Авторы

  • Dilshod Djurayev
    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq tillari filologiyasi fakulteti dekani
  • Marjona Sayfiddinova
    O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Lingvistika: Xitoy tili mutaxassisligi 2-kurs magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.79023

Ключевые слова:

qisqartmalar internet tili Xitoy tili o‘zbek tili qiyosiy tahlil

Аннотация

Ushbu maqola Xitoy va o‘zbek internet tillaridagi qisqartmalarni qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada qisqartmalar tushunchasi, ularning internet tilidagi o‘rni va xususiyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, Xitoy va o‘zbek internet tillarida qisqartmalar shakllanishi, ularning asosiy turlari va qo‘llanilish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot natijasida har ikkala tildagi qisqartmalar tizimidagi umumiylik va farqlar aniqlanib, internet lingvistikasi hamda tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan muhim xulosalar chiqariladi.


background image

`

99

XITOY VA O‘ZBEK INTERNET TILLARIDAGI QISQARTMALARNI QIYOSIY

TATQIQ QILISH

Djurayev Dilshod Mamadiyorovich

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Sharq tillari filologiyasi fakulteti dekani

Sayfiddinova Marjona Turg‘un qizi

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti

Lingvistika: Xitoy tili mutaxassisligi 2-kurs magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15222636

Annotatsiya.

Ushbu maqola Xitoy va o‘zbek internet tillaridagi qisqartmalarni qiyosiy

tahlil qilishga bag‘ishlangan. Maqolada qisqartmalar tushunchasi, ularning internet tilidagi
o‘rni va xususiyatlari o‘rganiladi. Shuningdek, Xitoy va o‘zbek internet tillarida qisqartmalar
shakllanishi, ularning asosiy turlari va qo‘llanilish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqot
natijasida har ikkala tildagi qisqartmalar tizimidagi umumiylik va farqlar aniqlanib, internet
lingvistikasi hamda tarjimashunoslik nuqtayi nazaridan muhim xulosalar chiqariladi.

Kalit so‘zlar:

qisqartmalar, internet tili, Xitoy tili, o‘zbek tili, qiyosiy tahlil

Аннотация:

Данная статья посвящена сравнительному анализу сокращений в

китайском и узбекском интернет-языке. В статье рассматриваются понятие
сокращений, их роль и особенности в интернет-коммуникации. Также проводится
анализ формирования сокращений в китайском и узбекском интернет-пространстве, их
основные типы и особенности применения. В результате исследования выявляются
сходства и различия систем сокращений в обоих языках, а также делаются важные
выводы с точки зрения интернет-лингвистики и переводоведения.

Ключевые слова:

сокращения, интернет-язык, китайский язык, узбекский язык,

сравнительный анализ

Abstract:

This article is dedicated to the comparative analysis of abbreviations in Chinese

and Uzbek internet language. It examines the concept of abbreviations, their role, and features
in internet communication. Furthermore, the article analyzes the formation of abbreviations in
the Chinese and Uzbek internet space, their main types, and usage characteristics. As a result of
the study, similarities and differences in the abbreviation systems of both languages are
identified, leading to significant conclusions from the perspective of internet linguistics and
translation studies.

Keywords:

abbreviations, internet language, Chinese language, Uzbek language,

comparative analysis, linguistics

So‘nggi yillarda internet insonlarning kundalik hayotida tobora muhim ahamiyat kasb

etib, global muloqot vositasiga aylanmoqda. Bu jarayon natijasida til hodisasi sifatida internet
tili ham shakllanib, unga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Raqamli texnologiyalar rivojlanishi
natijasida internet tili alohida til hodisasi sifatida shaklanib kelmoqda. Internet
foydalanuvchilari tezkor va ixcham aloqa o‘rnatish maqsadida qisqartmalardan keng
foydalanadilar. Bunday lingvistik hodisa nafaqat internet muloqotini osonlashtiradi, balki har
bir til tizimining o‘ziga xos xususiyatlarini ham aks ettiradi. Xitoy va o‘zbek internet tillari ham
qisqartmalar yaratish jarayonida o‘ziga xos usullarni qo‘llaydi. Ushbu maqolada har ikkala til
tizimidagi qisqartmalarning shakllanish tamoyillari, ularning funksional xususiyatlari va
lingvistik jihatlari qiyosiy tahlil qilinadi.


