`
7
KALAMUSHLAR ME’DASI SEKRETOR FAOLIYATIGA BENZEKETOZON VA
GLITSERAM PREPARATLARINING TA’SIRINI EKSPERIMENTAL O‘RGANISH
Mustanov T.B.
Alfraganus university, Toshkent sh.
https://doi.org/10.5281/zenodo.14824334
Kelajakda 20-25 yil ichida me’da va o’n ikki barmoq ichak kasalliklari bilan og’rigan
bemorlar soni ortib borishi kutilmoqda, ularning orasida esa me’da va o’n ikki barmoq ichak
yara kasalligi yetakchi o’rinni egallaydi. Ushbu kasallik ko’proq yoshlar orasida kuzatilishi
xavfi bor, va uning kechikib yoki noto’g’ri davolanishi jiddiy asoratlarga olib kelishi mumkin.
Zamonaviy tibbiyotda me’da va o’n ikki barmoq ichak yara kasalligiga qarshi ko’plab samarali
dori vositalari ishlab chiqilgan. Lekin, ulardan ayrimlari yaraga qarshi yetarli samaradorlikni
ko’rsatmaydi va bemorlarda kasallikning qaytalanishi yoki kuchayishi mumkin, shuningdek,
turli noxush asoratlarga olib keladi. Shu sababli, yara kasalligiga qarshi yuqori samarali va
kam toksik yangi dori vositalarini o’rganish dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu qobiliyatga
asoslanib, mazkur tadqiqotni o’tkazishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz.
Material va metodlar.
150-230 g vaznga ega bo’lgan turli jinsdagi zotsiz oq
kalamushlar tajribalar o’tkazish uchun tanlandi. Tadqiqotda benzeketozon va glitseram
preparatlari 75 mg/kg, omeprazol esa 30 mg/kg dozalarda kalamushlarga og’iz orqali kiritildi.
Me’dada yara chaqirishda immobilizatsion stress qo’llanilib, kalamushlar 6 ta guruhga
taqsimlandi: 1-guruh nazorat, 2-guruh tajriba, 3-guruh esa taqqoslash maqsadida. Har uchala
guruh 48 soat davomida och kolib, 1-guruhga distillangan suv berildi; 2-guruhga tana vazniga
ko’ra 75 mg/kg dozada benzeketozon va glitseram preparatlari, 3-guruhga esa taqqoslash
uchun samaradorligi yuqori bo’lgan metilurasil 75 mg/kg dozada peroral kiritildi.
Immobilizatsion stress usulida S.V. Anichkov va I.S. Zavodskoy usullari yordamida
kalamushlarning me’dasida yaralar hosil qilindi. Tajribadan 48 soat o’tgach, kalamushlar
maxsus tayyorlangan taxtalarga orqa tomonidan yotqizilib, old va orqa oyoqlaridan 24 soat
davomida mahkam bog’lanadi. Me’daning bazal faolligi va kalamushlarning terisi ostiga
pentogastrinning 0,025% eritmasidan 200 mg/kg hisobida yuborilishi usuli yordamida
stimullangan shiradagi erkin xlorid kislotasi va pepsin miqdori M. Mixaelis va V.P. Tugolukov
mikrometodi orqali aniqlanadi. Olingan natijalar Student usuli yordamida statistik tahlil
qilinadi.
Natijalar.
Dekapitatsiya qilingan hayvonlarning me’dalari makroskopik tekshiruvdan
o’tkazildi. Yaralarning maydoni maxsus millimetrli qog’oz chizg’ichlar yordamida o’lchandi.
Olingan ma’lumotlar foizlar orqali ifodalandi va statistika usuli yordamida o’rtacha arifmetik
qiymat va uning standart xatoligi hisoblandi. O’tkazilgan tadqiqot natijalariga ko’ra,
omeprazol tasirida bo’lgan hayvonlarning bazal va stimulyatsiyadan keyin me’da shirasi
tarkibidagi erkin xlorid kislotasi va pepsin miqdori tajriba va taqqoslash guruhlari
kalamushlari ko’rsatkichlariga nisbatan aniq pasaygan. Metilurasil ta’sirida joriy
ko’rsatkichlar deyarli o’zgarmadi.
