Авторы

  • Dilafruz Maxkamova
    Qo’qon DPI Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.69403

Ключевые слова:

umumta’lim maktablari ijtimoiylashuv kasbiy ijtimoiylashuv iqtisodiy o’sish amaliy tayyorgarlik pedagogik imkoniyat.

Аннотация

Mazkur maqolada boʻlajak oʻqituvchilarni oʻquvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari hususida ayrim fikr-mulohazalar bayon etilgan. Shuningdek maqolada, oʻquvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlashda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ham bayon etilgan.


background image

`

124

BOʻLAJAK OʻQITUVCHILARNI OʻQUVCHILARNING KASBIY IJTIMOIYLASHUVI

FAOLIYATIGA TAYYORLASHNING PEDAGOGIK IMKONIYATLARI

Maxkamova Dilafruz Aliyevna

Qo’qon DPI Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi mudiri

https://doi.org/10.5281/zenodo.14942641

Annotatsiya.

Mazkur maqolada boʻlajak oʻqituvchilarni oʻquvchilarning kasbiy

ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari hususida ayrim fikr-
mulohazalar bayon etilgan. Shuningdek maqolada, oʻquvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi
faoliyatiga tayyorlashda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ham bayon etilgan.

Kalit so’zlar.

umumta’lim maktablari, ijtimoiylashuv, kasbiy ijtimoiylashuv, iqtisodiy

o’sish, amaliy tayyorgarlik, pedagogik imkoniyat.

ПЕДАГОГИЧЕСКИЕ ВОЗМОЖНОСТИ ПОДГОТОВКИ БУДУЩИХ

УЧИТЕЛЕЙ К ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ СОЦИАЛИЗАЦИИ СТУДЕНТОВ

Махкамова Дилафруз Алиевна

Заведующий кафедрой методики начального образования

Кокандской ГПИ

Абстрактный.

В статье представлены некоторые размышления о педагогических

возможностях подготовки будущих учителей к профессиональной социализации
учащихся. В статье также рассказывается о реформах, реализуемых в нашей стране в
сфере подготовки студентов к профессиональной социализации.

Ключевые

слова.

средние

школы,

социализация,

профессиональная

социализация, экономический рост, практическое обучение, педагогические
возможности.

PEDAGOGICAL POSSIBILITIES OF PREPARING FUTURE TEACHERS FOR

PROFESSIONAL SOCIALIZATION OF STUDENTS

Makhkamova Dilafruz Aliyevna

Head of the Department of Primary Education Methodology, Kokand SPI

Annotation.

This article presents some thoughts on the pedagogical possibilities of

preparing future teachers for professional socialization of students. The article also describes
the reforms being implemented in our country in preparing students for professional
socialization.

Keywords:

secondary schools, socialization, professional socialization, economic growth,

practical training, pedagogical opportunities.


Yangi Oʻzbekiston 2022-2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasida

“umumta’lim maktablarida kasb oʻrganish istagidagi bitiruvchilarining davlat tomonidan
kamida bir kasbni egallashiga koʻmaklashuvchi tizimni joriy etish” vazifasi belgilangan.[1]
Shunga koʻra, pedagogik amaliyot doirasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar boʻlajak
oʻqituvchilarni oʻquvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi, ularning tanlangan kasbni egallashida,
maxsus koʻnikma va malakaga ega boʻlishlarida hamda raqobatbardosh mutaxassis sifatida
shakllanishlarida faoliyati dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Iqtisodiy barqarorlik va barcha
sohalarda rivojlangan davlatlar bilan raqobatlashish salohiyati esa, mehnat bozoridagi


background image

`

125

pedagogik kadrlarning malakasi va imkoniyatlariga chambarchas bogʻliq. Bunday yuqori
salohiyatli kadrlar tayyorlashning ilk bosqichi boʻlajak oʻqituvchilarni oʻquvchilarning kasbiy
ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlash, oʻquv jarayonini samarali tashkil etish orqali amalga
oshadi.

Boʻlajak oʻqituvchilarni oʻquvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlashning

huquqiy-me’yoriy asosi sifatida Oʻzbekistonda oʻquvchilarni kasb-hunarga tayyorlash tizimini
keltirish mumkin. Mazkur faoliyat 2021-yilda qabul qilingan “Umumiy oʻrta ta’lim
muassasalarining 10-11-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarga tayyorlash chora-tadbirlari
toʻgʻrisida”gi 792-sonli Qaror asosida amalga oshirilmoqda”.[2] Mazkur qaror bilan:

umumta’lim maktablarining 7-sinflaridan boshlab oʻquvchilar oʻrtasida interaktiv

soʻrovnomalar oʻtkazish, ularning kasb-hunarga boʻlgan qiziqishlarini aniqlash hamda ushbu
ma’lumotlarni jamlagan bazani ishlab chiqish va boyitish;

