`
95
NEOLOGIZMLARNING LEKSIK NOVATSIYA SIFATIDA LISONOY MAQOMI
Egamnazarova Durdona Shuhratillaevna
Qo`qon universiteti dotsenti
durdonajuraeva@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.15220656
Ma`lumki, leksik me’yorlar tilda semantik va stilistik uyg‘unlikni ta’minlashga xizmat
qiluvchi muhim normalar tizimi bo‘lsa, leksik deviyatsiya esa bu me’yorlarning bilvosita yoki
bevosita buzilishi orqali yuzaga keladigan lingvistik hodisadir. Paradigmatik doirada mazkur
qoidalar ikki asosiy yo‘nalishda ko‘rib chiqiladi: birinchidan, voqelikdagi obyektlarga nom
berish (nominatsiya) tamoyillari; ikkinchidan esa, referensiya qoidalari - ya’ni nom (so‘z) bilan
referent (mazkur obyekt) o‘rtasidagi semantik bog‘liqlik asoslari.
Ba’zi leksik birliklar tilda tayyor holda emas, balki bevosita nutq jarayonida yaratiladi va
okkazionalizmlar - ya’ni ayrim vaziyatlar uchun yaratilib, umumiy til tizimida doimiy o‘rin
topmagan birliklar sifatida leksik deviatsiyaning aniq ifodasi hisoblanadi. Leksik tizimda
me’yorlardan og‘ish holatlari keng tarqalgan bo‘lib, odatda standart bo‘lmagan fonetik shakl,
noan’anaviy morfologik tuzilma, hamda ichki motivatsiyaning xiralashishi yoki yo‘qolishi
(ya’ni, ma’no va shakl o‘rtasidagi aloqaning buzilishi) bilan tavsiflanadi. Leksik deviatsiya
nuqtai nazaridan ko‘plab til hodisalari tahlil qilinadi. Mazkur hodisalar orasida, xususan so‘z
yasalishidagi har qanday kreativ jarayonlar (neologizm, okkazional birliklar vahk) va ayrim
so‘zlar semantik belgisining konvensional tus olishidagi paradoksal vaziyatlar,
shuningdeksemantik alogizm asosida yuzaga kelgan nominatsiyalar mustahkam o‘rin olgan.
Har qanday til doimiy rivojlanib borar ekan, yangi hodisalar va tushunchalarni ifodalash
zarurati tug‘iladi. Natijada, til tizimi mavjud birliklarning ma’nosini kengaytirish yoki
yangilarini yaratish orqali ushbu ehtiyojga javob beradi. Bunday o‘zgarishlar ilk paytda og‘ish
sifatida ko‘rinsa-da, vaqt o‘tishi bilan me’yoriy holga aylanishi mumkin. Demak, leksik-
semantik deviatsiya tilning yangilanishi va boyishida muhim omil bo‘lib, u orqali normativ
lug‘at tarkibi doimiy kengayib boradi. Tadqiqotimiz kesimida leksik deviatsiyalarni quyidagi
ikki yondashuv asosida tahlil qilishni maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: a) so‘zning
nominatsiya sathida yuzaga chiqib, yangi denotativ ma’no tabiatiga xos bo‘lgan leksik-semantik
deviatsiyalar; b) mavjud so‘zning semantik tarkibining kengayishi va ma’no ko‘chishi bilan
bo‘g‘liq bo‘lgan konnotativ plandagi semantik-stilistik deviatsiyalar.
