Авторы

  • Tulqin Boygaziyev
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi
  • Madina Meylimuratova
    Shahrisabz davlat pedagogika instituti Milliy g’oya yo’nalishi, 1-23-guruh talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.68141

Ключевые слова:

Религия философия бытие исламская философия наука истина.

Аннотация

В этой статье анализируются взаимосвязи, а также различия религии и философии Фараби.


background image

`

30

IBN XALDUN VA FOROBIY: ISLOM FALSAFASI HAQIDAGI MUNOZARALAR

Boygaziyev Tulqin Inatullayevich

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

katta o‘qituvchisi, E-mail:bojgazievtulkin@gmail.com

Meylimuratova Madina

Shahrisabz davlat pedagogika instituti

Milliy g’oya yo’nalishi, 1-23-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.14885969

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Forobiyning din va falsafaning o‘zaro aloqasi hamda farqli

jihatlari tahlil qilingan.

Kalit so

zlar:

Din, falsafa, borliq, islom falsafasi, ilm, haqiqat.

Аннотация:

В этой статье анализируются взаимосвязи, а также различия религии

и философии Фараби.

Ключевые слова:

Религия, философия, бытие, исламская философия, наука,

истина.

Annotation:

This article analyzes the relationship, as well as the differences in religion

and philosophy of Farabi.

Key words:

Religion, philosophy, genesis, islamic philosophy, science, truth.

Forobiy Sharqda birinchi bolib Arastu izidan borgan arab faylasufi Abu Yusuf Ishoq al-

Kindiy (810-866) qarashlariga qarshi olaroq, din va falsafani haqiqatga yetishishning ikki
mustaqil usuli, deb hisobadi, ularni bir-biridan ajratib bo’lmasligini ta’kidlab o’tdi. Forobiyning
nazarida, diniy haqiqatlar falsafiy misollardan iborat. Boshqa ibora bilan aytganda, din va
falsafa yagona birlikning ikki xil jihatlarini o’rganuvchi, tushuntiruvchi sohalardir. Falsafa
daliliy hukmlarning qoidalarga tayanadi, din esa o’sha hukmlar va qoidalarining xitobiy
shaklidir. Uning bunday qarashidan, falsafa dindan oldin vujudga kelgan degan xulosa kelib
chiqadi.

Tadqiqotchilar din va falsafaning yagona birligi haqidagi uning mulohozalariga

qaramasdan, Forobiyning keyinchalik falsafasini dindan afzalroq va ustunroq qo’yganligiga
diqqat-e’tiborni qarata boshladilar. Ammo Forobiy “Din falsafaning misollaridir” degan vaqtda
qayd etib otgan ediki, payg’ambar xalq tilida so’zlashga majbur, chunki omma daliliy hukmlarni
tushunmaganligi sababli daliliy haqiqatlarni xitobiy shaklda bayon etishdan o’zga chora yo’q,
aks holda payg’ambar ham faylasufdir, deb hisoblagan[1]. Forobiyning fikriga ko’ra, avomning
diniy qarashlari uning falsafiy xulosalariga doim ham mos tushavermaydi va buning zaruriyati
ham yoq. Shuning uchun u oz fikrlarini bevosita avomga moslashtirmagan edi. U avom meni
tushunadi, deb ham uylamagan va, aksincha bundan xavotir ham olganki, uningcha avomning
falsafaga aralashishi, uni buzadi.

Shu jihatdan kelib chiqib, u ko’pgina fikrlarini turli ishoralar bilan majhulroq tarzda yozar,

sodda va ochiqchasiga bildirilgan mulohazalarga esa kamdan-kam hollarda yo’l qo’yar edi. Ayni
paytda alloma o’zining eng sodda fikrlarini ham kelajakda tafsirga sazovor, deb bilishlaridan
umidvor bo’lgan. Uning umidvorligi bejiz emas edi. Zero, undan keying marifat ahli va
faylasuflarning barchasi uning asl maqsadini tushunishga diqqat-e’tibor bilan kirishdilar va
buyuk qomusiy olimning eng sodda gaplarini ham o’zlaricha tafsir qilib, yanada maqbul shaklga
keltirdilar. Bunga misol tariqasida shayxur-rais Abu Ali Ibn Sinoning “Shifo” asaridagi
payg’ambarlik haqidagi bahsni ko’rsatish mumkin.


