`
157
BOLALARNI OILADA TARBIYALASH USULLARI
Odilova Mavluda Saydakramovna
Izboskan tumani Maktabgacha va maktab talim bo‘limi
“Bolalarni ijtimoiy psixologik qo‘llab quvvatlash
va inklyuziv ta’lim bo‘limi psixolog metodisti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14874077
Farzandlarimiz ongida elu yurtga, Vatanga muhabbat tuyg‘ulari oilada, biz yashab turgan
mahalladan shakllanadi. Yurtimizning ertangi kuni, tinch va osoyishta bo‘lishi eng avvalo
mana shu kichik jamiyatda o‘sib-unayotgan farzandlarimizga bog‘liq. Qaysi oilada, qaysi
mahallada tarbiya yaxshi yo‘lga qo‘yilsa, o‘sha oila, o‘sha mahalla gullab-yashnaydi, ertangi
kuni tinch va osoyishta bo‘ladi. O‘zbek oilasi a’zolarning barchasini savodxon, hozirgi
imkoniyatlar ta’sirida o‘g‘il va qizlar bilimli, fikr mulohazali, topqir, ishbilarmon, aql-zakovati
bo‘lib voyaga etmoqdalar.
Bolaning o‘ziga ishonch hissini shakllantirgan holda “Shaxs” bo‘lib voyaga etishida ota-
onaning o‘rni beqiyosdir. Farzand tarbiyasi hamma zamonlarda ham eng dolzarb masala
bo‘lib kelgan. Dunyoda birorta ota-ona yo‘qki jamiyatda o‘z o‘rniga biror mavqieyga ega
bo‘lishini istamagan va shu farzand orqali g‘ururlanib yurishni orzu qilmagan bo‘lsa? Farzand
inson hayotiga to‘kislik bag‘ishlaydi, oilaga baxt keltiradi. Oila farzandlardan boshlanadi.
Farzandlar esa bizning kelajagimiz. Mustaqil O‘zbekistonimizning ravnaqi, xalqning baxt-
saodati farzandlarni to‘g‘ri tarbiyalashga bog‘liqdir.
Xozirgi rivojlangan zamonda oilani nafaqat bolani rivojlanishiga ta’sir etuvchi, balki
butun jamiyatni rivojiga ta’sir etuvchi kuchga ega deb tushunishimiz darkor. Bolaning ota-ona
bilan bo‘lgan o‘zaro munosabati uning xatti-harakatning ma’lum modelini shakllantiradi.
Bizning davlatimizda oilaviy tarbiya muammolarga bo‘lgan qiziqishning ortishi yangi ijtimoiy-
iqtisodiy sharoitlar bilan bog‘liqdir.
Bola tarbiyasining ilk saboqlari haqida atoqli o‘zbek pedagogi Abdulla Avloniy o‘zining
“Turkiy guliston yoxud Axloq” kitobida quyidagi ibratli o‘g‘itlarni aytgan edi: “Tarbiyani
tug‘ilgan kundan boshlamak, vujudimizni quvatlantirmak, zexnimizni ravshanlashtirmak
lozim” desak xató bo‘lmaydi. Ushbu jarayonga, ya’ni tarbiya masalasiga o‘z vaqtida jiddiy
e’tibor qaratmasak, ertaga kech bo‘lishi, tuzatib bo‘lmas darajadagi oqibatlarga olib kelishi
mumkin. Zero, qo‘shimcha qilgan holda tarbiya borasida taniqli ma’rifatparvar Abdulla
Avloniyning “Tarbiya biz uchun yo hayot – yo mamot, yo najot – yo halokat, yo saodat – yo
falokat masalasidir” degan so‘zlarini aslo unutmasligimiz lozim
1
.
Oilada kattalarning obro‘si qo‘rqitish asosida emas, balki samimiylik, o‘zaro hurmat-
ehtirom zamiriga qurilishi maqsadga muvofiqdir.Oila a’zolarining inoqligi, o‘zaro hamjihatligi,
kiyinish madaniyati, mehnat faoliyati, o‘zga kishilar to‘g‘risidagi suhbatlari va ularning boshqa
sifat hamda fazilatlari bolaning murg‘ak tasavvuriga yangi timsollarni olib kiradi. Oila
tarbiyasi bolaning kelajakda kim bo‘lib yetishishida muhim o‘rin tutadi, bola dastlab oilada
jamiyatning qiyofasini quradi, bo‘lajak fuqaroning huquq va burchlari, dunyoqarashi va
axloqiy qarashlari oilada shakllanadi, shu asosda jisman va ruhan kamol topib boradi. Bola
uchun oiladagi sog‘lom ijtimoiy-ruxiy muhit, madaniyma’naviy va axloqiy qadriyatlar,
an`analar, ijtimoiy-hayotiy tajribalar, ko‘nikma va malakalar manbaidir. Bu oilaviy tarbiya
1
Turkiy Guliston yoxud axloq" Abdulla Avloniy Toshket- 2008.
