`
40
KREATIV VA TANQIDIY FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISH: BO‘LAJAK
BOSHLANG‘ICH SINF O‘QITUVCHILARINING PEDAGOGIK TAYYORLIGI
Muxlisa Jumayeva Shokir qizi
Toshkent davlat pedagogika universiteti tayanch doktoranti
E- mail: jumayevamuxlisa40@gmail.com
Tel: (90) 761 37 37
https://doi.org/10.5281/zenodo.14836640
Annotatsiya
Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ va tanqidiy fikrlash
qobiliyatlarini rivojlantirish jarayoni o‘rganilgan. Maqola, pedagogik tayyorgarlikning yangi
talablari va metodikalarini ko‘rib chiqadi. Yaxshi rivojlangan kreativ va tanqidiy fikrlash
qobiliyatlari o‘qituvchilarni innovatsion yondashuvlarni qo‘llashga, o‘quvchilarga sifatli ta’lim
berishga tayyorlaydi. Bo‘lajak o‘qituvchilarni tanqidiy fikrlashga o‘rgatish orqali, ular ta’lim
jarayonini samarali tashkil etishlari mumkin. Shuningdek, kreativ fikrlash o‘qituvchilarni
yangicha g‘oyalar ishlab chiqishga undaydi. Maqolada, ta’lim jarayonida kreativ va tanqidiy
fikrlashning o‘rni va ahamiyati ilmiy asosda tahlil qilinadi.
Tayanch tushunchalar:
kreativ fikrlash, tanqidiy fikrlash, pedagogik tayyorgarlik, ta’lim
metodikasi, innovatsion yondashuv, pedagogik malaka, o‘qituvchilarni tayyorlash.
Аннотация
В данной статье рассматривается процесс развития креативного и критического
мышления будущих учителей начальных классов. Статья анализирует новые
требования и методики педагогической подготовки. Хорошо развитые креативное и
критическое мышление готовят педагогов к применению инновационных подходов и
обеспечению качественного образования для учащихся. Обучение будущих учителей
критическому мышлению помогает эффективно организовывать образовательный
процесс. Кроме того, креативное мышление побуждает учителей разрабатывать новые
идеи и подходы. В статье анализируется место и значимость креативного и
критического мышления в образовательном процессе.
Ключевые понятия:
креативное мышление, критическое мышление,
педагогическая подготовка, образовательная методика, инновационный подход,
педагогическая квалификация, подготовка учителей.
Annotation
This article explores the development of creative and critical thinking skills in future
primary school teachers. It discusses the new requirements and methodologies for pedagogical
preparation. Well-developed creative and critical thinking abilities equip teachers to apply
innovative approaches and provide quality education to students. Teaching future educators
critical thinking helps them organize the educational process effectively. Furthermore, creative
thinking encourages teachers to develop new ideas and approaches. The article scientifically
analyzes the role and significance of creative and critical thinking in the teaching process.
Key words:
creative thinking, critical thinking, pedagogical preparation, teaching
methodology, innovative approach, pedagogical qualification, teacher training.
Bugungi kunda bo’lajak pedagoglarni kreativ va tanqidiy fikrlash ko’nikmalari bilan
qurollantirish dolzarb masalalardan biri bo’lmoqda. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf
`
41
o‘qituvchilarining kreativ va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish modeli maqsad va vazifalarini,
tamoyillarini va funksiyalarini maqsadli komponent ifodalaydi. Maqsadli komponent
pedagogika oliy ta’lim muassasasida aksiologik yondashuv asosida bo‘lajak o‘qituvchilarning
pedagogik tayyorgarligini takomillashtirishga yo‘naltirilgan vazifalarni o‘z ichiga oladi.
Model pedagogik jarayon va natijani ochib berishga xizmat qiladi. bo‘lajak boshlang‘ich
sinf o‘qituvchilarining kreativ va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish jarayonini samarali tashkil
etish tanlangan yondashuvlar, shart-sharoitlar bilan o‘zaro bog‘liq bo‘ladi.
Ta’limni tashkil etish shakli sifatida ananaviy ta’lim jarayoni tanlandi. Chunki tadqiqotda
ananaviy ta’lim jarayonida kreativ va tanqidiy fikrlash muhimligi tasdiqlandi.
