Авторы

  • Laylo Xudayberdiyeva
    Toshkent davlat agrar universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.62584

Ключевые слова:

energiya resurs olxo‘ri qayta tiklanuvchi boshlang‘ich massa quritish dastlabki ishlov texnologik.

Аннотация

Hozirda mevalarni quritishda energiya resurslari sarfini tejovchi, qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va uning unumdorligini oshirishga asoslangan yuqori samaradorlikka ega texnologiyalar, shu bilan birga mevalarni quritishda turli-xil dastlabki ishlov berishlar natijasida qisqa muddatda sifatli quritilgan mahsulot olish imkonini beruvchi texnologik jarayonlarga katta e’tibor qaratilmoqda. Olxo‘ri mevalarini quritish jarayonida boshlang‘ich massadan 75-78% gacha suvni meva tarkibidan chiqarib yuborish talab etiladi, ya’ni qayta ishlash jarayoni ko‘p energiya resurslarini talab etadi.


background image

`

140

QURITISHGA MOS OLXO‘RI NAVLARINI AJRATISH VA QURITISH

USULLARINING QURITILGAN MAHSULOT SIFATIGA TA’SIRI

Xudayberdiyeva Laylo Abdisamatovna

Toshkent davlat agrar universiteti tayanch doktoranti

layloxudayberdiyeva1984@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14699456

Annotatsiya:

Hozirda mevalarni quritishda energiya resurslari sarfini tejovchi, qayta

tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanish va uning unumdorligini oshirishga asoslangan
yuqori samaradorlikka ega texnologiyalar, shu bilan birga mevalarni quritishda turli-xil
dastlabki ishlov berishlar natijasida qisqa muddatda sifatli quritilgan mahsulot olish imkonini
beruvchi texnologik jarayonlarga katta e’tibor qaratilmoqda. Olxo‘ri mevalarini quritish
jarayonida boshlang‘ich massadan 75-78% gacha suvni meva tarkibidan chiqarib yuborish
talab etiladi, ya’ni qayta ishlash jarayoni ko‘p energiya resurslarini talab etadi.

Kalit so‘zlar:

energiya, resurs, olxo‘ri, qayta tiklanuvchi, boshlang‘ich massa, quritish,

dastlabki, ishlov, texnologik.

ВЛИЯНИЕ РАЗДЕЛЕНИЯ СОРТОВ СЛИВЫ, ПРИГОДНЫХ ДЛЯ СУШКИ, И

СПОСОБОВ СУШКИ НА КАЧЕСТВО СУШЕНОЙ ПРОДУКЦИИ

Худайбердиева Лайло Абдисаматовна

Докторант Ташкентского государственного аграрного университета

Аннотация:

В настоящее время разработаны высокоэффективные технологии,

основанные на использовании возобновляемых источников энергии, позволяющие
экономить энергоресурсы, использовать возобновляемые источники энергии и
повышать ее производительность, а также технологические процессы, позволяющие в
короткие сроки получать качественную сушеную продукцию в результате различным
предварительным обработкам при сушке фруктов в настоящее время уделяется
большое внимание. В процессе сушки плодов сливы из состава плодов требуется
удалить 75-78% воды от исходной массы, а это значит, что процесс переработки
требует много энергетических ресурсов.

Ключевые слова:

энергия, ресурс, слива, возобновляемый, начальная масса,

сушка, начальная, обработка, технологический.

THE EFFECT OF SELECTİON OF PLUM VARİETİES SUİTABLE FOR DRYİNG

AND DRYİNG METHODS ON THE QUALİTY OF DRİED PRODUCTS

Laylo Khudaiberdieva Abdisamatovna

Doctoral student of Tashkent State Agrarian University

Abstract:

Currently, great attention is paid to high-efficiency technologies based on the

use of renewable energy sources and increasing their productivity in fruit drying, as well as
technological processes that allow obtaining high-quality dried products in a short time as a
result of various preliminary processing of fruit drying. In the process of drying plum fruits,
up to 75-78% of the initial mass of water is required to be removed from the fruit, that is, the
processing process requires a lot of energy resources.

Keywords:

energy, resource, plum, renewable, initial mass, drying, preliminary,

processing, technological.


background image

`

141

Kirish.

