Авторы

  • RUSTAM RASHIDOV
    Buxoro shahar IIO FMB 1-son HPB profilaktika inspektori, leytenant

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.65736

Аннотация

So‘nggi yillarda mamlakatimizda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga qarshi kurashish borasida keng qamrovli tashkiliy-amaliy ishlar olib borilmoqda.


background image

`

87

VOYAGA YETMAGANLAR O‘RTASIDA GIYOHVANDLIK VOSITALARI,

PSIXOTROP MODDALAR VA AQL-IRODA FAOLIYATIGA TA’SIR ETUVCHI

BOSHQA MODDALARNI ISTE’MOL ETISHNI OLDINI OLISH BORASIDA AYRIM

MULOHAZALAR

RASHIDOV RUSTAM RIZOQUL O‘G‘LI

Buxoro shahar IIO FMB 1-son HPB profilaktika inspektori, leytenant

https://doi.org/10.5281/zenodo.14849477

So‘nggi yillarda mamlakatimizda giyohvandlik vositalari, ularning analoglari, psixotrop

moddalar va kuchli ta’sir qiluvchi moddalarning qonunga xilof ravishda muomalada bo‘lishiga
qarshi kurashish borasida keng qamrovli tashkiliy-amaliy ishlar olib borilmoqda.

Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va aql-iroda faoliyatiga ta’sir etuvchi

boshqa moddalar, ayniqsa voyaga yetmaganlar o‘rtasida, jiddiy sog‘liq va ijtimoiy
muammolarni keltirib chiqaradi. Yoshlar orasida bunday moddalarni iste’mol qilish nafaqat
ularning jismoniy va ruhiy salomatligiga zarar yetkazadi, balki ularning kelajakdagi hayoti va
jamiyatdagi o‘rni uchun ham tahdid soladi. Dunyo bo‘ylab ko‘plab davlatlar ushbu muammo
bilan kurashishda samarali strategiyalar ishlab chiqishdi. Mazkur maqolada, voyaga
yetmaganlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni iste’mol qilishni oldini
olish bo‘yicha ilg‘or xorij tajribasiga asoslangan tahlil va tavsiyalar keltiriladi.

Voyaga yetmaganlar o‘rtasida giyohvandlik vositalarini iste’mol qilish ko‘plab xavflarga

olib keladi. Ularning salomatligiga ta’siri, ruhiy kasalliklar, huquq buzarliklarining ortishi,
yoshlarning jamiyatdan chetlanishi kabi muammolarni yuzaga keltiradi. Shuningdek,
giyohvandlikni boshlagan yoshlarning ko‘plari ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy jihatdan
izolyatsiya bo‘lib qoladilar, bu esa ularning kelajakdagi imkoniyatlarini cheklaydi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) va Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti (JSST)

ko‘rsatmalariga asoslanib, dunyo miqyosida giyohvandlikka qarshi kurashish va voyaga
yetmaganlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish bo‘yicha bir nechta ilg‘or tajribalar
mavjud:

Niderlandiyada narkotiklar bilan bog‘liq jinoyatlarning oldini olish va voyaga

yetmaganlar o‘rtasida giyohvand moddalar iste’molining oldini olish bo‘yicha samarali
dasturlar ishlab chiqilgan

1

. Bu dasturlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib

qilish, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, va ular uchun xavfsiz muhit yaratish orqali
amalga oshiriladi. Shu bilan birga, Niderlandiyada narkotiklar bilan bog‘liq xavflarni
tushuntirishga qaratilgan keng ommaviy axborot vositalari kampaniyalari mavjud.

Shvetsiya, giyohvand moddalar iste’molining oldini olishda o‘zining muvaffaqiyatli

strategiyasiga ega. Shvetsiyada, giyohvandlikning oldini olish dasturlari ko‘proq ijtimoiy
integratsiya va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan

2

. Maktablarda, yoshlarga

giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari haqida muntazam ravishda ta’lim beriladi. Buning
natijasida, Shvetsiyada yoshlar o‘rtasida giyohvandlikni iste’mol qilish darajasi ancha past.