background image

`

100

Ikki davlat internet qisqartmalarining ta’rifi va turlari haqida

Qisqartmalar – insonlar tomonidan muloqotni yanada ixcham, tushunarli va qulay qilish

maqsadida ba’zi so‘z yoki iboralarning maxsus qisqartirilgan shaklida qo‘llanishidir. Internet
muhitida shakllangan qisqartmalar esa foydalanuvchilarning tezkor va samarali muloqot
ehtiyojlaridan kelib chiqib yaratilgan tildagi ixcham birliklar hisoblanadi. Internet tilida
ishlatiladigan qisqartmalarning aksariyati harflar va raqamlardan tashkil topadi. Xitoy internet
tilida Pinyin qisqartmalari alohida fenomen sifatida shakllangan bo‘lib, ular asosan xitoycha
so‘z yoki iboralarning dastlabki harflari asosida yaratiladi. Ushbu qisqartmalar ilk bor internet
foydalanuvchilari, xususan, turli fan-klublar va muxlislar jamiyatlari o‘rtasida ommalasha
boshlagan. Internet tilidagi pinyin asosidagi harf qisqartmalari so‘z yoki iboralarning xitoycha
pinyin transkripsiyasining bosh harflari birikmasi shaklida hosil bo‘lib, muayyan so‘z yoki
iboralarni anglatadi. Bunday til shakli dastlab mashhurlar va san’atkorlarning muxlislari
orasida ommalashgan.

汉语网络用语中的缩略语

排序

汉语缩略语

汉语原词语

乌兹别克语对应词语

1

NSDD

说得对

Sen to`g`ri aytayabsan

2

SJB

经病

Jinni; axmoq

3

DLRB

丽热巴

Dilrabo

4

DDDD

懂的都懂

Tushungan tushundi

5

YYSY

有一

说一

Rostini gapirish

6

GG

哥哥

Aka

7

GKD

搞快点

Tezroq qiling

8

YYDS

远的神

Hudo abadiy

9

XSWL

笑死我了

Kulaverib o`lib qolaman

10

DBQ

对不起

Uzur


Xitoy internet tilida ba’zan ayrim raqamlar kombinatsiyasi orqali ularning talaffuzi

xitoycha so‘z yoki iboralarga fonetik jihatdan o‘xshashligidan foydalanib, muayyan ma’nolar
ifodalanadi. Bu hodisa “xitoycha fonetik raqam qisqartmalari” deb ataladi. Biroq bunday
qisqartmalar soni nisbatan kam bo‘lib, ularning ishlatilish imkoniyatlari cheklangan. Chunki
raqamlar orqali ifodalangan so‘z yoki iboralarning ma’nosi aniq bo‘lishi talab etiladi. Shu
sababli, bunday qisqartmalar boshqa qisqartma turlariga qaraganda kamroq uchraydi.

Bundan tashqari, xitoycha fonetik raqam qisqartmalaridan foydalanadigan auditoriya bir-

biridan sezilarli farq qiladi. Shu bois, ularning tarqalish doirasi ham keskin farqlanadi. Quyida
eng ko‘p uchraydigan xitoycha fonetik raqam qisqartmalarining namunaviy misollari
keltirilgan.

汉字谐音数字缩略语


background image

`

101

排序

汉字谐音数字缩略语

汉语原词语

对应的乌兹别克语词语

1

886

拜拜了

Xayr

2

520

爱你

Men seni sevaman

3

1314

一生一世

Seni umrbod sevaman

4

885

抱抱我

Meni quchoqla

5

771

亲亲你

Seni o‘paman

6

778

吃吃吧

Ol-ol ye

7

7456

气死我了

Meni jahlim chiqdi

8

3113

想你一生

Seni butun umr so‘g‘inaman

9

531

我想你

Men seni so‘g‘indim

10

987

对不起

Uzur

O‘zbek internet tilida ko‘p bo‘g‘inli so‘z va iboralar, ayniqsa, salomlashuv shakllari, ot va

fe’l birikmalari tezkor va qulay muloqot uchun qisqartirilgan holda ishlatiladi. Ushbu
qisqartmalar so‘z tarkibidagi muayyan tovush yoki harflarni qisqartirish orqali shakllanadi.
O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, bunday qisqartmalar hosil bo‘lish usuliga ko‘ra quyidagi
turlarga ajratilishi mumkin:

1. Bosh va oxirgi harflar asosida qisqartirish – So‘zning birinchi va oxirgi harflari olinib,

ixcham shaklga keltiriladi.

2. Bosh va o‘rta qism harflari asosida qisqartirish – So‘zning boshlang‘ich va markaziy

qismidan harflar olinadi.

3. Bosh, o‘rta va oxirgi harflarni qo‘shish orqali qisqartirish – So‘zning turli qismlaridan

harflar tanlanib, yangi qisqartma hosil qilinadi.

