Авторы

  • Gulinur Erkinova
    Iqtisodiyot va pedagogika universiteti 1-bosqich talabasi.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.70097

Ключевые слова:

Gumboldt Sossyur nazariya tilshunoslik til hodisa strukturalizm.

Аннотация

Tilshunoslik fani tarixida Ferdinand de Sossyur va Vilgelm fon Gumboldtning hissasi alohida õrin tutadi va ushbu maqolada Ferdinand de Sossyur va Vilgelm fon Gumboldtning til haqidagi qarashlari,asosiy nazariyalari bõyicha taqqosiy tahlil keltirilgan. Tilshunoslikni ilmiy fan sifatida shakllantirishga ulkan hissa qõshgan strukturalizm asoschisi Ferdinand de Sossyur õzining asosiy asari - ”Umumiy tilshunoslik kursi” orqali tilni strukturaviy tizim sifatida tahlil qilishning tamoyillarini ishlab chiqqan.Gumboldt esa tilni inson va madaniyatini aks ettiruvchi asosiy vosita sifatida kõrgan. Maqolada ushbu yondashuvlarning farqlari, õxshashliklari atroflicha tahlil qilinib, ularning ahamiyati yoritib berilgan.


background image

`

154

FERDINAND DE SOSSYUR VA VILGELM FON GUMBOLDTNING

TILSHUNOSLIKDAGI ASOSIY NAZARIYALARI: FARQLAR VA

ÕXSHASHLIKLAR

Erkinova Gulinur Jòrabekovna

Iqtisodiyot va pedagogika universiteti 1-bosqich talabasi.

E-mail: erkinovagulinur8@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.14977815

Annotatsiya:

Tilshunoslik fani tarixida Ferdinand de Sossyur va Vilgelm fon

Gumboldtning hissasi alohida õrin tutadi va ushbu maqolada Ferdinand de Sossyur va Vilgelm
fon Gumboldtning til haqidagi qarashlari,asosiy nazariyalari bõyicha taqqosiy tahlil
keltirilgan. Tilshunoslikni ilmiy fan sifatida shakllantirishga ulkan hissa qõshgan
strukturalizm asoschisi Ferdinand de Sossyur õzining asosiy asari - ”Umumiy tilshunoslik
kursi” orqali tilni strukturaviy tizim sifatida tahlil qilishning tamoyillarini ishlab
chiqqan.Gumboldt esa tilni inson va madaniyatini aks ettiruvchi asosiy vosita sifatida kõrgan.
Maqolada ushbu yondashuvlarning farqlari, õxshashliklari atroflicha tahlil qilinib, ularning
ahamiyati yoritib berilgan.

Kalit sõzlar:

Gumboldt, Sossyur, nazariya,tilshunoslik, til, hodisa, strukturalizm.

Ferdinand de Sossyur ta’limotidagi asosiy nazariyalar.

Ferdinand de Sossyur(1857-1913) strukturaviy tilshunoslik asoschilaridan biri bõlib,

tilni tizimli va tarkibiy jihatdan õrganish zarurligini ta’kidlagan. Uning asosiy yondashuvlari
quyidagilar:
1.

Sossyur tilni ijtimoiy hodisa sifatida kõrgan va uni individual nutqdan ajratib õrgangan.

Til-jamiyat tomonidan qabul qilingan belgilar tizimi, nutq esa uning amaliy ifodasi va bundan
tashqari bu ikki tushunchani yana quyidagicha ifodalaydi: ”Til-ijtimoiy, nutq-individual; til-
sistem, nutq-asistem; til-potensial, nutq-real; til-sinxron, nutq-diaxron; til-moxiyat, nutq-
hodisa.”
2.