Respublikada olxo‘ri navlarining mevalari asosan yangiligida iste’mol qilish,

quritish va konservalash uchun foydalaniladi. Ma’lumki, mevalarni quritish ikki xil:

tabiiy

va

sun’iy

yo‘l bilan amalga oshiriladi. Mevalarni ochiq havoda suvsizlantirish tabiiy quritish deb

yuritilsa, oziq-ovqat sanoatida mahsulotlarni turli quritish shkaflarida quritish, yoki
mevalarni quritishda turli ta’sir etuvchi kuch yordamida quritish jarayoni bu sun’iy quritish
deyiladi. Ushbu jarayonlar maxsus quritish qurilmalarida olib boriladi.

Respublikamiz iqlim sharoitining harorati yuqori, havo namligining past bo‘lishi olxo‘ri

mevalarini oftobda, ya’ni ochiq havoda quritish imkonini beradi. Oftobda quritilgan mevalar,
sun’iy quritilgan mevalarga taqqoslanganda sifat va tabiiylik ko‘rsatkichlari bo‘yicha juda
yuqori baholanadi.

Olxo‘ri mevalarini quritish jarayonida boshlang‘ich massadan 75-78% gacha suvni meva

tarkibidan chiqarib yuborish talab etiladi, ya’ni qayta ishlash jarayoni ko‘p energiya
resurslarini talab etadi. Ushbu jarayonda haroratni oshirish tayyor quritilgan mahsulot
sifatining pasayishiga olib kelishi mumkin. Ushbu muammolar mevalarni quritishning
resurstejamkor texnologiyalardan, quyosh paneli yordamida quritish uskunasidan unumli
foydalanish hamda quritish uchun tayyorlangan olxo‘ri xom-ashyosiga turlicha ishchi
eritmalar bilan dastlabki ishlov berish orqali sifatli quritilgan mahsulot olishga erishish
mumkinligini ko‘rsatadi.

Tadqiqot maqsadi

olxo‘rining kechpishar navlaridan quritishga mos navlarini tanlash

va ularga qurutish usullarining ta’sirini o‘rganish.

Tadqiqot vazifalari:

-

olxo‘rining quritishga mos navlarini tanlash va ularga qurutish usullarini qo‘llash;

-

olxo‘ri navlari mevalarini qurutish usullarini qo‘llash jarayonida qurigan tayyor

mahsulotlarning sifat ko‘rsatkichlarini aniqlash;

Tadqiqot ob’ekti

sifatida O‘zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya

etilgan qishloq xo‘jaligi ekinlari davlat reestriga kiritilgan olxo‘rining Қора олу, Бертон,
Венгерка фиолетовая, Венгерка домашняя va Супериор navlari tanlab olingan.

Tadqiqotlarimiz davomida olxo‘rining turli navlarini turli usullarda quritish hamda

quritilgan mahsulotlarni barcha ko‘rsatkichlarini tahlil эtish orqali, aynan quritishga mos
bo‘lgan olxo‘ri navlarini ajratish va quritish jarayonida ularga ta’sir etuvchi turli omillarni va
ushbu omillarning qurigan mahsulot sifatiga, qurish tezligiga ta’sirini aniqlashga e’tibor
qaratildi. Bunda olxo‘rining kechpishar navlaridan Қора олу, Бертон, Венгерка фиолетовая,
Венгерка домашняя va Супериор navlari tanlab olinib, quritishga yaroqliligi aniqlandi.
Ma’lumki, bir turga mansub bo‘lgan turli olxo‘ri navlarining tasnifi navlarning kelib chiqishiga
bog‘liq ravishda, ularning genotipida, fenotipida va xo‘jalik belgilarida turlicha farqlanishlar
mavjud bo‘ladi. Shuning uchun olxo‘ri navlarining mevalari quritilganda, tayyor mahsulot
chiqishi, quritilgan mahsulotning turlicha sifat ko‘rsatkichlari navlararo bir-biridan keskin
farqlanadi.