background image

`

31

Qadimgi yunon falsafasida dinni chekkaga surib qo’yish hollari bo’lgan edi. O’rta asrlar

Ovrupo falsafasi esa, koproq, din bilan yaxshi munosabatda bo’ldi va ko’pchilik xristian
faylasuflari muqaddas sanalgan ruhoniylar safidan joy olib, cherkovning mashhur arboblaridan
hisoblandilar. Islom olamida esa faylasuflar bunday shuhrat va obro’ga ega bo’la olmadilar,
aksincha, gohida shariat peshvolari tomonidan malomatga qoldilar. Albatta, falsafa
Yunonistonda yuksak rivoj topgan bo’lib, buni O’rta asr yoki Yangi zamon faylasuflari ham inkor
etmaydilar. Ammo, har bir davrning falsafasi oziga xos xususiyatlarga ega. Shuning uchun
islomiy falsafaning xususiyatlarini yunon falsafasi xususiyatlariga tenglashtirish to’gri emas,
y’ani islom falsafasi asos va usulini yunon falsafasining asosi va usulidan qidirib bo’lmaydi.
Bular ortasidagi farqni quyidagicha bayon qilish mumkin:

Biz bilamizki, falsafadagi asosiy masala “nega borliq mavjud?” degan savoldir. Mazkur

savolga beriladigan javobga qarab, falsafa tarixida turli davrlarda bir-biridan farqlanuvchi
falsafiy qarashlar vujudga kelgan. Arastu bu savolga shunday javob berganki, uning javobi
Aflotun javobining o’zginasi emas. Ammo, uning javobiga munosabati va aloqasi bor.
Forobiyning bu masalaga bergan javobi, yunon falsafasining bu ikki buyuk namoyondasi
javobidan tubdan farq qiladi.

Forobiyning fikricha, borliq Xudodir va faqat ugina mohiyatlarga vujud bagishlaydi.

Mutafakkir falsafa tarixida birinchi bo’lib mavjudotlarni ikki qismga: aqliy vujudga va
mohiyatga, mohiyatlarni esa to’qqiz javhar va oraz (aksidensiya) tushunchasiga taqsim
qiladi.Vaholanki, Arastuning o’nta kategoriyasi, vujud mа’quloti bo’lib, mohiyat tushunchasi
emas. Binobarin, bunday taqsimlash tarzi ahamiyatsiz va shunchaki bir ish emas. Uni haqiqat
asoslariga kiritilgan juz’iy o’zgartirishgina deb emas, balki islom falsafasidagi asosiy
masalalarga oid yechimlar rejasi deb qabul qilmoq kerak.

Shunga asosan, endi haqiqat va sababiyat tushunchalari mutlaqo boshqacha ma’no kasb

etadi. Forobiy aytganidek, haq Xudodir va haqiqatning boshqa ma’nolari uning asarlarida xuddi
shu ma’noda qo’llaniladi. Zero, barcha mavjudotlar ilmi ilohiyda mavjud bo’lib, nimaiki ilohiy
qazoda bor bo’lgan bo’lsa, qadar darajasiga tushib qolgan, deydi u. Xuddi shuningdek, haqni
azaliy, deganda, alloma aynan mana shu ma’noga asosiy e’tiborni qaratadi. Bunga qo’shimcha
sifatida yana shuni aytish mumkinki,

sababiyat

ham uning asarlarida boshqacha ko’rinish va

talqinga ega bo’lib, ko’proq faollik ma’nosini kasb etadi. Bu ma’nolarning hech birini yunon
faylasuflari asarlaridan topa olmaymiz. Agar diqqat bilan kuzatsak, shu narsa ma’lum bo’ladiki,
islom falsafasida yunon falsafasiga xos bo’lmagan biror yangi masala o’rtaga qo’yilsa, bu faqat
diniy mulohazadan kelib chiqibgina shunday qilingan, deyish mutlaqo noto’g’ridir. Chunki,
aksariyat hollarda bunday masalalar yangi usulning zaruriyati tufayligina yangicha tarzda
qo’yilgan, xolos. Shuning uchun ham Forobiyni ma’lum ma’noda islom falsafasining muassisi,
yani asoschisi, deb bilmoq kerak.

