Авторы

  • Alisher Jabbor
    TMC instituti dotsenti, psi.f.b.f.d (PhD) QarDU tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.71750

Ключевые слова:

ijtimoiy tarmoq ma’lumot qabul qilish tushunish psixologik xususiyat.

Аннотация

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni to’g’ri qabul qilishning psixologik xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarning shaxs psixikasiga ta’siri hamda konstruktiv idrok etishning psixologik o’ziga xosliklari ochib berilgan.


background image

`

41

IJTIMOIY TARMOQLARDAGI AXBOROTLARNI QABUL QILISHNING

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Jabbor Alisher Musirmon o’g’li

TMC instituti dotsenti, psi.f.b.f.d (PhD)

QarDU tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15023815

Annotatsiya.

Ushbu maqolada ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni to’g’ri qabul

qilishning psixologik xususiyatlari tahlil qilingan. Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlardagi
axborotlarning shaxs psixikasiga ta’siri hamda konstruktiv idrok etishning psixologik o’ziga
xosliklari ochib berilgan.

Kalit so’zlar:

ijtimoiy tarmoq, ma’lumot, qabul qilish, tushunish, psixologik xususiyat.


Umuman olganda, jamiyatni axborotlashtirishni zamonaviy axborot–texnika vositalari

yordamida ijtimoiy tuzilmalar va jarayonlarni takomillashtirish deb talqin qilish lozim.
Axborotlashtirish ijtimoiy intellektuallashuv jarayonlari bilan uyg`un bog`liq bo`lishi kerak.
Zotan, bu shaxsning va u yashayotgan axborot muhitining ijodiy salohiyatini oshirishga
imkoniyat yaratadi. Shu bois, globallashuv jarayonida shaxs ijtimoiy faolligini oshirishda
axborotlashgan jamiyat oldingi jamiyatlardan sifat jihatidan farq qiladi. Bu erda moddiy
omillar emas, balki ideal omillar – bilim va axborot birinchi o`rinda turadi. Shuningdek,
olingan axborot va bilim olish, ularga ishlov berish, ularni saqlash va berish jarayonida
jamiyat a`zolarining aksariyati band bo`ladi. Axborotlashgan jamiyatda axborot ishlab
chiqarish moddiy ishlab chiqarishni siqib chiqarmaydi, balki uning ustida quriladi va moddiy
ishlab chiqarishning rivojlanishiga turtki beradi. Tabiiyki, bu jarayon shaxsning ong-shuuriga
ta`sir etish barobarida unga o`zining axborotning mazmun-mohiyatiga bo`lgan munosabatni
ham o`zgartiradi.

Shunday qilib, globallashuv sharoitida yoshlarimizning yot g’oyalarga ergashib ketishi,

ularga qing’ir ishlarning jiddiy oqibatlari, javobgarligi va huquqiy asoslari haqida mukammal
tushunchalar berish, bu borada targ’ibot ishlarini yanada kengroq olib borishimiz lozim.
Buning uchu yoshlarda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish zarur. Shunda turli
ma’lumotlarga ko’r-ko’rona ergashish, ular noto’g’ri talqin etishning oldi olinadi.

Axborot sohasida axborot xuruji qizg’in avj olgan bir paytda ayni ana shu xurujlar

mohiyatini, uning manbalarini, rivojlanish omillarini, ilmiy til bilan aytganda, konfliktogen
jihatlarini chuqur o’rganish lozim. Buzg’unchi va hujumkor axborotlar maqsadi, iddaosi,
ularning tagida yotgan manfaatlar qanchalik to’g’ri o’rganilsa, ularga shunchalik to’g’ri va
ishonchli zarba berish mumkin bo’ladi. Yana shuni aytish lozimki, yoshlarga turli xildagi
to’garaklar tashkil qilinsa, shunda ularning bo’sh vaqtlari har qanday yengil yelpi axborotlar
qabul qilishga sarflanmaydi.

A.E.Voyskunskiyning fikricha, dastlab atrof-muhit zamonaviy inson kundalik turmushida

muhim rol o’ynaydi. Kompyuter tarmoqlari inson hayotining tizimli va funksional
o’zgarishlariga olib keladi, xususan, psixika sohasida, ya’ni shaxsning bilish jarayonlari,
kommunikativ va shaxslararo munosabatlariga ta’sir ko’rsatadi

1

.

1

Арестова О.Н., Бабанин Л.Н., Войскунский А.Е. Мотивация пользователей //Гуманитарные исследования в

Интернете – под ред. А.Е.Войскунского М.: Терра-Можайск. 2000. – С.55-76


background image

`

42

Xaydegger o‘z falsafasiga «Dasiyn» tushunchasini kiritadi. Bu tushuncha inson borlig‘i

ma’nosini anglatadi. Borliqning boshqa turlaridan, Xaydegger fikricha, u tubdan farq qiladi.
«Dasiyn» tushunchasi insonning moddiy borlig‘ini emas, aksincha, uning ongi borlig‘ini
ifodalaydi.

