Авторы

  • Boxodir Zoxidov
    Alfraganus universiteti o’qituvchisi, Toshkent, O‘zbekiston.

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.75587

Ключевые слова:

Termin saylov sof turkiy so’zlar saylovga oid terminlar

Аннотация

Mazkur maqola Turkiya Respublikasining ajralmasi bo’lagi bo’lgan demokratiyaning asosi va Respublikaning tayanchi deb qaraldadigan saylov va saylovga oid so’zlarga bag’ishlangan. Tadqiqot obyekti sifatida turk tilida chet tillaridan o’zlashgan saylovga oid so’zlar tahlili deb belgilandi.


background image

`

51

TURK TILIDAGI SAYLOVGA OID SOF TURKCHA SO‘ZLAR

Zoxidov Boxodir

Alfraganus universiteti o’qituvchisi, Toshkent, O‘zbekiston. Tel: +998977203068;

Email:tartar.pro@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.15124756

Annotatsiya:

Mazkur maqola Turkiya Respublikasining ajralmasi bo’lagi bo’lgan

demokratiyaning asosi va Respublikaning tayanchi deb qaraldadigan saylov va saylovga oid
so’zlarga bag’ishlangan. Tadqiqot obyekti sifatida turk tilida chet tillaridan o’zlashgan
saylovga oid so’zlar tahlili deb belgilandi.

Kalit so‘zlari

: Termin, saylov, sof turkiy so’zlar, saylovga oid terminlar

Аннотация.

Данная статья посвящена словам, связанным с выборами, которые

рассматриваются как основа демократии и опора Республики, являющейся
неотъемлемой частью Турецкой Республики. В качестве объекта исследования был
определен анализ слов, связанных с выборами, заимствованных из иностранных
языков в турецком языке.

Ключевые слова:

Термин, выборы, чисто турецкие слова, термины, связанные с

выборами.

Annotation

. This article is devoted to elections and election-related words, which are

considered an integral part of the Republic of Turkey, the foundation of democracy and the
pillar of the Republic. The object of the research was determined as the analysis of election-
related words adopted from foreign languages in the Turkish language.

Keywords:

Term, election, pure turkish words, election-related terms

Kirish.

Hozirda yurtimizda bo‘layotgan ijitmoiy-iqtisodiy, moliyaviy, siyosiy-huquqiy

tizimlaridagi islohotlarning tilning leksik sathiga kirib kelayotgan xalqaro terminlar sonini
ko‘paytirmoqda. Bu hol shu sohada faoliyat yuritayotgan insonlardan o‘z kasbiga oid termin
va tushunchalar haqida to‘liq va aniq ma’lumotga ega bo‘lishlarini talab etmoqda.

Saylov terminologiyasining o‘ziga xos xususiyatlari, uning inson aqliy faoliyati va

tajribalarining konseptual bosqichlari orqali namoyon bo‘lishida kuzatiladi. Mazkur
terminologik tizimda saylov tizimidagi bugungi kunda funksional jihatdan yetakchi terminlar
vazifasini bajarayotgan terminlar o‘z ifodasini topadi.

Keng ma’noda saylov bir nechta variant o‘rtasida qilingan tanlovni anglatadi. Kundalik

hayotimizdagi ko‘plab qarorlarimiz va xatti-harakatlarimiz doimo qiladigan tanlovlarimiz
natijasidir. Biroq, ushbu bayonotda ham qo‘llaniladigan konstitutsiyaviy huquq va
siyosatshunoslik atamasi sifatida saylov torroq ma’noga ega: tegishli saylovchilar tomonidan
davlat lavozimini bajaradigan shaxs yoki boshqaruv kengashini belgilash, ko‘p sonli
nomzodlar orasida amalga oshirilishi mumkin bo‘lgan parlament va mahalliy hukumatlar kabi
turli davlat idoralaridagi saylovlar nazarda tutilgan.

Maqsad va vazifalar:

Mazkur tadqiqot ishining maqsadi, kelib chiqishi sof turkcha

bo‘lgan saylovga oid terminlarni aniqlash va tahlil qilish. Ishning vazifalari quyidagilar:

-

Turk tilidagi saylovga oid teminlarni aniqlash;

-

Kelib chiqishi sof turkcha bo‘lgan saylovga oid terminlarni aniqlash;

Usul:

Turk tilidagi saylovga oid terminlarni aniqlash uchun tahlil qilish uslidan

foydalanildi.


background image

`

52

Tadqiqot manbasi:

Erdoğan Günalning, “Türkiye’de Seçim Sistemlerinin Siyasal

Kurumlar Üzerindeki Etkileri” nomli asari hisoblanadi.

Tadqiqot obyekti:

Tadqiqot obyekti turk tilidagi sof turkiy bo‘lgan saylovga oid

terminlarning tahlili va shu terminlarning etimologik tahlili etib belgilandi.