Izlanishlar davomida ushbu olxo‘ri navlarini quritishga mos jihatlari o‘rganilib, ma’lum

bir ijobiy natijalarga erishildi. Dastlab olxo‘ri navlari mevalarini ochiq maydonda quritish
bo‘yicha tajribalar olib borildi. Tajribalarimiz 5 variant 4 qaytariqda bo‘lib, har bir
qaytariqda 10 kg olxo‘ri mevasi olindi, 1 ta variantda 40 kg jami variantlar va qaytariqlarda
200 kg olxo‘ri navlarining mevalari quritish uchun ochiq havoga joylashtirildi.


background image

`

142

Meva quritish uchun tanlab olingan tajriba olib borilgan joy 200 m

2

maydonni tashkil

etib, ushbu maydonga avgust oyining uchinchi dekadasida va sentabr oyining 1-2 dekadasida
quyosh rel’efi, ya’ni quyosh nuri tushish ko‘rsatkichi kunning birinchi yarmidan - 10

00

dan

12

30

gacha sharq tomondan ta’sir etishi kuzatilsa, 12

30

dan 16

00

gacha quyosh nuri tik tushish

imkoni mavjud va 16

00

dan 18

10

gacha quyosh botar tomonda issiqlik ta’sir etishi kuzatildi.

Ushbu holatda olxo‘ri navlari mevalarida tarkibidagi erkin va birikkan suvlarni turlicha

darajada bug‘lanishi kuzatildi. Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, ushbu fiziologik jarayonga
ko‘plab omillarni ta’sir etishi bilan bir qatorda eng asosiy omillardan biri bu olxo‘ri navlari
mevalarining tuzilishiga bog‘liq bo‘ladi.

Bunda asosan olxo‘ri navlari mevalarini qobig‘i meva eti (mezokarpiy) meva tarkibidagi

erkin va birikkan suvlarning holati meva tarkibidagi uglevodlar, nitratlar, vitaminlar,
eruvchan va erimaydigan pektinlar va protapektinlarni miqdoriga bog‘liq ravishda mevalarda
suvsizlanish jarayoni turlicha kechadi. Olxo‘rining Қора олу, Бертон, Венгерка фиолетовая,
Венгерка домашняя va Супериор navlari ochiq havoda oftobda quritildi. Tajriba uchun
nazorat sifatida olxo‘rining Қора олу navi tanlab olinib, qolgan barcha quritish uchun tanlab
olingan olxo‘ri navlari ushbu navga taqqoslanib, quritish bo‘yicha tajribalar olib borildi (1-
jadvalga qarang).

1-жадвал

Olxo‘ri navlari mevalarini quritishda tayyor quritilgan mahsulot chiqish

ko‘rsatkichlari (2022-2024 y.y.).

Olxo‘ri navlari

Olxo‘ri navlari mevalarini quritish davomidagi suv bug‘latish

ko‘rsatkichlari va quritilgan tayyor mahsulot chiqish miqdori

xom-

ashyo

miqdori,

kg

5 kun

o‘tib,

%

10 kun

o‘tib,%

15 kun

o‘tib,%

20 kun

o‘tib,%

tayyor quritilgan

mahsulot chiqimi

kg

%

2022 yilda olib borilgan kuzatuvlar

Қора олу (назорат)

40

78

56

36

25

10,

25

Бертон

40

80

58

38

32

12,8

32

Венгерка

фиолетовая

40

80

57

37

30

12,0

30

Венгерка

домашняя

40

78

56

36

28

11,2

28

Супериор

40

76

54

38

26

10,4

26

2023 yilda olib borilgan kuzatuvlar

Қора олу (назорат)

40

79

54

32

26

10,4

26

Бертон

40

82

56

40

34

13,6

34

Венгерка

фиолетовая

40

81

55

38

32

12,8

32

Венгерка

домашняя

40

80

54

38

30

12,0

30

Супериор

40

78

56

36

28

11,2

28


background image

`

143

2024 yilda olib borilgan kuzatuvlar

Қора олу (назорат)

40

74

54

34

24

9,6

24

Бертон

40

76

52

37

30

12,0

30

Венгерка

фиолетовая

40

77

52

35

28

11,2

28

Венгерка

домашняя

40

74

53

34

26

10,4

26

Супериор

40

73

52

34

25

10,0

25


Jadval ma’lumotlarida qayd etilganidek, tajribalar 2022, 2023, 2024 yillar davomida bir

xil uslubda bir xil texnik shartlar asosida quritilib mevalarni qurish ko‘rsatkichlari tahlil etildi.
Bunda tajribalarimizda o‘rganilayotgan olxo‘rining beshta navining mevalari yillararo va
navlararo turlicha qurish davomiyligi va tayyor quritilgan mahsulot chiqimi miqdori bir-
biridan farqlanishi aniqlandi.