Benzeketozon va glitseram tasiridagi hayvonlarda bazal me’da shirasi tarkibidagi erkin
xlorid kislotasi va pepsin hamda stimullangan me’da shirasi tarkibidagi pepsin miqdorida
me’yorga yaqinlashishlar deyarli haqiqiy e’tirof etilmadi, lekin stimullangan me’da shirasi
`
8
tarkibidagi erkin xlorid kislotasi miqdorida omeprazolga nisbatan kamroq sezilarli ijobiy
o’zgarishlar kuzatildi.
Xulosa.
Shunday qilib, benzeketozon va glitseram preparatlari bilan tajribaviy me’da
yarasi hosil qilingan kalamushlarda bazal va stimulyatsiyadan so’ng me’da shirasi tarkibidagi
erkin xlorid kislotasi va pepsinning sekretsiyasidagi buzilishlarga muhim darajada
korreksiyalovchi ta’sir ko’rsata olmasligi aniqlangan. Natijada, ushbu preparatlar me’da
bezlari sekretsiyasiga ta’sir qilmaydigan vositalar hisoblanadi. Ularning gastritga va me’da
hamda o’n ikki barmoq ichak yaralarining oldini olish uchun istiqbolli preparatlar sifatida
ko’rib chiqilishi mumkin.
References:
1.
Mirzatullaevna, A. R., Jabbarovich, E. U., Shuhratovna, M. G., Erikovna, N. F., &
Majlimovna, P. M. (2019). Uso de tecnologias multimedia modernas en clases de idiomas
extranjeros. Religación. Revista de Ciencias Sociales y Humanidades, 4(18), 80-85.1
2.
Примова, М. М. (2023). ФРАЗЕОЛОГИЗМЛАРНИ ҚИЁСИЙ ЎРГАНИШНИНГ НАЗАРИЙ
МАСАЛАЛАРИ. Scientific Impulse, 1(10), 549-551.
3.
Примова, М. М. (2024). Место Лингвострановедения В Изучении Иностранного
Языка. International Journal of Formal Education, 3(2), 67-69.
4.
Majlimovna, P. M., & Shukrullayevna, A. Z. (2024). YUNON-LOTIN DUBLETLARI VA
YAKKA TERMINOELEMENTLAR. KLINIK TERMINLAR TUZILISHI HAQIDA UMUMIY
TUSHUNCHA. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(2), 260-263.
5.
Primova, M. (2024). INTERPRETABLE PHRASEOLOGICAL UNITS OF CHARACTER
EXPRESSION IN FRENCH AND UZBEK LANGUAGES. Академические исследования в
современной науке, 3(5), 130-134.
6.
Mirzatullaevna, A. R., Jabbarovich, E. U., Shuhratovna, M. G., Erikovna, N. F., &
Majlimovna, P. M. (2019). Using modern multimedia technologies in foreign language lessons.
Religación: Revista de Ciencias Sociales y Humanidades, 4(18), 80-84.
7.
Mirzatullaevna, A. R., Jabbarovich, E. U., Shuhratovna, M. G., Erikovna, N. F., &
Majlimovna, P. M. (2019). Uso de tecnologias multimedia modernas en clases de idiomas
extranjeros. Religación. Revista de Ciencias Sociales y Humanidades, 4(18), 80-85.
8.
PRIMOVA, M. (2023). FRANSUZ VA O ‘ZBEK TILLARIDA XARAKTER IFODALOVCHI
FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING CHOG‘ISHTIRMA TAHLILI.
9.
Klara, A., & Munisa, P. (2019). Main features of the formation and development of the
gerund in English. Вопросы науки и образования, (7 (53)), 79-81.
10.
Majlimovna, P. M. (2023). Phraseologism as a Linguistic Phenomenon.
11.
Primova, M. M., & Olmasbekov, A. K. (2023). LATIN VOCABULARY IN MODERN ENGLISH.
Academic research in educational sciences, 4(TMA Conference), 239-241.