Tilni õrganishda uni ayni vaqt kesimida sinxronik yoki diaxronik tahlil qilish

mumkinligini ta’kidlagan: Sinxron tahlil-tilda bir vaqtda mavjud bõlgan hodisalarni õrganish.
Misol qilib,tilshunoslikni õzida oladigan bõlsak, hozirgi õzbek tilidagi fe’l zamon shakllarini
õrganishda: ”boraman”, ”boryapman” kabi sõz shakllarini bir vaqtning õzida tahlil qilish.
Diaxron tahlil-tildagi õzgarishlarning tarixiy rivojlanishi. Buni ham misol qilib, tilshunoslikda
oladigan bõlsak, õzbek tilidagi fe’l zamon shakllarining tarixiy rivojlanishini õrganishda:
qadimgi turkiy tildagi fe’llar bilan hozirgi õzbek tili fe’llarini solishtirish.
3.

Til belgilar sistemasidan iborat bõlib, bu belgilar “ishora qiluvchi” va ishora qilingan”

qismlardan tashkil topadi. Ishora qilivchi-bu belgi shakli, ya’ni tovush yoki yozma kõrinishi.
Masalan, ”daraxt” sõzi tovushlar yiģindisi sifatida. Ishora qilingan-bu belgi anglatadigan
tushuncha yoki ma’no. Masalan, ”daraxt” sõzi ongimizda hosil bõladigan õsimlik haqidagi
tushuncha.
4.

Ferdinand de Sossyur tilshunoslikni ikkiga:ichki lingvistika va tashqi lingvistikaga

ajratadi. Ichki lingvistika-tilning ichki tuzilishini,ya’ni grammatika, fonetika, morfologiya,
sintaksis va semantika kabi tizimli jihatlarini õrganadi. Bu yondashuv tilni mustaqil, õz
qonuniyatlariga ega bõlgan tizim sifatida kõradi. Sossyur buni sinxron ya’ni zamonaviy
holatda õrganish mumkinligini ta’kidlagan. Tashqi lingvistika esa tilning ijtimoiy, tarixiy,


background image

`

155

madaniy va psixologik omillar bilan boģliqligini õrganadi. Masalan, tilning jamiyat taraqqiyoti
bilan qanday õzgarishi, dialektlar, tarixiy õzgarishlar va sotsiolingvistik omillar tashqi
lingvistikaning tadqiqot sohalaridir. Bu yondashuv diaxron ya’ni tarixiy õzgarishlar nuqtayi
nazaridan tilni tahlil qiladi. Bu qarashlar zamonaviy tilshunoslikning rivojlanishiga katta ta’sir
kõrsatgan.
5.

Sossyur til birliklari orasidagi munosabatni, õzaro boģlanishni paradigmatik va

sintagmatik munosabatlarga ajratadi: Paradigmatik munosabat-tildagi birliklarning bir xil
turdagi boshqa birliklar bilan õzaro boģliqligini ifodalaydi. Bunda birliklar bir-birini
almashtirishi yoki variant sifatida tanlanishi mumkin. Paradigmatik munosabatga quyidagilar
kiradi:
• Sõz turkumlari doirasidagi munosabat. Masalan,”kitob” sõzi “daftar” yoki “qoģoz” sõzi bilan
paradigmatik boģlangan, chunki bular bir leksik-semantik maydonga kiradi.
• Shaxs olmoshlari. Masalan, “men”,”sen”,”u” bir-birini almashtira oladi.
• Fe’l zamonlari.

Masalan,”yozdi”,”yozmoqda”,”yozadi” bir paradigmatik qatorda turadi. Sintagmatik

munosabat esa tildagi birliklarning bir-biri bilan gap ichida yoki matnda qanday boģlanishini
ifodalaydi. Sintagamatik munosabat linearlikka asoslanadi, ya’ni birliklar bir-birining yonida
kelishi kerak. Masalan,
• Sõz birikmalarida:”chiroyli gul”,”tez yuguradi” bu sõzlar bir-biri bilan sintagmatik
boģlangan.
• Gapichida boģlanish: ”Õquvchilar darsni diqqat bilan tinglashdi”. Bu gapda “õquvchilar”-
ega,”tinglashdi”-kesim,”darsni”-tõldiruvchi bõlib, bir-biri bilan sintagmatik boģlangan.

Vilgelm fon Gumboldt ta’limotidagi asosiy nazariyalar.