2022- yilda olib borilgan tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, bunda tajribalarimizda

o‘rganilayotgan olxo‘ri navlaridan Қора олу navi (nazorat) sifatida olingan bo‘lib, boshqa
navlar esa ushbu navga taqqoslanib quritish bo‘yicha tajribalar amalga oshirildi. Bunda
nazorat sifatida olingan Қора олу navida quritishning dastlabki 5 kunida quritishga
joylashtirilgan 100% xom-ashyodan 78%, 10 kun o‘tib 56%, 15 kun o‘tib 36%, 20 kun o‘tib
esa 25% qurigan mahsulot qolganligi aniqlandi. Қора олу (nazorat) navida tayyor quritilgan
mahsulot 25% bo‘lib, 40 kg xom-ashyodan 10 kg tayyor quritilgan mahsulot olishga erishildi.
Ushbu ko‘rsatkich olxo‘rining Бертон navida quritishning dastlabki 5 kunida quritishga
joylashtirilgan 100% xom-ashyodan 80%, 10 kun o‘tib 58%, 15 kun o‘tib 38%, 20 kun o‘tib
esa 32% qurigan mahsulot qolganligi aniqlandi. Ushbu tajribada Бертон navida tayyor
quritilgan mahsulot 32% bo‘lib, 40 kg xom-ashyodan 12,8 kg tayyor quritilgan mahsulot
olindi.

Ushbu tajribalar natijasiga ko‘ra olxo‘rining Венгерка фиолетовая navida, quritishning

dastlabki 5 kunida quritishga joylashtirilgan 100% xom-ashyodan 80%, 10 kun o‘tib 57%, 15
kun o‘tib 37%, 20 kun o‘tib esa 30% mahsulot qolganligi aniqlandi. Ushbu tajribada Венгерка
фиолетовая navida tayyor quritilgan mahsulot 30% bo‘lib, 40 kg xom-ashyodan 12,0 kg
tayyor quritilgan mahsulot olinganligi kuzatildi.

Ushbu ko‘rsatkich Венгерка домашняя navida, quritishning dastlabki 5 kunida

quritishga joylashtirilgan 100% xom-ashyodan 78%, 10 kun o‘tib 56%, 15 kun o‘tib 36%, 20
kun o‘tib esa 28% mahsulot qolganligi aniqlandi. Ushbu tajribada Венгерка домашняя
navida tayyor quritilgan mahsulot 28% ni tashkil etib, 40 kg xom-ashyodan 11,2 kg tayyor
quritilgan mahsulot olishga erishildi.

Olxo‘rining Супериор navida quritishning dastlabki 5 kunida quritishga joylashtirilgan

100% xom-ashyodan 76%, 10 kun o‘tib 54%, 15 kun o‘tib 38%, 20 kun o‘tib эsa 26%
mahsulot qolganligi aniqlandi. Супериор navida tayyor quritilgan mahsulot 26% ni tashkil
etib, 40 kg xom-ashyodan 10,4 kg tayyor quritilgan mahsulot chiqis’hi tajribalarimiz
davomida aniqlandi.

2023 yilda olib borilgan tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, olxo‘ri navlari mevalarini

quritishda Қора олу navida quritishning dastlabki 5 kunida quritishga joylashtirilgan 100%


background image

`

144

xom-ashyodan 79%, 10 kun o‘tib 54%, 15 kun o‘tib 32%, 20 kun o‘tib esa 26% mahsulot
qolganligi aniqlandi. Қора олу (nazorat) navida tayyor quritilgan mahsulot 26% bo‘lib, 40 kg
xom-ashyodan 10,4 kg tayyor quritilgan mahsulot olishga erishildi.

Olxo‘rining Бертон navida quritishning dastlabki 5 kunida quritishga joylashtirilgan

100% xom-ashyodan 82%, 10 kun o‘tib 56%, 15 kun o‘tib 40%, 20 kun o‘tib esa 34%
mahsulot qolganligi aniqlandi. Бертон navida tayyor quritilgan mahsulot 34% bo‘lib 40 kg
xom-ashyodan 13,6 kg tayyor quritilgan mahsulot olishga erishildi.