4. Raqam va harflar kombinatsiyasi orqali qisqartirish – Ba’zi so‘zlar sonlar bilan

almashtiriladi yoki harflar bilan birga qo‘llanadi. Quyida ushbu qisqartmalarning har bir turi
bo‘yicha misollar keltirilgan.

多音

节词首尾字母截取类缩略语

排序

首尾字母截取

类缩略语

乌兹别克语原词语

对应的汉语词语

(网

络语)

正确写法

1

Kn

Keyin

然后

2

Ln

Lekin

但是

3

Mn

Mumkin

4

Bn

Bilan

5

Jb

Javob

回答

6

Kk

Kerak

应该要;需要

7

Bb

Bo‘lib

变得

8

Ol

Olaqol

拿吧


background image

`

102

9

Tg

Telegram

电报

10

Qb

Qilib


O‘zbek internet tilida ayrim uzun so‘z va iboralar tezkor muloqotni ta’minlash maqsadida

ularning turli qismlaridan harflar tanlanib, qisqartma hosil qilinadi. Bu usul, asosan, so‘zning
bosh, o‘rta va oxirgi qismlaridan muhim harflarni ajratib olish orqali amalga oshiriladi.

Bunday qisqartmalar quyidagi xususiyatlarga ega:
• So‘zning muhim qismlari saqlanib, uning umumiy ma’nosi anglashiladigan darajada

qoladi.

• Ovoz va talaffuz qulayligi hisobga olinadi.
• Muloqot tezligini oshirishga xizmat qiladi.

多音

节词首中尾字母截取类缩略语

排序

首中尾字母截取

类缩略语

乌兹别克语原词语

对应的汉语词语

(网

络语)

正确写法

1

Chndm

Tushindim

明白了

2

Rhmt

Rahmat

谢谢

3

Inet

Internet

4

Qnsn

Qanisan

你在哪儿呢

5

Uzq

Uzoq

6

Yqn

Yaqin

太近

7

Shrn

Shirin

很甜

8

Oqot

Ovqat

膳食

9

Nma

Nima

什么

10

Slm

Salom

你好

Xulosa: Internetning hayotimizdagi o‘rni tobora ortib borishi bilan yangi til hodisasi

sifatida internet tili ham shakllanib, rivojlanmoqda. Internet muloqotida tezkorlik va ixchamlik
muhim ahamiyat kasb etgani sababli, turli qisqartmalar keng qo‘llanilmoqda. Xitoy va o‘zbek
internet tillarida qisqartmalar turli usullarda shakllansa-da, ularning asosiy vazifasi muloqotni
soddalashtirish va samaradorligini oshirishdir. Tadqiqot davomida aniqlanishicha, xitoy
internet tilida qisqartmalar asosan pinyin transkripsiyasi va raqamlar orqali hosil qilinadi.
Ularning shakllanishida fonetik o‘xshashlik muhim o‘rin tutadi. O‘zbek internet tilida esa
qisqartmalar so‘zning muhim tovush yoki harf qismlarini tanlab olish orqali shakllantiriladi.
Bunda so‘zning boshlang‘ich, o‘rta va oxirgi qismlaridan muhim tovushlarni ajratib olish, ayrim
harflarni tushirib qoldirish yoki raqamlar bilan almashtirish usullari qo‘llaniladi. Har ikkala
tilda qisqartmalarning shakllanishi o‘ziga xos bo‘lsa-da, ularning asosiy maqsadi bir xil –
muloqotni yanada qulay, ixcham va tezkor qilish. Texnologiyalar rivojlanishi va raqamli
muloqotning ahamiyati ortib borishi bilan internet tili ham takomillashib, yangi qisqartmalar


background image

`

103

yuzaga kelishi tabiiy jarayon hisoblanadi. Bu esa kelajakda internet tilining yanada kengayib,
yangi shakllarga ega bo‘lishini anglatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:

1.

姜珊、浅析网

络语言中的缩略词

[J]

。哈

滨职业技术学院学报,

2009

4

):

124-125

2.

张晓峰,网络语言缩略词特性浅析

[J]

。安徽文学,

2009

2

):

338-339

3.

高岩

.

络流行语言与语言文字规范化研究

[J].

语文建设

,2013(9):24-25

Библиографические ссылки

姜珊、浅析网络语言中的缩略词[J]。哈尔滨职业技术学院学报,2009(4):124-125

张晓峰,网络语言缩略词特性浅析[J]。安徽文学,2009(2):338-339。

高岩.网络流行语言与语言文字规范化研究[J].语文建设,2013(9):24-25页