Natija va mulohazalar:

Turkiyada saylovlar demokratik tuzumning ajralmas qismi

sifatida mamlakatning siyosiy kelajagini shakllantiruvchi muhim jarayon hisoblanadi.
Saylovlarning ahamiyatini quyidagi jihatlardan baholash mumkin:

Saylovlar xalqning davlat ishlariga aralashish va o‘z irodasini bevosita amalga oshirish

imkoniyatiga ega bo‘lgan eng muhim maydon hisoblanadi. Fuqarolar o‘z ovozlari bilan
mamlakatni boshqaruvchi vakillarni belgilab, shunday qilib, xalq hokimiyati degan
demokratik tizimning asosiy tamoyilini amalga oshiradilar.

Turkiyada saylovlar ham ichki siyosat, ham tashqi siyosat uchun muhim oqibatlarga olib

keladi. Saylov natijasida hokimiyatga kelgan partiya yoki koalitsiya hukumati mamlakatning
ichki va tashqi siyosatida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. Bu holat Turkiyaning mintaqaviy va global
siyosatdagi o‘rnini ham ta’sir qilishi mumkin."

Seçmen-saylovchi

Saylovlarda saylov huquqiga ega insonlarga “seçmen” deyiladi. Turk tilidagi seç- fe’liga

+man qo‘shimchasi orqali hosil bo‘lgan.

Seçmen so‘zi tarihda ilk manba sifatida TDK, turkcha lug‘at, 1. nashr (1945)

ko‘rsatishimiz mumkun.

Seçim-Saylov

Turk tilidagi seç- fe'liga +im qo‘shimchasi qo‘shilishi orqali hosil bo‘lgan. Mamlakatda

prezident, parlamentar va shunga o‘xshagan oldindan belgilangan nomzodlar orasidan davlat
arboblari yoki mahalliy boshqaruvchilarni tanlash bo‘yicha amalga oshiriladigan barcha ishlar
va tartib-qoidalarga aytiladi.

1. Seçim bölgesi-saylov uchastkasi
Seçim bölgesi bu nomzodlarni saylash uchun saylov o‘tkaziladigan yer.
2. Seçim çevresi-saylov okrugi
Oliy saylov komissiyasining (Yüksek seçim kurulu) 2011-yil 26-fevraldagi qaroriga

ko‘ra, deputatlar soni 18 nafargacha bo‘lgan viloyatlar saylov okrugi hisoblanadi. 19 dan 35
gacha deputati bo‘lgan viloyatlar ikkita saylov okrugiga, 36 va undan ortiq saylov okrugi
bo‘lgan viloyatlar esa uchta saylov okrugiga bo‘lingan. Bu saylov okruglari raqamlar tartibida
nomlanadi.

1.

Seçim kampanyasi-Saylovoldi tashviqoti

Saylovoldi tashviqoti– bu partiyalar yoki nomzodlar o‘zlarini jamoatchilikka tanishtirish,

saylovchilar e’tiborini umumiy siyosiy jarayonga, xususan, o‘z tomoniga tortish uchun
foydalanadigan siyosiy muloqot jarayonidir. Hozirgi kunda yig‘ilishlar, mitinglar, jamoatchilik
bilan aloqalar bo‘yicha tadqiqotlar, reklamalar, televideniya muhokama dasturlari, ijtimoiy
so‘rovlar, siyosiy maslahat xizmatlari, yangi axborot texnologiyalari va internetdan
foydalanish bilan boyitilgan.

4. seçim sandig‘i- saylov qutisi
Saylov qutisi – ovoz berish va yashirin ovoz berish vaqtida foydalaniladigan vaqtinchalik

muhrlangan quti. Uning tepasida byulletenni joylashtirish uchun tor kirish joyi bor va ovoz


background image

`

53

berish muddati tugaguniga qadar ovozlarni olishning oldini oladi. Odatda saylov uchastkasida
joylashgan, lekin baʼzi mamlakatlarda, xususan, O‘zbekiston, Irlandiya, Italiya va Rossiyada,
odamlarning uyiga olib ketiladigan saylov qutilari mavjud. Baʼzi mamlakatlarda qogʻozsiz
elektron saylovlar koʻpaygani sababli saylov byulletenlaridan foydalanilmayapti. Odamlar
saylov boshlanishidan oldin qutining boʻsh ekanligiga guvoh boʻlishlari uchun shaffof saylov
qutilaridan foydalanish mumkin.

5. seçim tutanaği- saylov hisoboti
Saylov natijalari saylovning vakolatli komissiyasi tomonidan belgilanadigan rasmiy

hujjat.

6. ara seçim- qo‘shimcha saylov
Qo‘shimcha saylov qonun hujjatlariga muvofiq bo‘sh bo‘lgan deputatlik, merlik va

shunga o‘xshash o‘rinlarga ikki umumiy saylov oralig‘ida o‘tkazilishi lozim bo‘lgan saylovdir.

7. mahallî seçim-deputatlar saylovi
Viloyat va tuman deputatlarini saylash uchun o‘tkaziladigan saylovlardir.
8. ön seçim-old saylov.
Old saylov – umumiy saylovda ko‘rsatiladigan nomzodlarni aniqlash maqsadida siyosiy

partiyaga a’zo bo‘lgan ma’lum miqdordagi delegatlar ishtirokida o‘tkaziladigan saylovdir.
Shunday qilib, saylovda nomzodlar markaziy siyosiy elita o‘rniga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bazani
ifodalashi kutilayotgan delegatlar orqali aniqlanadi. Turkiyada old saylovlar siyosiy
partiyalar qonunining 37-moddasiga ko‘ra tashkil etiladi.