Венгерка фиолетовая navida, quritishning dastlabki 5 kunida quritishga joylashtirilgan

100% xom-ashyodan 81%, 10 kun o‘tib 55%, 15 kun o‘tib 38%, 20 kun o‘tib esa 32%
mahsulot qolganligi aniqlandi. Венгерка фиолетовая navida tayyor quritilgan mahsulot
chiqimi 32% bo‘lib, 40 kg xom-ashyodan 12,8 kg tayyor quritilgan mahsulot olinganligi
kuzatildi.

Ushbu ko‘rsatkich Венгерка домашняя navida, quritishning dastlabki 5 kunida

quritishga joylashtirilgan 100% xom-ashyodan 80%, 10 kun o‘tib 54%, 15 kun o‘tib 38%, 20
kun o‘tib esa 30% mahsulot qolganligi aniqlandi. Венгерка домашняя navida tayyor
quritilgan mahsulot chiqimi 28% ni tashkil etib, 40 kg xom-ashyodan 12,0 kg tayyor quritilgan
mahsulot olishga erishildi.

Ushbu ko‘rsatkichlar olxo‘rining Супериор navida quritishning dastlabki 5 kunida

quritishga joylashtirilgan 100% xom-ashyodan 78%, 10 kun o‘tib 56%, 15 kun o‘tib 36%, 20
kun o‘tib esa 28% mahsulot qolganligi aniqlandi. Супериор navida tayyor quritilgan mahsulot
26% ni tashkil etib, 40 kg xom-ashyodan 11,2 kg tayyor quritilgan mahsulot olindi.

2024 yilda olib borilgan tajriba natijalari shuni ko‘rsatdiki, bunda tajribalarimizda

o‘rganilayotgan olxo‘ri navlaridan Қора олу navi (nazorat) sifatida olingan bo‘lib, boshqa
navlar esa ushbu navga taqqoslanib quritish davomiyligi amalga oshirildi. Bunda nazorat
sifatida olingan Қора олу navida quritishning dastlabki 5 kunida quritishga joylashtirilgan
100% xom-ashyodan 74%, 10 kun o‘tib 54%, 15 kun o‘tib 34%, 20 kun o‘tib esa 24%
mahsulot qolganligi aniqlandi. Қора олу (nazorat) navida tayyor quritilgan mahsulot 24%
bo‘lib, 40 kg xom-ashyodan 9,6 kg tayyor quritilgan mahsulot olishga erishildi (1-rasmga
qarang).


background image

`

145

25

26

24

32

34

30

30

32

28

28

30

26

26

28

25

0

5

10

15

20

25

30

35

40

2022 йил

2023 йил

2024 йил

OLXO' RI NAVLARI MEVALAR I QURITILGANDA TAYYOR QURITIL GAN

MAHS ULOT CHIQIS H KO' S ATKICHLAR I YILLAR KES IMIDA, %

Қора олу

Бертон

Венгерка фиолетовая

Венгерка домашняя

Супериор

1-rasm. Olxo‘ri navlari mevalarini quritishda tayyor quritilgan mahsulot chiqimi foiz

ko’rsatkichda yillar kesimida aniqlangan.

Ushbu ko‘rsatkich olxo‘rining Бертон navida quritishning dastlabki 5 kunida quritishga

joylashtirilgan 100% xom-ashyodan 76%, 10 kun o‘tib 52%, 15 kun o‘tib 37%, 20 kun o‘tib
esa 30% mahsulot qolganligi aniqlandi. Ushbu tajribada Бертон navida tayyor quritilgan
mahsulot chiqimi 30% bo‘lib, 40 kg xom-ashyodan 12,0 kg tayyor quritilgan mahsulot olindi.

Ushbu tajribalar natijasiga ko‘ra olxo‘rining Венгерка фиолетовая navida, quritishning

dastlabki 5 kunida quritishga joylashtirilgan 100% xom-ashyodan 77%, 10 kun o‘tib 52%, 15
kun o‘tib 35%, 20 kun o‘tib esa 28% mahsulot qolganligi aniqlandi. Ushbu tajribada Венгерка
фиолетовая navida tayyor quritilgan mahsulot 28% bo‘lib, 40 kg xom-ashyodan 11,2 kg
tayyor quritilgan mahsulot olinganligi kuzatildi.

