Авторы

  • Дилрабо Назиркулова
    Независимый исследователь Узбекского государственного университета мировых языков

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.70100

Ключевые слова:

газета публикация коммуникация СМИ дискурс газетный дискурс пропаганда агитация аудитория читатель.

Аннотация

Эта  научная статья посвящена дать несколько комментариев о газете, которая является средством массовой коммуникации, и ее влиянии на общество и общественность. Прежде чем перейти к газетному дискурсу, помимо различных подходов и мнений относительно происхождения самого термина «дискурс», того, как он трактуется в исследованиях мировых и узбекских ученых, несколько замечаний по поводу термина «газетный дискурс». Обсуждение значения газетного дискурса в средствах массовой информации, его участие в целях и задачах массовой аудитории, влияние, пропаганда и агитация, и даже в сфере рекламы, имеют весьма последовательный характер.


background image

`

147

GAZETA DISKURSI – AXBOROT KOMMUNIKATSIYASINING AJRALMAS QISMI

SIFATIDA

Dilrabo Nazirqulova Zafariddin qizi

O’zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti mustaqil izlanuvchisi

NEWSPAPER DISCOURSE IS AS AN INTEGRAL PART OF INFORMATION

COMMUNICATION

Dilrabo Nazirqulova Zafariddin qizi

Independent researcher in Uzbekistan state world languages university

ГАЗЕТНЫЙ ДИСКУРС – НЕОТЪЕМЛЕМАЯ ЧАСТЬ ИНФОРМАЦИОННОЙ

КОММУНИКАЦИИ

Дилрабо Назиркулова Зафариддин кизи

Независимый исследователь Узбекского государственного университета

мировых языков

https://doi.org/10.5281/zenodo.14964219

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ommaviy aborot vositasi bo’lmish gazeta va uning

jamiyat, ommaga bo’lgan ta’siri haqida bir necha mulohazalar olib boriladi. Gazeta diskursiga
o’tishdan oldin, diskurs atamasining o’zi kelib chiqishi, uning dunyo va o’zbek olimlari
tadqiqotlarida qanday izohlanishi borasida, turlicha yondashuvlar va fikr-mulohazalari
keltirlishi bilan bir qatorda, gazeta diskursi atamasi to’g’risida bir necha ta’riflar turli olimlar
nazdida qanday ko’rinishga ega ekanligi haqida ma’lumotar berilgan. Gazeta diskursining
ommaviy axborot vositalari ichida qanday ahamiyatga ega ekanligi haqida fikrlar yurilitib,
uning omma auditoriyasiga nisbatan qanday maqsad va vazifalar yo’lida ishtirok etishi, ta’sir
qilish , targ’ibot va tashviqot ishlari olib borishda va hattoki reklmaa sohasida ham anchagina
natijaviy xarakterga ega ekanligi ochib berilgan.

Kalit so’zlar:

gazeta, diskurs, OAV, matbuot, kommunikatsiya, adresat, jurnalist,

tashviqot

,

matn, reklama, ekspressivlik, ommaviylik, propaganda.

Abstract.

This article is devoted to the newpaper discourse which is a means of mass

communication, and its impact on society and the public. Before gaining some knowledge
about the newspaper discourse, we can read some valid information about the concept
discource itself firstly, there are so many comments on this theme by different scholars
around the world. Discussions about the importance of newspaper discourse in the field of
mass communication revealed that, it has consequential positive character in impacting to
the society of readers, as well as public, by using different functions of newspaper discourse,
such as advertising, giving information, persuading and so on.

Key words:

newspaper, discourse, mass communication, journalist, advertising,

information, society, public, reader.

Аннотация.

Эта научная статья посвящена дать несколько комментариев о

газете, которая является средством массовой коммуникации, и ее влиянии на общество
и общественность. Прежде чем перейти к газетному дискурсу, помимо различных
подходов и мнений относительно происхождения самого термина «дискурс», того, как
он трактуется в исследованиях мировых и узбекских ученых, несколько замечаний по
поводу термина «газетный дискурс». Обсуждение значения газетного дискурса в


background image

`

148

средствах массовой информации, его участие в целях и задачах массовой аудитории,
влияние, пропаганда и агитация, и даже в сфере рекламы, имеют весьма
последовательный характер.