Leksik deviatsiyalar haqida gap ketar ekan, milliy tillar so‘z qatlamiga hos leksik
innovatsiyalar masalasiga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiqdir, chunki bu ikki tushuncha
chambarchas bog‘liq. Leksik innovatsiya atamasi keng ma’noda yangi leksik birliklar yaratilishi
yoki yangi usulda qo‘llanilishini bildiradi va lisoniy deviatsiya funksional-semantik maydoni
tarkibidan mustahkam o‘rin egallaydi; adabiyotlarda ko‘pincha okkazionalizm sinonimi sifatida
qo‘llanadi. Leksik innovatsiyalar qatoriga nafaqat mualliflik novatsiyalari, balki yangi
jargonizm, argotizmlar yoki sleng birikmalari ham kirishi mumkin – ya’ni tilda paydo
bo‘layotgan har qanday yangi unsurlar
1
( ba’zi ilmiy adabiyotlarda mazkur guruh birliklariga
“potensial so‘zlar”, “kreatizmlar”
2
kabi atamalar bilan ham nisbat beriladi). Leksik
1
Азнабаева А. Р. Лексические инновации в языке современной прессы //Вестник Башкирского университета. –
2010. – Т. 15. – №. 3-1. – С. 1000-1001.
2
Павленко А. н. Креативность и креатизмы. – 2016.
`
96
innovatsiyalar tilning ichki taraqqiyoti va jamiyatdagi o‘zgarishlar bilan chambarchas bog‘liq:
yangi ixtirolar, yangi madaniy hodisalar, ilm-fan rivoji yoki ijtimoiy hayotdagi o‘zgarishlar
natijasida doimo yangi atama va tushunchalar paydo bo‘ladi. Masalan, so‘nggi yillarda dunyo
bo‘yicha yuz bergan pandemiya tufayli ko‘plab yangi so‘zlar paydo bo‘ldi – “lockdown”
(karantin), “social distancing” (ijtimoiy masofa), “anti-vaxxer” (vaksina amaliyotiga qarshi
shaxs) kabi inglizcha atamalar yoki ularning o‘zbek tilidagi tarjimalari va variantlari. Yoki
texnologiyalar rivojiga bog‘liq “bloger”, “kriptovalyuta”, “metavers” kabi so‘zlar dastlab yangilik
bo‘lib kirib kelib, bugun faol qo‘llanmoqda. Bunday misollar leksik innovatsiyalarning doimiy
jarayon ekanini tasdiqlaydi – har bir faol til doimo va muntazam ravishda yangilanib boradi
3
.
Tilshunos Booij fikricha, tilga yangi birliklar qo‘shilishi tilning o‘zgarishi (change) emas, balki
innovatsiyasi deb atalishi ma’qul, chunki bunda til tizimining ichki me’yori yangilanadi.
Darhaqiqat, yangi so‘z yoki ma’no dastlab individual ongda paydo bo‘lib (psixologik aspekt),
so‘ngra ijtimoiy muomalaga kirsa, til normasining bir qismiga aylanadi.
Leksik innovatsiyalarni tahlil qilishda ularning hayotiyligi va mustahkamlanish darajasiga
e’tibor beriladi. Yuqorida qayd etilganidek, har bir leksik innovatsiya neologizm darajasiga
yetmasligi mumkin – ayrimlari bir davr muomalada bo‘lib, so‘ng iste’moldan chiqadi,
boshqalari esa keng tarqalib, lug‘at boyligining bir qismiga aylanadi. Masalan,
“
yuppie
”
atamasi
(1980-yillar inglizchasida
Y(oung) U(rban) P(roffessional)
– shaharli yosh professional shaxs)
bir vaqtlar yangicha ijtimoiy guruhni tasvirlovchi neologizm edi, hozirgi kunda esa tarixiy-
lisoniy nuqtai nazardan eskirgan. Aksincha, “internet” so‘zi paydo bo‘lganidan buyon tez
fursatda butun dunyo tillarida leksik innovatsiyadan odatiy leksik birlikkacha bosqichlarni
o‘tdi. Leksik innovatsiyalarning yana bir ko‘rinishi sifatida potentsial so‘zlarni ham tilga olish
mumkin – tilning so‘z yasash qoidalariga binoan hali lug‘atda yo‘q bo‘lsa-da, qoidaga muvofiq
tuzilsa, ma’nosi tushunarli bo‘ladigan mumkin bo‘lgan yangi so‘zlar. Masalan, ingliz tilida
“unsleepingness”
so‘zi lug‘atlarda yo‘q, lekin
un- + sleeping + -ness
qo‘shimchalari asosida
an’anaviy yasalib, “uyqusizlik” ma’nosini anglata oladi; o‘zbek tilida ham gipotetik tarzda
“
og‘irlik
” so‘zidan dan
“og‘irliksizlik”
kabi yangicha so‘zlar yasalishi mumkin bo‘lib, bunday
potensial innovatsiyalar hali amalda ko‘p qo‘llanmagani uchun neologizm hisoblanmaydi, lekin
til tizimida ichki zahira sifatida turaveradi.