Vilgelm fon Gumboldt(1767-1931) nemis faylasufi, siyosatchi, diplomatchi va til falsafasi

va nisbiy tilshunoslik asoschilaridan biri bõlib, u “tilning insoniyatning ruhiy faoliyatining
asosiy shakli” ekanligiga ishonib, tilshunoslik va tilning inson hayotidagi rolini chuqur
õrgangan. Uning ilmiy qarashlari zamonaviy antropologik lingvistikaning shakllanishiga katta
hissa qõshgan. Va uning asosiy nazariyalari quyidagilar:

Gumboldt tilni insoniyatning fikrlash va ijod qilish qobiliyatining asosiy vositasi deb

hisoblagan. Uning fikriga kõra,til insonning dunyo haqidagi tushunchalarini shakllantirishga,
ijtimoiy munosabatlarni yaratishga va madaniyatini rivojlantirishga yordam beradi. Ya’ni
Gumboldt tilni inson tafakkurining ifodasi sifatida kõrib, u tafakkurni shakllantirishda muhim
rol õynashini ta’kidlaydi. Shuningdek, til oddiygina aloqa vositasi emas,balkiinsonningruhiy
faoliyatini shakllantiruvchi va uni ifodalash imkoniyatini beradigan organondir, deya keltirib
õtadi. Gumboldt tilni ikki darajada õrganadi:ichki va tashqi til shakli. Ichki til shakli ya’ni
fikrlash va ichki nutq-bu odamning ichki tafakkuri jarayonida shakllanadigan til shaklidir.

Odatda ovoz chiqarilmaydi va shaxsiy fikr yuritish, rejalashtirish yoki muammolarni hal

qilishda namoyon bõladi. Misol qilib, imtihonga tayyorlanayotgan talabani olaylik. U darslarni
yodlash jarayonida õzicha ichki nutq orqali “Bu mavzu qiyin ekan, uni boshqacha yõl bilan
tushunishga harakat qilay” deb õylaydi, ammo ovoz chiqarib aytmaydi. Bundan
tashqari,shaxsiy kundalik yoki ichki monolog ham ichki til shakliga kiradi. Masalan, odam õz
xatosini õylab: ”Kechagi uchrashuvda notõģri gapirdim, endi buni qanday tõģrlasam bõladi?”
deb õylaydi. Bularni barchasi ichki til shakliga misollar. Tashqi til shakli esa, insonlar


background image

`

156

õrtasidagi aloqa vositasi bõlib, oģzaki yoki yozma shaklida bõlishi mumkin. Misol uchun,
dõkonda turgan odam sotuvchiga:”Iltimos,menga bir kilo shakar bering,desa bu tashqi nutq
hisoblanadi. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda yozilgan postlar,xabarlar va maqolalar ham
tashqi til shakliga kiradi. Qisqa qilib aytganda, ichki til shakli odamning õz ongidagi fikrlari,
rejalari va his-tuyģularini ifodalasa,tashqi til shakli esa,boshqalar bilan muloqot qilish
vositasidir. Ular bir-biri bilan chambarchas boģliq: odam avval ichki til shaklida fikrini
shakklantiradi, sõngra uni tashqi til shaklida ifodalaydi. Uning yana bir asosiy nazariyalaridan
biri-bu til dinamik jarayon ya’ni Gumboldt tilni statik tizim emas,balki doimiy rivojlanayotgan,
õzgarib boradigan jarayon sifatida kõrgan. Gumboldtning ģoyalari ”tarixiy-qiyosiy
tilshunoslik” va “tilning organon xususiyati” kabi sohalarning rivojlanishiga turtki berdi va biz
Gumboldtning bu asosiy yondashuv va nazariyalarini uning “Tillarni taqqoslash” asarida
kengroq kõrishimiz mumkin.

Taqqosiy tahlil: Sossyur va Gumboldtning yondashuvlari.

Sossyur va Gumboldt nazariyalarining asosiy farqi ularning tilni qanday qabul

qilishlarida yaqqol kõrinadi. Gumboldt tilni jonli organizm sifatida tasavvur qilgan va uni
milliy ruh bilan boģlagan. Sossyur esa tildagi tizimlituzilish va belgilar muhimligini asoslab
bergan. U tilshunoslikni sinxroniya va diaxroniya,til va nutq, belgi va mazmun kabi
tushunchalar bilan boyitadi. Gumboldtning yondashuvi falsafiy va tarixiy bõlsa, Sossyurniki
tizimli va ilmiy bõlib, keyinchalik strukturalizmning shakllanishiga asos bõladi.