Венгерка домашняя navida, quritishning dastlabki 5 kunida quritishga joylashtirilgan

100% xom-ashyodan 74%, 10 kun o‘tib 53%, 15 kun o‘tib 34%, 20 kun o‘tib esa 26%
mahsulot qolganligi aniqlandi. Ushbu tajribada Венгерка домашняя navida tayyor quritilgan
mahsulot 26% ni tashkil etib, 40 kg xom-ashyodan 10,4 kg tayyor quritilgan mahsulot olishga
erishildi.

Ushbu ko‘rsatkichlar olxo‘rining Супериор navida quritishning dastlabki 5 kunida

quritishga joylashtirilgan 100% xom-ashyodan 73%, 10 kun o‘tib 52%, 15 kun o‘tib 34%, 20
kun o‘tib esa 25% mahsulot qolganligi aniqlandi. Супериор navida tayyor quritilgan mahsulot
25% ni tashkil etib, 40 kg xom-ashyodan 10,0 kg tayyor quritilgan mahsulot chiqishi
tajribalarimiz davomida aniqlandi. (2-rasmga qarang).


background image

`

146

2-rasmda olxo‘ri mevalarini quritishdan oldin inspeksiya qilish jarayoni va quritilgan

mahsulot ko‘rinishi

XULOSA

Olxo‘ri navlari mevalari quritilganda, quritilgan mahsulotlarda turli farqlantiruvchi

belgilarga ularning tashqi ko‘rinishi, rangi, sifati, tovarbopligi, vazni va boshqa ko‘rsatkichlari
kiradi. Bir navga tegishli bo‘lgan olxo‘ri mevalarida variasiya hodisalarining yuzaga
kelishining sababi ular har doim irsiy xususiyatlariga bog‘liq ravishda farqlanadi. Bundan
tashqari olxo‘ri navlari mevalarini pishib yetilish muddatlari, shakllanishi, ko‘pincha har xil
sharoitda kechishini inobatga olish zarur bo‘ladi.

Olxo‘ri navlari mevalarini quritish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlardan olingan

natijalarga asoslanib, iqtisodiy samaradorlik tahlil etilganda sof foyda va rentabellik darajasi
eng yuqori ko‘rsatkichda bo‘lgan olxo‘ri navlaridan Бертон va Венгерка фиолетовая navlari
samardorligi yuqori bo‘lgan. Shunga ko‘ra ishlab chiqarishda olxo‘rining Бертон va Венгерка
фиолетовая navlarini quritish tavsiya etiladi.

References:

1.

"Turkiya Respublikasi Oziq-ovqat qishloq xo’jaligi vazirligi hamda “Denizbank”

hamkorligida tayyorlangan “100 ta kitobdan” iborat to’plami.
2.

Bo’riyev X. Ch., Baymetov K.I., Abdiqayumov Z.A. Meva ekinlari seleksiyasi va

navshunosligidan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2004.
3.

Xudayberdiyeva L.A. “Olxo’ri navlarini zamonaviy-an’anaviy usullarda saqlash va tashish

texnologiyasi”. Toshkent: “O‘zbekiston agrar fan xabarnomasi” jurnal., 2023.
4.

Xudayberdiyeva L.A.,Voqqosov Z. K., Xo‘janazarova M.Q. “Studying the process of

phenological monitoring of late varieties of plums grown in the climatic conditions of
Namangan region”. E3S Web of Conferences

486

, 02012 (2024)

AGRITECH-IX 2023.

5.

Xudayberdiyeva L.A., Xo‘janazarova M.Q. “Olxo‘rining sanoatbop navlarini tadqiq qilish

hamda saqlash va quritish texnologiyalarini takomillashtirish”. «Eurasian Journal of Academic
Research» xalqaro ilmiy jurnali (ISSN: 2181-2020). – Evroosiyo akademik tadqiqotlar jurnali.
2023.
6.

Xudayberdiyeva L.A. “Namangan viloyatining turli hududlari va turli iqlim sharoitida

yetishtirilgan olxo‘rining kechki navlari misolida fenologik kuzatuv hamda sifat


background image

`

147

ko‘rsatkichlarini o‘rganish”. “O‘zbekiston agrar fan xabarnomasi” jurnal.

“Qishloq xo‘jaligi

mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashdagi muammolar va ularni innovatsion texnologiyalar
asosidagi yechimlari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. – Toshkent. 2023.
7.