8-sinfda ta’limning keyingi bosqichlarida oʻqishni davom ettirish, tanlagan kasbi boʻyicha

kasb-hunarga tayyorlash markazlarida kasb oʻrganish uchun oʻquvchilar va ota-onalarga
tavsiyalar berish va yoʻnalish berish;

psixologik tashxis orqali 9-sinf oʻquvchilarining kasbiy moyilligini aniqlash natijalariga

tayangan holda, ularni kelajakda ishchi kasblar boʻyicha kasb-hunar maktablarida ta’lim olish
yoki kasbga tayyorlash markazlarida oʻqishni davom ettirishga yoʻnaltirish maqsadida oʻquv
yili davomida maxsus kasbiy ijtimoiylashuv choralari tashkil etilishi zarur boʻlgan vazifalar
sifatida belgilangan. Koʻrsatib oʻtilgan vazifalar boʻlajak oʻqituvchilarni oʻquvchilarning kasbiy
ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlash mazmunini belgilab beradi.

Zamonaviy texnika va texnologiyalar shiddat bilan rivojlanib borayotgan bugungi kunda

jamiyatimizning barcha sohalarida keskin oʻzgarishlar kuzatilmoqda. Shunga hamnafas tarzda
ta’lim tizimini ham bosqichma-bosqich isloh qilib borish zamon talabi doirasida jadallashib
bormoqda. Bundan koʻrinadiki, boʻlajak oʻqituvchilarni oʻquvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi
faoliyati shakli, vosita va texnologiyalari oʻzgarib bormoqda. Jamiyatda ma’lum bir davrda
kasblarga oid shu davrga xos boʻlgan qarashlar, munosabatlar, ustuvorliklar shakllanadi va bu
dinamik xususiyatga ega boʻlib, muntazam ravishda oʻzgarib, rivojlanib boradi. Keltirib oʻtilgan
bir-biriga uzviq bogʻliq jarayonlar boʻlajak oʻqituvchilarni oʻquvchilarning kasbiy
ijtimoiylashuvi faoliyati tashkil etishda strategik yoʻnalishni belgilab beradi.

Mehnat bozorining holatini doimiy va tizimli kuzatish, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy hamda

madaniy omillarni oʻrganish, shuningdek, rivojlanish yoʻnalishlarini ta’lim prizmasi orqali tahlil
qilib, metatahlil hisobotlari shaklida umumlashtirish orqali boʻlajak oʻqituvchilarni
oʻquvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyati samarali tashkil etiladi.[3.B.205] Boʻlajak
oʻqituvchilarni oʻquvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyati mazmuni va mohiyatini belgilab
beruvchi mazkur asoslarni bilishi, boʻlajak kasbiy faoliyti tarkibiy qismiga integratsiya qila olish
qobiliyati oliy ta’lim fanlari mazmunida oʻz aksini topishi lozim boʻladi.[3.B.206]

Oʻtgan yillarda mamlakatda ta’lim-tarbiya tizimini rivojlantirish borasida sezilarli

oʻzgarishlar amalga oshirilib, uning samaradorligi va sifati yuksaltirilmoqda. Ilgʻor xalqaro
tajribalarni amaliyotga joriy etish orqali boʻlajak oʻqituvchilarda zamonaviy bilim va
koʻnikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu bilan birga, ta’lim tizimlari va
ilm-fan sohasi oʻrtasida mustahkam hamkorlik va integratsiyani ta’minlash, ta’lim jarayonining


background image

`

126

uzviyligi hamda uzluksizligini kafolatlashga qaratilgan izchil va tizimli chora-tadbirlar yoʻlga
qoʻyilgan.

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev oʻzining xalqimizga yoʻllagan Murojaatnomasida

“ijtimoiy davlat” tamoyilining muhim ahamiyatiga alohida urgʻu bergan edi. Aynan aytganda,
“Ijtimoiy davlat bu, eng avvalo, inson salohiyatini roʻyobga chiqarish uchun teng imkoniyatlar,
odamlar munosib hayot kechirishiga zarur sharoitlar yaratish, kambagʻallikni qisqartirish,
demakdir”. Bunga erishishning poydevori, avvalo, ta’lim tizimidir. Shu sababli,
Murojaatnomada maktab oʻquvchilariga kamida ikkita xorijiy tilni va bir kasb-hunarni
oʻrgatishni ustuvor vazifalar qatoriga kiritish alohida ta’kidlangan edi. Murojaatnomada
“soʻnggi yillarda ta’limga, oʻqituvchilarga e’tibor oshgani, oliy ta’limda qabul soni va yoʻnalishlar
koʻpaygani, lekin, maktablardagi sifat hali talab darajasiga chiqmagani ta’kidlab oʻtildi. Masalan,
11 yil maktabda oʻqigan bola chet tilini mukammal bilmaydi. Sharoit va mutaxassislar yoʻqligi
sababli yoshlarni kasblarga qiziqtirish muhiti shakllanmagan. Maktab bitiruvchilarining 50
foizi mehnat bozoriga hech qanday kasbga ega boʻlmasdan kirib kelmoqda”.[4] Keltirilgan
fikrlar boʻlajak oʻqituvchilarni oʻquvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlashning
dolzarbligini koʻrsatadi.