2

Xaydegger inson borlig‘ini ta’riflash uchun, «kategoriyalar» tushunchasini ham

kiritdi. Buning sababi inson borlig‘ining negizi «ekzistensiya», ya’ni «ichki mohiyat» bo‘lgani
uchun bu borliqni narsalari bo‘libgina qolmay, o‘tmishdagi davrni va o‘sha davrdagi
egasining ta’sirini ham o‘zida saqlaydi.

Hozirga qadar ya’ni kenja avlod germenevtlari nazdida matnga ikki xil yondashish

mavjud edi:
1.

Gadamer uchun tadqiqotchi matnni tushunishda an’ana va tilni bilsa yetarlidir.

Uningcha, tarixiy hodisa bilan bog’liq barcha aktual munosabatlarini uzish uning asl
qimmatini aniqlash imkonini beradi.
2.

Betti italyan germenevti fikriga ko’ra, tushunish uchun tadqiqotchining subyekti kuchli

bo’lishi kerak, shunda subyektning maksimal darajada faollashuvi mumkin bo’ladi.
Retsipentning o’zida tarixiy o’tmishni qayta jonlantirishi tushunishga olib keladi. Ya’ni,
tadqiqotchi individining kuchi tushunishda muhim ahamiyatga ega deyiladi

3

.

Shu o’rinda misol keltirish mumkinki, Freydning psixoanalitik ta’limoti ham

germenevtikadir. R. Tagor asarlaridagi matn ma’nolari ham ko’p qirrali bo’lib, zamon o’zgarsa
ham mazmun eskirmaydi. Bu esa ijodning ilohiy hodisa ekanligidan dalolat beradi. Shuning
uchun filologik germenevtika ham samaralidir. Germenevtika-ma’no, mazmun, ishoralar,
belgilar, xususan, inson nutqidagi so’zlar ostidagi fikrlarni ochish vositalarini izlaydi.
Interpretatsiya-matn mazmunini yaxlit holda qabul qilishdan avvalgi holatda kechadi.
Tushunish butunning bo’laklarini anglashdan boshlanadi. Matn talqin etishdan avval retsipent
uni tushunishi, ham til, ham muayyan ma’no yo’nalishi to’g’risida tasavvurga ega bo’lishi
shart.

Ochiq axborot xurujlari vaziyatida shaxsning o’zini o’zi himoya qilishni boshqarishda

ayrim jihatlarga alohida e’tibor berish lozim. Avvalo, har bir inson uchun mustaqil fikr zarur.
Mustaqil fikrga ega bo’lgan insongina o’ziga nisbatan qaratilgan yaxshi yoki yomon
ma’lumotning mohiyatiga yetishi va unga nisbatan adekvat reaksiya ko’rsatishi, himoya
mexanizmlarini ishga solishi mumkin.

Xulosa qilib aytganda, ijtimoiy tarmoqlar orqali ham axbotorlarni idrok etish inson

tarbiyasining bir qismi sifatida qaraladi. Tarbiya – jamiyatning bosh vazifasi. Shuning uchun
bu masalani bir-ikki tizim zimmasiga yuklab qo‘yish bilangina hal etib bo‘lmaydi. Birinchidan,
tarbiya – ona qornida homilani parvarish qilishdan boshlanib, inson umrining so‘nggi
daqiqasigacha izchil davom etadigan umrlik vazifa. Ikkinchidan, kishilik hayoti shunday
murakkab jarayonki, tarbiya bilan amalda juda ko‘p sohalar shug‘ullanadi.

2

Heidegger M. Being and Time. // Heidegger M. Time and Being. Moscow, 1993 (Rus.) Хайдеггер М. Язык, СПб.,

1991. Хайдеггер М. Разговор на проселочной дороге. М., 1991.

3

Гайденко П.П. Герменевтика. Философия.Энцикл.Словарь.М.,1983. – С.111-112.


background image

`

43

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Арестова О.Н., Бабанин Л.Н., Войскунский А.Е. Мотивация пользователей

//Гуманитарные исследования в Интернете – под ред. А.Е.Войскунского М.: Терра-
Можайск. 2000. – С.55-76
2.

Heidegger M. Being and Time. // Heidegger M. Time and Being. Moscow, 1993 (Rus.)

Хайдеггер М. Язык, СПб., 1991. Хайдеггер М. Разговор на проселочной дороге. М., 1991.

3.

Гайденко П.П. Герменевтика. Философия.Энцикл.Словарь.М.,1983. – С.111-112.

Библиографические ссылки

Арестова О.Н., Бабанин Л.Н., Войскунский А.Е. Мотивация пользователей //Гуманитарные исследования в Интернете – под ред. А.Е.Войскунского М.: Терра-Можайск. 2000. – С.55-76

Heidegger M. Being and Time. // Heidegger M. Time and Being. Moscow, 1993 (Rus.) Хайдеггер М. Язык, СПб., 1991. Хайдеггер М. Разговор на проселочной дороге. М., 1991.

Гайденко П.П. Герменевтика. Философия.Энцикл.Словарь.М.,1983. – С.111-112.