An’anaviy darslarni o’tkazishda o’quvchilarga tayyor o’quv vaziyati taklif etiladi, mavzu
aytiladi dars. davlat ta’lim standartining joriy etilishi bilan vaziyat o’zgarmoqda: endi bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchi pedagogik jarayonning to’liq huquqli ishtirokchisi bo’lib, u
o’qituvchining ko’rsatmalari yordamida dars mavzusini va o’quv vazifasini mustaqil ravishda
belgilashi kerak. Pedagogik faoliyatning an’anaviy usullari va usullari doirasida bo‘lajak
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarni chet tilini o’rganishga undash har doim ham mumkin emas,
chunki zamonaviy bolalar tez rivojlanayotgan bolalardir va ko’pincha odatiy an’anaviy dars
ularning qiziqishini uyg’otmaydi. Dars - bu pedagogik jarayonni tashkil etishning asosiy shakli
bo’lib, unda o’qituvchi aniq belgilangan vaqt davomida doimiy bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilar guruhining (sinfning) kollektiv kognitiv va boshqa faoliyatini ularning har birining
xususiyatlarini hisobga olgan holda boshqaradi. Barcha bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarning bevosita o’rganilayotgan fan asoslarini o’zlashtirishlari uchun qulay shart-
sharoitlar yaratadigan ish turlari, vositalari va usullaridan foydalanish o’quv jarayonida,
shuningdek, bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning bilim qobiliyatlari va ma’naviy
kuchlarini tarbiyalash va rivojlantirish uchun xizmat qiladi".
Tadqiqotda muammoli yondashuvning bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining
kreativ va tanqidiy fikrlashini rivojlantirishda imkoniyatlari o’rganildi. Ta’limda muammoli
yondashuv masalalari bir qancha tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan.
Masalan, virtual ta’lim muhitida o‘qitish vositalarini diagnostik, axborotli va muammoli
yondashuvlar asosida ishlab chiqish orqali bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning amaliy-
texnik ko‘nikmalarini majmuaviy baholashning kognitiv, faoliyatli va kompetentlilik kabi
mezonlari mazmuni takomillashtirish masalalari O.A.Xamidov tomonidan o‘rganilgan.
Uning ta’kidlashicha muammoli yondashuv asosida ta’limni tashkil etishda muammoli
masalalar alog‘ida o‘rin tutadi. Faoliyat uslublari (predmetli va tashkiliy) va faoliyat tajribasi
(muammoli masalalarni yechish, hayot faoliyat xavfsizligini ta’minlash va mehnat muhofazasi
bo‘yicha o‘quv-ishlab chiqarish loyihalarni ishlab chiqish, loyihaviy-konsruktorlik, ishlab
chiqarish, tashkiliy-boshqaruv faoliyatlariga doir ishlarni bajarish) bo‘lajak boshlang‘ich sinf
o‘qituvchilarda hayot faoliyat xavfsizligi va mehnat muhofazasiga nisbatan emotsional-
qadriyatli munosobatlarni (ishlab chiqarish obektlari va vaziyatlarni baholash) shakllantirish,
ishlab chiqarishdagi hayot faoliyat xavfsizligi va mehnat muhofazasini ta’minlashga
tayyorgarlikni shakllantirish hamda kompetensiyalarni o‘zlashtirish imkonini beradi.
G.D.Buxarovaning ta’kidlashicha, muammoli yondashuv birinchi navbatda insonda
fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u shu asosda
insonda aqliy harakatlarni va amallarni zarur darajasining shakllanganligini ta’minlaydi.
`
42
G.D.Buxarova muammoli yondashuvni o‘quvchilarning shunday faoliyati sifatida taqdim
qilganki, bu faoliyat turli xil masalalar tizimini qo‘llashni va uni yechishni taqazo qiladi. Demak,
har bir bosqichda nafaqat ma’lum (muammoli)masalalar tizimini ajratib olish, balki ularni
muvaffaqiyatli yecha olishni ham taqazo qiladi.
G.D.Buxarovaning ta’kidlashicha, muammoli yondashuv birinchi navbatda insonda
fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, u shu asosda
insonda aqliy harakatlarni va amallarni zarur darajasining shakllanganligini ta’minlaydi.
Shuningdek, muammoli yondashuvga murojaat qilishning dolzarbligi quyidagilarga tayangan
holda asoslashga harakat qilgan: birinchidan, maktabda matematika va tabiiy-ilmiy fanlarni
o‘qitishga vaqtning keskin kamayib ketganligi; ikkinchidan, fundamental fanlarni o‘rganish
ta’lim oluvchilarda ilmiy tafakkurni, ilmiy dunyoqarashning shakllanishiga, ta’lim oluvchilar
tomonidan kelgusida injenerlik va texnika sohasini egallash bo‘yicha zarur bilimlar tizimini
egallashlariga xizmat qiladi; uchinchidan, masalalarni yechish har doim insonning aqliy
qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, ulardagi ijodiy potensialni rivojlantiradi.