`
158
jarayonida sayqallanib boradi, tarbiyaning mohiyati kishini hayotga tayyorlashdan iborat
bo‘lib, tarbiyaning mazmuni, yo‘nalishi, maqsadi va vazifasi kishilarning ijtimoiy
munosabatlariga bog‘liq. Kishi shu munosabatlarga asosan hayotga biron-bir tarzda
qaraydigan bo‘ladi, tafakkuri orqali olamni anglaydi va o‘zining unga nisbatan munosabatini
shakllantiradi, muayyan axloq mezonlari ruhida tarbiya topadi, chunki oilaviy tarbiya ijtimoiy
tarbiyaga nisbatan bolalarning ruhiy olamiga, hissiyoti va tuyg‘ulariga chuqur ta’sir ko‘rsatadi.
Oiladagi ma’naviy-ruhiy muhit, bola tarbiyasida g‘oyat muhim ahamiyatga ega bo‘lib,
oila a’zolarining turmush tarzi ko‘p hollarda farzandlarning ruhiy kayfiyati, tasavvuri va
xissiyotlarini belgilab beradi. Demak oila sog‘lom, barkamol insonni tarbiyalab voyaga
etkazishda jamiyat oldida mas`uldir. Oilada tarbiya topgan xar bir inson har jihatdan
umuminsoniy ahloqiy, ilmiy, e`tiqod va boshqa sohalarda kamolatga yetgan hislatlarni o‘zida
mujassamlashtirgan bo‘lishi lozim, kamolot sari intilgan kishi asta-sekin olamni, o‘zligini taniy
boshlaydi. Komillik insonning adolatli bo‘lishi, haqiqat va yaxshilikka intilishi, vijdonan pok,
o‘z hatolarini anglab, ulardan xalos bo‘lishga xarakat qilishi demakdir, ma’naviyatni boyitish,
iymon-e`tiqodli, aql-zakovatli bo‘lish kishilarni g‘aflatdan uyg‘otadi, barcha ezgu tilaklarini
ro‘yobga chiqaradi
2
.
Farzandingizga g‘azablanmasdan muomalada bo‘ling.
Ko‘pincha shunday bo‘ladi-ki ota-onalar bolaga uyga vazifani tushuntirishga harakat
qiladi, biroq befoyda. Bola tushunmaydi, ota – onaning jahli chiqadi, ziddiyat yuzaga keladi,
bola xatolardan qo‘rqa boshlaydi. Bunday paytlarda ota – onaga farzandi gapga quloq
solmayotgandek yoki bo‘layotgan ishlarga jiddiy munosabatda bo‘lmayotgandek tuyuladi.
Aslida esa bolaning ota – onani o‘qituvchi sifatida qabul qila olmaydi. Ota – onalar bilan
munosabatlar qoidaga ko‘ra, hissiyotlarga boy bo‘ladi va bu hissiyotlar ta’limga o‘tib ketsa,
bola qiyin holatda qoladi. Unutmang, bola bilan munosabatlaringiz darslardan muhimroq.
Bolani ham o‘zingizni ham qiynamay, boshqacha yondoshuvlarni izlang – masalan unga
mavzuga doir video saboqni ko‘rishni tavsiya qiling . Agar o‘zingiz tushuntirishning uddasidan
chiqa olmasangiz, yaqinlaringizdan yordam so‘rang yoki bu ishni o‘qituvchiga qoldiring.
References:
1.
Foziyev E.F.Umumiy psixologiya.T-2010.
2.
Xolmatova M. “Oilaviy munosabatlar madaniyati va sog’lom avlod tarbiyasi “
Toshkent.2000-yil
3.
Z.E.Azimova, S.Sh.Abduraxmonova “Is it a Social Need to Engage Young Mothers in
Science?” International Journal on Integrated Education IJIE | Research Parks Publishing
(IDEAS Lab) Volume 6, Issue 5 | May -2023.
4.
Abduraxmonova S. Sh. “Pedagogik amaliyot - talabalarni ota-onalar bilan hamkorlik
qilishga tayyorlashda kasbiy kompetensiyasini rivojlantirish omili sifatida” MUG‘ALLIM HӘM
ҮZLIKSIZ BILIMLENDIRIO‘ Ilimiy-metodikalыq jurnal 2023. 3/3-san.131- b.
5.
S.Sh.Abduraxmonova “Metodika fanlarni o‘qitish texnologiyasi fanidan amaliy-seminar
mashg‘ulotlar va metodikalar [Matn]: O‘quv qo‘llanma / - Toshkent: Ilm-ziyo-zakovati, 2023. -
119 b. BBK: 829.224 UDK: 335.387.002.
2
A.Fitratning «Oila yoki oila boshqarish tartiblari» asarida oilaviy hayotning ayrim masalari xususida. Toshkent, 1996-
yil. 88 bet.
`
159
6.
Abduraxmonova Sayyoraxan Shaxobidinovna “Professional training as a factor of
professional skills improvement of future teachers” International Journal of Pedagogics (ISSN
– 2771-2281) VOLUME 02 ISSUE 11 Pages: 01-07 SJIF IMPACT FACTOR (2021: 5. 705) (2022:
5. 705) OCLC – 1121105677 METADATA IF – 5.689.