Ключевые слова:

газета, публикация, коммуникация, СМИ, дискурс, газетный

дискурс, пропаганда, агитация, аудитория, читатель.

Kirish

Hozirgi kunda jadal rivojlanib borayotgan, tadqiqotchi olimlar tomonidan tinimsiz

izlanishlar olib borilayotgan fan sohalaridan biri bo’lmish Lingvistika sohasi kundan kunga
yangicha terminlar, yangi tushuncha, konseptlar ustida xilma xil ishlar, izlanishlar olib
borilishi natijasida juda katta o’zgarishlarga, ma’lumotlarga boyib, kelajakda yaratilishi
mumkin bo’lgan ilmiy tadqiqotlar uchun katta bir manba sifatida o’zini namoyon qilmoqda.
Ana shunday tilshunoslikning muhim tushunchalaridan biri bo’lmish diskurs
tushunchasi,yanayam aniqlashtiradigan bo’lsak tildagi gazetaviy diskurs tushunchasi bugungi
maqolamiz mavzusining asosini tashkil qiladi. Falsafa sohasida asos solingan, keng
qo’llanilgan diskurs tushunchasi hozirgi kunda nafaqat falsafa fanining, balki, sotsiologiya,
politologiya, lingvopragmatika, lingvistika, psixologiya,antropologiya, etnologiya, pedagogika
kabi gumanitar fanlarning ham tadqiqot obyekti bo’lib kelmoqda. Keng ma’noda tahlil
qiladigan bo’lsak, diskurs- bu matnni tushunishda zarur bo’lgan bir qator ekstralingvistik
faktorlar (fikrlar, dunyo haqidagi bilimlar, qabul qiluvchining maqsadlari, munosabatlari)ni
o’z ichiga oluvchi murakkab kommunikativ hodisa. Ushbu maqolada gazetaviy matnlar
vositasi orqali, gazeta diskursi tushunchasini izohlashga harakaqt qilamiz. V.Z
Demyankovning fikriga ko’ra, diskurs atamasi klassik lotin tilida taxminan V asrdan
qo’llanilishni boshlagan (V.Z.Demyankov, 2007).

Adabiyotlar tahlili va metodologiya

“Diskurs” atamasi turli o’rganilayotgan fan tarmoqlarida turlicha jihatlardan,

jabhalardan anglashilgan holda tadqiq qilinadi, hamda har bir fan tarmog’ida o’zgacha, bir
biriga o’xshash bolmagan izohlarga egadir. Lingvistika sohasida diskurs tushunchasi hozirgi
kunda juda ko’p qo’llanilayotgan atamalardan biri hisoblanib, tarixiy jihatdan nazar tashlasak,
ushbu atama birinchi marta, amerikalik tilshunos, Z.Xarrisning 1952-yilda nashr etilgan
“Diskurs tahlili” nomli maqolasida qo’llanilgan. Ushbu atamaning keng ko’lamli izohi oxirgi
yigirma yil ichida tilshunos olimlar tadqiqotlari natijasida rivojlanib bordi, mukammallashdi.
“Diskurs” atamasining manbalardagi izohiga to’xtaladigan bo’lsak, lotincha “discursus”-
muhokama so’zidan olingan bo’lib, hissiy,bevosita, intuitiv, ya’ni muhokama talab bilimdan
farqli o’laroq, muhokama orqali vosita bilan hosil qilinadigan mantiqiy dalil-isbotli bilim
demakdir. Lingvistik ensiklopedik lug’at mualliflari diskursni - ekstralingvistik, ijtimoiy va
boshqa bir necha omillardan tashkil topgan matn deb hisoblashadi.Oddiy matndan farqli
ravishda, diskurs, o’z ichiga muloqot vaziyatini va o’g’zaki bo’lmagan muloqot
usullari(nonverbal vositalarni) oladi. T.A. van Deyk tilshunoslik sohasidagi o’z
tadqiqotlarining katta qismini diskursni o’rganishga ba’g’ishlagan.(T.A.van Deyk 2000). U bu
atamani keng ma’noda ta’riflaydi, u bu tushunchaga asosan, ma’lum bir vaqtda yuz
berayotgan, kommunikatsiya jarayonida so’zlovchi, tinglovchi va kuzatuvchi orasida yuzaga
keladigan murakkab kommunikativ hodisa sifatida qaraydi. Bu kommunikativ hodisa o’g’zaki,