1

По

участию

молодежи

в

работе

по

профилактике

употребления

наркотиков.

https://www.unodc.org/res/prevention/youth-initiative/resources_html/Handbook_on_Youth_Participation-
RUS_Final.pdf.

2

Международные стандарты по профилактике употребления наркотиков. https://www.unodc.org/documents/drug-

prevention-and-treatment/PreventionStandards/RU/Standards_RU_2.pdf


background image

`

88

Kaliforniyada “Prevention First” nomli dastur orqali yoshlar o‘rtasida giyohvandlikni

oldini olishga qaratilgan ta’lim beriladi

3

. Ushbu dasturda, yoshlarni giyohvandlikning jismoniy

va ruhiy salomatlikka ta’siri, oilaviy muammolar va jamiyatdagi izolyatsiya haqida xabardor
qilish ishlari amalga oshiriladi. Bundan tashqari, Kaliforniyada ijtimoiy xizmatlar va
psixologik yordam dasturlari orqali yoshlarni giyohvandlikdan saqlashga yordam beradigan
xizmatlar taqdim etiladi.

Avstraliyada “Keep Them Safe” (Ularni xavfsiz tutish) nomli dastur orqali voyaga

yetmaganlar o‘rtasida narkotik moddalar iste’molini oldini olishga qaratilgan kompleks
yondashuv amalga oshirilmoqda

4

. Bu dastur ijtimoiy xizmatlar, maktablar va oila bilan

hamkorlikda yoshlarni salbiy odatlardan himoya qilishni maqsad qiladi. Dastur o‘z ichiga
psixologik yordam, avvalo, yoshlarning ruhiy salomatligini yaxshilash va ijtimoiy
integratsiyani qo‘llab-quvvatlashni oladi.

O‘zbekiston Respublikasida yoshlar o‘rtasida narkotik moddalar iste’molining oldini

olishga qaratilgan bir qator tashabbuslar mavjud. Biroq, bu sohadagi profilaktik dasturlarni
yanada samarali qilish uchun quyidagi takliflar kiritilishi mumkin:

Birinchidan,

maktablar va o‘quv yurtlarida giyohvandlikni oldini olishga qaratilgan

ta’lim dasturlarini kengaytirish. Yoshlarni giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqida erta
yoshdan boshlang‘ich ta’lim bilan tanishtirish zarur. Giyohvandlikka qarshi kurashishda
ijtimoiy va psixologik yordam ko‘rsatish muhimdir;

Ikkinchidan,

televizion, radio va internet orqali giyohvandlikning salbiy ta’sirlari haqida

keng targ‘ibot ishlarini olib borish. Yoshlar uchun mo‘ljallangan, o‘rganishga asoslangan
psixologik va motivatsion dasturlar yaratish;

Uchinchidan,

giyohvandlikdan aziyat chekayotgan yoshlarni reabilitatsiya qilishga

yo‘naltirilgan dasturlarni kengaytirish. Bunda, yoshlarni ijtimoiy jihatdan moslashtirish,
ularni sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirish muhimdir;

To‘rtinchidan,

oila, maktab va jamoat o‘rtasida yaxshilangan hamkorlik orqali yoshlarni

giyohvandlikdan himoya qilish. O‘zaro qo‘llab-quvvatlash va ishonchli aloqalar, yoshlarning
giyohvand moddalar iste’mol qilishiga qarshi turg‘un turishi uchun muhimdir.

Xulosa o‘rnida voyaga yetmaganlar o‘rtasida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar

va aql-iroda faoliyatiga ta’sir etuvchi moddalarni iste’mol qilishni oldini olishda xorij tajribasi
katta ahamiyatga ega. O‘zbekiston ham ilg‘or tajribalarni o‘rganib, bu sohada profilaktik
dasturlarni yanada samarali qilish uchun ko‘plab chora-tadbirlarni amalga oshirishi kerak.
Giyohvandlikka qarshi kurashish, faqat huquqiy va jazo siyosati bilan cheklanmasdan, keng
qamrovli ta’lim, ijtimoiy yordam va reabilitatsiya dasturlari orqali amalga oshirilishi zarur.

3

Centers. https://www.prevention-first.org/centers/center-.

4

Опыт Австралии в борьбе с наркоманией. Справка. https://ria.ru/20111215/517428553.html.