`
91
AUTENTIK MATERIALLAR ORQALI O'QUVCHILARNING INGLIZ TILI
LEKSIKASINI BOYITISH
Lutfullayeva Umida Ravshanbekovna
Toshkent gumanitar fanlar universiteti "Pedagogika va tillar" kafedra mudiri
Polatova Shaxla Umid qizi
Filologiya ingliz tili fakulteti 140-21 guruh talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15093914
Annotatsiya.
Autentik materiallar ingliz tilini o‘qitishda samarador usul sifatida keng
qo‘llanilib, o‘quvchilarning lingvistik va madaniy kompetensiyalarini rivojlantirishda katta rol
o‘ynaydi. Ushbu maqola autentik materiallar orqali o'quvchilarning ingliz tili leksikasini
boyitish haqida so‘z yuritadi.
Kalit so’zlar:
ingliz tili, autentik materiallar, o‘qitish metodikasi, lingvistik ko‘nikma,
zamonaviy ta’lim texnologiyalari.
Zamonaviy
globallashuv
sharoitida
xorijiy
tillarini
o‘qitish
metodikasini
takomillashtirish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Xususan, ingliz tilini o‘qitishda
autentik materiallardan foydalanish alohida ahamiyat kasb etmoqda. Autentik materiallar –
bu til o‘rganuvchilar uchun maxsus moslashtirilmagan, real hayotdan olingan materiallar
bo‘lib, ular gazeta va jurnallar, kitoblar, filmlar, qo‘shiqlar, internet resurslari va boshqa
manbalarda uchraydi [1].
Autentik materiallar tushunchasini ochib berishda va ulardan foydalanish muammosi
ustida tilshunos-metodist olimlar M.P. Breen, G.I. Voronina, E.V. Nosovich, R.P. Milrud, L. Van
Lier, B. Tomalin, F. Mishan, Gebhard va boshqalar tomonidan bir qancha tadqiqotlar olib
borilgan. Autentik materillar nima ekanligini tushunish uchun bir qancha yondashuvlar
mavjud. Bu turdagi materiallar bilan shug‘ullanish jarayonida, “Autentik matn” degan
tushunchaga duch kelamiz. Bu tushuncha haqida W.Guariento va J.Morley “Autentik matn bu
ishlab chiqarilgan til ham jamiyatida qandaydir ijtimoiy maqsadlarni amalga oshirish uchun
yaratilgan” deb ta’kidlab o‘tgan [3]. Oxirgi yillarda o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,
autentik materiallardan foydalanish o‘quvchilarning til o‘rganishga bo‘lgan motivatsiyasini
oshiradi, real muloqot muhitini yaratadi va madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantiradi
[2]. Shu bilan birga, bu materiallardan samarali foydalanish uchun maxsus metodika va
yondashuvlar zarur. Chunki noto‘g‘ri tanlangan yoki noto‘g‘ri taqdim etilgan autentik
materiallar aksincha salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Ushbu tadqiqotning dolzarbligi shundaki, bugungi kunda O‘zbekistonda xorijiy tillarini
o‘qitish tizimini takomillashtirish, xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha keng ko‘lamli
islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu jarayonda autentik materiallardan foydalanish
metodikasini takomillashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Autentik materiallardan foydalanishning ajoyib tomoni shundaki, bunday manbalar
hamma joyda mavjud. Masalan, autentik materiallar gazeta va jurnallardagi maqolalar bilan
cheklanib qolmay, balki, qo‘shiqlar, teledasturlar, filmlar, radio, podkastlar, menyular ya’ni
ingliz tilida yozilgan har qanday narsa haqiqiy materiallar hisoblanadi. Bu esa talabalar uchun
ingliz tili leksikasini boyitishni yanada osonlashtiradi bundan tashqari, autentik materiallar
orqali talabalar xorijiy tilni mustaqil o‘rganish imkoniyatini ham ta’minlab beradi.