background image

`

149

yozma va verbal–nonverbal bo’lishi mumkinligini ta’kidlaydi. Diskurs tushunchasi tor
ma’noda, matn yoki suhbat bo’lib, tugallangan yoki davom etadigan, muloqotni qabul
qiluvchilar tomonidan talqin qilinadigan, yozma va og’zaki verbal shakllarga ega bo’lgan
kommunikatsiyaviy hodisaning mahsuli sifatida qaraladi. Diskurs va matn tushunchalari
orasidagi farqni o’rganib chiqqan van Deyk, diskursni-aktual talaffuz qilingan matn deb,
“matn” ni esa talaffuzning abstrakt grammatik strukturasi deb izohlaydi. P. Serioning talqiniga
ko’ra diskurs atamasiga berilgan bir qancha izohlarni ko’rishimiz mumkin. Shulardan birini
misol qilsak, “diskurs –bu mafkuraviy pozitisiyada yoki ma’lum bir ijtimoiy tizimda mavjud
bo’lgan cheksiz nutq birliklarining o’rnatilgan cheklovlar tizimidir” (Serio, 1999,26-27) .
O’zbek tilshunos olimi A.Pardayev diskursni so’zlovchi va tinglovchining o’zaro fikr almashish,
bir-biriga ta’sir ko’rsatish maqsadida lisoniy va nolisoniy vositalardan o’zlari eng samarali
deb hisoblagan shakl va turda amaliy foydalanish jarayoni sifatida baholaydi. Diskursga –bir
jarayon, insonga xos bo’lgan faoliyat turi deb qarashlik yanada yuqorida keltirilgan fikrlarni
tasdiqlaydi. Diskurs-turli ming xillab verbal va nonverbal vositalarning mushtarak shaklda,
bir maqsad yo’lida voqelanishidir. O’zbek tilshunosligida shu soha bo’yicha tadqiqotlar olib
borgan yana bir olim Sh.Safarov, diskurs va matn tushunchalarini quyidagicha sharhlaydi:
“agarda matn va diskursning har ikkalasi ham inson lisoniy faoliyatining natijasi bo’lsa, ularni
faqatgina zohiriy-formal ko’rsatkichga asosan “og’zaki” va “yozma” sifatlari bilan farqlash
imkoniga gumonim bor. Xuddi shuningdek, ularning birini moddiy ko’rinishli hodisa,
ikkinchisini bu xususiyatdan xoli ko’rinishda tasavvur qilish qiyin masala.” (Sh. Safarov,)

Yuqorida keltirilgan fikrlardan aniq bo’ladiki, diskurs tushunchasi tilshunoslikka kirib

kelganiga hali unchalik ko’p bo’lmagan bo’lsa ham, ushbu tushunchaning olimlar tomonidan
nisbatan keng qo’llanilishi, ko’plab tadqiqotlar olib borilishi tufayli uning ahamiyati
tilshunoslik ilmi dunyosida yaxshigina ommalashdi. Tilshunoslikda ushbu atamaga nisbatan
aniq, konkret bildirilgan izoh yo’qligiga qaramay, biz diskurs tushunchasining nisbatan
yaqinroq, taxminiy ma’nosini chiqarishimiz mumkin. Diskurs –bu nutq faoliyati elementlarini
o’zida jamlagan matndir.

