С. 1-7.
9.

Abduraxmonov, I.X. (2018). Sug‘urta nazariyasi va amaliyoti. O‘quv qo‘llanma. – T.:

“Iqtisod-moliya” nashriyoti, 23-24.
10.

Юлдашев Р. Т. Некоторые проблемы государственного регулирования

страхования //Риск-менеджмент в экономике устойчивого развития. – 2015. – С. 9-10.

References

Фѐдорова Т.А.Страхование: Учебник. М.:Магистр “Инфра-М”, 2009. С. 695.

Балабанова И.Т. Риск-менеджмент. Москва: Финансы и статистика, 1996. С.192

Гришенко Н.Б. Понятие страхового фонда в современной рыночной экономике. Страховое дело. 2012. №11.

Меребашвили Т.А. Правовые проблемы взаимного страхования ответственности судовладелцев. - СПб.: Издателский дом С. Петерб.гос.ун-та, 2014 г. С.17.

К.Р. МакКоннелл, C.Л. Брю. Развитие коммерческого страхования в постцентрализованной экономике: методология и практика. Диссертaция на соискание Д.Э.Н. –Екатеринбург, 2017.

Жигас М.Г. (2009) Финансы страховых предприятий.-Иркутск: Изд-во БГУЭП, 2009.–396 с.

Васильев Г. В. Закономерности формирования и развития отношений страхового рынка: дис. – Чебоксары: [Чуваш. гос. ун-т им. ИН Ульянова], 2004.

Н.Г. Ищенко. Страховое право ес: система, источники, основные направления развития. Научный журнал: Евразийский юрид развития. Научный журнал: Евразийский юридический журнал ИССН: 2073-4506. № 4 (83) 2015 г. – С. 1-7.

Abduraxmonov, I.X. (2018). Sug‘urta nazariyasi va amaliyoti. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Iqtisod-moliya” nashriyoti, 23-24.

Юлдашев Р. Т. Некоторые проблемы государственного регулирования страхования //Риск-менеджмент в экономике устойчивого развития. – 2015. – С. 9-10.