`
36
ADABIYOTSHUNOSLIKDA BADIIY ASAR TILI VA BADIIY NUTQ USLUBI
Abdulazizbek Qodirov
Qo‘qon universiteti Andijon filiali katta o’qituvchisi
Inomjonova Mohlaroyim
Qo‘qon universiteti Andijon filiali talabasi
Olimova Xadichabonu
Qo‘qon universiteti Andijon filiali talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15011530
ANNOTATSIYA.
Ushbu maqolada badiiy asar tili va uslubi masalalari, badiiy nutq uslubi,
asar tiliga munosabat, badiiy asarda syujetning yaratilishi, badiiy ifoda vositalari, asar
tarkibidagi so’zlar hamda iboralar tasviri haqida bayon qilingan. Shu bilan bir qatorda, badiiy
asar tilini ifodalashning o’ziga xos xususiyatlari hamda badiiy matnda tashqi tuyg’u va
tasvirning ifodalanishi namoyon etilgan. Badiiy asar tlini o’rganishda muallif nutqi va
personajlar nutqining o’zaro aloqadorligi badiiy nutq uslubiyatining markaziy muammolari
tahlil qilingan.
Kalit so’zlar:
badiiy asar tili, badiiy nutq uslubi, janr va uslub, syujet.
LANGUAGE OF LITERATURE AND ARTISTIC SPEECH IN LITERATURE
ABSTRACT.
The article describes the language and style of a work of literature, the style
of artistic speech, attitude to language, creation of a plot in a work of art, means of artistic
expression, the description of words and phrases in a work. At the same time, the features of
the expression of the language of a work, as well as the expression of external feelings and
images in a literary text are shown. The study of the language of the work analyzes the
interrelationships between the author's speech and the speech of the characters, the central
problems of the style of artistic speech.
Keywords:
the language of fiction, the style of artistic speech, the genre and style, the plot.
KIRISH
Badiiy asar tiliga munosabat, uni badiiy-uslubiy jihatdan o’rganish uzoq tarixga ega. Biroq
unga jiddiy e’tibor XX asrning 30-yillarida ancha kuchaydi. Jahon va rus adabiyotshinosligida,
keyinroq o’zbek adabiyotshunosligida bajarilgan ko’pgina tadqiqotlar buni tasdiqlaydi.
Akademik V.Vinogradov: “Badiiy adabiyot tilini tadqiq qilish tilshunoslik va
adabiyotshunoslikka yaqin, biroq ularning har ikkisidan ajralib turuvchi maxsus filologik
fanning tekshirish ob’yekti bo’lishi lozim”,-deb ta’kidlaydi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Umuman, adabiyotshunoslikda janr va uslub eng murakkab kategoriyalardan biri
hisoblanadi. Ana shu ma’noda badiiy asar tilining ta’sirchanligi, ohangdorligi masalasini
o’rganish adabiyotshunioslik fanining asosiy mohiyatini tashkil etadi. Badiiy asar tili bilan
shug’ullanish XIX asrda boshlangan edi. Masalan, italyan tilshunosi Banedetto Krochening
fikricha, estetik kategoriyalar individual bo’lganidek, badiiy asar tili bilan bog’liq lingvistik
kategoriyalar ham individuallik kasb etadi. Chunki badiiy asar individual shaxs (yozuvchi, shoir
yoki dramaturg)ning o’z nutqiy faoliyati mahsulidir. Badiiy asarda til o’zining insonlar orasida
aloqa quroli vazifasini to’la saqlagan holda o’zining ekspressiv funksiyasini namoyon etadi.
Badiiy til umumxalq tili va adabiy til bilan o’zaro munosabatda bo’lsa-da, farqli tomonlarga ham
`
37
egadir.2 Til badiiy -adabiyotning birinchi elementi, obraz yaratishdagi asosiy quroli sanaladi.
