`
148
BODRING KO‘CHATLARIGA O‘STIRUVCHI MODDALARNI QO‘LLASHNING
SAMARADORLIGI
Isaqova Kamila Isamiddinovna
Toshkent davlat agrar universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14699484
Annotatsiya:
Ilmiy maqolada asosiy ekin sifatida bodring yetishtirishda bodring
urug‘larni dala unuvchanligiga barcha sinalgan ishlovlarning ta’siri asoslanmadi. Urug‘larni
to‘liq unib chiqishi barcha variantlarda bir vaqtni o‘zida, ya’ni ekilgandan 10 kun o‘tgach sodir
bo‘ldi. Faqat faollashtirilgan suvda ivitilgan urug‘ 1 kun erta unib chiqdi. Vaxolanki, hosilni
birinchi terimi tajribaning barcha variantlarida bir vaqtni o‘zida o‘tkazildi, fenologik
kuzatuvlarda ayrim otalik va onalik gullarni gullash fazalarini 2,3,4 variantlarda o‘stiruvchi
modda qo‘llanganda tezlashganligi ma’lum bo‘ldi.
Kalit so‘zlar
; muddat,
nav, duragay, bodring, urug‘,ko‘chat yoshi, muddat tutuvchanlik,
ildiz, barg, chinbarg, harorat, namlik.
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha ilmiy - tadqiqot ishlari 2019-2022 yillarda o‘tkazildi. Bodringni
Talaba navi urug‘larini quruq holda ekish (nazorat) va toza suvda ivitib ekish bilan birga 10 ta
variantlar taqqoslanib o‘rganildi. Bunda bodring urug‘larini Zerebra agro (0,4 mg/l) ivitish,
o‘simlikni otalik gullari yoppasiga gullagan davrida IFO SEED (0,2 mg/l) ENTOVAKS (0,2
mg/l) o‘simlikka ikki marta purkash qo‘llanildi. O‘simlikka ikki marta purkalganda
o‘simlikning 2 chi chinbargi paydo bo‘ganda va otalik gullari gullagan davrda o‘tkazildi.
2021 yili tajribada urug‘larni dala unuvchanligi ko‘rsatkichlari bo‘yicha, nazorat ishlov
berilmagan quruq urug‘ ekilgan variantda 78 % ni tashkil etdi. Toza suvda ivitib ekilganda
dala unuvchanligi 92 % gacha yoki 14 % ga, faollashtirilgan suvda ivitilgan (3 variant), hamda
urug‘ni nurlantirib faollashtirilgan suvda va gumat natriy eritmasida ivitilgan (7 variant) da
96 % gacha yoki 18 % ga nazoratdan yuqoriligini ko‘rsatdi. Ammo bu yuqori ko‘rsatkich
urug‘ni suvda ivitib ekilganga taqqoslanganda ishonchsiz bo‘ldi. Izlanishlarda qolgan
variantlarda urug‘larni dala unuvchanligi ishlanmagan quruq urug‘larga nisbatan yuqori,
ammo urug‘larni toza suvda ivitib ekilgan variantdan past bo‘ldi.
Shuni ta’kidlash lozimki, urug‘larni dala unuvchanligiga barcha sinalgan ishlovlarning
ta’siri asoslanmadi. Urug‘larni to‘liq unib chiqishi barcha variantlarda bir vaqtni o‘zida, ya’ni
ekilgandan 10 kun o‘tgach sodir bo‘ldi. Faqat faollashtirilgan suvda ivitilgan urug‘ 1 kun erta
unib chiqdi. Vaxolanki, hosilni birinchi terimi tajribaning barcha variantlarida bir vaqtni
o‘zida o‘tkazildi, fenologik kuzatuvlarda ayrim otalik va onalik gullarni gullash fazalarini 2,3,4
variantlarda o‘stiruvchi modda qo‘llanganda tezlashganligi ma’lum bo‘ldi.
Tajribada biometrik o‘lchovlar bo‘yicha barcha variantlarning asosiy poya va yon
shoxlari uzunligi, yon shoxlar va barglar soni bo‘yicha nazoratdan yuqori ekanligi kuzatildi.
Ammo ushbu ortib borish ko‘pchilik variantlarda urug‘larni toza suvda ivitib ekilgan variantga
nisbatan ko‘p emasligi va EKF dan oshmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha ko‘zatuvlarda (EKF dan yuqori) yuqori bo‘lgan variantlar
bular, urug‘ni suvda ivitish, o‘simlikni o‘suv davrida suspenziya 2 marta purkash (3 variant)
yoki gumat natriy purkalgan (4 variant) hamda shu uchta omillarni birgalikda ta’siri (2
variant) va faqat gumat natriyni o‘zi (4 variant), roslin moddasi bilan bir marta purkalgan (3
`
149
variant) va urug‘, o‘simlik nurlantirilgan roslin moddasi purkalgan (4 variant) da kuzatildi.