Hayoti davomida inson xoxlaydimi yo‘qmi, turli xil masalalarni: ijtimoiy, kasbiy, ishlab
chiqarish mazmunidagi, o‘quv, maishiy va boshqa masalalarni yechishga to‘g‘ri kelishini
ko‘rsatgan.
U.J.Sodiqovning fikricha
masalaviy yondashuvning mohiyati o‘quvchilarda ta’lim olishga
ijobiy motivatsiyani o‘quv masalalarini yechishga o‘rgatish usullari, metodlari va metodikasiga
o‘rgatishni, ularning ijodiy qobiliyatlarini payqashga imkon yaratadi.
Muammoli yondashuvga bag‘ishlangan qator tadqiqotlarda, masalan, Z.I.Kalmikova,
I.A.Kachetkova, A.D.Naxmanlarning ishlarida masalalarning ta’lim oluvchilar mahsuldor
tafakkurini rivojlantirishga, aqliy faoliyatning anglaganligi va mustaqilligini, ijodiy
faoliyatlarini shakllantirish va ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirishga ta’siri tadqiq qilingan.
Muammoli yondashuvning asosiy vazifalari sifatida o‘rgatuvchi, rivojlantiruvchi,
tarbiyalovchi, nazorat qiluvchi funksiyalar mavjudligi e’tirof etilgan.
O‘qitishda muammoli yondashuv o‘quv faoliyatining yetakchi rivoji, ta’lim oluvchilarni
rivojlantirish samarali vositasi hisoblanadi, shuning uchun u ta’lim oluvchilarda asosiy bilimlar
tizimini rivojlantirishda, malakani orttirishda, ko‘nikmalar paydo bo‘lishida muhim ahamiyat
kasb etadi.
Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kreativ va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish
o’z navbatida innovatsion texnologiyalardan foydalanishni talab qiladi.
Innovatsion jarayonlar ma’lum davrlarda kuchli ta’sir etilgan bo‘lsada, bu o‘rinda
an’anaviy tarzda kadrlar tayyorlashga nisbatan innovatsion jarayonlar o‘rtasida ma’lum
dialektik o‘zaro bog‘liqlik mavjudligini e’tirof etgan holda, an’anaviy va innovatsion ta’limning
har birini o‘ziga xos jihatlariga e’tiborni qaratish lozim. Innovatsion texnologiyalar –
o‘quvchilarning o‘quv faolliklarini kuchaytirish, ularda izlanishli-tadqiqotchilik faoliyatiga
qiziqish va ehtiyojni yuzaga keltirish hamda ularni yanada mustahkamlash, o‘quvchilarda o‘z-
o‘zini tahlil, nazorat va baholash qobiliyatlarini oshirish maqsadida qo‘llanildi. Ushbu metodlar
tadbirlarning qiziqarli o‘tishini ta’minlash bilan birga bo‘lajak o‘qituvchilarni ijodiy, erkin
fikrlashga undadi.
`
43
References:
1.
Innovatsion ta’lim texnologiyalari // Muslimov N.A., M.Usmonboeva, D.Sayfurov,
A.To‘raev.- T.: “Sano standart” nashriyoti, 2015. – 10-13 betlar
2.
Ishmuhamedov R., Abduqodirov A., Pardaev A. Ta’limda innovatsion texnologiyalar. –
Toshkent: Iste’dod, 2008. - 181 b.
3.
Ismailova Z.K. Bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarning kasbiy pedagogik malakalarini
shakllantirish: Diss. ... ped. fan. nom. – T.: 2000. – 186 b.
4.
Jalilova S.X., Xaydarov F.I., Xalilova N.I. Kasbiy psixologiya. / O‘quv qo‘llanma. Toshkent –
2010 y. www.ziyouz.com kutubxonasi
5.
Jo‘raev R.H., Raximov B.X., Xolmatov Sh.F. Yangi pedagogik texnologiyalar. -T.: «Fan»,
2005. – 66 b.
6.
Kurbanov Sh.E., Saidov X., Axliddinov R. Barkamol avlod orzusi. -T.: Sharq 1998.-154 s.
7.
Mannonov J. Innovatsion yondashuv asosida bo‘lajak kasb ta’limi o‘qituvchilarining
metodik kompetentligini rivojlantirish texnologiyalari. Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa
doktori ilmiy darajasi olish uchun yozilgan dissertatsiya avtoreferati. Toshkent 2020 yil. 52 bet.
8.
Muradova N.K., Majidov R.R., Xayitmatov U.T., Maxmudova B.A. Kasbiy ta’lim uslubiyoti:
O‘quv qo‘llanma. - T.: TDIU, 2006.