`
162
NAZARIY FIZIKADA JISMLARNING OG’IRLIK MARKAZINI HISOBLASH
USULLARI
Toxirova Mashxura Murodjon qizi
Andijon davlat pedagogika instituti
Aniq va Tabiiy fanlar fakulteti stajor o’qituvchisi
Muxtarova Roziyaxon Shavkatbek qizi
Ibrohimjonova Zuhra Ikromjon qizi
Ashurboyeva Moxichehra Jasurbek qizi
Mahmudov Izzatillo Ortiqali o’g’li
Fizika va Astranomiya yo’nalishi 202-guruh talabalari
https://doi.org/10.5281/zenodo.15245424
Annotasiya:
Mazkur maqolada fizikaning statika bo‘limidagi jismlarning og‘irlik
markazini topishga doir mavzularni o‘qitish va mustahkamlash metodlari bayon
qilingan.Og’irlik markazining mexanik tizimlari va modellashtirishdagi ro’li,hamda uni
eksperimental aniqlash usullari muhokama qilinadi. Ushbu tahlillar og’irlik markazining
muvozanat holatlari, momentlari va kuchlar taqsimoti bilan bog’liq bo’lgan fizik masalalarni
chuqurroq tushunishga yordam beradi.
Kalit so’zlar:
Muammoli vaziyat, muammoli masalalar, ijodkorlik, mustaqil fikrlash,
bilim, malaka, ko’nikma.
Аннотация:
В данной статье автор излагает методы преподавания и закрепления
тем, касающихся нахождения центра тяжести тел в разделе физики статики. Кроме того,
обсуждается значение центра тяжести в механических системах и моделировании, а
также экспериментальные способы его определения. Представленные анализы
способствуют более глубокому пониманию задач, связанных с положением равновесия,
распределением сил и моментов.
Ключевые слова:
проблемная ситуация, проблемные вопросы, творчество,
самостоятельное мышление, знания, умения, навыки
Abstract
: In this article, the author outlines methods of teaching and consolidating topics
related to finding the center of gravity of bodies in the section of static physics. In addition, the
importance of the center of gravity in mechanical systems and modeling is discussed, as well as
experimental methods for its determination. The presented analysis contributes to a deeper
understanding of problems related to equilibrium positions, force distribution, and moments.
Keywords:
problematic situation, problematic issues, creativity, independent thinking,
knowledge, skills, skills.
Kirish
Nazariy fizikada jismlarning muvozanati, harakati va kuchlar taqsimotini tushunish
uchun og‘irlik markazi tushunchasi muhim ahamiyatga ega. Og‘irlik markazi — bu jismdagi
barcha elementar massalarning o‘z vaznlari bilan teng ta’sir qiladigan nuqtadir. U ayniqsa
muvozanat, aylanish harakati va momentlar nazariyasida asosiy tushunchalardan biri
hisoblanadi.
Jismning og‘irlik markazi — bu jismning og‘irligi geometriya nuqtai nazaridan bir nuqtada
jamlangandek hisoblanadigan markaziy nuqta. Agar jism bir jinsli va simmetrik bo‘lsa, uning
og‘irlik markazi geometrik markaz bilan mos tushadi.
Og‘irlik markazi xossalari:
`
163
1.Yassi jismlar uchun og‘irlik markazi sirt bo‘ylab tarqalgan massaning o‘rtacha
koordinatalari sifatida aniqlanadi.Agar jism har xil zichlikda bo‘lsa, hisoblashda har bir
qismning massasi va koordinatalari alohida hisobga olinadi.
2. Analitik usul
Oddiy geometrik shakllar (to‘g‘ri to‘rtburchak, aylana, uchburchak, silindr, sfera) uchun
og‘irlik markazi formulalar orqali aniqlanadi.Masalan:To‘g‘ri to‘rtburchakning og‘irlik markazi
uning diagonallarining kesishgan nuqtasida joylashadi.Doira uchun og‘irlik markazi markaziy
nuqtada joylashgan bo‘ladi.