Talabalarni oʻquvchilarning kasbiy ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlash jamiyatda

mehnat faoliyatni amalga oshirish uchun amalga oshirilayotgan islohotlar bilan oʻzaro
ta’sirchan xususiyatga ega boʻlish lozim. Kuzatishlar shuni koʻrsatadiki, respublikamizda
tadbirkorlikka berilayotgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar yangi ish oʻrinlarini yaratilishiga
olib kelayapti. Muammo esa yosh mutaxassislarning yetarli bilim, koʻnikma, malaka hamda
kompetensiyalarga ega emasligidadir. Boʻsh ish oʻrinlari hamda qoniqarli darajadagi ish haqiga
mos keluvchi mutaxassislar topish muammoga aylanib bormoqda. Boshqa tomondan
demografik oʻsish darajasini hisobga olganda bunday muammoning yuzaga kelishi nazariy
jihatdan mumkin emas hisoblanadi. Bu esa albatta umumta’lim maktablarida oʻquvchilarni
kasb-hunarga yoʻnaltirish tizimidagi muammo sifatida ham qarash mumkin boʻladi.

Boʻlajak oʻqituvchilarni oʻquvchilarning kasb­hunar haqidagi tasavvurini kengaytirish va

qiziqishini aniqlash, ularda kasbiy ijtimoiylashuvning samarali tashkil etilishi maqsadida
“maktabgacha va maktab ta’limi tizimida oʻqitilayotgan 18 ta umumta’lim fanlari boʻyicha Milliy
oʻquv dasturi doirasida qaratilayotgan zamonaviy darsliklarga 302 ta kasbga oid mavzular
kiritildi. Dars jarayonida mazkur kasblar haqidagi tushunchalar oʻquvchilarga hayotiy misollar
orqali yetkaziladi. Bu esa, oʻz navbatida, oʻquvchilarning kasb-hunar egallash va oʻzini oʻzi band
qilish orqali xizmatlar koʻrsatish (frilansing) yoʻnalishiga qiziqishini aniqlashga
koʻmaklashadi”.

Umumta’lim maktablari oʻquvchilari uchun moʻljallangan kasb.maktab.uz va

profnavigator.uz elektron platformalari boʻlajak oʻqituvchilarni oʻquvchilarning kasbiy
ijtimoiylashuvi faoliyatiga tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Mazkur jarayon orqali
talabalar oʻquvchilarning qaysi kasbga qobiliyatli ekanligini aniqlashda yordam beradi. Ularni
zamonaviy kasblarga yoʻnaltirish va oʻqitish maqsadida “Milliy ta’lim resurslari” platformasida
25 dan ortiq zamonaviy sohalarga oid 700 dan ortiq videodarsliklar, taqdimotlar,
professiogrammalar va boshqa ta’limiy materiallar joylashtirilgan. Shuningdek,
“kasb.maktab.uz” platformasida 500 dan ziyod, “profnavigator.uz”da esa 450 dan ortiq oʻquv
materiallari taqdim etilgan.


background image

`

127

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-

yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻg‘risida”gi Farmoni //
Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,

https://lex.uz/docs/-5841063

.

2.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi 792-son

“Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilarini kasb-hunarga tayyorlash
chora-tadbirlari toʻg‘risida” Qarori // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.

https://lex.uz/docs/-5800745

.

3.

Muslimov N.A., Mullaxmetov R.G. Kasb tanlashga tayyorlash. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”,

2007. – 205 b.
4.

https://president.uz/oz/lists/view/5830

Библиографические ссылки

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi PF-60-son “2022-2026-yillarga moʻljallangan yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻg‘risida”gi Farmoni // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, https://lex.uz/docs/-5841063.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 30-dekabrdagi 792-son “Umumiy oʻrta ta’lim muassasalarining 10-11-sinflari oʻquvchilarini kasb-hunarga tayyorlash chora-tadbirlari toʻg‘risida” Qarori // Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi. https://lex.uz/docs/-5800745.

Muslimov N.A., Mullaxmetov R.G. Kasb tanlashga tayyorlash. – T.: “IQTISOD-MOLIYA”, 2007. – 205 b.