Forobiy “Al-jam’e bayne royil hakimin” “Ikki hakim qarashlari o’rtasidagi jamlanma”[2]

kitobining muqaddimasida ushbu mulohazalarini qayd etadi: “Ko’rdimki, zamona ahli olamning
ibtidosi va uning paydo bo’lishi, shuningdek, yaratilganlik va azaliylik masalalarida bir-birlari
bilan nizo qiladilar, hohladimki, ushbu nizolarni bartaraf qilsam[3]. Forobiy bu nizolarni
qanday qilib bartaraf etdi? – degan savol tug’iladi. Haqiqat shundan iboratki, u Aflotun
qarashlarini ham, Arastu fikrlarini ham isbot qilib o’tirmadi, balki ularning har ikkisi


background image

`

32

qarashlarini o’z falsafasi asosida tafsir qildi. Uning bu tafsiri faqat ilohiy bilim bilangina
chegaralanmaydi, balki falsafaning barcha tarkibiy qismlarini ham qamrab oladi.

Forobiy falsafasining inkor etib bo’lmaydigan joyi shundaki, u nazariy falsafasini

haqiqiy

va

asosiy ilm

, deb bilib, qolgan barcha fanlarni unga tobe bo’lgan ikkinchi darajali sohalar

maqomiga qo’ydi. Falsafalar o’rtasidagi umumiy dunyoqarashlar bilan kifoyalanmay, din bilan
falsafani ham ayrim bir qismga joyladi. Uning fikricha, falsafadagi masalalar isbotini
payg’ambarlar razmlar shaklida bayon qilganlar, zero, mohiyat jihatidan falsafa bilan din
o’rtasida hech qanday tafovut yo’q. Bunday qarash o’z davrida nihoyat darajada muvaffaqiyat
qozonib, islomiy falsafaning asosi va usulini belgilab beruvchi fikrlash tarziga aylandi.

Shuning uchun ham, XIV asrda yashagan Ibn Xaldun islomiy faylasuflarni falsafani diniy

masalalar bilan aralashtirib yuborishda va Arastu kabi faylasuflardan uzoqlashib ketishda
aybladi. Uning ta’kidlashicha, agar islomiy faylasuflar yunonistonlik o’tmishdoshlari yo’lidan
izchil borganlarida dinning falsafiy tafsiriga erishmoq amri mahol bo’lur edi. Ibn Xaldunning
mulohazasiga ko’ra, islom faylasuflari xudo, haqiqat va moddiy olam haqida o’zlarining yangi
talqinlarini berib shunday bir falsafani vujudga keltirdilarki, u oqibatda dinga va shariat
ilmlariga katta ziyon keltirdi. Uning xulosalariga e’tibor qilar ekansiz, Ibn Xaldun islom
falsafasining mohiyatini nazar-pisand qilmasdan islomiy faylasuflarni o’tmish falsafasini kalom
va tasavvuf bilan aralashtirib yuborishda ayblaganligiga guvoh bo’lasiz. Uning gaplaridan shu
narsa anglashiladiki, falsafa shu zaylda taraqqiy etsa islom olamida u yangitdan shakllanib,
dinni o’zida eritib, mutlaqo parchalab yubora oladi va natijada bu holat jamiyatdagi
e’tiqodsizlikka, nizo va bosh-boshdoqlikka olib keladi. Ibn Xaldun: agar falsafa ahli faqat Aflotun
va Arastu izidan borib, aqlning chegarasini bilib, undan o’tib ketmaganlarida, din bilan falsafa
bir-biri bilan aralashib, dinda ixtilof va buzilishlar vujudga kelmagan bo’lur edi – deya
ta’kidlaydi. Ammo, aralashganlikning asl sababi va manbai nimada edi? Faylasuflar “Ommaga
taalluqli ishlar va mavjudotlarning asosi hamda bu asos ruhiy ekanligi, mavjudotlarning kelib
chiqish tarzi, ruhning jasaddan chiqqandan keyin ahvoli, ya’ni uning asli ibtidodiga qaytishi va
boshqalar haqida bahs yuritar edilar”. Ibn Xaldunning fikrlaridan shu narsa a’yon bo’ladiki, Abu
Homid G’azzoliy falsafiy dalillarga qarshi raddiya yozgandan keyin islom ilmi falsafa bilan
birlashib, bundan keyingi har qanday kelishmovchiliklar bartaraf etilishi mumkin bo’lgan
adashishlar va xatoliklardan iborat ekanligi yana bir bor ta’kidlandi. Natijada agar falsafa
o’zgaruvchan bo’lmaganda, xato va adashishlar ham kelib chiqmas edi - degan xulosaga kelindi.

