`
39
STABILLOVCHI BURGʻULASH QORISHMALARINI QО‘LLASH VA ULAR
TARKIBIDAGI TURLI REAGENTLAR USTIDA OLIB BORILAYOTGAN AMALIY
ISHLAR
Raxmanov Jaxongir Jalilovich
Bozorov Otabek Nashvandovich
Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
E-mail: raxmanov.jaxongir@mail.ru
https://doi.org/10.5281/zenodo.14748151
Annotatsiya:
Neft va gаz sanoatining burgʻulash qorishmalari uchun modifikatsiyalangan
stabillovchi reagentlarni ishlab chiqarish bо‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlarida
ko‘rishimiz mumkinki, turli plastlarda burgʻulash jarayonlarida ishlatiladigan stabillovchi
burgʻulash qorishmalarini qо‘llash va ular tarkibidagi turli reagentlar ustida olib borilayotgan
amaliy ishlar atroflicha о‘rganildi.
Kalit so‘zlar:
harorat, sellyuloza, komponent, makromolekulalar, qaynatish, gomogen,
tozalash, reaksiya, qaynatish, avtoklav, tarkibiy, kompleks.
“О‘zbekneftgaz” AJ neft va gaz qazib olish, saqlash, qayta ishlash va sotish bilan
shugʻullanadigan О‘zbekistondagi eng yirik davlat kompaniyasi hisoblanadi. Tabiiy gaz qazib
olish bо‘yicha ushbu kompaniya dunyoda 11- о‘rinni egallaydi.
Neft va gaz sanoati faoliyatida geologik qidiruv, neft va gaz konlarini о‘zlashtirish,
burgʻulash, qazib olishdan boshlab, uglevodorodlarni qayta ishlash, neft mahsulotlari, neft va
gaz ishlab chiqarish, kimyoviy uskunalar va iste’molchilarni neft mahsulotlari bilan
ta’minlashgacha bо‘lgan barcha neft va gaz operatsiyalarini qamrab oladi[1].
Neft va gaz sanoati, neft va gaz konlarini qidirish, burgʻulash, qazib chiqarish,
uglevodorodlarni qayta ishlash, neft mahsulotlarini ishlab chiqarish, neft-kimyo va kimyo
uskunalarini ishlab chiqarish va iste’molchilarni neft mahsulotlari bilan ta’minlashgacha
boʻlgan barcha neft va gaz operatsiyalarini qamrab oladi.
Neft va gaz sanoatida 30 ga yaqin ishlab chiqarish korxonalari faoliyat kо‘rsatmoqda, ular,
avtobenzin, dizel yoqilgʻisi, aviakerosin, har xil turdagi moylar, mazut, bitum, har xil turdagi
polietilen, tovar holdagi tabiiy va suyultirilgan gaz, neft-kimyo va kimyo uskunalari,
suyultirilgan gaz uchun balonlar va boshqa mahsulotlar ishlab chiqaradi.
Neft va gaz sanoatining investitsiya siyosati, avvalo sohani diversifikatsiya qilish va neft
va gaz resurslarini chuqur qayta ishlashni ta’minlash uchun yuqori texnologiyalar bilan xorijiy
investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan.
Sо‘nggi 5 yil ichida Ustyurt gaz-kimyo majmuasi, Qandim gazni qayta ishlash majmuasi va
boshqa bir qator sanoat obyektlari, strategik obyektlar foydalanishga topshirildi[2].
Uglevodorodlarni chuqur qayta ishlash bо‘yicha yirik strategik loyihalarni amalga
oshirish davom etmoqda.
Xususan:
- sintetik suyuq yoqilgʻi ishlab chiqarish zavodi 2020-yilda ishga tushirilgan;
- ushbu loyiha ishga tushirilishi natijasida yiliga 3,6 mlrd. kub metr tabiiy gazni qayta
ishlash va Yevro-5 talablariga javob beradigan 1,5 mln. tonna yuqori sifatli sintetik yoqilgʻilar
ishlab chiqariladi.