Qolgan variantlarda ko‘rsatkichlar past bo‘ldi.
Tajribada fuzarioz so‘lish kasalligi bilan kasallanish darajasi ko‘zatilganda ko‘pchilik
variantlarda juda past darajada (10% dan kam) bo‘ldi. Fuzarioz so‘lish kasalligi bilan
kasallanmagan variantlar 2,3, 4, variantlarda kuzatildi.
Un shudring kasalligi bilan quruq urug‘ ekilgan, urug‘ni toza suvda ivitilgan,
stimulyatorlar bilan ishlov berilgan variantlar past darajada (11-35%) zararlangan. Qolgan
barcha variantlar juda past darajada (10% gacha) kasallangan. Ular ichida nisbatan (5%)
kasallanganlari 2,3,4 variantlar bo‘lganligi kuzatildi (3.4-jadvalga qarang).
Tajribada umumiy va tovarbop hosil miqdori aniqlanganda, nazorat variantga nisbatan
boshqa varintlarning ta’siri yuqori bo‘ldi. Ammo ko‘pchilik variantlar hosildorligi EKF dan
oshmaganligini ko‘rishimiz mumkin. Umumiy hosil miqdori nazoratga nisbatan 7, 8, 9
variantlar ya’ni gumat natriy alohida yoki o‘simlikka nurlantirish bilan birgalikda qo‘llangan
variantlarda yuqori bo‘ldi. Ushbu variantlar mevasi nisbatan yirik va mazasi yuqoriligi bilan
ajralib turdi. Umumiy hosildan tovarbop hosilning ulushi barcha variantlarda deyarli bir xil
ko‘rsatkichga ega bo‘ldi.
Tajribada variantlararo mevalarning tashqi ko‘rinishi, rangi va mazasi bo‘yicha ham
farqlandi. Bunda nazorat variant va boshqa ko‘pchilik variantlar 9,2-9,4 ball degustatsion
bahoga ega bo‘lgan. 2, 3 va 4 variantlarda ya’ni IFO SEED alohida qo‘llangan variantlarda 9,6
ball yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Ushbu variantlar mevalari nisbatan yirik mevali bo‘ldi.
Mevaning biokimyoviy tarkibi bo‘yicha taxlillar jami 1 variantdan 4 variantdagina
aniqlandi. Mevaning quruq moddasi bo‘yicha bironta variant nazorat variantdan yuqori bo‘la
olmadi. Quruq moddasi va qand miqdori kam bo‘lgan 2-4 variantlarda ya’ni urug‘lar kompleks
suvda urug‘ni ivitilgan, o‘simlikka purkalgan variantlarida kuzatildi.
Izlanishlarda vitamin S va nitratlar miqdori bo‘yicha barcha ta’sir etuvchi variantlar
bilan nazorat variant farqlanmadi.
Tadqiqotlar olib borilgan yillarda izlanishlar faqat 8 ta variantlarda va ikki xil mineral
o‘g‘it qo‘llash ya’ni doimiy (150 kg/ga) va kuchaytirilgan (225 kg/ga) azot solingan fonlarda
o‘tkazildi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, urug‘larni dala unuvchanligi, unish energiyasi, otalik va
onalik gullarni gullashi, hosilga kirish davri va hosil berish davomiyligi har ikki fonda ham
ushbu ko‘rsatkichlar bo‘yicha ko‘p farqlanmadi. Barcha variantlarda hosilni birinchi va ohirgi
terimi bir vaqtni o‘zida bajarildi.
References:
1.
Bо‘riyev X.CH. va boshqalar. //Ochiq joyda sabzavot ekinlari yetishtirishning progressiv
texnologiyalari. – Toshkent, О‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2002.
2.
Ершова В.Л., Долготер В.И. Возделывание огурца. //Инфор. лист: Достижения
науки и передового опыта – Х1 пятилетке. – Кишинев, 1984.
3.
Зуев В.И. и др. Огурцы и овощные тыквы. // Интенсивная технология
возделывания овоще-бахчевых культур и картофеля. Учебное пособие – Ташкент
Мехнат, 1987.
4.
Зуев В.И., Абдуллаев А.Г. Бодринг ва ошқовоқлар. //Сабзавот экинлари ва уларни
`
150
етиштириш технологияси. – Т.: Ўзбекистон, 1997.
5.
Арамов М.Х. Научный центр по селекции и семеноводству овощных культур на
юге Узбекистана. // Основные направления и перспективы селекции семеноводства
овощных, бахчевых культур и картофеля. Международная научно-практическая
конференция.- 2-5 июля 2001. Тезисы докладов. – Ташкент-Термез, 2001.
6.
Болотских А.С., Говорунов А.П. Индустриальные технологии выращивания и
уборки интенсивных сортов огурца в УССР. – Киев: Укр.НИИНТИ, 1980.
7.
Болотских А.С. Огурец. // Все об огурце. – Киев: Урожай. 2002.
