`
44
BO‘LAJAK BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING IJODIY TAFAKKURINI
RIVOJLANTIRISH MAZMUNI
Maxliyo Turopova Erkin qizi
Xalqaro innovatsion universiteti o‘qituvchisi
E-mail: turopovamaxliyo026@gmail.com
Tel: (90) 890 77 97
https://doi.org/10.5281/zenodo.14836663
Annotatsiya:
Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy
tafakkurini rivojlantirish mazmuni tahlil qilinadi. Ta’lim tizimida ijodiy tafakkur o‘qituvchining
nafaqat pedagogik faoliyatini samarali tashkil etishga, balki o‘quvchilarga yangi, innovatsion
yondashuvlar va metodlarni o‘rgatishga ham imkon beradi.
Kalit so‘zlar:
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari, ijodiy tafakkur, pedagogik usullar,
innovatsion metodlar, ta’lim jarayoni, kreativ fikrlash, ta’lim metodikasi.
Аннотация:
В статье анализируется содержание развития творческого мышления
будущих учителей начальных классов. В системе образования творческое мышление не
только способствует эффективной организации педагогической деятельности учителя,
но и позволяет обучать учащихся новым, инновационным подходам и методам.
Ключевые слова:
будущие учителя начальных классов, творческое мышление,
педагогические методы, инновационные подходы, образовательный процесс,
креативное мышление, методика обучения.
Annotation:
This article analyzes the content of developing the creative thinking of future
primary school teachers. In the educational system, creative thinking not only facilitates the
effective organization of the teacher's pedagogical activities but also enables teaching students
new, innovative approaches and methods.
Key words:
future primary school teachers, creative thinking, pedagogical methods,
innovative approaches, educational process, creative thinking, teaching methodology.
Bugungi kunda olimlar tomonidan olib borilgan tadqiqotlar natijasi odatda iste’dodli,
daho deb ataladigan odamlarning qobiliyatlari - anomaliya emac, balki odatiy me’yorga mos
ekanligini namoyish qildi. Vazifa faqat inson tafakkurini ochish, uning foydali ish koeffitsientini
oshirish va nihoyat ko‘pchilik mavjudligi haqida xayoliga ham keltirmaydigan tabiat in’om
etgan boy imkoniyatlardan foydalanishdan iborat.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining mustaqil ta’lim faoliyatining turli metodlar va
vositalardan foydalanish yuzasidan tavsiyalar biz ishlab chiqqan pedagogik texnologiyaning
mohiyatini tashkil qiladi. YUNECKOning ta’rifiga ko‘ra pedagogik texnologiya - ta’limning
yanada samarali shakliga erishish uchun inson va texnika resurslarini va ular orasidagi o‘zaro
aloqadorliklarni hisobga olish orqali ta’lim va bilimlarni o‘zlashtirish jarayonini rejalashtirish,
amalga oshirish va baholashning tizimli usulidir. Tadqiqot ishimizda: «Texnologiya pedagogika
fani va maktab amaliyoti taraqqiyotida merosiylikning, izchillik, ketma-ketlikning uzluksiz
saqlanib qolishi sharti bilan pedagogika va metodikaning instrumetnal va metodik vositalarini
tubdan yangilashdir».
bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining faoliyat harakatlarini tanqil qilish va
me’yorlashtirish funksiyalarini rejalashtirish natijalarini baholash o‘z-o‘zini kuzatish asosida
rivojlantirib, ulardagi ijodiy faoliyati shakllanib boradi. Shuningdek, qiyinchiliklarni bartaraf
etish strategiyasi bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarida muntazam infrospeksiya va
`
45
retrospeksiya qilish asosida ularning faoliyati rivojlantirish texnologiyasi mazmuni asosida
shakllanadi.
Pedagogik texnologiya – ta’lim berish va o‘zgartirish usullarini yaratish, qo‘llash, ularni
yagona tizimga keltirish yo‘li bilan inson salohiyati va texnik vositalarining barcha
imkoniyatlaridan muvofiq foydalanib, bilimlar o‘zlashtirilishining eng maqbul jarayonidir
(YuNESKO).
Pedagogik texnologiya – pedagogik (ijtimoiy) va texnologik (ishlab chiqarishdagi
muhandislik) yondashuvlar integratsiyasidir.