`
40
Shu bilan birgalikda, Shо‘rtan gaz kimyo majmuasining ishlab chiqarish quvvatini
kengaytirish bо‘yicha investitsiya loyihasini amalga oshirishning yangi Konsepsiyasi ishlab
chiqildi. Loyihani amalga oshirish bilan zavodning hozirda ishlab turgan quvvati 125,0 ming
tonnadan 500,0 ming tonnagacha, ya’ni 4 baravar kо‘paydi.
Uglevodorodga asoslangan burgʻulash suyuqliklarining foydali qatlamlarni dastlabki
ochishda afzalliklari, xorijiy va mahalliy ishlab chiqarish formulalarini koʻrib chiqishgan [2].
Ksantan biopolimerining asetat va piruvant guruhlari va guar smolasini gidroksil
guruhlarining oʻzaro ta'siri burgʻulash suyuqligining reologik parametrlarini 35% dan ortiq
oshirishga va filtrlash tezligini kamaytirishga yordam berishi sifat va miqdoriy jihatdan
tasdiqlagan, bu natijaga 30% dan koʻprogʻiga ksantin biopolimeri va kraxmal reagentini mos
ravishda 0,5% va 1,6% quruq polimer konsentratsiyasini qoʻllash orqali erishgan [3].
Kimyo, yengil va toʻqimachilik sanoati uchun xomashyo boʻlgan paxta tozalash
chiqindilari va yuqori sifatli paxta sellyulozasini qayta ishlash, paxta korxonalari ishlab
chiqarish samaradorligini oshirish va uning atrof-muhitga taʼsirini yaxshilash, mavjud
texnologiyalarning
ustun
tomonlaridan
foydalanilib
olingan
sulfat-sulfid,
bisulfid sellyulozalarning fizik-kimyoviy va mexanik xossalari farq qilmaydi.
Ferromolibden shlakini ogʻirlashtiruvchi vosita sifatida ishlatish zarur strukturaviy va
reologik xususiyatlarga ega boʻlgan zichligi 1770 kg/m
3
gacha boʻlgan burgʻulash suyuqliklarini
olish imkonini bergan. Massasi 0,3-0,5% boʻlgan KK-Robus markali biopolimeriga asoslangan
ogʻirlashtiruvchi burgʻulash suyuqliklari ishlab chiqilgan kompozitsiyalari ularning mahsuldor
rezervuarlarning filtrlash va sigʻim xususiyatlariga salbiy ta'sirini minimallashtirishga imkon
beradi [4]. Natijada neft-kimyo sanoatini yanada rivojlanish uchun keng imkoniyatlar yaratildi.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlar negizida mahalliy xom ashyolar asosida burgʻulash
qorishmalari uchun asosiy manba – stabillovchi reagent olish ushbu tadqiqotning asosiy
vazifalaridan sanaladi. Mualliflar tomonidan yer osti gaz saqlash ob'ektlari haqida umumiy
ma'lumotlar keltirilgan. Yer osti gaz omborlarini ish rejimi va ularning maqsadi boʻyicha
tasniflash, shuningdek, er osti gaz saqlash inshootlarining umumiy tasnifi taklif etilgan [5].
Kompressor-nasos stansiyalar, magistral gazoprovodlar, yer osti gaz saqlash inshootlari,
tabiiy gazlarni qazib olishda hosil boʻladigan gidratlar, magistral truboprovodlarning
payvandlangan choki, tanasi, flansli ulangan joylari, nasoslar ish unumining pasayishi, quvurlar
birikmasi aro bosimlar va OZSda quvur orti gaz kelishi, ishlatish quvurlar birikmasini
sementlash jarayonlari bilan bogʻliq falokat va asoratlar, ularni bartaraf qilish, tekshirish,
tiklash va ta’mirlash tadbirlari izohlangan. Undan tashqari gazlarni magistral truboprovodlarga
uzatuvchi kompressor stansiyalarning joylashish sxemalari va aslahalari toʻgʻrisida
ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, kompressor, nasos, neft va gazprovodlarning ishlash
jarayonida sodir boʻladigan falokat va asoratlar, ularni ta’mirlash yoʻli bilan bartaraf qilish
usullari toʻliq oʻz ifodasini topishi lozim.