Shu bilan birga, keyingi davr mutafakkirlari, jumladan, Ibn Xaldun Forobiyning falsafani

din bilan uyg‘unlashtirishga bo‘lgan harakatlarini tanqid qilgan va bu yondashuv diniy
e’tiqodlar bilan falsafiy tafakkurning chalkashishiga olib kelishini ta’kidlagan. Biroq
Forobiyning qarashlari falsafiy tafakkurning rivojlanishida muhim o‘rin tutib, keyinchalik G‘arb
va Sharq falsafasiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatgan.

References:

1.

Rizo Davoriy Arkadoniy. Forobiy islom falsafasining asoschisi. Ilmiy-tekshirish va

madaniy tadqiqotlar muassasasi. Tehron, hijriy 1377/1998. -B.116. (fors tilida)
2.

Forobiy, Abu Nasr. Ikki hakim qarashlari o’rtasidagi jamlanma. -Bayrut. 1960 (arab tilida).

3.

Rizo Davoriy Arkadoniy. Forobiy islom falsafasining asoschisi. -B.133. (fors tilida)


background image

`

33

4.

Тулкин,

Бойгазиев.

"Форобий

фалсафасида

билимларнинг

турларга

ажратилиши."

Философия и право

25.2 (2023): 150-154.

5.

Boygaziyev, T., and A. Ochilov. "ABU NASR FOROBIYNING BOSHLANG ‘ICH BILIMLAR

HAQIDAGI QARASHLARI."

Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social

sciences

3.5 (2023): 39-43.

6.

Pardayev, Ismatullayevich, and Tulqin Boygaziyev Inatullayevich. "Views of Abu Nasr

Farabi on the Interaction Between the Human Spirit and the Body."

JournalNX

7.04: 374-376.

7.

Boygaziyev, Tulqin. "Форобийнинг ақл, билиш ва илм ҳақидаги таълимоти (таҳлил

ва талқин)."

Молодые ученые

2.17 (2024): 23-27.

8.

Akhatova, Dildora. "IDEOLOGICAL FOUNDATIONS OF IBN SINA'S DOCTRINE OF" BODY"

AND" SOUL" IN ANCIENT PHILOSOPHY." Western European Journal of Modern Experiments
and Scientific Methods 2.3 (2024): 24-26.
9.

Akhtamovna, Dildora Akhatova. "IBN SINA THE SIGNIFICANCE AND STUDY OF THE

BALANCE OF BODY, SOUL AND MIND." Academia Science Repository 4.04 (2023): 1146-1148.

Библиографические ссылки

Rizo Davoriy Arkadoniy. Forobiy islom falsafasining asoschisi. Ilmiy-tekshirish va madaniy tadqiqotlar muassasasi. Tehron, hijriy 1377/1998. -B.116. (fors tilida)

Forobiy, Abu Nasr. Ikki hakim qarashlari o’rtasidagi jamlanma. -Bayrut. 1960 (arab tilida).

Rizo Davoriy Arkadoniy. Forobiy islom falsafasining asoschisi. -B.133. (fors tilida)

Тулкин, Бойгазиев. "Форобий фалсафасида билимларнинг турларга ажратилиши." Философия и право 25.2 (2023): 150-154.

Boygaziyev, T., and A. Ochilov. "ABU NASR FOROBIYNING BOSHLANG ‘ICH BILIMLAR HAQIDAGI QARASHLARI." Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 3.5 (2023): 39-43.

Pardayev, Ismatullayevich, and Tulqin Boygaziyev Inatullayevich. "Views of Abu Nasr Farabi on the Interaction Between the Human Spirit and the Body." JournalNX 7.04: 374-376.

Boygaziyev, Tulqin. "Форобийнинг ақл, билиш ва илм ҳақидаги таълимоти (таҳлил ва талқин)." Молодые ученые 2.17 (2024): 23-27.

Akhatova, Dildora. "IDEOLOGICAL FOUNDATIONS OF IBN SINA'S DOCTRINE OF" BODY" AND" SOUL" IN ANCIENT PHILOSOPHY." Western European Journal of Modern Experiments and Scientific Methods 2.3 (2024): 24-26.

Akhtamovna, Dildora Akhatova. "IBN SINA THE SIGNIFICANCE AND STUDY OF THE BALANCE OF BODY, SOUL AND MIND." Academia Science Repository 4.04 (2023): 1146-1148.