Çekimser oy-betaraf ovoz berish

Qabul qilish va rad etishdan tashqari, uchinchi iroda bayonoti, foydalanilgan ovoz

berishning rangini ko‘rsatadi. Ovoz bermaslik va betaraf bo‘lish ikki xil narsa. Ovoz bermaslik
ovoz berishda hech qanday tarzda ishtirok etmasa ham, betaraflik ovozga qo‘yilgan masala
bo‘yicha qabul qilish yoki rad etishdan boshqa afzallikni aks ettiradi. Yashirin ovoz berishda
yashil rang betaraflikni bildiradi.

Çek+imsa+ar ‘çek’ fe’liga -imsa va -ar so‘z yasovchi qo‘shimchalari qo‘shilishi orqali

yasaladi

Bu so‘z ilk bora “Cumhuriyet” gazetasida qo‘llanilgan. “Sonra çekimser oy ilerisi için bir

emsal teşkil ettig‘inden sayilmak lazimken sayilmamişti”

1

.

“Oy” va “üy” so‘zidan olingan bo‘lib “ovoz berish, javob berish” degan ma’noni bildiradi.

Aday-Nomzod

Turkchadagi ad soʻzidga -ay qoʻshimchasi qo‘shilishi orqali hosil bo‘lgan.
“Aday” so‘zi turkchada bir ish uchun tayyorlantirish yoki o‘qitilayotgan kishi nomzod va

parlament va senatorlik saylovlarida partiyadan nomzod bo‘lish uchun o‘z partiyasida
o‘tkaziladigan birlamchi saylovda o‘z nomzodini qo‘ygan shaxs kabi ma’nolarni ham bildiradi.

Bundan tashqari “aday” so‘zi turkchada biron bir vazifa , ish uchun o‘zini oldinga

qo‘ygan yoki boshqalar tomonidan ilgari surilgan kishi kabi ma’nolarni ham bildiradi.

Aday so‘zining kelib chiqishi fransizcha “nominé” so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib “nom” -

ad ya’ni ot so‘zidan shakklangan.

1

Cumhuriyet gazetesi 27.05.1946 2-sayfa


background image

`

54

Xulosa:

Xulosa o’rnida shularni ayta olamiz: Hozirda yurtimizda bo‘layotgan har qanday

o‘zgarishlar u xoh ijitmoiy-iqtisodiy bo‘lsin xoh siyosiy-huquqiy barcha tizimlardagi islohatlar
tilning leksik sohasiga kirib kelayotgan xalqaro terminlar sonini ko‘paytirmoqda. Buning
natijasida shu sohada ish olib borayotgan shaxslardan o‘z sohasiga tegishli atama va
tushunchalar haqida to‘liq va aniq ma’lumotga ega bo‘lishlarini talab qilmoqda. Shu bois har
bir atamaning qachondan boshlab ishlatilganligi, qanday shakllanganligi, ilk bora qaysi asarda
duch kelganligi, qaysi tildan kirib kelganligi kabilarni o‘rganib chiqildi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

Hikmet Sami Türk, Seçim Hukukunun Temel Sorunları ve Çözüm Önerileri, Ankara 1997.

2.

Bahar Nurhan Yaprak İstanbul Ticaret Üniversitesi Sosyal Bilimler Dergisi Covid-19

Sosyal Bilimler Özel Sayisi Yil:19 Sayi:37 .
3.

Jean‐Marie Cotteret, Claude Emeri (Çev.: Tanju Gökçöl), Seçim Sistemleri, İstanbul, 1975.

4.

John Lyons, Kuramsal Dilbilime Giriş, Çev. Ahmet Kocaman, Türk Dil Kurumu Yayinlari,

Ankara, 1983
5.

Emine Yavaşgel, Temsilde Ada‐ let ve Siyasal İstikrar Açısından Seçim Sistemleri ve

Türkiye’deki Durum, Ankara, 2004
6.

Doniyorov R. O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari. – T, 1977

Библиографические ссылки

Hikmet Sami Türk, Seçim Hukukunun Temel Sorunları ve Çözüm Önerileri, Ankara 1997.

Bahar Nurhan Yaprak İstanbul Ticaret Üniversitesi Sosyal Bilimler Dergisi Covid-19 Sosyal Bilimler Özel Sayisi Yil:19 Sayi:37 .

Jean‐Marie Cotteret, Claude Emeri (Çev.: Tanju Gökçöl), Seçim Sistemleri, İstanbul, 1975.

John Lyons, Kuramsal Dilbilime Giriş, Çev. Ahmet Kocaman, Türk Dil Kurumu Yayinlari, Ankara, 1983

Emine Yavaşgel, Temsilde Ada‐ let ve Siyasal İstikrar Açısından Seçim Sistemleri ve Türkiye’deki Durum, Ankara, 2004

Doniyorov R. O‘zbek tili texnik terminologiyasining ayrim masalalari. – T, 1977