Pedagogik texnologiya – ma’lum loyiha asosida tashkil etiladigan, belgilangan maqsadga
yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tizim sifatida qarab, ushbu maqsadning natijalarini kafolatlovchi
ta’lim jarayoniga texnologik yondashadigan ta’limiy tadbir. Pedagogik texnologiyaning
mohiyati – ta’lim samaradorligini yaxshilash, o‘quvchilarning bilim olishdagi faolligini oshirish
asosida ularning mustaqil fikrlashlarini rivojlantirish, darsga qo‘yilgan maqsadga erishishni
kafolatlaydigan pedagogik jarayonni anglatadi.
Demak, pedagogik texnologiyani o‘qituvchining professional faoliyatini ta’minlovchi va
yakuniy rejalashtirilgan natijani kafolatlovchi texnologik tartiblar majmui deb tavsiflash
mumkin.
Tadqiqot ishimizda ijodiy to‘garakning shart-sharoitini bo‘lajak o‘qituvchilar o‘rtasida
hamkorlik faoliyatlari asosidagi metodlardan va vositalardan foydalanish orqali bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasi sifatida
ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Mustaqil ta’lim faoliyati orqali bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarining ijodiy tafakkurini rivojlantirish tizimi uchun pedagogik texnologiyaning
konseptual asoslarining metodologik yondashuvlari va A.N. Leontevning faoliyatning
psixologik nazariyasi bo‘yicha fikrlari muhim. Mustaqil ta’lim faoliyatini loyihalashning
texnologik darajasiga chiqish va texnologiyani amalga oshirish bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchisiga tizimli malaka oshirish imkonini beradi, ta’lim oluvchining rolini sezilarli
darajada kuchaytirishga yordam beradi va texnologiya hammuallifi - o‘qituvchi ijodining
rivojlanishi uchun yangi istiqbollar ochadi. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy
tafakkurini rivojlantirish texnologiyasi mazmunining asosiy xususiyatlari 1.1-jadvalda
keltirilgan.
1.1 – jadval
Bo‘lajak
boshlang‘ich
sinf
o‘qituvchisining
ijodiy
tafakkurini
rivojlantirish
texnologiyasining
xususiyatlari
Rivojlan-
tirish
bosqichlar
i
Maqsad
Vazifalar
Hamkorlik
o‘zaro
faoliyat
BBSO‘larining
(shakllari,
usullari,
vositalari)
BBSO‘lar, ijodiy to‘garak
ishtirokchilari (shakllari,
usullari,
vositalari)
`
46
Diagnostika
Ijodiy
kompetentlikni
rivojlantir
ishga bo‘lgan
ehtiyojni
rivojlantir ish
- Ijodiy
kompetentlikni
tushunish;
-professional
ta’lim faoliyati
orqali ijodiy
kompetentlik
ahamiyatini
anglash;
- pedagogik
faoliyatning
stereotiplarni
yengib o‘tish
asosida
tashkil etish
Mavzu beriladi;
maqsad aniq
qo‘yiladi;
maqsadga
yo‘naltirish orqali
ishni
rejalashtiriladi;
tushuntiradi;
maslahat beradi;
birga faoliyatni
isloh qiladi;
natijaga baho
beradi
Taklif qilingan rejaga ko‘ra
ishlashadi; kerak bo‘lgan
ma’lumotlari
qidirib topiladi; asosiy
algoritm qayta ishlab
chiqiladi; jarayonni
mantiqan tahlil qilishadi;
ijodkorlik elementlarini
ajratishadi; maqsad va
natija taqqoslab ko‘riladi
Konstruktiv
Ijodkorlik-
- Professor-
Taklif qiladi:
O‘zgartirishlar
ni bilish
O‘qituvchilar-
- mahorat darsi
kiritishadi;
faolligini
ning ijodiy
Mavzusiga
natijani bashorat
Rivojlanti-
Faoliyat
O‘zgartirishlar
qilishadi; maqsadga
rish
Tajribasi
kiritish;
erishish
Asosida
- maqsadni
variantlarini
bilishi;
ifodalash;
muhokama qilishadi;
- Professor-
- reja tuzish;
jarayon va natijani
O‘qituvchilarni
tahlil qilishadi;
ng ijodiy
islohlar kiritishadi
Faoliyat
Tajribasining
puxta
ishlanganligi;
o‘zgartirishlar
kiritish
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining ijodiy tafakkurini rivojlantirish texnologiyasini
muvaffaqiyatli amalga oshirishning asosiy sharti - yig‘ilgan tajribasini taqdim etishga tayyor
bo‘lgan ijodkorlik bilan ishlaydigan faol-o‘qituvchining, yoki ijodiy to‘garakka birlashgan va
boshlang‘ich ta’limning muammolaridan birida ixtisoslashgan o‘qituvchilar guruhining
mavjudligi hisoblanadi. Innovasion faoliyatda olingan tajriba natijalarini o‘quvchilarga
yetkazishga yo‘naltirilgan tarqatish jarayoni ilg‘or tajriba mahsulotlarini turli shakllar orqali
to‘plash, umumlashtirish, ekspertiza qilish va boshqalarga o‘tkazishni nazarda tutadi.
