`
134
ETNOSPORT O‘YINLARI TARIXI (MILLIY KURASH MISOLIDA)
Yuldashov Behzod Furqat o‘g’li
Urganch innovatsion universiteti magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14697714
Annotatsiya:
Ushbu maqolada etnosport o‘yinlari tarixi va unda milliy kurashning
ahamiyati bilan bog’liq ma’lumotlar aks etgan.
Kalit so‘zlar:
etnosport, kurash, Xorazm vohasi, Abu Ali Ibn Sino, Alisher Navoiy.
Аннотация:
В данной статье приведена информация о истории этноспортивных
игр и значении национальной борьбы в их контексте.
Ключевые слова:
этноспорт, борьба, Хорезмский оазис, Абу Али Ибн Сина, Алишер
Навои.
Annotation:
This article presents information about the history of ethnosport games and
the significance of national wrestling within them.
Key words:
ethnosport, wrestling, Khorezm oasis, Abu Ali Ibn Sina, Alisher Navoi.
Xorazm vohasi O‘zbekistonning tarixiy va madaniy jihatdan boy hududlaridan biri bo‘lib,
u yerda asrlar davomida shakllangan etnosport o‘yinlari xalqning madaniy merosi va milliy
o‘zligini namoyon qiladi. Ushbu ilmiy tezis Xorazm vohasidagi etnosport o‘yinlarining tarixi,
turlari va bugungi kundagi ahamiyatini o‘rganishga bag‘ishlanadi.
Etnosport o‘yinlari Xorazmliklarning kundalik hayoti va urf-odatlari bilan chambarchas
bog‘liqdir. Mazkur o‘yinlar qadimda nafaqat jismoniy tayyorgarlikni mustahkamlash, balki
yosh avlodni tarbiyalash va jamoaviy birdamlikni rivojlantirish vositasi sifatida xizmat qilgan.
Xorazm vohasida keng tarqalgan o‘yinlar qatoriga kurash, ot poygalari va milliy o‘yinlar kiradi.
Bu o‘yinlar qadimiy qo‘lyozmalarda va xalq og‘zaki ijodida aks etgan.
O’tmishda qabilalar va davlatlar o’rtasida nizolar ularning vakillari olishuvida hal etilgan,
jangchining halok bo’lishi, qon to’kilishini bartaraf etgan. Har bir tomon o’z qo’shinlari ichidagi
eng kuchli polvonni maydonga chiqarib, olishtirishgan. Jang qurollari (qilich, nayza, yoy,
kamon) yaroqsiz holatga kelib qolsa qo’l bilan urishishgan. Mag’lub bo’lgan polvon qaysi
qo’shinning vakili bo’lsa, shu qo’shin yengilgan deb hisoblangan.
Ulug’ hakim Abu Ali Ibn Sino (980-1037) o’sha vaqtdagi milliy kurashi haqida shunday
fikr yuritgan edi: “Kurash har xil bo’lgan. Shulardan bittasida ikki erkak bir-birlarning
belbog’larini ushlab o’ziga tortadi va har biri o’z raqibidan qutulishga intiladi, harakat qiladi,
lekin biri boshqasini qo’yib yubormaydi.
1
Buyuk sohibqiron Amir Temur askarlari jismonan baquvvat bo’lishi uchun har xil
mashqlardan foydalanishgan. Ayniqsa, kurash usullarini tinmay o’rganishgan. Bu davrda
kurash nihoyatda ommaviylashib, jang, tomosha ko’rinishida va musobaqa tarzida qo’llanilgan.
Alisher Navoiyning “Hamsa”, “Holoti Pahlavon Muhammad”, Zayniddin Vosifiyning
“Badoye ul-vaqoye”, Husayn Voiz Koshifiyning “Futuvvatnomai sultoniy”, Zahiriddin
Muhammad Boburning “Boburnoma” asarida kurash haqida qimmatli ma’lumotlar bor.
Qo’qon xoni Xudoyorxon ham kurashni juda yaxshi ko’rgan va sayllarda, to’ylarda
kurashchilarni taklif qilib ularni kurashidan huzur qilganligi manbalardan ma’lum. Hatto
o’ttizga yaqin polvonni o’z qarorgohida ushlab, ularga hurmat bilan qarab kelgan.
1
Azizov X.N. Belbog’li Turkiston kurashi. T., 1998. C.7.
`
135
XIX asrning ikkinchi yarmida O’rta Osiyoga safar qilgan sayohatchi X.Vamberi oilada
farzand tug’ilganiga 40 kun to’lganda, ya’ni chaqaloqning chillasi chiqqandan keyin bayram
belgilanadi. Bayram arafasida har xil o’yinlar tashkil qilinib, oxirida esa polvonlar bellashadilar
deb yozadi.
2
Yuqoridagi fikrlardan shu ma’lum bo’ladiki, biz hozirgi zamon milliy kurashi qadimdan
mavjud bo’lganligiga, asrlar davmida rivojlanib, kishilarga zavq-shavq baxsh etib kelganligiga,
mardlarning maydondagi mahoratini, matonatini namoyish etadigan an’anaviy sport turi
ekanligiga guvoh bo’lamiz.
Bugungi kunda etnosport o‘yinlari Xorazm vohasida nafaqat madaniy merosni saqlash,
balki turizmni rivojlantirish vositasi sifatida ham katta ahamiyat kasb etmoqda.
3
Xususan,
milliy sport festivallari va xalqaro musobaqalar orqali Xorazm madaniyati dunyoga
tanitilmoqda. Shu bilan birga, etnosport yoshlarda milliy g‘urur va jismoniy tarbiya ruhini
shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.Xorazm vohasida etnosport o‘yinlari xalqning tarixiy-
madaniy merosi sifatida katta ahamiyatga ega.
Ularni kelajak avlodga yetkazish va rivojlantirish maqsadida quyidagilar tavsiya etiladi:
1.
Etnosport o‘yinlarini maktab va universitetlarning sport dasturlariga kiritish.
2.
Hududiy va xalqaro etnosport musobaqalarini tashkil qilish.
3.
Ushbu o‘yinlar bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarni kengaytirish va ularni ommalashtirish.
4.
Turizmni rivojlantirishda etnosport festival va tadbirlarini muntazam o‘tkazish.
Etnosport o‘yinlari Xorazm xalqining boy merosini saqlash va uni dunyoga tanitishda
beqiyos vositadir.
References:
1.
Azizov X.N. Belbog’li Turkiston kurashi. T., 1998. C.7.
2.
Х. Vamberi Buxoro yoxud Movarounahr tarixi Т., 1990
3.
Dala materiallari. Masharipov O’ktam. Xiva shahri. 2024- yil.
2
Х. Vamberi Buxoro yoxud Movarounahr tarixi Т., 1990
3
Dala materiallari. Masharipov O’ktam. Xiva shahri. 2024- yil.