Авторы

  • Rustamjon Xasanov
    Osiyo texnologiyalar universiteti o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.zdift.79279

Ключевые слова:

Sog’liqni saqlash tizimi tibbiyot shifokor islohotlar dori – dormon tibbiyot kadrlari ilmiy-amaliy tibbiyot markazi shifoxona profilaktika fidoiylar Qashqadaryo.

Аннотация

Mazkur maqolada Mustaqillik yillarida Qashqadaryoda sog‘liqni saqlash sohasida muayyan o‘zgarishlar amalga oshirilganligi hamda tibbiyot sohasining rivojlanishi va istiqbollari haqida ma`lumot beriladi. Viloyatda amalga oshirilgan islohotlarning natijasi sifatida zamonaviy kasalxonalar, ixtisoslashgan tibbiyot markazlari ochilganligi, sog‘liqni saqlash muassasalari ilg‘or texnologiyalar bilan ta’minlanganligi va Tibbiyot kadrlarini tayyorlash va malakasini oshirish haqida yoritilgan.


background image

`

163

QASHQADARYO VILOYATIDA TIBBIYOTNING RIVOJLANISHI

Xasanov Rustamjon

Osiyo texnologiyalar universiteti o’qituvchisi

+99893 249 49 59

https://doi.org/10.5281/zenodo.15240967

Kalit so`zlar:

Sog’liqni saqlash tizimi, tibbiyot, shifokor, islohotlar, dori – dormon,

tibbiyot kadrlari, ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, shifoxona, profilaktika, fidoiylar, Qashqadaryo.

Annotatsiya

: Mazkur maqolada Mustaqillik yillarida Qashqadaryoda sog‘liqni saqlash

sohasida muayyan o‘zgarishlar amalga oshirilganligi hamda tibbiyot sohasining rivojlanishi va
istiqbollari haqida ma`lumot beriladi. Viloyatda amalga oshirilgan islohotlarning natijasi
sifatida zamonaviy kasalxonalar, ixtisoslashgan tibbiyot markazlari ochilganligi, sog‘liqni
saqlash muassasalari ilg‘or texnologiyalar bilan ta’minlanganligi va Tibbiyot kadrlarini
tayyorlash va malakasini oshirish haqida yoritilgan.

Qashqadaryo viloyati O‘zbekiston Respublikasining janubiy hududlaridan biri bo‘lib,

aholining sog‘lig‘ini saqlash va tibbiy xizmat ko‘rsatish masalalari doimiy e’tibor markazida
bo‘lib kelgan. Mustaqillik yillaridan boshlab viloyatda sog‘liqni saqlash tizimini
takomillashtirish, yangi tibbiyot muassasalarini barpo etish, zamonaviy diagnostika va
davolash usullarini joriy etish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Bugungi kunda tibbiyot tizimini yanada rivojlantirish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash,

zamonaviy texnologiyalarni tatbiq etish va aholini sifatli tibbiy xizmat bilan ta’minlash eng
ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, qishloq joylarida tibbiy xizmat sifati va mavjud
muassasalar sonini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Qashqadaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimining shakllanishi.
Sovet davrida viloyatda sog‘liqni saqlash tizimi markazlashgan boshqaruv tizimiga

asoslangan bo‘lib, diagnostika va davolash imkoniyatlari cheklangan edi. Hududiy tibbiyot
muassasalari yetarli bo‘lmagan, mavjud kasalxonalar esa eskirgan uskunalar bilan ishlardi.
1990-yillarga kelib, mavjud tizim aholining ehtiyojlarini to‘liq qondira olmasligi yanada yaqqol
sezildi. Shu sababli, O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng sog‘liqni saqlash sohasini
tubdan isloh qilishga kirishildi.

Mustaqillikdan so‘ng, O‘zbekiston hukumati tomonidan tibbiyot sohasiga alohida e’tibor

qaratila boshlandi. Qashqadaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimi to‘liq modernizatsiya qilinib,
yangi muassasalar qurildi, mavjud shifoxonalar esa rekonstruksiya qilindi. Shu bilan birga,
diagnostika va davolash jarayonlari uchun ilg‘or texnologiyalar joriy etildi.

Yuqumli kasalliklarning oldini olishda tibbiyotning sanitariya-epimidologiya tarmogʻi

muhim oʻrin egallaydi. Viloyatimizda ushbu tarmoq markazi dastlab 1943 yilda tashkil etilgan
bu markazlar va ular bir nechta xonalarda joylashgan boʻlib, jamoada 9 ta yoʻgʻi bitta yuk
mashinasi xizmat qilardi. Tropstasiya xodimlari transport oʻrniga ot, eshak va aravalardan
foydalanganlar. Dezinfeksiyalovchi dorilar oddiy supurgilar yordamida sepilgan. Tumanlarda
hatto oʻtgan asrning oltmishinchi yillarida ham shtat boʻyicha 7 ta oʻrniga 1,2 kishi ishlashiga
toʻgʻri kelgan. [1.4]

XX asrning 60-yillaridan boshlab Viloyat sogʻliqni saqlash boʻlimiga Gʻ.A.Azimov (1964-

1966 yillar), B.P.Aminov (1966-1968 yillar), B.X.Vafoqulov (1968-1976 yillar), A.A.Akbarov
(1976-1985 yillar), R.U.Shodmonova (1985-1990 yillar) va S.N.Rustamov (1990-1996 yil)lar


background image

`

164

raxbarlik qilishdi. Ular rahbarlik qilgan paytlarda Qarshi choʻlida yangi tashkil etilgan Kasbi,
U.Yusupov, Muborak va Nishon tumanlarida zamonaviy markaziy markaziy shifoxonalar
qurildi, shifoxona va ambulatoriyalarning moddiy-texnik bazalari ancha mustaxkamlandi,
kadrlar hamda dori-darmonlar bilan ta'minlash yaxshilandi. [2.11]

Tibbiyot sohasidagi islohotlar va rivojlanish bosqichlari
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, sog‘liqni saqlash sohasida bir necha muhim

islohotlar amalga oshirildi. Xususan:

1996-yil

- "O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida"gi

qonun qabul qilindi.