Natijalar

Bugungi zamonaviy jamiyatimizda ommaviy axborot vositalari juda katta ta’sirga ega

bo’lgan kuchdir. Ana shu ommaviy axborot vositalarining eng qadimiy turlaridan biri bo’lgan
gazeta jamoatchilik, jamiyat fikri va mafkurasini o’zgartirishda juda katta va natijaviy ta’sir
kuchiga ega bo’lgan vositadir. Gazetada ma’lumotni yetkazib beruvchi asosiy vosita matn
hisoblanadi. Semiotika fani matnga turli har qanday belgilar ketma ketligidan iborat har
qanday kommunikatsiya shakli deb ta’rif beradi. Tilshunoslikda esa matnga verbal vositalar
ketma-ketligi sifatida qaraladi. Psixolingvistika- matnni yuzaga kelishi va uni tushunish
jarayonlarini qamrab oluvchi fan tarkibida esa, matn- til elementlarini o’zida
mujassamlashtirgan voqelikni aks ettiruvchi tushuncha sifatida qaraladi.(Leontyev, 1972)
.Matnning o’ziga xos barcha ekstralingvistik xususiyatlarining umumiyligi diskurs tushunchasi
bilan o’zaro mutanosibdir. Tadqiqotchi matnni tahlil qilish jarayonida aytilgan so’z, gapning
ichki shakliga, ya’ni qanday texnika va stilistik xususiyatlarning ishtirokiga ko’ra tadqiq qilsa,
diskursni kommunikativ jarayonning tashqi tarafidan tadqiq qiladi. Ommaviy axborot
vositalari, ancha yillardan beri tilshunos olimlarning e’tiborini jalb qilib kelayotgan
sohalardan biridir. Tilshunoslar ushbu sohaga, ayniqsa ommaviy axborot vositalarining


background image

`

150

ajralmas qismi bo’lgan gazeta jurnallar matniga, tiliga faqatgina ma’lumot, yangilik beruvchi
odamlar

orasidagi

muloqot

vositasi

emas,

balki,

tarixiy

xotira,

tarixiy

faktlarning,ma’lumotlarning avloddan avlodga o’zgarishini, o’zida namoyon etuvchi , turli
madaniyatlarning o’zaro tilda boyish, rivojlanishiga turtki bo’luvchi vosita sifatida qaraydilar.
Gazeta tili, shu xususiyatlari bilan jamiyatning nutqiy rivojlanishining lingvistik indikatori
sifatida namoyon bo’ladi. Gazeta diskursi-kommunikatsiya jarayoning bir bo’lagi bo’lib,
tinglovchilarga ya’ni adresatlarga ma’lumot, ekspressivlik, emotivlik, ta’sir etishlik,
ko’ndirishlik, kabi bir qator maqsad, vazifalarni o’zida mujassamlashtirgan, og’zaki va yozma
belgilar, shu bilan birga matnlar, prezentatsiyalarni maqsadli taqdim etish majmuidir. Gazeta
diskursining boshqa ommaviy axborot vositalari nutqidan asosiy farqi sifatida uning o’quvchi
yoki tinglovchi bilan to’g’ridan to’gri muloqotga kirishmasligini ayta olamiz. Gazeta matni
orqali berilayotgan ma’lumotlar har doim journalist tomonidan oldindan tayyorlangan,
sayqallangan, ma’lum bir maqsadni ko’zlangan tarzda tayyrorlanadi va tinglovchiga uzatiladi.
Gazeta diskursining asosiy va ikkilamchi vazifalari bor deb aytadigan bo’lsak, asosiy vazifasiga
axborot yetkazish, va tinglovchiga ta’sir qilish vazifasini kiritamiz, ikkilamchi vazifasi esa
ko’ngilochar va boshqa bir qator xususiyatlarini o’z ichiga oladi. Gazeta diskursining yuzaga
kelishida, yaratilishida bir necha tamoyillarga, omillarga tayaniladi. Bu omillar gazeta
diskursining tilda yaxlit bir tushuncha, vosita sifatida namoyon bo’lishida muhim ahamiyat
kasb etadi. Bu tamoyillarga biz faktlarga asoslangan aniqlilik, umumiylik, majoziylik, ba’zi
holarda mavhumlik, mantiqiylik, hissiylik kabi omillarning o’zaro integratsiyasini
kiritishimiz mumkin. Gazeta diskursi haqida rus tilshunosi Tretyakova G.N. o’zining
“Mentalnaya sxema “svoy mir”// Metodologiya issledovaniya politicheskogo diskursa:
Aktualnie problemi soderjatelnogo analiza obshestvenno–politicheskix tekstov: sb. nauch.
trudov ” tadqiqot ishida quyidagi fikrlarni bildirib o’tgan: “Gazeta diskursi, asosan inson va
jamiyat o’rtasidagi munosabatlarning butun majmuini ifodalaydi va shuning uchun bu hodisa
o’zining asl mohiyati bilan dunyoqarashning ma’lum bir qismini yoki qabul qiluvchilar bilan
tasvirni shakllantirshga yo’naltirilgan bo’ladi. Gazeta diskursini ta’mal toshi sifatida
ishlatishni turli tilshunoslik maktablarida madaniy qadriyatlarni modellashtirish, ijtimoiy
tuzumning taraqqiyoti, olamlisoniy manzarasining qaysi unsurlari so’zlovchilar ongli nutqi
strategiyasidan