Asosiy farqli jihatlar:

Sossyur: Tahlilni sinxron va strukturaviy jihatdan olib borgan. Gumboldt:Tilning tarixiy

rivojlanishiga va madaniyat bilan boģliqligiga e’tibor qaratgan. Sossyur:Tilni faqat
ijtimoiytizim sifatida kõrgan. Gumboldt: Uni individual tafakkur va madaniyatning ifodasi
sifatida talqinqilgan. Sossyur: Lingvistik tahlil uchun ilmiy metadologiya yaratishga intilgan.
Gumboldt esa, tilni insoniyat madaniyati va tafakkuri bilan boģlagan va falsafiy jihatdan
õrgangan.

Umumiy jihatlar.

Ikkita olimning ham qarashlarida umumiy õxshash jihatlar bor, ammo bular turlicha

yondashuv bilan izohlanadi. Sossyur ham Gumboldt ham til va tafakkur õrtasidagi boģliqlikni
ta’kidlashgan. Sossyur til belgilari orqali tafakkur jarayonini tushuntirgan, Gumboldt esa
tilning madaniy dunyoqarashini shakllantirishdagi rolini kõrsatgan.

Xulosa.

Xulosa sifatida aytadigan bõldak, Ferdinand de Sossyur va Vilgelm fon Gumboldt

tilshunoslikdagi nazariyalari orqali tilni õrganishda muhim tamoyillarni belgilab berishgan.
Ularning yondashuvlari umumiy jihatdan til va tafakkur boģliqligini, tilning ijtimoiy hodisa
sifatida ahamiyatini ta’kidlaydi. Biroq, ularning nazariyalarida farqlar ham mavjud. Sossyur til
va nutqni ajratib, tilni statik tizim sifatida kõrsa, Gumboldt tilni doimiy rivojlanib boruvchi
dinamik jarayon sifatida tushungan. Shuningdek, Sossyur tilning ichki tizimiga urģu bersa,
Gumboldt til va madaniyat õzaro boģliq degan ģoyani ilgari surgan. Umuman olganda, har
ikkala olim tilshunoslik taraqqiyotiga katta ta’sir kõrsatgan bõlib, ularning yondashuvlari
zamonaviy tilshunoslikning rivojlanishiga zamin yaratgan.



background image

`

157

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Rustamov T., Jõrayev S., Tojiyev M. “Tilshunoslikkakirish”-Toshkent: Fan va texnologiya.

2015.
2.

Saidova D.“Zamonaviy lingvistika nazariyalari”-Toshkent: Õzbekiston Milliy Universiteti

nashriyoti. 2018.
3.

Gumboldt V.“Insoniy tillarning tuzilishidagi farqlar va ularning insoniy intellektual

rivojlanishiga ta’siri”. 1836.
4.

Sossyur F.“Umumiy tilshunoslik kursi”-Moskva. Progress.1977.

5.

Rasulov R.“Umumiy tilshunoslik”.Toshkent.2010.

6.

Mahmudov N., Nurmanov A.-”Tilshunoslikka kirish”.2011.

Библиографические ссылки

Rustamov T., Jõrayev S., Tojiyev M. “Tilshunoslikkakirish”-Toshkent: Fan va texnologiya. 2015.

Saidova D.“Zamonaviy lingvistika nazariyalari”-Toshkent: Õzbekiston Milliy Universiteti nashriyoti. 2018.

Gumboldt V.“Insoniy tillarning tuzilishidagi farqlar va ularning insoniy intellektual rivojlanishiga ta’siri”. 1836.

Sossyur F.“Umumiy tilshunoslik kursi”-Moskva. Progress.1977.

Rasulov R.“Umumiy tilshunoslik”.Toshkent.2010.

Mahmudov N., Nurmanov A.-”Tilshunoslikka kirish”.2011.