Badiiy asarda muallif nutqi va bayonchi nutqi o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Personajlar
nutqini tipiklashtirish va individuallashtirishning badiiy asarda o’ziga xos mezonlari va
tamoyillari mavjud. Arxaizm, neologizm, dialektizm kabi leksik vositalar, omonim, sinonim,
antonim va paronim singari so’zning shakl hamda ma’no munosabatiga ko’ra turlari badiiy
asarlarda muhim uslubiy funkiyalarga egadir. Umuman olganda, adabiy til taraqqiyotida
mashhur, talantli yozuvchilarning alohida o’rni bor. Badiiy asar tili va uslubi masalalari deb
nomlangan tanlanma fanda ana shu muammolar xususida fikr yuritiladi, filolog talabalarga
badiiy asar tili xususiyatlarini mustaqil tahlil qila olish ko’nikmalarini singdirishga alohida
e’tibor qaratiladi. Bu tanlanma fan badiiy asarning g’oyaviy-estetik qiymatini belgilashda til
vositalarining o’rni va ularni o’rganish usullari haqida talabalarga ixcham va asosli ma’lumotlar
beradi. Shubhasiz, badiiy asarda kompozitsiya u yoki bu ijodiy ishning ketma-ketligini,
mantiqiy davomiyligini tartibga keltiruvchi asosiy belgilardan biridir. Kompozitsiya lotin
tilidan olingan bo’lib, compositio ijod, asar degan ma’noga ega. Kompozitsia har qanday badiiy
asarning asosiy qismlaridan biri bo’lib, ijod mahsuliga yagona birlik va umumiylikni taqdim
etadi, uning elementlarini bir-biriga mos kelishini ta’minlaydi. Badiiy klassik adabiyotda eng
ko’p tarqalgan kompozitsion tur bu rivojlanish (oshib borish, o’sish) kompozitsiasi hisoblanadi,
u bir nechta murakkab jarayonlarni o’z ichiga oladigan komponentlardan iboratdir. Syujet
(fransuzcha - sujet predmet, mazmun) - adabiy asarda tasvirlangan harakatning mazmunini
ifodalovchi voqealar sistemasi, aniq voqealar tizmasida namoyon bo`ladigan harakatlar
tarixidir. Badiiy asar tarkibida so’zlar hamda iboralar sehrli va maftunkor raqqosalarga
o’xshaydi, degan edi mashhur rus yozuvchisi M.Prishvin. So’zlar va iboralardagi ana shunday
xususiyatni to’g’ri anglash va ularning estetik qimmatini haqqoniy izohlash maqsadida “Badiiy
asar tili va uslubi masalalari” tanlanma fani oliy o’quv yurtlari o’zbek filologiyasi fakulteti o’quv
dasturiga kiritilgan.3 Epistolyar adabiyotda so’z va gaplar obraz, manzara yaratishning o’ziga
xos libosi, materialidir. Talantli yozuvchilarning qalami sehri ostida so’zlar hayotdagi narsa va
hodisalarni inson ongida aniq tiklaydigan, gavdalantiradigan vositadir. Badiiy nutq faqat
ko’chma ma’nodagi so’zlarning qo’llanilishidan iborat matn bo’lmay, majoziy vositalar badiiy
nutqning o’ziga xos yordamchi vositasidir. Badiiy asarda leksik va frazeologik vositalarning
obrazlar xatti-harakatini, ularning boshqa obrazlar bilan munosabatini ko’rsatishdagi roli
hisoblanadi. Badiiy nutq muallif nutqi, personajlar nutqi va hikoyachi bayonidan iborat
matndir. Muallif nutqi va personajlar nutqining o’zaro aloqadorligi badiiy nutq uslubiyatining
markaziy muammolaridan biridir. Ayniqsa, badiiy asar tilini o’rganishda va uni tahlil qilishda
yozuvchining yoki maktub egasining so’zga munosabati, so’z tanlash, so’z qo’llashdagi mahorati
muhim ekanligini, til vositalarini, so’zlarni ishlatishda uning o’ziga xos uslubi, mahorati
namoyon bo’lishini akademik V.Vinogradov “Badiiy asar tilini tahlil qilish asar goyasi bilan
bog’liq hissiy mazmunni ifoda etuvchi lingvistik vositalarni ko’rsatib berishdir”,–deyar ekan, u
to’la haqlidir.