chetda

qolganligi

va

dunyoning

konseptual

tasviri

qanday

shakllantirilganligini tushunish mumkin”(Tretyakova G.N, Minsk, 1998). Ommaviy axborot
vositalari orasida o’z orniga ega bo’lgan ushbu gazeta diskursida qabul qiluvchilar bilan
to’gridan to’g’ri muloqot qilib bo’lmasligi bilan ajralib turadi, bunda maqola matnini
yaratayotgan mutaxassis adresatning o’ziga xos xususiyatlarini ya’ni auditoriyaning
qiziqishlari, xabardorlik va intellektual darajasi, umumiy va maxsus tayyorgarligi, yoshi va
boshqalar jihatidan xilma xilligini hisobga olgan holda yaratadi. Bundan tashqari, Gazeta tilida
dialogizmning mavjudligi, jurnalist va adresat orasida go’yoki jonli muloqot mavjuddek,
adresatning fikri hisobga olinayotgandek hisni shakllantiradi.

Gazetda diskursi faqatgina ma’lumot, axborot yetkazish bilangina cheklanib qolmay,

jamoatchilik fikrini o’zgartirish, auditoriya dunyoqarashiga natijaviy ta’sir qilish imkoniyatiga
ham ega. “Gazeta diskursi orqali har bir o’quvchi u yoki bu madaniyat yoki turli xulq-atvor
stereotiplarini anglashi, tushunishi mumkin. Shunga ko’ra, gazeta diskursining asosiy ta’sir
qilish funksiyasi axborot orqali, o’quvchining qadriyatlar, e’tiqodlar va ijtimoiy muloqot


background image

`

151

tizimidagi o’zgarishga munosabatini va uning fikrlash va xatti harakatlarini ma’lum bir
yo’nalishda “qo’zg’atish” xarakteriga ega”(Sh.Usmonova, “Gazeta diskursi: vazifalar va
konstruktiv tamoyil” maq.)

Turli tilshunos olimlar o’z tadqiqotlari davomida OAVning vazifa, maqsadlarini turlicha

talqin qilishgan. Goroxov V.Mning matbuot haqidagi ishida “Jurnalistikaning vazifasi
o’tkinchi, tasodifiy emas, balki aniq maqsadga yo’naltirilgan umumiy va qonuniy xarakter
kasb etishi, u o’zida maqsad va vositalarni ifodalashi” qayd etilgan.(Goroxov V.M, 1970).
G.I.Xmara talqiniga ko’ra, OAVning quyidagi vazifalari ajratilib ko’rsatiladi: 1)
informativlik(axborot berish) vazifasi; 2)ma’rifat tarqatish(ma’rifatchilik) vazifasi; 3)
tarbiyaviy vazifasi; 4) yo’naltirish(yoki boshqarish) vazifasi; 5) huzur –halovatni targ’ib qilish
vazifasi (G.I.Xmara, 1974). Ommaviy axborot vositalari ichida gazeta ko’p vazifaliligi bilan
alohida ajralib turaid. Quyida gazetaning bir necha vazifalarini ko’rib chiqamiz:.
1.