`
92
O‘quv mashg’ulot jarayonida esa autentik materiallardan foydalanishning bir qancha
afzalliklari mavjud. Misol uchun, dars jarayonida autentik materiallarni foydalanishda
talabalar hech qachon uchratmagan so‘z, so‘z birikmalari yoki grammatik qurilmalarga duch
kelishadi. Autentik materiallarni tinglash jarayonida tovushlarni va harflarning talaffuzini va
diqqatni jamlashni o‘rganishadi.
Ingliz tilini xorijiy til sifatida o‘rgatishda autentik materiallar yoki autentik bo‘lmagan
materiallardan foydalanish bo‘yicha ko‘pgina tilshunos olimlar tomidan muhokama qilingan.
Ulardan biri Gilmor autentik materiallar va darsliklar o‘rtasida tafovut borligini ta’kidlab
o‘tgan. Chavez va Monikaning fikricha, autentik materiallar talabalarning motivatsiyasi bilan
bog‘liq va bu ularni rag’batlantirishga imkoniyat yaratadi. Ularning ta’kidlashicha, autentik
bo’lmagan materiallar qaraganda autentik materiallar qiziqarliroq, jonliroq va ko‘proq
rag‘batlantiruvchi hisoblanadi. Ushbu materiallar faqatgina til o‘rganuvchilarning til
o‘rganishga bo‘lgan qiziqishidan tashqari o‘qituvchilar undan foydalanish orqali yaxshi
natijalarga erishadilar. Tilshunos – metodistlardan biri bo‘lgan Jacobson ham autentik
materiallar haqida o‘z fikrini bildirib o‘tgan. Uning fikricha autentik materiallar bu til
o‘rganuvchilar tomonidan kontekstga moslashtirilgan materiallar va ularning hayotda
qo‘llaniladigan tarzda ishlatiladigan mashg‘ulotlardir [3]. Shunday qilib, Biber autentik
materiallar quyidagi xususiyatga ega ekanligini ta’kidlaydi:
Birinchidan, ular intuitivdan farqli ravishda obyektivdir.
Ikkinchidan, o‘quv manba sifatida qabul qilinganda, autentik matnlar kommunikativ
muloqotni rivojlantirishga yordam beradi.
Uchinchidan, autentik materiallar o‘quv materiallar sifatida dars jarayoniga turli xil
o‘quv uslublarni olib keladi va bundan tashqari, talabalarning motivatsiyasini oshirishga ham
xizmat qiladi.
Demak, yozuvchilar yoki ma’ruzachilar tomonidan kundalik hayotga bog‘langan holda
ishlab chiqilgan ma’ruzalar yoki xabarlar autentik materiallar hisoblanadi. Bundan ko‘rinib
turibdiki, autentik materiallar bu ixtiro yoki kashfiyotning bir qismi emas, balki, real hayotga
asoslangan muloqot shakli [2].
Autentik materiallardan foydalanish zamonaviy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning
lingvistik, madaniy va kommunikativ ko‘nikmalarini rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Kelgusida autentik materiallardan foydalanishni zamonaviy ta’lim texnologiyalari bilan
yanada integratsiyalash bo‘yicha izlanishlarni davom ettirish muhim. Bu, ayniqsa, ingliz tilini
interaktiv va qiziqarli qilish uchun katta imkoniyat yaratadi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Ismatova M. (2025). Ingliz tilini o'rganishda autentik materiallardan foydalanish
metodikasini takomillashtirish modeli. Maktabgacha Va Maktab Ta'limi Jurnali, 3(1), 6–8.
2.
Solijonova M. (2024). Autentik materiallarning ingliz tilini o’qitishdagi
samaradorligi. Universal Xalqaro Ilmiy Jurnal, 1(9), 146–150.
3.
Степанян.А.А., & Бурхонова М.Н. (2024). Использование аутентичных материалов
для развития компетенции чтения.
Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit
,
149-151.