Xudayberdiyeva L.A., Voqqosov Z. K., Xo‘janazarova M.Q. “Исследование

промышленных сортов слив и совершенствование технологий хранения и сушки”.
“UNIVERSUM:ТЕХНИChЕСКИЕ НАУКИ” xalqaro ilm-fan jurnali. – Moskva, 2023.
8.

Xudayberdiyeva L.A., Voqqosov Z. K., “Olxo'ri (g’ayloli) navlari va ularni

qayta ishlash usullari”. Лучшие интеллектуалные исследования”.

международный

научный электронный журнал част-12 том-2.январ – 2024.
9.

Our preservative can prolong shelf-life of plums by 1.5-3 times." Manager Li.Shandong

Aoweite Biotechnology Co., Ltd.
10.

Sagi- Kiss Virag, Sim S.Fong and Richard G. Brereton,“Prediction of Moldy Spoilage of

Fruits”
11.

Sangeeta Dwivedi, Palash Prajapati, Narendra Vyas, Sapna Malviya, Anil Kharia,(2017).

“A Review on Food Preservation: Methods, harmful effects and better alternatives”. Asian
Journal of Pharmacy and Pharmacology
12.

Preservation Techniques of Plums – A Review, M. R. Sharmin, M. N. Islam and M. A. Alim,

(2015)

Библиографические ссылки

"Turkiya Respublikasi Oziq-ovqat qishloq xo’jaligi vazirligi hamda “Denizbank” hamkorligida tayyorlangan “100 ta kitobdan” iborat to’plami.

Bo’riyev X. Ch., Baymetov K.I., Abdiqayumov Z.A. Meva ekinlari seleksiyasi va navshunosligidan amaliy mashg’ulotlar. Toshkent: O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2004.

Xudayberdiyeva L.A. “Olxo’ri navlarini zamonaviy-an’anaviy usullarda saqlash va tashish texnologiyasi”. Toshkent: “O‘zbekiston agrar fan xabarnomasi” jurnal., 2023.

Xudayberdiyeva L.A.,Voqqosov Z. K., Xo‘janazarova M.Q. “Studying the process of phenological monitoring of late varieties of plums grown in the climatic conditions of Namangan region”. E3S Web of Conferences 486, 02012 (2024) AGRITECH-IX 2023.

Xudayberdiyeva L.A., Xo‘janazarova M.Q. “Olxo‘rining sanoatbop navlarini tadqiq qilish hamda saqlash va quritish texnologiyalarini takomillashtirish”. «Eurasian Journal of Academic Research» xalqaro ilmiy jurnali (ISSN: 2181-2020). – Evroosiyo akademik tadqiqotlar jurnali. 2023.

Xudayberdiyeva L.A. “Namangan viloyatining turli hududlari va turli iqlim sharoitida yetishtirilgan olxo‘rining kechki navlari misolida fenologik kuzatuv hamda sifat ko‘rsatkichlarini o‘rganish”. “O‘zbekiston agrar fan xabarnomasi” jurnal. “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash va qayta ishlashdagi muammolar va ularni innovatsion texnologiyalar asosidagi yechimlari” mavzusida Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya. – Toshkent. 2023.

Xudayberdiyeva L.A., Voqqosov Z. K., Xo‘janazarova M.Q. “Исследование промышленных сортов слив и совершенствование технологий хранения и сушки”. “UNIVERSUM:ТЕХНИChЕСКИЕ НАУКИ” xalqaro ilm-fan jurnali. – Moskva, 2023.

Xudayberdiyeva L.A., Voqqosov Z. K., “Olxo'ri (g’ayloli) navlari va ularni

qayta ishlash usullari”. Лучшие интеллектуалные исследования”. международный научный электронный журнал част-12 том-2.январ – 2024.

Our preservative can prolong shelf-life of plums by 1.5-3 times." Manager Li.Shandong Aoweite Biotechnology Co., Ltd.

Sagi- Kiss Virag, Sim S.Fong and Richard G. Brereton,“Prediction of Moldy Spoilage of Fruits”

Sangeeta Dwivedi, Palash Prajapati, Narendra Vyas, Sapna Malviya, Anil Kharia,(2017). “A Review on Food Preservation: Methods, harmful effects and better alternatives”. Asian Journal of Pharmacy and Pharmacology

Preservation Techniques of Plums – A Review, M. R. Sharmin, M. N. Islam and M. A. Alim, (2015)