`
39
QADIMGI O‘RTA OSIYO XALQLARINING MADANIYATIDA HUDUDIY-
MINTAQAVIY TUSHUNCHASI
Muxamedziyanov Kamil Taxirovich
Jizzax davlati pedagogika universiteti
Musiqa ta’limi kafedrasining o‘qituvchisi
+99893 591-71-93
https://doi.org/10.5281/zenodo.15123232
Annotatsiya:
Ushbu maqolada baxshilar tomonidan ijro etadigan qo‘shiqlar va musiqiy
cholg‘ular haqida ma’lumotlar keltirilgan. Sanʼati va madaniyatida baxshilarning ijro yo‘llari
insoniyat madaniyati rivojlanishiga muhim oʻrin tutgani haqida ma’lumotlar keltirilgan
Kalit so‘zlari:
Madaniyat, Sharq, urf-odatlar, cholg‘ular, baxshi, doston.
Mahalliy-mintaqaviy
musiqa inson hayotining ba’zi elementlarini meros qilib olganlar.
Keyinchalik “Kitobi Qo‘rqut” turkumiga kirgan ko‘pgina epik afsonalar O‘rta Osiyo
xalqlarining eposini shakllanishiga kuchli ta’sir ko‘rsatdi.
Shunday qilib, xalq ijodi va mahalliy professional an’ana kelajakda og‘zaki an’anandagi
professional musiqiy asarlar yaratilishiga asos bo‘ldi. Ayrim keng tarqalgan maqom kuy
tuzilmalarining turkcha, masalan “Avji turk” deb atalishi ham bejiz emas. Ehtimol, vafot etgan
kishining jasadi tepasida go‘yandalar tomonidan ijro etiladigan marsiya aytib, yig‘lash odati
ham qadimgi turk qabilalaridan qolgandir. Ehtimol, o‘zbek baxshilari turk xalq xonanda-
azonchilarining ijodiga mansub ifoda uslublaridan foydalanishgandir, zero buni o‘zbek
folklorining rang-barangligi, uning kuy, lad va ayniqsa ritmik tuzilishida ko‘rish mumkin.
O‘zbek musiqasining turk musiqasi bilan o‘zaro bog‘liqligini professor Abdurauf Fitrat
o‘zining “O‘zbek klassik musiqasi tarixi” risolasida asosli tarzda yoritib borgan edi.
Ma’lumki, O‘rta Osiyo xalqlari hayotida tarixiy chegaralanish bosqichi taxminan bizning
eramizgacha bo‘lgan birinchi ming yillikdan boshlanadi. O‘zbek xalqi ajdodlarining musiqa
sarchashmalari O‘rta Osiyo hududida yashagan qardosh xalqlar, birinchi navbatda tojik xalqi
ijodi bilan mustahkam bog‘langandir.
O‘rta Osiyo musiqa asboblarining asosan urma-zarbli cholg‘ulari, puflama cholg‘ulari va
torli sozlar turlari cholg‘ulari paydo bo‘lgan edi. Urug‘chilik jamiyatining yemirilishi Baqtriya,
Sug‘diyona va Xorazm davlatlarining paydo bo‘lishi, Ahmoniylarning harbiy-ma’muriy
jihatdan birlashuvi, Aleksandr Makedonskiy davlati, Grek-Baktriya podsholigining vujudga
kelishi eramizdan oldingi VII asrdan to eramizning IV asrgacha bo‘lgan katta tarixiy davrni o‘z
ichiga oladi.
Qahramonlik afsonalari, epik qo‘shiqlar O‘rta Osiyo xalqlarining o‘z mustaqilliklari
uchun olib borgan kurashlarini madh etuvchi dastlabki musiqiy asarlar turkumiga mansubdir.
Xudolarga sig‘inish bilan bog‘liq bo‘lgan turli xil marosimlarda ham qo‘shiqlar aytilgan. Bu
haqda Avesto kitobida bayon qilingan xudolarga sig‘inish bilan bog‘liq bo‘lgan marosimlarda
muqaddas olov atrofida qo‘shiqlar aytilib, raqsga tushishgan.
O‘rta Osiyo tarixida antik davr (eramizdan oldingi IV asrdan eramizning III asrigacha)
madaniyati alohida ahamiyatga ega bo‘lib, arxeologik topilmalarda grek musiqa asboblarining
tasviri saqlanib qolgan. Masalan, Ayritom qazilmalarida qo‘sh avlosni uchratish mumkin.
Qadimgi O‘rta Osiyodagi antik madaniyatning ko‘pgina xususiyatlarini aniqlagan holda
atoqli sharqshunoslar uni bilishning o‘ziga xosligini, aytaylik, musiqa asboblarida (nay, ud,
`
40
doira) sof mahalliy xususiyatlar mavjudligini ko‘rsatib berdilar. Mahalliy an’analarning yunon,
hind va boshqa xalqlar an’analari bilan chatishib ketishi so‘zlarda ham o‘z aksini topganligi
o‘sha davr madaniyatining o‘ziga xosligidan dalolat beradi. Garchi Gresiyaning O‘rta Osiyo
musiqa madaniyatiga ta’sirini o‘rta asrdagi olimlarning musiqaga doir risolalarida uchratish
mumkin. Lekin, keyinchalik bu ta’sir asta - sekin yo‘qola bordi. Afrosiyobdan topilgan ko‘pgina
haykalchalarda aksariyat nay, ud, doira chalayotgan sozandalar tasvirini ko‘rish mumkin.
Sharq mamlakatlarida bo‘lgan barcha asboblarda chalib xalq marosimlarida ishtirok etardilar.
Shu davrda ko‘zga ko‘ringan musiqa asboblaridan chang (arfa), dapp (doira), nay - xalq
orasida tarqalgan edi. Bundan tashqari sharq allomalari ham o‘z asarlarida musiqa ilmiga
to‘xtalib insonlarga ruxiy quvvat beradigan hamda uni kuylash va tinglash bemorlarni
sog‘lomlashishiga olib kelishi haqida aytib o‘tganlar.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Qodirov P. Jahon mamlakatlari. 53 b. T., 2009.
2.
Мирхайдарова З.М. Жақон халқлари мусика санъатининг ривожланиш жараёни.
42 б. Т.; 2009.
3.
Эолян И. Традиционная музыка арабского Востока. М.; 1990.
4.
O‘zbekiston Milliy Entsiklopediyasi. V jild, 484-488 betlar. T., 2003.
5.
Музыкальная энциклопедия. Иранская музыка. II т. с.561-569. М., 1974.
6.
Matyoqubov O. Og‘zaki an’nanadagi professional musiqa asoslariga kirish. 6-7 b. T.,
1983.
7.
Барбад: Эпоха и традиции культуры. с. 10-17. Душанбе., 1989.
8.
Ғофурбеков Т. Сайланма. 21 б. Т., 2009.
9.
Виноградов В. С. Классические традиции иранской музыки. с. 105-115. М., 1982.
10.
Mirziyoyev Sh. M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T.,
2017.
11.
Mirziyoyev Sh. M. Erkin va farovon, Demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo
etamiz. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga
bag‘ishlangan Oliy Majlis palatasining qo‘shma majlisidagi nutqi. T., 2017.
12.
Mirziyoyev Sh. M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini takominlash-yurt
taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. O‘zbekiston Resoublikasi Konstitutsiyasi qabul
qilinganining 24 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi ma’ruzasi. 2016- yil 7-dekabr.
T., 2017.
13.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasi. (elektron versiyasi).
14.
www.tdpu.uz
15.
www.pedagog.uz