3. Integral usul
Murakkab shaklli jismlar uchun og‘irlik markazini hisoblashda integral usullari
qo‘llaniladi. Bu usulda jismning har bir elementar qismi uchun koordinatalar va massalar
aniqlanadi va butun jism bo‘ylab yig‘iladi:
4. Eksperimental usullar
Laboratoriya sharoitida og‘irlik markazini aniqlash uchun quyidagi usullar qo‘llaniladi:
Osilgan holatda muvozanat nuqtasini aniqlash; Rampa yoki tekislik ustida jismni joylashtirib,
uning og‘irlik markazi joylashgan o‘qni kuzatish.
5. Qo‘llanilishi.
Og‘irlik markazi quyidagi sohalarda muhim ahamiyatga ega: Statikada muvozanatni tahlil
qilish; Dinamikada aylanish va harakatlanish masalalarida; Muhandislik va qurilishda
konstruksiyalarni loyihalashda; Astronomiyada osmon jismlarining aylanishini o‘rganishda.
Bir tekislikda yotmaydigan (
𝐹
1
,
𝐹
2
, 𝐹
3
𝐹
4
) parallel kuchlar sistemasini ko'ramiz:
Kuchlarni ketma-ket qo'shamiz
𝐹
1
va
𝐹
2
kuchlarni qo'shib, ularga
parallel bo 'lgan teng ta’sir etuvchisini topamiz. Uning miqdori
𝑅
1
,=
𝐹
1
+
𝐹
2
ga teng bo'lib,
qo'yilish nuqtasi quyidagi proporsiyadan aniqlanadi:
𝐴
1
𝐶
1
𝐴
2
𝐶
2
=
𝐹
2
𝐹
1
Endi
𝑅
1
.va
𝐹
1
kuchlarni qo'shamiz ularning teng ta’sir etuvchisi
R
ning miqdori quyidagiga
teng:
𝑅
2
=
𝑅
1
+
𝐹
3
=
𝐹
1
+
𝐹
2
+
𝐹
3
Qo'yilish nuqtasi esa quyidagi proporsiyadan aniqlanadi:
𝐶
1
𝐶
2
𝐴
2
𝐶
2
=
𝐹
4
𝑅
1
Endi
𝑅
2
va
𝐹
4
kuchlarning teng ta ’sir etuvchisining miqdori
R=
𝑅
2
+
𝐹
4
=
𝐹
1
+
𝐹
1
+
𝐹
2
+
𝐹
3
+
𝐹
4
bo’ladi.
Xulosa
Jismlarning og‘irlik markazini hisoblash nazariy fizikaning asosiy muammolaridan biridir.
Analitik va integral usullar yordamida oddiy va murakkab jismlar uchun ushbu nuqtani
aniqlash mumkin. Og‘irlik markazi haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lish harakat qonunlarini
tushunishda muhim bosqich hisoblanadi.
References:
Используемая литература:
`
164
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
A.P.Rimkevich Fizikadan masalalar to`plami. Toshkent “O`qituvchi” 2003.
2.
H.T.To`rayev , A.Tilavov Nazariy mexanika. Toshkent “NOSHIR” 2012.
3.
A.Nabiyev, J.Shosalimov, M.Ergashev Texnik mexanika. Toshkent “SHARQ” 2011.
4.
SH.Turdiyev N. Fizika-6. Toshkent-2006.
5.
Habibullayev P., Boydadayev A., Baхromov A. Fizika-7. Toshkent-2005.
6.
G‘aniyev A.T., Avliyoqulov A.K., Almardonova A.T. Fizika 1-qism Toshkent 2009
7.
SH.A.Shoobidov.X.N.Habibullayeva, F.D.Fayzullayeva. Nazariy mehanika . Toshkent “Yangi
asr avlodi”2008