Neologizmlar – tilga yangi kirib kelgan, jamiyat taraqqiyoti va hayotiy ehtiyoj o‘laroq
paydo bo‘lgan yangi so‘z yoki iboralar hisoblanadi va yangi paydo bo‘lgan realiyalarni yoki
yangi tushunchalarni ifodalash uchun yaratiladi yoki chetdan kirib keladi. Ular muayyan davr
uchun yangilik xususiyatiga ega bo‘lib, vaqt o‘tishi bilan bu xususiyatini yo‘qotadi va faol lug‘at
tarkibiga qo‘shilib ketadi.
Neologizmlarning eng asosiy tasniflaridan biri V.I. Zabotkina tomonidan ishlab chiqilgan
bo‘lib, bunday unsurlarni uch guruhga ajratadi: absolyut neologizmlar (so‘z shaklining yangiligi
uning ma’no yangiligi bilan uyg‘unlashadi), transnominatsiyalar (so‘z shakli yangi, lekin uning
ma’nosi avvalgidek qoladi) va semantik innovatsiyalar (so‘zga yangi ma’no yuklanadi, biroq
uning shakli tilda allaqachon mavjud bo‘ladi). Xuddi shu kabi, N.V. Klenova semantik
innovatsiyalarni alohida ajratib, ularni quyidagi kategoriyalarga bo‘ladi: ma’no torayishi, ma’no
kengayishi va ma’no ko‘chishi, so‘nggisi esa ikki turga – metonimik va metaforik ma’no
3
Ezuruike I. P., Ibileye G. Lexical Innovation: A Morphosemantic Study of Gen-Z Neologisms // International Journal
of Research and Innovation in Social Science. – 2025. – Vol. 9, Issue 1. – P. 4551–4563.
`
97
ko‘chishiga bo‘linadi. Y.A. Jluktenko esa N.V. Klenovaning neologizmlar tasnifiga oid
qarashlarini qo‘llab-quvvatlaydi.
T.V. Popova yanada to‘liq tasniflash tizimini yaratishga harakat qilib, uchta farqlovchi
asosni ajratadi:
1.
Til birliklarining turi: neoleksemalar, neofrazemalar va neosememalar.
2.
Til birliklarining yangilik darajasi: mutlaq va nisbiy neologizmlar. T.N.
3.
Ifodalanayotgan realiyaning turi: eski, yangi, aktuallashtirilgan, yo‘qolib borayotgan va
mavjud bo‘lmagan realiya .
Neologizmlarning ko‘pi vaqt o‘tishi bilan unutiladi yoki iste’moldan chiqadi, faqat bir
qismi tilga mustahkam kiradi. Tilshunoslikda an’anaviy ommaviy (umumtil) neologizmlar va
individual (mualliflik) neologizmlar farqlanadi. Agar muallif yaratgan yangi so‘z keng
tarqalmasa va faqat matn doirasida qolsa, u okkazionalizm deb ataladi; aksincha, omma
tomonidan qabul qilinib keng qo‘llansa, asta-sekin lug‘at tarkibiga kirib borib, neologizm
sifatida e’tirof etiladi. Shunday qilib, har bir okkazionalizm aslida potentsial neologizmdir –
agar u ommalashsa, individual holatdan umumiy til hodisasiga aylanishi mumkin.