1998-2005-yillar

- "Tibbiyot islohotlarining tarkibiy bosqichi" doirasida tibbiyot

muassasalari modernizatsiya qilindi.

2003-2011-yillar

- "Sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish dasturi" asosida qishloq

vrachlik punktlari (QVP) tashkil qilindi.

2017-yildan boshlab

- Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida sog‘liqni saqlash

sohasida yangi islohotlar amalga oshirilib, tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga katta e’tibor
qaratildi.

O’zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2020-yil 27-noyabrdagi 309-sonli

buyrug‘i asosida«Xonadonda antropometriyani o‘tkazishda amaliy ko‘nikmalar bo‘yicha
yo‘riqnoma» ishlab chiqildi.Ushbu me’yoriy hujjatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha Qashqadaryo
viloyati tajriba sifatida olindi. [3.]

O‘zbekistonning chekka hududlardagi birlamchi bo‘g‘in tibbiyot tizimi uchun “Qishloq

shifokori” dasturi joriy qilindi. Bu dasturga muvofiq olis hududlardagi birlamchi bo‘g‘inga ishga
kirgan tibbiyot xodimlariga 30 million so‘m miqdorida bir martalik pul mablag‘i beriladi, ular
xizmat uyi bilan ta’minlanadi yoki ijara to‘lovi kompensatsiya qilindi. [4.]

Viloyatda amalga oshirilgan islohotlarning natijasi sifatida zamonaviy kasalxonalar,

ixtisoslashgan tibbiyot markazlari ochildi, sog‘liqni saqlash muassasalari ilg‘or texnologiyalar
bilan ta’minlandi. Natijada, aholining tibbiy xizmatga bo‘lgan qoniqish darajasi sezilarli
darajada oshdi.

Hozirgi kunda Qashqadaryo viloyatida:

13 ta kasalxona

3 ta sanatoriy

63 ta ambulatoriya-poliklinika

72 ta davolash-profilaktika muassasasi

faoliyat yuritmoqda.

Viloyatda mavjud tibbiyot muassasalarining 60% dan ortig‘i mustaqillikdan so‘ng qayta

rekonstruksiya qilindi yoki yangidan barpo etildi. Qarshi shahrida zamonaviy tibbiyot
markazlari, xususan,

kardiologiya markazi, onkologiya markazi, neyroxirurgiya bo‘limi

faoliyat ko‘rsatmoqda.

Viloyat tibbiyot markazlarida malaka oshirish kurslari

faoliyat yuritmoqda.

So‘nggi yillarda shifokorlarning xalqaro tajribalar bilan tanishishiga imkon yaratish

maqsadida, ular Rossiya, Janubiy Koreya, Turkiya kabi davlatlarga malaka oshirishga
yuborilmoqda. Bundan tashqari, viloyatda tibbiyot xodimlarining

chet tilini o‘rganishi

va

zamonaviy tibbiyot adabiyotlari bilan tanishishi uchun sharoitlar yaratildi.


background image

`

165

Kelgusi yillarda Qashqadaryo viloyatida tibbiyot sohasini yanada rivojlantirish

maqsadida quyidagi rejalar amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan:

Yangi tibbiy markazlar qurish

– maxsus ixtisoslashgan kasalxonalar sonini oshirish.

Telemeditsina tizimini joriy etish

– uzoq hududlardagi aholiga masofaviy tibbiy xizmat

ko‘rsatish.

Dori-darmon ta’minotini yaxshilash

– dorixonalar tarmog‘ini kengaytirish va narx-

navo barqarorligini ta’minlash.

Kadrlar tayyorlashni takomillashtirish

– mahalliy va xalqaro hamkorlikni

rivojlantirish orqali shifokorlar malakasini oshirish.

Qishloq joylarida tibbiy xizmat sifati va mavjudligini oshirish

– qishloq hududlarida

tez tibbiy yordam xizmatlarini kengaytirish.

Qashqadaryo viloyatida sog‘liqni saqlash tizimi yildan-yilga rivojlanib, zamonaviy

talablarga mos ravishda takomillashib bormoqda. Mavjud muammolar yechim topib, yangi
innovatsion texnologiyalar joriy qilinayotgani ushbu sohaning yanada rivojlanishiga xizmat
qiladi. Kelajakda viloyat aholisi uchun yanada sifatli va qulay tibbiy xizmat ko‘rsatish
maqsadida tizimli islohotlar davom etishi kutilmoqda.

References:

Используемая литература:

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Қашқадарё тиббиёт тарихи – Тошкент, 2017 , 6b,11b.

2.

Қашқадарё тиббиёт тарихи.– Тошкент, 2012, 14b

3.

Машаққатли меҳнат ва катта фидойилик керак // Ўзбекистонда соғлиқни сақлаш,

2020 йил 4 декабр
4.

Халқ сўзи, 2020 йил 7 ноябр.

5.

https://lex.uz/docs/-6693577

Библиографические ссылки

Қашқадарё тиббиёт тарихи – Тошкент, 2017 , 6b,11b.

Қашқадарё тиббиёт тарихи.– Тошкент, 2012, 14b

Машаққатли меҳнат ва катта фидойилик керак // Ўзбекистонда соғлиқни сақлаш, 2020 йил 4 декабр

Халқ сўзи, 2020 йил 7 ноябр.