Badiiy asarda syujetning yaratilishini g’oyaviy mazmun boshqaradi, g’oyaviy
mazmunning talabiga uyg’un holda xarakterlar namoyon bo’ladigan va hayot ziddiyatlarini
umumlashtiradigan voqealar silsilasi kashf etiladi. Voqealar silsilasi o’z navbatida asar
g’oyasini badiiylashtiradi, uni tiriltiradi. Syujet obrazlarning o’zaro aloqalari, ular o’rtasidan
qarama-qarshiliklar, simpatiyalar va antipatiyalar ekan, demak, u hayot ziddiyatlarini ham
`
38
ixtiro qiladi, umumlashtiradi, kashf etadi. hayotiy ziddiyatlar asarga ifoda etilgan g’oyalar,
tasvirlangan xarakterlar, kayfiyatlar kurashi tarzida ko’chadi va u konflikt deb yuritiladi. Badiiy
asar tili- obrazli til. Yozuvchi o’z asarida bir qancha yo’llar bilan tilning obrazligiga, tasiriyligiga
erishadi. Shulardan biri maxsus badiiy tasviriy vositalarini, maxsus leksik pesurslarni, poetik
figuralarni, so’z o’yinlarini mohirona qo’llash yo’li bilan asar tilining obrazliligiga erishishdir.
Badiiy asar tilining poeyikligi, obrazliligi, tasviriyligi asar g’oyasini, shuningdek qahramon
xarakterini jozibali qilib ochishga xizmat qiladi.5 Badiiy asar tili ko’plab o’xshatish va tasviriy
vositalarga boy bo’ladi va his tuyg’uga to’la bo’ladi, ilmiy asar tili esa teskarisi. Unda
aytilayotgan fikr jo’n, sodda, hech qanday odamni to’lqinlantiradigan so’z tasviri ishlatilmaydi.
Badiiy asar tilining asosiy maqsadi go’zallik qonuniyatlariga muvofiq dunyoni rivojlantirish,
badiiy asar muallifining ham, o’quvchining ham estetik ehtiyojlarini qondirish, badiiy tasvirlar
yordamida o’quvchiga estetik ta’sir ko’rsatishdir. Umuman badiiy adabiyot tilining
xususiyatlari bir necha omillar bilan belgilanadi. U keng metafora bilan ajralib turadi, deyarli
barcha darajadagi til birliklarining obrazliligi, barcha turdagi sinonimlardan foydalanish,
polememiya, so’z boyligining turli uslublari kuzatiladi.
XULOSA
Shunday qilib, yuqoridagi fikrlarning o’zi ham ko’rsatib turibtiki, badiiy asar tiliga
munosabat, uni jiddiy o’rganish yoki epistolyar texnikaning badiiy xususiyatlarini tahlil etish
olimlarning doim e’tiborida bo’lgan. Chunki badiiy adabiyotni, uning til xususiyatlarini
o’rganmay turib asar g’oyasi va mazmunini yaxlit holda chuqur idrok etish mumkin emas.
Badiiy asar tilini o’rganish va tahlil qilish rus va o’zbek tilshunosligida, shu jumladan, jahon
tilshunosligida qator tadqiqotlar amalga oshirilganligini ta’kidlash mumkin.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Виноградов В. О языке художественной литературы.-М.: Гостехиздат, 1957.-С.4
2.
Yo'ldoshev B, Qurbonov T. Badiiy asar tili va uslubi masalalari. Samarqand. 2006. B.88.
3.
Doniyorov X, Yo’ldoshev B. Adabiy til va badiiy stil. Toshkent: Fan. 1988. B.71.
4.
Виноградов В. О теории художественной речи. –М., 1971. –С. 105-211.