Tadqiqotda pedagogik jarayonlarning disseminasiyasini, ijodiy to‘garak faoliyatini
natijador qilish, pedagogik izlanishlar olib borish, qiziqishlar, bilimlar, ichki kechinmalar,
muloqot ehtiyojlarini namoyish etish asosida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
ijodiy tafakkurini rivojlantirish texnologiyasi takomillashtirilgan.
Innovatsion ta’lim loyihalarini tarqatishni qo'llab-quvvatlash, pedagogik tajribaning
disseminasiyasini tashkil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.
`
47
Pedagogik tajribaning disseminasiyasini tashkil qilish va tahlil qilish quyidagi
bosqichlarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
pedagogik tajribani o‘rganish maqsadini aniqlash;
pedagogik amaliyotning ko‘p uchraydigan shakli va usullarini ajratib olish orqali ularning
qonuniylik darajasini aniqlash;
pedagogik tajribani o‘rganishda vosita va usullarni tanlash;
o‘tkazilgan tajriba asosida mahsuldorlikni tushuntiruvchi farazni ilgari surish;
tadqiqotning tashxis birliklarini aniqlash;
ta’lim jarayoni tajribasi tanlangan sohalarda rivojlanadigan muayyan sharoitlarni qayd
qilish;
tajribani o‘rganish rejasini tuzish;
pedagogik tajribaning o‘xshash shakllarini umumlashtirish va ishonchli miqdoriy va sifat
xususiyatlarini ajratib ko‘rsatish;
olingan natijalarni ta’lim-tarbiya jarayonining barcha ta’sir etuvchi bog‘lovchi
bo‘g‘inlarining natijasiga qo‘shgan hissasini hisobga olgan holda tahlil qilish;
tajribani disseminasiya qilish va tajribani rivojlantirishning keyingi istiqbollarini aniqlash
bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish.
Mustaqil ta’lim olish faoliyatida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining ijodiy
kompetentlikni rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqishning maqsadlarini belgilash,
maqsadga erishishning asosiy bosqichlari, shakllari, usul va vositalarini ajratib olish, natijalar
samaradorligini aniqlash kabi ishlarni o‘z ichiga oladi.
References:
1.
Begimkulov U.Sh. Oliy pedagogik ta’lim tizimiga zamonaviy axborot va kommunikatsiya
texnologiyalarini joriy etishning ilmiy- pedagogik asoslari. Ped. fan. doktori diss. – Toshkent:
TDPU, 2007. – 250 b.
2.
Boshlang‘ich ta’lim va sport – tarbiyaviy ish» ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning
tayyorgarlik darajasi va zaruriy bilimlar mazmuniga qo‘yiladigan talablar. 5111700 –DTC.
O‘zDSt 2691:2013
3.
Becpalko V.P. Pedagogika i progreccivnыe texnologii obucheniya. M.: ITPIMIO, 1995.-169
b.
4.
Bogoyavlenckaya D.B. Pcixologiya tvorcheckix cpocobnoctey/ Bogoyavlenckaya D. B. - M.:
Akademiya, 2002, -320 b.
5.
Dadamirzaev G‘. Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash.
Namangan, 2005. -16 b.
6.
Djuraev R.H. Ta’limda interfaol texnologiyalar. – Toshkent, 2010. – 87 b.
7.
Husanboyeva Q. Adabiy ta’limda mustaqil fikrlashga o‘rgatish asoslari. –Toshkent, 2003.
-103 b.