`
42
QANDLI DIABET 1-TUR FONIDA JIGAR HUJAYRALARINING
YALLIG`LANISHINI DAVOLASHDA ANTIOKSIDANT DORIVOR MODDALAR
SAMARADORLIGINI BAHOLASH
Qurbonov Xusen Sodiqovich
Endokrinolog shifokor
Uzakov Djamshir Kasimovich
Reanimatolog shifokor
Navoiy viloyat endokrinologiya dispanseri,Navoiy sh,O`zbekiston
Djuz2302@gmail.com. +998950703000
https://doi.org/10.5281/zenodo.14752341
Kirish
1-tur qandli diabet (QD) dunyo bo‘ylab keng tarqalgan surunkali kasalliklardan biri
bo‘lib, u ko‘plab tizimli asoratlarni, jumladan, jigar hujayralarining yallig‘lanishini keltirib
chiqaradi. Jigar yallig‘lanishi qondagi glyukoza darajasining uzluksiz yuqori bo‘lishi, oksidativ
stress va yallig‘lanish mediatorlarining faollashuvi bilan bog‘liq bo‘lib, bu bemorlarda jiddiy
gepatobiliyer patologiyalarning rivojlanishiga olib keladi [2]. Hozirgi kunda jigar
yallig‘lanishini davolashda antioksidant dorivor moddalardan foydalanish dolzarb
masalalardan biri hisoblanadi. Antioksidantlar jigar hujayralarini oksidativ shikastlanishdan
himoya qilish va yallig‘lanish jarayonlarini kamaytirishda muhim ahamiyatga ega. Ammo turli
antioksidant vositalar samaradorligini o‘rganish va ularni solishtirish bo‘yicha tadqiqotlar
yetarli darajada o‘tkazilmagan.
Dolzarblik
Tadqiqotning dolzarbligi shundaki, u 1-tur QD bilan og‘rigan bemorlarda turli
antioksidant preparatlarning ta'sirini o‘rganish orqali davolash usullarini takomillashtirishga
xizmat qiladi. Shu bilan birga, ushbu mavzu yallig‘lanish va oksidativ stress mexanizmlarining
diabet kontekstida chuqurroq o‘rganilishini ta'minlash bilan ahamiyatlidir [1]. Bu natijalar
diabet bilan bog‘liq gepatologik asoratlarni bartaraf etishda yangi yondashuvlarni ishlab
chiqish imkonini beradi.
Maqsad
Jigar hujayralari yallig‘lanishini bartaraf etishda antioksidant dorivor moddalar
samaradorligini baholash.
Tadqiqot materiallari va usullari
Tadqiqot uchun 15-45 yosh oralig‘idagi 70 nafar bemor tanlab olindi. Har bir bemorning
qon biokimyoviy tahlillari dastlabki holatda o‘rganildi. So‘ngra bemorlar retrospektiv
ravishda uchta guruhga ajratildi:
- 1-guruh: Antioksidant sifatida asetilsistein kuniga 600 mg per os 10 kun davomida
qo‘llanildi.
- 2-guruh: Tioktat kislotasi kuniga 600 mg infuziya shaklida 10 kun davomida qo‘llanildi.
- 3-guruh: Sol. Essential® 5 ml miqdorda kuniga 10 kun davomida yuborildi.
Dastlabki qon biokimyoviy tahlillar natijalari olingach, davolashning 3-, 7- va 10-
kunlarida qayta tahlillar o‘tkazildi. Tadqiqot davomida jigar hujayralarining yallig‘lanish
markerlari sifatida ALT, AST, bilirubin va GGT ko‘rsatkichlari kuzatildi.
Natijalar
`
43
Dastlabki qon biokimyoviy tahlillarda ALT, AST, bilirubin va GGT darajalari me’yordan
yuqori bo‘lib, 1-guruhda 3 barobar, 2-guruhda 1,6 marta, 3-guruhda esa 1,25 marta oshgani
kuzatildi.
Davolash natijasida jigar yallig‘lanish markerlari darajasining pasayishi kuzatildi. Ammo
pasayish tezligi bo‘yicha 2-guruhda (tioktat kislotasi qabul qilgan bemorlarda) ko‘rsatkichlar
1- va 3-guruhlarga nisbatan sezilarli darajada yuqori bo‘ldi.
Xulosa
1-tur qandli diabet fonida rivojlangan jigar hujayralarining yallig‘lanishida tioktat
kislotasi boshqa antioksidant dorivor moddalarga nisbatan yuqori gepatoprotektorlik
xususiyatini namoyon etdi. Ushbu natijalar tioktat kislotasini gepatoprotektor sifatida keng
miqyosda qo‘llash imkoniyatini beradi.
References:
1.
Ma, Q., Chen, J., Wang, H., & Xu, Q. (2020). Oxidative stress and inflammation in liver
diseases. World Journal of Hepatology, 12(12), 797-810.
2.
De Mello, T., & Tiniakos, D. (2021). Pathophysiology of liver inflammation: Insights into
oxidative stress and therapeutic approaches. Journal of Hepatology, 74(4), 994-1008.
3.
Zhang, C., Li, C., Chen, S., & Li, Z. (2019). Acetylcysteine and its therapeutic potential in
liver diseases. Frontiers in Pharmacology, 10, 1125.
4.
Nguyen, N. M., & Tran, T. B. (2017). The role of thioktat acid in oxidative stress
management in liver disorders. Clinical and Experimental Hepatology, 3(3), 129-135.
5.
Sies, H. (2020). Oxidative stress: From basic research to clinical application. American
Journal of Clinical Nutrition, 113(4), 1134-1140.