Informativlik(axborot berish) vazifasi

.Jamiyat ijtimoiy-siyosiy, madaniy, iqtisodiy

hayotidagi barcha voqea-hodisalar, kishilar faoliyati to’g’risidagi yangiliklar asosida, qaysi
janrda ifodalanishidan qat’iy nazar axborot yotadi. Ana shu axborotni ommaga yetkazib
berish vaqtli matbuotning asosiy vazifalaridan biridir. Axborot janrlariga biz, qisqa xabarlar,
intervyu, hisobot, reportaj kabilarni kiritishimiz mumkin.
2.

Targ’ibot vazifasi.

“Propaganda”(targ’ibot) so’zi “Chet tili so’zlari lug’ati” da ta’rif

berilishicha, lotin tilidan o’zlashgan bo’lib, tarqatmoq, yoymoq ,ma’nosini bildiradi. Har
qanday o’zida axborotni, ma’lumotni jamlagan gazeta, matbuot, jamiyat mafkurasini omma
ongiga sindirish, uning faoliyatini kengaytirish, jamiyat maqsadlari, manfaatlari yo’lida targ’ib
qilish, ta’sir etishda katta ro’l o’ynaydi.

3.

Tashviqot vazifasi.

Tashviqot so’ziga “Xorijiy so’zlar lug’ati”da quyidagicha ta’rif berilgan.

“Agitatsiya” (tashviqot ) so’zi lotin tilidan rus tiliga o’zlashgan bo’lib, “biror narsaga
ishontirmoq” ma’nosini ifodalaydi. A. Petrechenkoga ko’ra gazetaning tashviqot vazifasi
jamiyat maqsad va vazifalari, dasturlari, yo’l-yo’riqlari, hujjat shiorlarini turli shakllar orqali
xalqqa yetkazish, uning ongiga ta’sir etish, ishontirish, aniq maqsad sari yo’naltirish kabi bir
qator faoliyatlarni o’z ichiga oladi. Targ’ibot va tashviqotni farqlariga e’tibor qaratadigan
bo’lsak, targ’ibot mavjud fakt, dalillarni, voqealarni chuqur tahlil va umumlashtirishlar bilan
bayon qilsa, tashviqotning asosiy maqsadi, ommaning ongiga , kayfiyati va his-tuyg’usiga
samarali ta’sir ko’rsatishdan iboratdir.

4.

Tarbiyaviylik vazifasi.

Gazeta materiallari orqali olib borilgan targ’ibot va tashviqot

ishlari jamiyat ongida, mafkurasida o’z natijasini ko’rsatmay qolmaydi. Gazeta materiallari
yaratilayotganda jamiyat axloq-qoidalari, xalqqa xos bo’lgan umuminsoniy qadriyatlarni
e’zozlash, ularga hurmat ko’rsatish mazmunida yaratiladi va xalq ongini
shakllantirish,jamiyatda o’z o’rnini topishda muhim tarbiya vositasi sifatida ishtirok etadi.

5.

Tashkilotchilik vazifasi.

OAVning keng tarqalgan turi matbuot jamiyat manfaatlari,

ularning mushtarakligi uchun xizmat qilar ekan, tashkilotchilik ishlarida mamlakatning
yuqori organlariga yordamchilik vazifasini bajaradi. Bunda, viloyat, tuman, shahar gazetalari,
Prezident Farmonlari, hukumat qarorlari, tegishli tashkilotlarning tashabbuskor g’oyalari,
mulohaza va takliflari haqidagi axborotlarni ommaga yetkazadi, tahlil qiladi, bajarilishini
yoritish bilan birga sohalardagi ahvolni tahlil qiladi, ma’lum bir qarorlarni o’z vaqtida
bajarilishiga safarbar etadi.


background image

`

152

6.

Reklamalilik vazifasi.