Neft va gaz quduqlarini burgʻulash jarayonida hosil boʻladigan falokatlar katta zarar
keltiradi. Ular burgʻulash tannarxini oshiradi, burgʻulash tezligini kamaytiradi. Shuning uchun
falokatlarning hosil boʻlish sabablarini va ularni bartaraf qilish usullarini bilish katta
ahamiyatga ega. Quduqlarni burgʻulashda yer usti aslahalari va burgʻulash bilan bogʻliq
falokatlar sodir boʻladi[6].
`
41
Yer usti aslahalari bilan bogʻliq falokatlarga minora, chigir, tal sistemasi, tarnov sistemasi,
burgʻulash nasosi bilan bogʻliq falokatlar kiradi; quduqlarni burgʻulash bilan bogʻliq
falokatlarga doloto, burgʻulash va mustahkamlovchi quvurlar, asboblarning uchishi (polyot),
quduq tubi dvigatellari, quduqda begona jismlarning tushishi, geofizik ishlar bilan bogliq
falokatlar kiradi.
Falokat sabablari bir necha guruhlarga boʻlinadi:
a) geologik — oʻpiriladigan va kengayadigan togʻ jinslari, karetalar, kovaklar, suyuqlik
yutadigan gorizontlarning mavjudligi hamda suv va gazlarning namoyon boʻlishi;
b) texnik — mexanizm va asboblarning sifatsizligi, ularning yetarli mustahkamlikka ega
emasligi, ish koʻrsatkichlarining pastligi;
c) texnologik — quduqlarni mustahkamlashning, tamponajlashning va burgʻulash
tartibining buzilishi hamda yuvish eritmasi va tamponajlash aralashmasining notoʻgʻri
tanlanganligi;
d) tashkiliy — falokatlar oldini olish boʻyicha qabul qilingan tadbirlarga amal qilmaslik
(burgʻulash agregatlarini tez-tez toʻxtatib qoʻyishlik, intizomning qoniqarsizligi, dispetcher
xizmatining samarasizligi, ta’minotning yomonligi).
Undan tashqari falokatning sodir boʻlishiga burgʻulash tezligi, quduq tuzilishi, chuqurligi,
qazish jadalligi, burgʻulashning mexanizatsiyalash va avtomatizatsiyalash darajasi ham sabab
boʻlishi mumkin.
References:
1.
Смирнов С.И., Виноградова Г.В., Крюков С.В. Реагенты на основе
гидроксиэтилированных производных целлюлозы марки сульфацелл //Сборник
материалов XXIV между.науч.прак.конф. Суздаль. 2023.C.40-44.
2.
Амонова М. М., Ахророва М.А. Физико-химические и технологические
характеристики буровых композиционных растворов //журн.Ученый XXI века. 2016.
№4-4. (17). С.21-23.
3.
Негматова К.С. Исследование синергетического эффекта композиционных
материалов и возможности их применения в буровых пастворах //Узбекский
химический журнал. –Ташкент. 2010. -№ -С.46-49.
4.
Негматова К.С. Методика получения образцов композиционных хим реагентов с
использованием не допала и буровых растворах //Композиционные материалы. –
Ташкент. 2011. -№1.-С.70-75.
5.
Минаев К.М., Яновский В.А., Минаева Д.О., Захаров А.С., Сагитов Р.Р., Андропов М.О.,
Пандей С.К. Сравнительное исследование понизителей фильтрации на основе
карбоксиметильных эфиров крахмала и целлюлозы в современных системах буровых
растворов //Известия ТПУ. 2018. №5. С.57-64.
6.
Арсан Ш.А., Ягафаров А.К., Ваганов Ю.В. Подземные хранилища газа, общая
классификация // Известия вузов. Нефть и газ. 2018. №1. C.48-52.