Neologizmlarning shakllanishi tildagi leksik boyishning asosiy omillaridan biri bo‘lib, tilning
ichki imkoniyatlari hamda tashqi ta’sirlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Tadqiqotlar shuni
ko‘rsatadiki, neologizm paydo bo‘lishi bir necha yo‘nalishda sodir bo‘ladi: so‘z yasash
(derivatsiya), semantik kengayish, fonetik va morfologik moslashuv bilan birga o‘zlashma va
to‘liq transplantatsiya yo‘li bilan boshqa tillardan so‘z olish orqali amalga oshadi. Shu jihatdan
olib qaralsa, neologizmlar ba’zan leksik deviatsiyaning har ikki turiga mansublik tabiati bilan
ham ajralib turadi, biroq yangi denotativ komponentning deviant hodisa kesimida yuzaga
chiqishi dominant bo‘lgani sababi o‘laroq leksik-semantik guruh ostida talqin qilamiz.
Tilshunoslikda neologizmlarning eng asosiy manbalaridan biri sifatida tilning ichki
derivatsion imkoniyatlari e’tirof etiladi. Bu holatda yangi so‘zlar mavjud leksik birliklarga affiks
qo‘shimchalar yoki kompozitsiya orqali hosil qilinadi. Masalan, ingliz tilida “googling” fe’li
so‘nggi yillarda “Google” (brend nomi) asosida yasalib, “qidiruv tizimida ma’lumot izlash”
ma’nosini anglatuvchi yangi birlik sifatida lug‘atlarga kiritildi. Mazkur so‘z -ing affiksi
yordamida fe’l shakliga o‘tkazilgan bo‘lib, konversiya va brendga asoslangan derivatsiya
hodisalarini birlashtiradi. O‘zbek tilida esa “zamonoviylik” kabi so‘zlar yasama neologizm
sifatida yuzaga keladi: “zamon”, “-oviy” va “-lik” affikslarining birikmasi asosida yasalib,
abstrakt tushunchani ifodalovchi nomga aylangan. Neologik derivatsiyalar, odatda, o‘z
vaqtining yangi tushunchalari, hodisalari yoki ijtimoiy realliklarini nomlash uchun ishlatiladi.
Shu sababli, ularning grammatik tuzilishi to‘g‘ridan-to‘g‘ri semantik zaruriyat bilan bog‘liq
bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar/Используемая литература/References:
1.
Файзрахманова Ю. С. Лексические инновации: кореизированные английские слова
// Полилингвиальность и транскультурные практики. – 2016. – № 3. – С. 18–27.
2.
Азнабаева А. Р. Лексические инновации в языке современной прессы // Вестник
Башкирского университета. – 2010. – Т. 15, № 3-1. – С. 1000–1001.
3.
Цицкун В. В., Морозова Т. В. Проблема потенциальности языка: потенциальные
слова и потенциальные фразеологизмы (к истории вопроса) // Гуманитарная
`
98
парадигма. – 2017. – № 3. – С. 5–13.
4.
Ezuruike I. P., Ibileye G. Lexical Innovation: A Morphosemantic Study of Gen-Z Neologisms
// International Journal of Research and Innovation in Social Science. – 2025. – Vol. 9, Issue 1.
– P. 4551–4563.
5.
Rafail S. E. Lexical innovation through neologisms // Proceedings of the 8th International
Scientific Conference «Scientific Results», November 7–8, 2024. – Rome, Italy : University of
Bari Aldo Moro, 2024. – 460 p. – P. 331.
6.
Воронцова Ю. А. Неология и неологизмы // Актуальные проблемы гуманитарных
и естественных наук. – 2016. – № 2-1. – С. 111–114.