Gazetaning ushbu reklamalilik vazifasi bevosita uning tashviqot

vazifasi bilan bog’langan. Jamiyat hayotida yuz berayotgan turli voqea-hodisalar, jumladan
rivojlanishlar, ilg’or qadamlar, siljishlarni, turli turmush darajasining oshishini ko’rsatib
beruvchi matbuot materiallarining rang- barangligi, e’tiborni o’ziga jalb qiladigan qilib
yaratilishi, inson ongiga tez va shiddat bilan ta’sir qilishini ta’minlaydi. Shuning uchun ham
turli gazeta materiallardagi bo’yoqdorlik, bezaklar, hattoki sarlavhadan tortib kichik
e’lonchalarning materialda joylashtirilishi ham texnik xodimlar tomonidan puxta o’ylab
chiqiladi va reklama vazifasini bajaradi.

7.

Ta’sirchanlik vazifasi.

Gazeta materiallarining yana bir muhim vazifalaridan bo’lgan

ta’sirchanlik vazifasi, har qanday axborotning mazmunida ishtirok etadi. Bu ta’sirchanlikning,
ya’ni berilayotgan axborotning omma ongiga ta’sirining kuchli va samarali bo’lishi
jurnalistning ijodiy mahoratiga bog’liq. Bunda jurnalist mavjud ma’lumotni qanchalik, to’g’ri
tahlil qilib, qayta ishlab, ifoda materiali va qaysi janrga tegishli ekanligini puxtalik bilan
aniqlay olsa, shunga yarasha so’zlarni tanlab, sayqallab ishlata olsa, u o’zining ko’zlangan
maqsadiga osonlikcha erisha oladi. Matbuotning ta’sirchanlik vazifasi o’z navbatida bir necha
xususiyatlar bilan belgilanadi, bu xususiyatlar ichida ommaviylik, obrazlilik, ixchamlilik,
ekpressivlik, emotsianallik va konkretlilik kabi jihatlar gazeta materiallarining ta’sirchanlik
darajasini to’la to’kis namoyon qilishda bevosita ishtirok etadi.

Gazeta diskursi- juda keng qamrovli tushuncha bo’lib, uning yaralishi va xalq

auditoriyasiga chiroyli, sayqallangan va ma’lum maqsadlarga boyitilgan ko’rinishda yetib
borishi jurnalistdan ancha muncha mahorat talab etishi va bir qancha vazifalarga muvofiq
tarzda axborotlarni yetkazib berishi kerakligini talab qiladi.

Muhokama

Ommaviy axborot vositalari jamiyat ongini shakllantirishda, rivojlantirishda, yangi

fikrlar, mafkuralar bilan boyitishda katta ahamiyatga ega ekan, gazetaning xalq, omma
orasidagi o’rni va dolzarbligi o’sib boraveradi. Gazeta materiallarining matbuot auditoriyasiga
ishonarli, aniq va maqsadli yetib borishi, adresatning yosh, intellektual, bilish darajasi va
boshqa bir qator xususiyatlarini hisobga olgan holda yaratilishi yetkazilayotgan axborotning
aniqligi va konkretliligini ta’minlaydi va bu axborotdan ko’zlangan maqsadga tezro
erishilishiga asos bo’ladi. Gazeta diskursining bir necha vazifalari esa, matbuot
materiallarining omma orasida yengillik bilan hazm boo’lishiga, osonlik bilan ta’sir etishiga
yordamchi vositalar sifatida ahamiyat kasb etadi.

Xulosa

Butun global dunyoda o’zgarishlar davom etar ekan, bizning jamiyatimiz ham

o’zgarishlarsiz, rivojlanishlarsiz qolmaydi. Ana shunday jamiyat hayotida bo’layotgan voqea
hodisalar, yangicha qarashlar, mamlakat boshqaruv organlari tomonidan jamiyat hayotini
yaxshilash uchun qilinayotgan sa’y harakatlar, turli chiqarilayotgan qonun kabilarni yoritib,
tahlil qilib, ommaga yetkazish ommaviy axborot vositalarining eng qadimiy turi bo’lmish
gazetaning muhim vazifasidir. Asosiy vazifasi axborot yetkazish bo’lishiga qaramay, gazeta
materiallarining inson ongiga ta’sir qilish, ommaviy biror bir ishga da’vat qilish kabi bir qator
vazifalarni ham bajarishini yuqorida berilgan ma’lumotlardan bilib oldik. Gazeta diskursi
haqida yakuniy xulosa qilar ekanmiz, unga quyidagicha ta’rif berishimiz mumkin:


background image

`

153

Gazeta diskursi- bu jurnalist tomonidan puxta ishlangan, “pishitilgan” kommunikativ

hodisa, dinamik- kognitiv va kommunikativ jarayon, hamda nutqiy kommunikatsiyaning OAV
matbuotidagi nashr qilingan natijasidir. Gazeta diskursi, OAVning eng muhim ajralmas bo’lagi
va ommaviy kommunikatsiya jarayonida gazeta materiallari sotsial ahamiyatga ega bo’lgan
aktual ma’lumotlarning almashinish imkonini beruvchi diskursiv faoliyatning mahsuloti
sifatida namoyon bo’ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Демьянков В.З. Текст и дискурс как термины и как слова обыденного языка //

Вопросы филологии. – 2007. − №3.
2.

Серио П. Как читают тексты во Франции // Квадратура смысла. Французская

школа анализа дискурса: Пер. с фр. и португ. / Общ. ред. и вступ.ст. П. Серио; предисл.
Ю.С. Степанова. – М.: ОАО ИГ «Прогресс», 1999
3.

Z. Harris Discourse analysis // Language. – 1952. – V.28. − №1.

4.

Ван Дейк Т.А. Язык. Познание. Коммуникация. – Б.: БГК им. И.А. Бодуэна де

Куртенэ, 2000.
5.

Pardayev A. Diskurs haqida ayrim mulohazalar,–p.1. 5. J.G.Verlag “Journal of literary

semantics”–Hei/delberg–VOL.IX/2(1980)
6.

Safarov Sh. Pragmalingvistika. Toshkent 2008.

7.

Леонтьев А.А. К психологии речевого воздействия // Материалы IV всесоюзного

симпозиума по психолингвистике и теории коммуникации. – М.,1972
8.

Tretyakova G.N. Mentalnaya sxema “svoy mir”// Metodologiya ... – Minsk, 1998. – S. 26

9.

Usmonova Sh. “Gazeta diskursi: vazifalar va konstruktiv tamoyil” maqola.,2024

10.

Горохов В.М. Закономерности публицистического творчества. – М.: Мысль, 1975. –.

187 ... – М., 1970
11.

Хмара, Г. И. Печать в системе массовых коммуникаций / Г. И. Хмара // Проблемы

социологии печати. Вып. 1. – Новосибирск, 1969.

Библиографические ссылки

Демьянков В.З. Текст и дискурс как термины и как слова обыденного языка // Вопросы филологии. – 2007. − №3.

Серио П. Как читают тексты во Франции // Квадратура смысла. Французская школа анализа дискурса: Пер. с фр. и португ. / Общ. ред. и вступ.ст. П. Серио; предисл. Ю.С. Степанова. – М.: ОАО ИГ «Прогресс», 1999

Z. Harris Discourse analysis // Language. – 1952. – V.28. − №1.

Ван Дейк Т.А. Язык. Познание. Коммуникация. – Б.: БГК им. И.А. Бодуэна де Куртенэ, 2000.

Pardayev A. Diskurs haqida ayrim mulohazalar,–p.1. 5. J.G.Verlag “Journal of literary semantics”–Hei/delberg–VOL.IX/2(1980)

Safarov Sh. Pragmalingvistika. Toshkent 2008.

Леонтьев А.А. К психологии речевого воздействия // Материалы IV всесоюзного симпозиума по психолингвистике и теории коммуникации. – М.,1972

Tretyakova G.N. Mentalnaya sxema “svoy mir”// Metodologiya ... – Minsk, 1998. – S. 26

Usmonova Sh. “Gazeta diskursi: vazifalar va konstruktiv tamoyil” maqola.,2024

Горохов В.М. Закономерности публицистического творчества. – М.: Мысль, 1975. –. 187 ... – М., 1970

Хмара, Г. И. Печать в системе массовых коммуникаций / Г. И. Хмара // Проблемы социологии печати. Вып. 1. – Новосибирск, 1969.